Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
 
1.
O„zini o„zi boshqaruv nima? 
2.
Mahalliy boshqaruv nima? 
3.
O„zbekistonda o„zini o„zi boshqarish organlari qaysi organ? 
4.
O„zini o„zi boshqaruv organlari qanday tuziladi? 
5.
O„zini o„zi boshqaruv organlarining huquqini kim belgilaydi? 
6.
O„zini o„zi boshqaruv organlari vazifalariga nimalar kiradi? 
7.
O„zini o„zi boshqaruv organlari vakolatlariga nimalar kiradi? 
8.
Vakolatlari qanday bajariladi? 
9.
O„zini o„zi boshqaruv organlari qanday tashkil qilinadi? 
10.
Fuqarolar yig„ini Kengashi vazifalari nima va qanday tuziladi? 
11.
Fuqarolar yig„in raisi qanday lavozim va uning vakolatlariga nima 
kiradi? 
12.
Rais va uning maslahatchilari qanday saylanadi? 
13.
Fuqarolar yig„ini va mahalliy hokimiyat organlari munosabatlari nima 
asosiga qurilgan? 
14.
Qanday munosabatlarni bilasiz? 


492 
XXVI bob. O„zbekiston Respublikasida sud hokimiyati 
 
§ 1. Sud davlat hokimiyatining mustaqil tarmog„i. Sud-huquq 
islohotlari 
Sud hokimiyatning alohida tarmog„i sifatida barcha demokratik 
mamlakatlarda e'tirof etilgan. Sobiq tuzumda sud sotsialistik tuzim himoyachisi 
sifatida namoyon bo„lib, undan har qanday demokratik chiqish va harakatlarni 
jazolash vositasi sifatida foydalanilgan. 
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, sudlarni 
alohida mustaqil hokimiyat tarmog„i sifatida vujudga keltirish uchun harakatlar 
boshlandi. 
“Sud hokimiyati isloh qilinmoqda, u qonunlar ustunligini, barcha 
fuqarolarning qonun oldida tengligini ta'minlashi lozim”
1
– deb mamlakatimiz 
mustaqilligining dastlabki kunlarida e'tirof etgan edi Respublika Prezidenti. 
O„zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlashda, sud hokimiyatini 
mustaqil hokimiyat sifatida o„rnatishga alohida e'tibor berildi. Jahon mamlakatlari 
tajribasi o„rganildi. Sud hokimiyatini tashkil etish, davlat hokimiyatini tashkil 
etishning ajralmas qismi deb qaraldi. 
“Davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi vakolatlarning 
taqsimlanish prinsipi asosida amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud hokimiyati – davlatning asosiy tayanchidir”
2
– degan g„oya Konstitutsiyaning 
11-moddasida asosiy prinsip sifatida mustahkamlab qo„yildi. 
O„zbekiston mustaqilligi, davlat hokimiyatini jahon tajribasida qo„llab 
kelingan prinsiplarini qo„llash natijasida Konstitutsiyada sudni totalitar tuzum, 
undagi hukmron partiya manfaatiga xizmat qiluvchi vositadan, fuqarolarning 
huquqlarini himoya qiluvchi, huquqiy davlatning muhim vositasiga aylantirish 
uchun imkoniyat vujudga keldi va Konstitutsiyada mustahkamlandi. 
Lekin Konstitutsiya yoki boshqa qonunlarda masalani belgilashni o„zi 
1
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиѐт йўли. –Т.: Ўзбекистон, 1992. 7-бет.
2
Каримов И.А. Ўзбекистон келажаги буюк давлат. –Т.: Ўзбекистон, 1992. 41-бет.


493 
muammoni hal qilmas edi. Sudni haqiqiy hokimiyat organiga, mustaqilligiga, 
fuqarolarning huquqlarini himoyachisiga aylanishi uchun katta ishlarni amalga 
oshirish zarur edi. Buning uchun sud-huquq sohasini isloh qilish zarurligi 
belgilandi va bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirib borildi. Uning 
natijasida sud hokimiyatining nazariy asoslari, huquqiy asoslari shakllanib, 
kuchayib bordi. 
Eng avval sud hokimiyati o„zi nima degan savolga javob berish lozim edi, 
chunki, shu asosda sudning hokimiyat tizimidagi o„rnini aniqlash, u haqda aniqroq 
tasavvur hosil qilish mumkin edi. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumlaridan birida sud hokimiyatini 
tushunchasiga quyidagicha ta'rif berildi. “Sud hokimiyati – bu sudlarning 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga 
so„zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo„jalik ishlarini va ma'muriy 
huquqbuzarlik to„g„risidagi vakolatidir”

Bu ta'rif to„la sud hokimiyati vazifalarini qamrab olmagan bo„lsada, 
dastlabki urinishlardan bo„lganligi uchun, uni ijobiy baholash mumkin. Albatta, 
sud hokimiyatiga ta'rif berishda sudni (Konstitutsiyaviy sud) qonunlarni 
Konstitutsiyaga mos kelishi (Konstitutsiya himoyasini), sudlarni fuqarolar huquqi, 
sha'ni, qadr-qimmatini himoya qilish asosiy vazifasi ekanligi e'tiborga olinishi 
kerak. 
Sud hokimiyatining shakllanishida 1993 yil 6 mayda qabul qilingan, 
“O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to„g„risida”, 1993-yil 2-
sentabrda qabul qilingan “Sudlar to„g„risida”gi qonunlar muhim rol o„ynadi. 
Sud hokimyatini mustahkamlash, uni mustaqilligini ta'minlash masalasi 
doimiy ravishda davlat boshlig„ining e'tiborida bo„ldi. Deyarli barcha asosiy 
ma'ruzalarida davlat boshlig„i bu masala xususida to„xtalib o„tdi. 
1996-yil 29-avgustdagi Oliy Majlis sessiyasidagi ma'ruzasida Prezident sud 
islohotlariga alohida to„xtalib, shu munosabat bilan nimalar qilish kerakligini ochiq 
1
Ўзбекистон Олий Суди Пленуми қарорларининг тўплами. 1991-1997. –T.: Шарқ, 1997. 5-6-бетлар.


494 
ko„rsatib berdi
1

Islohotlar doirasida olib borilgan ishlar natijasida sudlarning huquqiy 
asoslari takomillashdi, qonunlar yangi taxrirda qabul qilindi. 
Sudlarning mustaqilligini ta'minlash borasida tashkiliy ishlar ham amalga 
oshirildi. 
1997-yil 12-sentabrda Prezident tashabbusi bilan O„zbekistonda sudyalar 
qurultoyi chaqirilib, unda O„zbekiston sudyalari Assotsatsiyasi ta'sis etildi va 
nizomi tasdiqlandi. Unda Assotsatsiyaning eng muhim vazifasi Respublikada sud 
hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta'minlash deb belgilab qo„yildi. Bu 
uyushma tashkil bo„lganligidan boshlab sud islohoti bo„yicha ko„plab ishlar 
amalga oshirildi
2

O„zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2000-yil 
14-avgustdagi 
“O„zbekiston Respublikasi sudlar tizimini takomillashtirish to„g„risida”gi 
farmoniga asosan sudlar ixtisoslashtirildi. Fuqarolik sudlari vujudga keldi. Bu ham 
sud hokimiyatini mustahkamlash, ularni mustaqilligini ta'minlashdagi katta tadbir 
bo„ldi. 
Sudlarning mustaqilligini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligini 
sudyalikka kadrlar tayyorlash, tavsiya qilish vakolatiga barham berildi. Sudyalarni 
mustaqilligini ta'minlash maqsadida 1999-yil 30-iyundagi Prezident farmoyishi 
bilan O„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida sudyalarni tayinlash va 
lavozimidan ozod qilish bilan bog„liq masalalarni ko„rib chiqish bo„yicha 
komissiya tashkil qilindi. 
2000-yil 4-maydagi Prezident farmoniga ko„ra, bu komissiya “O„zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish 
bo„yicha Oliy Malaka Komissiyasi”ga aylantirildi
3

Sudyalar mustaqilligini ta'minlashda 2001-yil 22-sentabrda hukumat qarori 
1
Қаранг: Каримов И.А. Ҳозирги босқичда демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш муҳим вазифалари. –
T.: Ўзбекистон, 1996. 34-36-бетлар.
2
Бу ҳақда қаранг: Ўзбекистонда суд ҳокимияти: ислоҳотлар даври. Т.: “Адолат”, 2002, 19-20 бетлар.
3
Бу тузилманинг вазифаси, ҳуқуқий асоси ҳақида қаранг: Ўзбекистонда суд ҳокимияти: ислоҳотлар даври. 
Т.: “Адолат”, 2002 йил.


495 
bilan tashkil etilgan, O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi “Sud 
qarorlarini ijro etilishi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy 
ta'minlash Departamenti” muhim voqyea bo„ldi. Bu sudlarni iqtisodiy tomondan 
mahalliy davlat organlariga qaramligiga barham berdi. 
Prezident 1999-yil 14-apreldagi Oliy Majlis sessiyasidagi ma'ruzasida sud-
huquq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish masalasiga alohida to„xtaldi va shu 
maqsadda 
advokaturani 
kuchaytirish, 
uning 
maqomini 
prokuraturaga 
tenglashtirish, sud jarayonida prokuror bilan advokatni teng asosda ishtirokini 
ta'minlash, sudyalar har ishni tomonlarning fikrini holisona baholab qaror 
chiqarishi zarurligi, shundagina kishilar sudni jazolovchi organ emas fuqaro 
manfaatlarini himoya qiluvchi organ deb qarashi mumkinligini bayon qildi
1

2000-yil 22-yanvarda Oliy Majlis sessiyasida so„zlagan ma'ruzasida 
Prezident mamlakatimizda olib borilishi kerak bo„lgan yetti muhim vazifani 
(yo„nalishni) ko„rsatar ekan, beshinchi vazifa sifatida “Sud-huquq sohasida 
qilinadigan ishlarni ko„rsatib berdi”
2
. Bu yerda sud islohotlari, amaldagi kodekslar, 
qonunlar, me'yoriy hujjatlarni takomillashtirish bilan qo„shib olib borilishi 
zarurligi ko„rsatildi. 
Shundan so„ng, jinoyat qonunlariga, ma'muriy qonunchilikka, protsessual 
qonunchilikka kupgina o„zgartirishlar kiritildi. Jazo tizimi erkinlashtirildi. 
2002-yil 29-avgustda bo„lib o„tgan Oliy Majlisning sessiyasida, Prezident 
mamlakatimizda olib boriladigan eng muhim islohotlarni belgilab berar ekan, 
oltinchi ustuvor yo„nalish – bu sud-huquq sohasini isloh qilish bo„yicha 
boshlangan ishlarni davom ettirishdan iborat – deb ta'kidlab, qilinishi zarur bo„lgan 
ishlarni aniq ko„rsatib berib, “Qaerda sud mustaqil bo„lmas ekan, shu yerda qonun 
talablari va adolat buzilishi muqarrar”
3
deb qayd qildi. 
Prezidentning 2005-yil Oliy Majlis palatalarining qo„shma majlisidagi 
1
Қаранг: Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Т.: Ўзбекистон, 1999, 29-30-бетлар.
2
Қаранг: Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард мақсадимиз. Т.: Ўзбекистон, 
2000, 29-30-бетлар.
3
Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти 
асосларини шакллантиришни асосий йўналишлари. T.: Ўзбекистон. 2002, 13,14,28,29-бетлар.


496 
ma'ruzasida bayon qilingan ko„rsatmalarning sud-huquq sohasini isloh qilishda, 
fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ahamiyati kattadir. 
Ma'ruzada sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirishga alohida 
e'tibor berish qayd qilinar ekan, o„tgan yillar davomida sud-huquq tizimi 
qurilmasining mutlaqo yangi Konstitutsiyasi amalga joriy qilinganligi e'tirof etildi. 
Sud-huquq sohasidagi islohotlar natijasida: 
-
Sudlarni ixtisoslashuvi amalga oshirilganligi; 
-
Sud ishlarini apellyasiya va kassatsiya tarzda ko„rish institutlarini joriy 
etilganligi; 
-
Tergov – surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash muddatlarining 
qisqarganligi, ishlarni sudda ko„rib chiqishning qat'iy muddatlari belgilanganligi; 
-
Sud sohasida kadrlarni tanlash va tasdiqlashning samarali va demokratik 
mexanizmini yaratilganligi; 
-
Sud qarorlarini ijrosini kuchayganligi (bunda departamentning roli); 
-
Prokuratura organlarining sud jarayoniga aralashuvini cheklash bo„yicha 
qonun normalariga o„zgartirishlar kiritilganligi; 
-
Sud jarayonida prokuror va advokat huquqlarini tenglashtirilganligi 
alohida qayd etildi. 
Shu bilan birga, sudlarning vakolatini kengaytirish, mustaqilligini ta'minlash 
bo„yicha aniq vazifalar belgilandi. 
Jumladan: 
-
prokuratura vakolatlarini bir qismini sudga o„tkazish; 
-
shaxsni ushlab turish, xibsga olish, shuningdek boshqa protsessual 
majburiy choralarni qo„llash uchun sanksiya berish huquqlarini sudlarga o„tkazish 
kerakligi; 
-
jazolash tizimidan o„lim jazosini chiqarib tashlash zarurligi va 
boshqalar
1

Bularning hammasi qonunchilikda o„z ifodasini topdi. Natijada fuqarolarni 
1
Қаранг: Каримов И.A. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни 


497 
ushlab turish, hibsga olishga sanksiya berish vakolati sudlarga o„tkazildi, jazolar 
tizimidan o„lim jazosi butunlay chiqarib tashlandi. 
Sudya kadrlarni tanlash, tavsiya qilish masalasini yanada takomillashtirish 
uchun 2006-yil 17-martda Prezidentning “O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo„yicha malaka 
komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to„g„risida” farmoni qabul qilindi. 
Mamlakat Prezidentining “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish konsepsiyasi” sud-huquq tizimini isloh etishni yanada 
chuqurlashtirish yo„llarini, chora-tadbirlarini belgilab berdi. Konsepsiyada olib 
borilgan tadbirlar natijasida sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorat 
va ta'siridan chiqarish imkoninini berganligi alohida ta'kidlandi. 
Islohotlar natijasida, fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy 
tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada 
kengaytirishni ta'minlash bo„yicha katta ko„lamdagi chora-tadbirlar amalga 
oshirildi. 
Sudlarda ish ko„rishdagi o„zgarishlarga muvofiq, apellyasiya instansiyasi 
ishni yangitdan ko„rib chiqishga yubormasdan, uni o„zi xolisona ko„rib chiqishi 
mumkin bo„ldi. Prokuror va advokat tengligi ta'minlanib bormoqda. Islohotlarning 
eng muhim natijasi bu qonunchilikni yanada liberallashtirishni va insonparvarlik 
tamoyiliga muvofiqlashtirish bo„ldi. Eng muhimi “Habeas korpus” institutining 
joriy etilishi, ya'ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya 
berish huquqi prokuraturadan sudga o„tganligi prinsipial qadam bo„ldi. 
Konsepsiyada qo„lga kiritilgan yutuqlarni sanab o„tish bilan cheklanmay, 
kelajakda sud hokimiyatini yanada kuchaytirish, sudni chinakam mustaqilligini 
ta'minlash uchun qilinadigan aniq ishlar (tadbirlar) belgilab olindi
1

модернизация ва ислоҳ қилишдир. –T.: Ўзбекистон, 2005. 43-49-бетлар.
1
Бу ҳақда қаранг: Каримов И.А.. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқрлаштириш ва 
фуқаролик жамиятини ривожлантириш Концепсияси. T.: ўзбекистон, 2010, 15-28-бетлар.


498 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish