Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.
Qoraqalpog„iston Respublikasining huquqiy makomi qanday?
2.
Qanday masalalarni Qoraqalpog„iston mustaqil hal qiladi?
3.
O„zbekiston va Qoraqalpog„iston munosabati nimalarga asoslanadi?
4.
O„zbekiston davlat qurilishida Qoraqalpog„iston qanday ishtirok etadi?
5.
O„zbekiston va Qoraqalpog„iston Konstitutsiyalari, qonunlari munosabati
qanday?
6.
O„zbekiston va Qoraqalpog„iston o„rtasidagi nizolar qanday hal qilinadi?
287
OLTINCHI BO„LIM
O„ZBEKISTONDA DAVLAT HOKIMIYATINI TASHKIL ETISH
XX bob. Saylov tizimi
§ 1. Demokratik jamiyatda saylovlarning ahamiyati
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlat hokimiyatining tashkil
etilishi bo„limida avval qonunchilik hokimiyati, Prezident, hukumat faoliyati
berilib saylov tizimi keyingi boblarda berilsada, aksariyat davlat organlari saylov
orqali tashkil qilinishi sababli darslikda saylov tizimini dastlab ochib berish
maqsadga muvofiq bo„ladi degan xulosaga keldik.
Saylovlar demokratik davlatlar taraqqiyotida va fuqarolarning siyosiy
huquqlari tizimida muhim Konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida markaziy o„rin
egallab kelgan. Aynan, mazkur institut orqali fuqarolar bevosita yoki o„zlari
saylagan vakillari timsolida davlat va jamiyatni boshqarish imkoniga egadirlar. Bu
borada O„zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday ta'kidlaydi: “Demokratiya va
saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o„zaro birlashib ketgan.
Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani”
1
.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarga oid masalaga alohida
to„xtalib: “Hayotda adolat o„rnatish, albatta, ijtimoiy taraqqiyotning ko„pdan-ko„p
omillariga bog„liq. Ammo eng muhim, hal qiluvchi omillardan biri – bu erkin, odil
saylov tizimidir. Ya'ni har qaysi pog„onada-jamoami, mahallami, korxonami,
tumanmi, shaharmi, viloyatmi, davlatmi, uning rivoji va taqdiri ko„p jihatdan
munosib yoki nomunosib shaxslarni, vakolatlarga ega bo„lgan rahbarlarni, shu
jumladan, hayotimiz-kelajagimizni ishonib topshirgan noib-deputatlarni saylab
olishimizga bog„liqdir”
2
deb ta'kidlagan edi.
Odatda davlat hokimiyati organlari ikki uslubda: saylash va tayinlash yo„li
bilan shakllantiriladi. Odatda umume'tirof etilgan tamoyillarga muvofiq, ijro
1
Каримов И.А. “Парламент – жамият ҳаѐтининг кўзгуси. // Ўзбекистон демократик тараққиѐтнинг янги
босқичида. Тўплам. – Т.: Ўзбекистон, 2005, 13-бет
2
Каримов И.А. “Халқ ишончи – юксак маъсулият. // Биздан озод ва обод Ватан қолсин. Т.2.-Т.:Ўзбекистон,
288
etuvchi hokimiyat va sudlov hokimiyati organlarining shakllantirilishi
saylanadigan organlar tomonidan amalga oshiriladi. Shu asosda, saylovlar davlat
hokimiyati organlarining butun tuzilmasiga oliy boshlang„ich legitimlikni
ta'minlaydi
1
.
Davlatimizda bevosita saylov usuli bilan davlat boshlig„i – O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Majlisning quyi – Qonunchilik palatasi
deputatlari saylanadilar. Shuningdek, saylash uslubi bilan Qoraqalpog„iston
Jo„qorg„i Kengesi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari shakllantiriladi.
Saylovlar referendum kabi xalq irodasini to„g„ridan-to„g„ri namoyon etilishini
qonunlashtirilgan shaklini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolar davlat
hokimiyati organlarining shakllanishiga ta'sir ko„rsatadilar va shu tufayli ularning
davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqlari amalga oshadi. Shuningdek,
demokratik saylovlar – hokimiyat to„g„risidagi masalani kuch bilan hal etilishini
aksidir. Bu borada Prezidentimiz: “Demokratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy
qarama-qarshiliklarni zo„rlik va bostirish yo„li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv,
xalq ta'biri bilan aytganda, murosai-madora bilan bartaraf etish vositasiga
aylanadi”
2
deb ta'kidlaganda saylovlarni nazarda tutgan.
Mamlakatimizning bosh maqsadi – demokratik huquqiy davlat qurish va
fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo„lib uning asosiy shartlaridan biri xalq
hokimiyatchiligini ta'minlash masalasidir. Jumladan, Prezident fikriga ko„ra:
“Demokratiya hamma joyda bir xil. Uning umumiy tamoyillari hamma uchun
tushunarli: bu – demokratiyaning ajralmas qismi bo„lgan xalq hokimiyati, xalqning
xohish-irodasi va ochiq, erkin saylovlardir. Bu oxir-oqibatda har qanday
demokratiyaning eng yuqori pog„onasi bo„lgan fuqarolik jamiyatidir”
3
.
Aslida, o„zining tashkil etilishi, tuzilishi jihatidan va faoliyatida xalqning
1996. 349-350-бетлар.
1
Конституциявий ҳуқуқда
легитимлик
(лотинчадан айнан legitimus - қонуний) деб давлат ҳокимияти
органининг ѐки олий мансабдор шахсларнинг ҳуқуқ ва ваколатларининг қонуний деб топилиши ҳамда
уларни конституция ва халқнинг қонуний билдирилган иродасига аниқ мос келиши тушунилади.
2
Каримов И.А. “Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир” Т. 3 – Т.: Ўзбекистон, 1993, 12-бет.
3
Каримов И.А. “Тинчлик ва хавфсизлигимиз ўз куч-қудратимизга, ҳамжиҳатлигимизга ва қатъий
иродамизга боғлиқ. Т. 12 – Т.: Ўзбекистон, 2004, 163-бет.
289
irodasiga tayangan, barcha umume'tirof etilgan inson va fuqarolarning huquq va
erkinliklariga ta'minlashga intilgan davlat deganda tom ma'nodagi demokratik
davlat tushuniladi. Bunda, demokratik davlat fuqarolarning erkinligi va
hurfikrligiga asoslangan fuqarolik jamiyatining muhim ajralmas qismidir. Mazkur
davlatning legitimliligi asosini esa xalq suvereniteti tashkil tashkil etadi. O„z
navbatida, xalq suverenitetining amalda namoyon bo„lishining asosini saylovlar
orqali tashkil etilgan davlat hokimiyati ifoda etadi.
Har qanday davlatni demokratik davlat, deb e'lon qilishning o„zi kifoya
emas, muhimi, uning tashkil etilishi va faoliyatining tegishli huquqiy institutlar,
huquqiy kafolatlar bilan ta'minlashdan iboratdir. Bunda, Konstitutsiyaviy-huquqiy
institutlarning tizimida saylov huquqi instituti muhim rol o„ynaydi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida ko„rsatilgan maqsadlarga
erishishda saylovlar bir vaqtning o„zida ikkita yirik vazifani yechishga hizmat
qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |