yuridik zaminini
o‘z o‘rnida
umumiy va maxsusga bo‘lish mumkin. Umumiy zamini — prokuror
vakolatini amalga oshiruvchi shaxslarni tayinlash to‘g‘risidagi huqu
qiy normalarda ( 0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuraturasi to‘g‘ri-
sida»gi Qonuni, «Kadrlami tanlash va tayinlash to‘g‘risida»gi Nizom,
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining kadrlarni tanlash
va tayinlash to ‘g‘risidagi buyrug‘i, «Sudlar to ‘g‘risida»gi Qonun,
0 ‘zbekiston Respublikasining JPK) o‘z aksini topadi. Ushbu huqu
qiy normalarga rioya qilish (Oliy yuridik m a’lumotning mavjudligi,
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishligi, jismonan sog‘lom-
ligi) haqiqatda prokurorlarni sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida
davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etishiga imkoniyat yaratadi.
Maxsus zamini
— m a’lum bir prokurorning aniq bir jinoyat
ishi bo‘yicha davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etishiga monelik
278
qiladigan holatlar — to ‘sqinlikni mavjud emasligida ifodalanadi.
To‘sqinliklar (monelik qiladigan holatlar) turlicha bo‘lishi mumkin,
masalan, bevosita yoki bilvosita ish natijasidan prokurorning shaxsiy
manfaatdorligi ishni obyektiv ko‘rishga xalaqit beradi. Bu to‘sqin-
liklarni bartaraf qilish uchun esa qonunchilikda rad etish (otvod
berish) instituti amal qiladi. Rad etilgan prokurorning ishni ko‘rish-
da ishtirok etishi 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 22-moddasi
talablarini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining «Sud
hukmi to‘g‘risida»gi qarori hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning
sud hukmi oldiga qo‘ygan (JPKning 455-moddasi «hukm —
qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi shart») talablarni qo‘pol ravishda
buzilishiga olib keladi. Bu esa, o‘z-o‘zidan jinoyat ishi bo'yicha
chiqarilgan hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan bekor qilini-
shiga asos hisoblanadi. Sudlarda jinoyat ishlari ko'rilishida prokuror
ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish to ‘g‘risida
2004-yil 11-maydagi 21-buyruqda qayd etilishicha, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasining sudlarda jinoyat ishlari ko‘ri-
lishida prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi, Qoraqalpo-
g‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, 0 ‘zbekiston Res
publikasi Transport, Harbiy, shahar, tuman prokurorlari va ularga
tenglashtirilgan prokurorlarning bu sohadagi asosiy vazifasi sudlarda
jinoyat ishlari ko‘rilishida prokuror vakolatini malakali ta’minlash
orqali fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlaming
huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Shu maqsadda prokurorlar qonun hujjatlarida belgilangan vako-
latlaridan to ‘la va samarali foydalanib, shaxsning sha’ni va qadr-
qimmatini hurmat qilish, taraflarning tortishuvi, aybsizlik prezump-
siyasi, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysu-
nishi hamda jinoyat protsessining boshqa prinsiplariga qat’iy amal
qilgan holda fuqarolarning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va qonunlarida mustahkamlangan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlaydilar.
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksida
nazarda tutilgan quyidagi ishlar sudlarda ko‘rilishida prokuror
ishtiroki majburiydir:
• tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash;
• yarashuv to ‘g‘risidagi ishlar;
• hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarning muhokamasida;
• sud prokurorning ishtirokini zarur deb topgan hollarda;
279
• apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida ko‘rilayotgan
ishlar.
Shuningdek:
• og‘ir va o‘ta og'ir turdagi jinoyatlar;
• voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar;
• amnistiya aktini qo‘llash bilan bog‘liq jinoyat ishlari sudda
ko‘rilishida prokuror ishtiroki qat’iy ta ’minlanishi shart;
• og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ishlar prokurorga ayblov
xulosasi bilan kelgan vaqtdan boshlab, davlat ayblovchisini tayin
lash choralari ko‘rilishi kerak;
• davlat ayblovchisi sifatida tajribali, jinoyat va jinoyat protsessual
qonunchilik sohasida yetarli bilimga ega, notiqlik mahoratini egal-
lagan xodimlar tayinlanadi.
0 ‘ta og‘ir turdagi jinoyat ishlarining sudda ko‘rilishida prokura
tura ish o ‘rganuvchilarning davlat ayblovini quwatlashiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Sud muhokamasiga prokurorlar puxta tayyorgarlik ko‘rib, surish
tiruv va dastlabki tergovning har tomonlama to ‘liq va xolisona olib
borilganligini o'rganishlari lozim. Sud majlisi jarayonida alohida
e’tibor sudlanuvchining himoya huquqi hamda qonunda belgilangan
boshqa huquqlarining ta’minlanishiga qaratilib, sud muhokamasi
qoidalari va munozara madaniyatiga amal qilib, dalil-isbotlarni
tekshirish va ularga baho berishda faol qatnashgan holda ish bo‘yicha
qonun va ish hujjatlariga asoslangan fikr berib, qonuniy va adolatli
qaror qabul qilinishi ta’minlanishi shart.
Yarashuv to ‘g‘risidagi ishlaming ko'rilishida prokuror yarashuv-
ning ixtiyoriyligi va uning sabablari, jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq
o‘tkazilmaganligi va boshqa masalalami sinchkovlik bilan tekshirilishi
orqali qonuniy ajrim chiqarilishiga ko‘maklashildi.
Prokurorning muzokarasida sudlanuvchining aybliligi, uning
jinoiy harakatlarini tavsiflash, jazo turini va me’yorini tayinlash bilan
birgalikda, jinoyat natijasida yetkazilgan zararning o ‘rnini qoplash,
qo‘shimcha jazo tayinlash, shuningdek, jinoyatning sabablari va
uning sodir etilishga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish
maqsadida xususiy ajrim chiqarish to‘g‘risida fikrlar berishlari kerak.
Sud muhokamasiga, ayniqsa, mansabdor shaxslar tomonidan
sodir etilgan qonun buzilishlar yuzasidan xususiy ajrimlar chiqa
rish hamda ularni muayyan huquqdan mahrum qilish masalasi qo‘yi-
lishi talab etilishi lozim.
280
Davlat ayblovini quwatlayotgan prokurorlar tergov va suddagi
ma’lumotlar sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi, degan
ishonchga kelsalar, ayblovdan voz kechish to ‘g‘risidagi qonun
talablariga so‘zsiz amal qilishlari darkor. Davlat ayblovchisining
fikri sudga yozma taqdim etilishi majburiyligi haqidagi qonun
talablari og‘ishmay bajarilishi ta’minlanishi kerak (JPKning 450—
457-moddalari talablari asosida).
Noqonuniy, asossiz va adolatsiz hukm hamda ajrimlarga proku
rorlar tomonidan apellatsiya, kassatsiya, xususiy protest keltirish
choralari ko‘rilishi shart. Prokuror protestlari ishdagi mavjud hujjat
lar, dalillar, qonun normalari bilan asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ishlar bo'yicha sud qarorlarining
qonuniyligi apellatsiya muddatida o‘rganib borilishi, protest kelti-
rishga asos bo‘lmagan taqdirda, xulosa tuzilib, prokuror tomonidan
tasdiqlanishi lozim. Apellatsiya protesti keltirilmagan noqonuniy
sud qarorlariga qonunda belgilangan tartibda viloyat prokurorlari va
ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan kassatsiya protestlari
keltirilishi kerak.
Apellatsiya, kassatsiya instansiyalarining noqonuniy ajrimlariga
nazorat tartibida protest keltirilishi, bunday protest keltirish prokuror
ning vakolatiga kirmaydigan hollarda esa yuqori turuvchi prokurorga
asoslantirilgan taqdimnoma kiritilishi ta’minlanishi zarur. Sudlaming
nazorat bosqichlarida ishlar ko'rilishida viloyat prokurorlari va ularga
tenglashtirilgan prokurorlar shaxsan ishtirok etishi talab qilinadi.
Apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyalarida qatnasha-
digan prokuror ishlarni to ‘liq o‘rganib, protest va shikoyat vajlari-
ning asosliligi, sud qarorlarining qonuniyligi va adolatliligi yuzasi
dan asoslantirilgan flkr berishi lozim. Sud qarorlari yuzasidan fuqaro-
lardan kelib tushgan ariza va shikoyatlarning qonunda belgilangan
muddatda, ishlar to‘liq o‘rganilgan holda qonuniy hal qilinishi ta’min
lanishi kerak. Jinoyat ishlarini o‘rganish natijasiga ko‘ra, sud qarori
asosli deb topilgan taqdirda, xulosa tuzilib, protest keltirish vakola
tiga ega bo‘lgan prokurorlar yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan
tasdiqlanishi, ariza muallifiga esa asoslantirilgan javob berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |