Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


likdan  himoyalanish huquqiga egadir. Ushbu qonun talabi bilan  insonning



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

likdan 
himoyalanish huquqiga egadir. Ushbu qonun talabi bilan 
insonning 
munosib hayot kechirish va erkin rivojlanishini ta ’m in- 
lashga 
qaratilgan davlat siyosatini — yangi hayot sifatini ta ’m in- 
lovchi, 
rivojlangan davlatlar standartlariga javob beradigan mamla- 
katlar 
qatoridan o ‘rin oladigan jam iyatim iz rivojining qonuniy 
zamlni 
deb qabul qilish lozim.
Bu 
o ‘rinda shuni qayd qilib o ‘tish lozimki, 0 ‘zbekiston Respub­
likasida 
barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega b o ‘lib, 
jinsi, 
irqi, 
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi 
va 
ijtimoiy 
mavqeyidan q at’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy 
ailolat 
prinsiplariga mos bo'lishi shart ( 0 ‘zbekiston Respublikasi
-> 
21
65


Konstitutsiyasining 18-moddasi). Shuningdek, fuqarolar o ‘z huquq 
va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va 
jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur 
yetkazmasliklari shart (Konstitutsiyaning 20-moddasi).
Davlat tom onidan oila, onalik, otalik va bolalik, nogiron, 
nafaqaxo‘rlarni qo‘llab-quw atlanishi kafolatlanadi. H ar kim qari- 
ganda, m ehnat layoqatini yo ‘qotganda, shuningdek, boquvchisi- 
dan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda 
ijtimoiy ta ’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy 
yordam boshqa turlarining m iqdori rasm an belgilab q o ‘yilgan 
tirikchilik uchun zarur eng kam m iqdordan oz b o ‘lishi m um kin 
emas (Konstitutsiyaning 39-moddasi).
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1997-yil 28-m ay- 
dagi «Qonun ustuvorligini ta ’minlashda prokuratura idoralarining 
um um iy nazorat faoliyatini tashkil etish, uning sifati va sam arador- 
ligini oshirish haqida»gi 4-buyrug‘i mavjugj b o ‘lib, shu buyruqning 
2.12-bandida «aholini ish bilan ta ’minlash va m ehnat to ‘g‘risidagi 
qonunlar ijrosi ustidan nazorat asosiy vazifa deb belgilansin. Shunda 
alohida e ’tibor ijtimoiy himoyaga muhtoj b o ‘lgan fuqarolar qatlam - 
lariga belgilangan imtiyozlarni ta ’minlashga doir qonunlar ijrosiga 
qaratilsin. Tashkilotlar va korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini 
qayta tashkil qilish, takomillashtirish, xususiylashtirish va iqtisodiy 
islohotlar m unosabati bilan ish joylarining qisqartirilishi oqibatida 
ishdan bo'shab qolgan xodimlarni ish bilan ta ’minlash haqidagi 
qonunlar ijrosi ustidan nazoratning ta ’sirchanligini oshirilsin» deb 
ko ‘rsatib qo‘yilgan. Prokurorlar buyruqning ushbu talabiga qat’iy 
rioya etmoqliklari shartdir.
Joylarda prokurorlar mulkchilik shaklidan, kimga b o ‘ysunishi, 
kim ning tasarrufida bo'lishidan q at’i nazar, fuqarolarning m ehnat 
haqi o ‘z vaqtida berilishini, aholini ish bilan ta ’m inlash va m ehnat 
to ‘g ‘risidagi qonunlarga so‘zsiz rioya qilinishi ustidan to ‘liq nazoratni 
amalga oshirishlari lozimdir. Ish haqini o ‘z vaqtida to ‘lash va to ‘lov 
intizomiga rioya qilish bo‘yicha hamda ishlamayotgan nalaqaxo‘rlarga 
nafaqalarini, qarilik va nogironlik nafaqasida o'tirgan fuqarolarni 
nafaqa va pensiyalarini o ‘z vaqtida to'lashga qaratilgan qonunchilikni 
bajarilishi ustidan prokurorlik nazoratini susaytirmaslik lozim.
Tadbirkorlikni m uhofaza qilishga qaratilgan, hozirda qabul 
qilinayotgan barcha qonunlar bevosita fuqarolarning konstitutsion 
huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgandir. Prokurorlik 
nazorati ham aynan shu huquq va erkinliklami fuqarolar tom onidan
66


amalga oshirilayotganida mas’ul davlat idoralari va mansabdor 
shaxslar tom onidan poymol etilmayotganligiga katta e’tibom i qara- 
tishlari, bozor munosabatlarini rivojlantirish va davlatimiz fuqaro- 
larini turm ush tarzini yuqoriga ko‘tarishga qaratilgan ushbu xatti- 
harakatlarga asossiz ravishda to ‘g‘onoq b o ‘layotganlarga nisbatan 
qonuniy choralar ko‘rish, tadbirkorlarga huquqiy va amaliy yordam 
orqali ko‘maklashishga qaratilishi shart.
Fuqarolarning iqtisodiy huquq va erkinliklariga rioya qilinishida 
prokurorlik nazorati predmeti yana bir narsaga qaratilish lozim, 
ya’ni tadbirkorlik faoliyatini alohida turlari bilan shug‘ullanish 
huquqini cheklash bo ‘yicha qonunlar ijrosi qay darajada amalga 
oshirilishiga qaratilishi kerak. Chunki aynan faoliyatning alohida 
turlarini litsenziyalash, bu — maxsus m a’lumoti bo‘lmasdan, tadbir­
korlik faoliyati bilan shug‘ullanib, o'zining hamda boshqa fuqaro- 
larning hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishining oldini oladi. 
Litsenziyalash ommaviy manfaatlarni muhofaza qilishga qaratilgan.
Prokuror tadbirkorlik erkinligini suiiste’mol qilish faktlarini 
ko‘zdan qoldirmasligi kerak, bulardan, tijorat bo ‘lmagan tashkilot- 
lar tom onidan nizomlarida ko'rsatilmagan faoliyat bilan shug‘ulla- 
nish, maxsus ruxsatnoma-litsenziya talab qilingan hollarda litsenziya- 
siz faoliyat ko'rsatish, boshqa fuqarolarning qonun bilan belgilangan 
huquq va manfaatlariga putur yetkazishi m umkin bo'lgan faoliyat 
bilan shug‘ullanish hollariga e’tibor berishi va shu hollarga duch 
kelganida qonun bilan belgilangan vakolatlaridan foydalanib, qonun 
buzilish hollariga barham berishi lozim.
Fuqarolarning qonun bilan muhofaza qilinadigan muhim va 
asosiy huquqlaridan biri — fuqarolarning atrof-m uhit, tabiatga 
bo‘lgan huquqiaridir. Bu borada Bosh prokuror barcha prokuror- 
lardan tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilikni bajarilishi 
ustidan nazorat qilishni kuchaytirish, tabiat boyliklarini saqlashni 
ta ’minlashda qishloq xo‘jaligi tasarrufida bo ‘lgan yerlarni izdan 
chiqarishga, o ‘rmon boyliklari, hayvonot dunyosining yo'qotili- 
shiga, atrof-m uhitning ifloslanishiga qarshi kurash choralari yuza- 
sidan belgilangan qonunlam ing qo£Ilanishi ustidan doimiy nazo- 
ratni o ‘rnatish muhim vazifa ekanligini o ‘z buyrug'ida ko'rsatib o'tgan. 
Prokuror nazorati predmeti fuqarolarimizning sog‘lig‘iga,tabiatga 
nisbatan huquqbuzarliklarga qarshi qaratilishi, huquqbuzarliklarni 
o ‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilishi lozimligi, atrof-m uhitni 
sog‘lomlashtirish, insonlam ing hayot sifatini yomonlashtiradigan 
ekologik huquqbuzarliklardan ogohlantirish ishlarini kuchaytirilishi
67


lozim. K o‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan ham 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurorining «Fuqarolarning huquq va erkin­
liklari, jam iyat va davlat m anfaatlarini him oya qilish yuzasidan 
prokurorlik faoliyatini samaradorligini oshirish to ‘g‘risida»gi yuqo- 
rida ta ’kidlangan buyruq m azkur soha b o ‘yicha ham sohaviy nor- 
m ativ hujjat hisoblanadi. Buyruq talabiga k o ‘ra, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi prokuratura organlari nazorat faoliyatining m uhim
vazifasi — respublika hududida qonun ustuvorligini ta ’minlash, 
inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari 
hamda erkinliklarini, barcha m illat va elatlarning teng huquq- 
liligini, jam iyatda ijtimoiy adolat va qonuniylikni mustahkamlash, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzum ini, jam iyat va 
davlatning qonun bilan q o ‘riqlanadigan m anfaatlarini himoya 
qilishdan iboratdir.
Inson va fuqarolarning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
va qonunlarida belgilab berilgan huquq-erkinii£larini himoya qilish 
prokuratura organlarining jam iyat oldidagi eng m uhim vazifasidir. 
Shunda prokuror vakolatlari:
• fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini, ularning daxl- 
sizlik, fikrlash, so‘z va e ’tiqod ham da vijdon erkinligi huquqlarini 
kafolatlarini ta ’minlash;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining siyosiy huquqlarini, 
ya’ni jam iyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita ham da o 'z 
vakillari orqali ishtirok etish;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarga muvofiq jam oat birlash- 
malariga, siyosiy partiyalarga birlashish va ommaviy harakatlarda 
qatnashish huquqlarini amalga oshirishda ularning erkinliklarini 
himoyalash;
• shaxsning vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki 
xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan m urojaat qilish 
huqu q in i ushbu idoralar to m o n id a n t a ’m inlanishini nazorat 
qilish;
• fuqarolarning mulkka ega b o lish huquqini, ularning mulkini 
daxlsizligini muhofaza qilish;
• shaxsning m ehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli ham da 
xavfsiz m ehnat sharoitlarida ishlashga, o ‘z faoliyatlari uchun o ‘z 
vaqtida haq olish, m ehnat ta ’tiliga chiqish ham da qonunda ko‘r- 
satilgan tartibda ishsizlikdan him oyalanishga doir huquqlarini 
himoyalash;
68


• har bir shaxsning qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, 
shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda 
tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy himoyalanish;
• pensiya ta ’m inoti huquqlarini aholining ijtimoiy himoyaga 
muhtoj yolg‘izlar, nogironlar, qariyalar va aholining kam ta ’m in- 
langan qismiga alohida e’tibor bergan holda muhofazasinj ta’minlash;
• bozor m unosabatlari rivojlanayotgan bir paytda sog‘liqni 
saqlash, onalik va bolalikni himoyalash, bepul malakali tibbiy 
xizmat ko‘rsatishga oid huquqlarni muhofaza qilish;
• fuqarolarning bilim olish huquqi, ilmiy va texnikaviy ijod 
erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqlarini amalga 
oshirilishiga ko‘mak berishga yo‘naltirishdan iborat.
Aholini ish bilan ta ’minlash va m ehnat to ‘g‘risidagi qonunlar 
ijrosi ustidan nazorat asosiy vazifa, deb belgilangan. Shunda alohida 
e ’tibor ijtimoiy himoyaga muhtoj b o ‘lgan fuqarolar qatlamlari 
belgilangan imtiyozlar bilan ta ’minlanishiga doir qonunlar ijrosiga 
qaratilishi ta ’kidlangan.
Tashkilot va korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini qayta tashkil 
qilish, takomillashtirish, xususiylashtirish va iqtisodiy islohotlar 
munosabati bilan ish joylarining qisqartirilishi oqibatida ishdan 
bo'shab qolgan xodimlarni ish bilan ta ’minlash haqidagi qonunlar 
ijrosi ustidan nazoratning ta’sirchanligi oshirilishi ham talab etiladi.
Fuqarolarning xat, ariza va shikoyatlari, korxona, tashkilot va 
muassasalarning murojaatlariga mas’uliyatsizlik va sansalorlik bilan 
munosabatda bo‘1 ish, ijtimoiy adolat talablariga rioya etmaslik, inson 
va fuqaroning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda shaxsiy huquqlari 
va erkinliklariga to ‘sqin!ik qilish hollariga barham berish haqidagi 
qonunlar ijrosi ustidan nazoratni keskin kuchaytirish; Davlat bosh­
qaruv idoralari, o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari, hokimlar va m an­
sabdor shaxslar tom onidan fuqarolar va yuridik shaxslar m anfaat­
lariga zid ravishda qabul qilingan noqonuniy hujjatlarni aniqlash va 
ularni bekor qilish yoki qonunga m uvofiqlashtirish yuzasidan 
m untazam tekshirishlar o ‘tkazilishi lozimligi ta ’kidlanadi.
Respublika Bosh prokuraturasi fuqarolarning huquq va erkin­
liklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi 
ham da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, 
0 ‘zbekiston Transport va Harbiy prokurorlari quyi prokurorlar 
tom o n id an qoTlanilgan prokuror nazorati hujjatlarining sifati 
m untazam ravishda o ‘rganilib borilishi buyruqda talab etiladi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish