Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

shikoyatini (protestini)
qaytarish to‘g‘risidagi 
ajrim ustidan kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) mumkin.
Shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxs ushbu moddaning 
birinchi qismidagi 1, 2, 3-bandlarda ko'rsatilgan holatlar bartaraf 
etilganidan keyin xo'jalik sudiga apellatsiya shikoyati (protesti) bilan 
umumiy tartibda yana murojaat qilishga haqli.
349


Apellatsiya protesti ish yuritishga qabul qilingani to‘g‘risida sudya 
ajrim chiqaradi.
Ajrimda apellatsiya protestini ko‘rish vaqti va joyi ko‘rsatiladi. 
Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi m a’lum 
qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi.
Protestni chaqirib olish. 
Protest keltirgan prokuror, shuningdek, 
yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguncha, protestni 
chaqirib olishga haqli. Protest chaqirib olingani haqida ishda ishtirok 
etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
Sud apellatsiya protesti chaqirib olinsa, agar hal qiluv qarori, 
qaror ustidan ishtirok etuvchi boshqa shaxslar shikoyat qilmagan 
bo‘lsalar, apellatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi. Xo‘jalik 
sudi apellatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim 
chiqaradi.
Apellatsiya protesti 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga 
tushgan kundan e’tiboran, bir oylik muddatda_^o‘riladi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy xo'jalik sudining hal qiluv qarori ustidan kassa­
tsiya protesti uning rayosati tomonidan bir oylik muddatda ko‘riladi.
X o‘jalik sudining ajrimi ustidan kassatsiya tartibida protest 
keltirish mumkin. Xo‘jalik sudining ajrimlari ustidan tushgan 
kassatsiya protesti sudning hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan 
tushgan kassatsiya shikoyatlarini ko‘rish uchun nazarda tutilgan 
tartibda ko‘riladi.
Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda 
apellatsiya instansiyasining qarori ustidan ishda ishtirok etuvchi 
shaxslar kassatsiya shikoyati berishga, prokuror esa kassatsiya 
protesti keltirishga haqlidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik 
sudi Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
xo‘jalik sudlari tomonidan birinchi va apellatsiya instansiyalarida 
qabul qilingan hal qiluv qarorlari va qarorlarning qonuniyligini 
tekshiradi.
Oliy xo‘jalik sudining rayosati shu sud tomonidan birinchi 
instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini 
tekshiradi. Kassatsiya shikoyati (protesti) 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy xo‘jalik sudiga hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xo‘jalik 
sudi orqali beriladi.
Hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xo‘jalik sudi shikoyat 
(protest) tushgan kundan e’tiboran, besh kunlik muddatda uni 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga ish bilan birga yubo- 
rishi shart. Kassatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudining hal qiluv
350


qarori yoki apellatsiya instansiyasining qarori qonuniy kuchga 
kirganidan keyin bir oy davomida berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi 
kerak:
1) shikoyat (protest) yo‘llanayotgan xo‘jalik sudining nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning va ishda ishtirok 
etuvchi shaxslarning nomi;
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorining 
yoki qaromi qabul qilgan xo‘jalik sudining nomi, ishning tartib 
raqami va hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana, nizo predmeti;
4) shikoyat (protest) bergan shaxsning talablari, moddiy yoxud 
protsessual huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo'llani- 
lishi nimadan iboratligi;
5) shikoyat (protest)ga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Kassatsiya shikoyati (protesti)da ishning holatlari isbotlanma-
ganligini yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning haqiqiy munosa- 
batlari to ‘g‘risida hal qiluv qarori yoki qarorda bayon qilingan 
xulosalar ishning holatlariga nomuvofiqligini dalil qilib keltirishga 
yo‘l qo‘yilmaydi.
Kassatsiya shikoyati uni berayotgan shaxs yoki uning vakili 
tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga 
uning sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi 
ishonchnoma, agar u awal ushbu ish bo‘yicha taqdim etilmagan 
bo‘Isa, ilova qilinadi.
Shikoyatga davlat boji to ‘langanligini va ishda ishtirok etuvchi 
boshqa shaxslarga shikoyatning nusxalari yuborilganligini tasdiq­
lovchi dalillar ilova qilinadi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) bera­
yotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyat 
(protest) nusxasini va unga ilova qilingan, ularda bo‘lmagan hujjat- 
larning nusxalarini yuboradi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protesti- 
ning) nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan o‘z fikr-mulo- 
hazasini hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga fikr-mulohaza nusxa­
lari jo ‘natilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati 
(protesti) ko‘rib chiqiladigan kungacha yetib borishini ta’minlay- 
digan muddatda xo‘jalik sudiga yuborishga haqlidir.
Fikr-mulohaza ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili 
tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan fikr-mulo- 
hazaga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonch­
noma ilova qilinadi.
351


Kassatsiya shikoyati (protesti) quyidagi hollarda qaytariladi:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan yoki uni 
imzolashga huquqi bo‘lmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi ko‘r- 
satilmagan shaxs tomonidan imzolangan boisa;
2) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan xo‘jalik 
sudini chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo'lsa;
3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarga uning nusxalari jo ‘natilganini tasdiqlovchi dalillar ilova 
qilinmagan bo‘lsa;
4) kassatsiya shikoyatiga belgilangan tartibda va miqdorda davlat 
boji to ‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa, 
qonunda davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imko- 
niyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma berilmagan 
yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan 
keyin berilgan bo‘lsa va o ‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash 
to £g£risida iltimosnoma boim asa;
6) kassatsiya shikoyatida (protestida) moddiy yoki protsessual 
huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llanish nimadan ibo- 
ratligi ko‘rsatilgan bo‘lmasa;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga kassatsiya shikoyati (protesti) 
ish yuritishga qabul qilingani to £g£risidagi ajrim yuborilgunga qadar 
shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarish to £g‘risida 
ariza tushgan bo£lsa.
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining 
sudyasi tomonidan qaytariladi. Agar shikoyatni (protestni) qayta­
rish asoslari kassatsiya instansiyasida aniqlangan bo£lsa, shikoyatni 
(protestni) shu instansiya sudining sudyasi qaytaradi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to £g‘risida ajrim 
chiqariladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to £g‘risida birinchi 
instansiya sudyasi tomonidan chiqarilgan ajrim ustidan kassatsiya 
instansivasiga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ushbu 
modda birinchi qismining 1, 2, 3, 4, 6-bandlarida ko'rsatilgan 
holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs kassa­
tsiya shikoyati (protesti) bilan xo£jalik sudiga umumiy tartibda yana 
murojaat qilishga haqli.
Kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani 
to £g‘risida sudya ajrim chiqaradi. Ajrimda kassatsiya shikoyatini 
(protestini) ko£rish vaqti va joyi ko‘rsatiladi. Ajrim ishda ishtirok
352


etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma 
xat orqali yuboriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, kassa­
tsiya instansiyasining xo‘jalik sudi birinchi instansiya va apellatsiya 
instansiyasi sudlarida qabul qilingan hal qiluv qarorining, qarorning 
ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlangunga qadar 
to ‘xtatib turishga haqli.
Ish kassatsiya instansiyasida ushbu bobda nazarda tutilgan 
xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya xo‘jalik sudi 
tomonidan ishni ko'rish qoidalari asosida ko'riladi. Bunda birinchi 
instansiya uchungina belgilangan qoidalar qo'llanilmaydi.
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs qaror chiqarilgunga qadar 
undan voz kechishga haqli. Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu 
kodeksning 40-moddasi to ‘rtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar 
bo‘yicha rad etib, ishni kassatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
Protest keltirgan prokuror, shuningdek, yuqori turuvchi pro­
kuror sud majlisi boshlanguncha, protestni chaqirib olishga haqli. 
Protest chaqirib olingani haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar 
xabardor qilinadi.
Sud kassatsiya shikoyatidan voz kechishni qabul qilsa yoki protest 
chaqirib olinsa, agar hal qiluv qarori, qaror ustidan ishda ishtirok 
etuvchi boshqa shaxslar shikoyat qilmagan bo‘lishsa, kassatsiya 
instansiyasida ish yuritishni tugatadi. Xo‘jalik sudi kassatsiya instan­
siyasida ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori yoki apellatsiya instansiya­
sining qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ish bilan birga, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga tushgan kundan 
e’tiboran, bir oylik muddatda ko‘riladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy xo‘jalik sudining hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati 
(protesti) uning rayosati tomonidan bir oylik muddatda ko‘riladi.
Xo‘jalik sudi ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rganida moddiy 
va protsessual huquq normalari birinchi instansiya va apellatsiya 
instansiyasi sudida to ‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshiradi.
Kassatsiya instansiyasi xo‘jalik sudi ishni ko‘rganidan keyin 
quyidagilarga haqli:
1) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellatsiya 
instansiyasining qarorini o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa 
qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellatsiya 
instansiyasining qarorini to ‘la yoki qisman bekor qilish hamda 
yangi qaror qabul qilishga;


3) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellatsiya 
instansiyasining qarorini, agar qabul qilingan hal qiluv qarori va 
qaror yetarlicha asoslanmagan bo‘lsa, bekor qilish hamda ishni 
hal qiluv qarori va (yoki) qarori bekor qilingan xo‘jalik sudi instan- 
siyasiga yangidan ko‘rish uchun topshirishga;
4) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellatsiya 
instansiyasining qarorini o‘zgartirishga;
5) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellatsiya 
instansiyasining qarorini to ‘la yoki qisman bekor qilish va ish 
yuritishni tugatish yoxud da’voni to ‘la yoki qisman ko‘rmasdan 
qoldirishga;
6) aw al qabul qilingan hal qiluv qarorlaridan yoki qarorlardan 
birini kuchda qoldirishga.
Moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud 
noto‘g‘ri qo'llanilishi xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini yoki 
qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilishjichun asos bo‘ladi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘lla- 
nilishi, agar bu buzilish noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilini- 
shiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, hal qiluv qarorini 
yoki qarorni o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi quyidagi hollarda 
hal qiluv qarorini yoki qarorni bekor qilish uchun asos bo‘ladi:
1) ish xo‘jalik sudi tomonidan noqonuniy tarkibda ko‘rilgan bo‘lsa;
2) ish xo‘jalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi, majlis 
vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmagan shaxs- 
lardan birontasining yo‘qligida ko£rilgan bo‘lsa;
3) ishni ko'rishda sud ishi yuritiladigan til to ‘g‘risidagi qoidalar 
buzilgan bo‘lsa;
4) xo‘jalik sudi hal qiluv qarorini yoki qarorni qabul qilishda 
qaysi qonun hujjatiga amal qilganiigi hal qiluv qarorida yoki qarorda 
ko‘rsatilmagan bo‘Isa;
5) xo‘jalik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning 
huquq va majburiyatlari to ‘g‘risida hal qiluv qarori yoki qaror qabul 
qilgan bo‘lsa. Mazkur shaxslar bunday hal qiluv qarori yoki qaror 
ustidan ushbu kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli;
6) hal qiluv qarori yoki qaror sudyalardan biri tomonidan 
imzolanmagan bo£lsa yoxud hal qiluv qarori yoki qarorda ko£rsatil- 
ganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolangan bo£lsa;
7) hal qiluv qarori ishni ko'rgan sud tarkibiga kirmagan sudya­
lar tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
354


8) 
ishda sud majlisining bayonnomasi bo‘lmasa yoki u ushbu 
kodeksning 134-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxs tomo­
nidan imzolanmagan bo‘lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha 
qaror qabul qilinib, u barcha sudyalar tomonidan imzolanadi.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
1) qaromi qabul qilgan xo‘jalik sudining nomi, ishning tartib 
raqami va qaror qabul qilingan sana, qaromi qabul qilgan sud tar- 
kibi, majlisda hozir bo‘lgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari;
2) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda 
ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
3) ishni birinchi va apellatsiya instansiyalarida ko‘rgan xo‘jalik 
sudining nomi, ishning tartib raqami, hal qiluv qarori, qaror qabul 
qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyalari;
4) qabul qilingan hal qiluv qarori, qaror mazmunining qisqa- 
cha bayoni;
5) hal qiluv qarori, qarorning qonuniyligini tekshirish to ‘g‘ri- 
sida masala qo‘yilishiga sabab bo‘lgan asoslar;
6) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan mulohazada bayon 
qilingan vajlar;
7) majlisda hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;
8) xo‘jalik sudi ishida ishtirok etuvchi shaxslar asoslangan qonun 
hujjatlarini qo‘llamasligining sabablari, shuningdek, sud qarorni 
qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari;
9) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini, apellatsiya instan­
siyasining qarorini bekor qilganda yoki o‘zgartirganda, kassatsiya 
instansiyasi sudi birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi 
sudining xulosalariga rozi bo‘lmaganligining sabablari;
10) kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari bo‘yicha 
xulosalar;
11) agar ish yangidan ko‘rish uchun topshirilayotgan bo'lsa, 
ishda ishtirok etayotgan shaxslar va xo'jalik sudi tomonidan baja- 
rilishi kerak bo‘lgan harakatlar;
12) ishda ishtirok etuvchi shaxslar o ‘rtasida sud xarajatlarining 
taqsimlanishi.
Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran, besh kunlik muddatda 
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan 
buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi. Qaror 
qabul qilingan paytdan boshlab, qonuniy kuchga kiradi va uning 
ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
355


Ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rgan xo‘jalik sudining qarorda 
bayon qilingan ko‘rsatmalari ishni yangidan ko‘rayotgan sud uchun 
majburiydir. Ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rgan xo‘jalik sudi u 
yoki bu dalilning to ‘g‘riligi yoki to ‘g‘ri emasligi, bir dalilning 
boshqalaridan ustunligi, ish yangidan ko‘rilganida qanday hal qiluv 
qarori qabul qilinishi to ‘g‘risidagi masalalarni awaldan hal qilib 
qo‘yishga haqli emas.
Xo‘jalik sudining ajrimi ustidan ushbu kodeksda nazarda tutilgan 
hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) 
mumkin. Xo‘jalik sudining ajrimlari ustidan tushgan kassatsiya 
shikoyati (protesti) sudning h?l qiluv qarorlari va qarorlari ustidan 
tushgan kassatsiya shikoyatlarini ko£rish uchun nazarda tutilgan 
tartibda ko£riladi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish