9.3. Prokurorning fuqarolik ishlarini yuritishning apellatsiya
bosqichida ishtirok etishi asoslari
Prokurorning ikkinchi instansiya sudida ishtirok etishi to‘g‘risida
shuni aytish kerakki, uning bu instansiyada ishtirok etishi ikki
shaklda:
birinchidan,
sud qarori ustidan shikoyat, protest keltirish
yo‘li bilan;
ikkinchidan,
taraflardan birining sud qaroridan norozi
bo‘lib shikoyat arizasi berganida bu to ‘g‘risida fikr berish yo‘li
bilan ishtirok qila oladi.
Prokurorning protest bildirish huquqi
— uning birinchi instansiya
sudida ishning ko‘rilishida ishtirok qilish-qilmasligiga bog‘liq emas.
Apellatsiya protestini hamma prokurorlar, ya’ni tuman, shahar,
viloyat va yuqori turgan prokurorlar bera olishadi. Ikkinchi instansiya
sudida protest ko‘rilganida, prokuror ishtirok etadi va protestni
quwatlaydi.
Fuqarolik ishlarini apellatsiya bosqichida ko‘rishda, bu bosqich
predmeti bo‘lib, qonuniy kuchga kirmagan sudning qaror va
ajrimlari hisoblanadi.
Prokuror ishni birinchi instansiya sudida ko‘rilishida ishtirok
etish-etmasligidan qat’i nazar, noqonuniy yoki asossiz deb topgan
sud qarori ustidan apellatsion tartibda ko‘rish uchun protest
keltirish mumkin. Apellatsion protestlar prokuror tomonidan
qaromi chiqargan sud orqali keltiriladi. Protestning to‘g‘ridan to‘g‘ri
apellatsiya instansiyasiga berilishi uning ko‘rilishiga to ‘sqinlik qila
olmaydi. Apellatsion protest qaror chiqarilgach, 20 kun mobaynida
keltiriladi. Apellatsion shikoyat protsessual hujjat sifatida quyidagi
talablarga javob berishi, ya’ni:
343
• protest obyektiv, asoslangan bo‘lishi kerak.
Apellatsion protest yoki protest muallifi bo‘lgan prokuror yoki
yuqori turuvchi prokuror tomonidan quwatlanadi.
Apellatsion protest uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
1) ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning to ‘liq ochilma-
ganligi;
2) ish uchun ahamiyatli bo'lgan, sud tomonidan aniqlangan
deb hisoblangan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) sud xulosalarining qarorini ish holatlariga nomuvofiqligi;
4) moddiy yoki protsessual normalarning noto‘g‘ri qo'llanilishi
yoki buzilishi.
Prokuror ishning hal etilishida ishtirok etar ekan, ishda qatna-
shuvchi shaxslardan so‘ng qarorning qonuniyligi va asoslanganligi
to‘g‘risida flkr beradi. Prokurorning apellatsiya instansiyasi sudidagi
ishtiroki ish bo'yicha flkr tuzish bilan yakunlanadi. Bunda u sud
qarorining mazmunini, ishni apellatsiya tartibida ko‘rish uchun
asoslar, qarorga protest keltirilishi sababini va ish ko'rilishi yakuniy
natijalarini ko'rsatib o ‘tadi.
Agar prokuror nuqtayi nazari bilan sud ajrimi nuqtayi nazari
0
‘rtasida farqlar (har xillik) vujudga kelsa, u bu to‘g‘risida kassatsiya
tartibida protest keltirish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorga xabar
qiladi.
Prokuratura organlarining rahbari prokuror fikrini
tasdiqlagach, u protsessual hujjatga aylanadi.
Agar taraflardan biri sud qarori ustidan shikoyat arizasi bergan
bo‘lsa, bu shikoyat sudda ko'rilishida prokuror, garchi, o‘zi protest
bermagan bo‘lsa ham, ishtirok etgan holda o‘zining og‘zaki va yozma
fikrini beradi.
Prokuror birinchi va ikkinchi instansiya sudlarida ishtirok etish-
dan tashqari, yuqorida aytilganidek, sud qarorlarining qonuniy
kuchini ham tekshirishga haqlidir. Uning bu huquqi sudning qonuniy
kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimlari va qarodari yuzasidan
protest keltirishdan iborat. Nazorat tartibida protest keltirish huquqi
FPKning 349-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarga berilgan.
«Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonunda belgilanishicha, prokuror
o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiradi, jumladan,
inson va fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinlik-
larini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan qonunlarning aniq
va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat olib borish; sudlarda jinoiy
ishlarni ko’rib chiqilishida davlat aybini qo‘llab-quwatlash, sudlarda
fuqarolik ishlarini, m a’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni
344
hamda xo‘jalik ishlarini qarab chiqishda ishtirok etish, qonunlarga
zid bo‘lgan hujjatlarga protest keltirish va h.k.
Nazorat tartibida protest kiritish to‘g‘risidagi arizalar asosida
Bosh prokuraturaga chaqirilgan ishlar viloyat prokurorlari va ularga
tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan tasdiqlangan xulosalar
bilan yuborilishi zarur.
Nazorat tartibida berilgan protest sudda ko‘rilishida prokurorning
ishtirok etishi shart va shu ish bo‘yicha o‘zi yoki yuqori turgan
prokuror keltirgan protestni quwatlaydi, vakolatli shaxslarning
bergan protesti bo‘yicha ish yuzasidan xulosa beradi. Prokuratura
faoliyatini bu yo‘nalishi bo‘yicha ham 0 ‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurorining maxsus buyrug‘i va Nizom mavjud.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2004-yil
23-apreldagi «Sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishida prokuror
vakolatini ta’minlash bo‘limi to‘g‘risida»gi Nizomni tasdiqlash haqida
14-buyrug‘i qabul qilingan. Bu buyruq ham 0 ‘zbekiston Respub
likasi Prezidentining 2004-yil 11-martdagi PF-3406-sonli Farmo-
niga va 0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi
Qonuni 13-moddasiga asosan qabul qilingan.
2004-yil 11-maydagi «Sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishida
prokuror ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish
to ‘g‘risida»gi Bosh prokurorning 22-buyrug‘ida qayd etilishicha,
fuqarolaming, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq
lari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarda
prokuror vakolatini malakali ta’minlash sudlarning qonunga zid
bo‘lgan qarorlari ustidan protest keltirish bu sohadagi prokuror
faoliyatining asosiy vazifasidir.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi va
«Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunlari qabul qilinishi, fuqarolik sud ish
larini yuritish qonunchiligidagi o‘zgarishlar, shu jumladan, sud
larning ixtisoslashuvi va sud qarorlarini tekshirishda apellatsiya
institutining joriy qilinganligi fuqarolik ishlarini ko‘rishda prokuror
ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirishni taqozo
etmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining sudlarda
fuqarolik ishlari ko‘rilishida prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi,
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar,
0 ‘zbekiston Respublikasi Transport, Harbiy, shahar, tuman proku
rorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning fuqarolik sudlov
sohasidagi asosiy vazifasi — fuqarolaming, korxonalar, muas-
345
sasalar va tashkilotlaming huquqlari hamda qonuniy manfaatlarining
himoyasini ta ’minlash qonuniylikni mustahkamlash, prokuror
ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirishdan iborat.
Fuqarolik sudi ishlari yuritilishida prokuror vakolatlari:
• fuqarolaming 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlarida mustahkamlangan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
huquq hamda erkinliklarini, davlat, jamoat va xususiy mulk ega-
larining qonuniy manfaatlarini himoyalash;
• qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokurorning
qatn ash ish in i zaru r deb topgan ham da m azkur buyruqda
belgilangan hollarda barcha sud instansiyalarida prokuror vakolatini
samarali ta’minlash;
• prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ishlar yuzasidan sud qarorla-
rining qonuniyligini apellatsiya muddatida o‘rganib, noqonuniy
sud qarorlarini shu bosqichda qonunga muvofiqlashtirish choralarini
ko‘rish;
• qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarm ing qonuniyligini
arizalarga asosan o ‘rganish va aniqlangan qonun buzilishlarni bar
taraf etishga yo‘naltirish hisoblanadi.
Barcha prokurorlar va prokuratura organlarining tegishli tar
moqlari fuqarolaming huquq hamda erkinliklari himoyasini ta’min
lash maqsadida, ayniqsa, ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan
bosh tortayotgan, muttasil ichkilikbozlik va giyohvandlikka mubtalo
bo‘lgan, o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat
sodir etgan shaxslarni ota-onalik huquqidan m ahrum etish,
ularning muomala layoqatini cheklash haqida, shuningdek, sog‘-
lig‘iga, yoshi yoki boshqa sabablarga ko'ra, sudda o‘z huquq va
erkinliklarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan
fuqarolaming manfaatini ko‘zlab, da’vo arizalari kiritish amaliyo-
tini yanada faollashtirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |