Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

2.2. Prokurorning vakolatlari
Prokuror o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib:
• fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to ‘g‘risidagi 
arizalar, shikoyatlar ham da boshqa m a ’lum otlarni ko‘rib chiqadi 
va tekshiradi;
• arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish 
tartibini tushuntiradi;
• fuqaroning huquq-erkinliklari buzilishining oldini olish va 
bartaraf etish;
• qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish ham da 
yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko‘radi;
• fuqaroning huq u q va erk in lik larin in g buzilishini jin o iy
xususiyatga ega deb bilish uch u n asoslar mavjud b o ‘lgan taqdirda, 
prokuror jinoyat ishi qo‘zg‘atadi ham da uni sodir etgan shaxslar 
qonunga binoan, jinoiy javobgarlikka tortilishiga doir choralarni 
ko ‘radi;
• fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishi m a’muriy 
huquqbuzarlik xususiyatiga ega b o ‘lgan hollarda prokuror m a’muriy 
huquqbuzarlik to ‘g‘risida ish q o ‘zg‘atadi;
• zudlik bilan h u q u q b u zarlik to 'g 'risid ag i m a ’lu m o tn i va 
tekshiruv materiallarini m a’m uriy huquqbuzarliklar to ‘g‘risidagi 
ishlarni k o ‘rib chiqish vak o latig a ega b o ‘lgan organga yoki 
mansabdor shaxsga beradi (25-m odda).

LA. Karimov.
0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Т., « 0 ‘zbekiston», 1997, 94-bet.
48


«Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonunda prokuraturaning barcha 
huquqiy muhofaza potensiali bosh vazifani yechishga qaratilgan, 
ya’ni:
• 
qonun ustuvorligini ta ’minlash, birlik, qonuniylikni rnustah- 
kamlash, fuqaro va insonlarning huquq-erkinliklarini, shuningdek, 
jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqaro 
va shaxslaming huquq-erkinliklariga rioya qilinishi ustidan nazorat 
fimksiyasi qonunning maxsus bobiga kiritilgan. Bu nazorat faoliyati 
umumahamiyatli m anfaatlar himoyasiga qarshi qo‘yilgan emas. 
Qonunchilik ijtimoiy amaliyot fuqarolarning va ulaming jamoasini 
huquq va majburiyatlari birligidan kelib chiqadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida respublika fuqarolaridan tashqari, 
chet el fuqarolari, fuqaroligi bo ‘lmagan shaxslar ham yashaydi. 
Fuqarolik qonunchiligi bilan o ‘rnatilgan, FKdagi moddaga asosan, 
qoidalar chet el fuqarolari, fuqaroligi bo ‘lmagan shaxslar, chet 
el yuridik shaxslari ishtirokidagi munosabatlarga qo‘llanadi. Bu 
subyektlar xo‘jalik oborotining ishtirokchisidir; ular 0 ‘zbekiston 
korxonalari bilan teng huquq va majburiyatlarga, ayrim hollarda 
qonun bilan belgilangan (masalan, «Chet el investorlari to ‘g‘ri- 
sida»gi Qonun) mulkka ham egadirlar.
Konstitutsiyaga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi b o ‘lmagan 
shaxslar 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng asosda 
huquqlaridan foydalanadilar va majburiyatlarga ega bo'ladilar. 
Hozirgi vaqtda boshqa mamlakatlarning qonunchiligi bo ‘yicha, 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan ham da 0 ‘zbekiston 
xorijiy davlatlar o ‘rtasida tuzilgan xalqaro shartnomalarga ko‘ra, 
0 ‘zb ek isto n R espublikasida ch et el fuq aro lari 0 ‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining b a’zi huquqlaridan foydalanishmaydi, 
ya’ni 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining anologik huquq va 
majburiyatlari, masalan, saylov huquqi, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
davlat boshqaruv apparatlarida xizmat qila olmasligi ham da ularga 
harbiy majburiyat taalluqli emasligi va boshqalar. Chunki, chet el 
fuqarolari bu huquq va m ajburiyatlarga o ‘zlarining davlatlari 
tomonidan o‘matilgan qonunlarga asosan ega bo‘ladilar. 0 ‘zbekiston 
Respublikasining shu haqidagi qonunlari dunyoning qayerida 
b o ‘lishidan q at’i nazar, 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga 
tegishli bo'lgani kabi, chet el fuqarolariga nisbatan ham ularning 
davlatlari tom onidan qabul qilingan qonunlar dunyo b o ‘ylab o ‘z 
fuqarolariga nisbatan tatbiq etiladi (masalan, boshqa davlatlarda 
joylashgan elchixona, konsulliklarda ishlovchi fuqarolar o ‘z


davlatlari qonunlarida ko‘rsatilgan huquq va burchlardan to ‘liq 
foydalanadilar, shu bilan birga, anologik huquq va burchlardan 
ham foydalanishadi).
Fuqaro va insonlarning huquq-erkinliklariga rioya qilinishi 
ustidan nazorat predm etini aniqlash (belgilash) juda ham m uhim
bo‘lib, Konstitutsiyada belgilanganidek, fuqaro va insonlarning 
huquq va erkinliklari, faqat qonun bilan quyidagi hollarda chega- 
ralanishi mumkin, agar konstitutsiyaviy tizim asosini himoya qilish 
maqsadida boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari, 
sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida, davlat va xalqning muhofazasini 
ta'm ini ash maqsadida. Fuqarolarning huquq va erkinliklarining 
boshqa cheklashlari qonunga asoslanmagan va prokuror tom onidan 
qoldirib b o ‘lmaydigan e’tiborni talab qiladi.
Fuqaro va insonlarning huquq-erkinliklari himoyasi istisnosiz 
barcha nazorat chora-tadbirlarida inobatga olinadi. Nazorat faoliyatini 
belgilovchi asosiy tamoyil huquq va majburiyatlarda qonun va sud 
oldida tenglik tamoyilini o ‘zida ifoda etuvchi®rasmiy yuridik tenglik 
tamoyili xizmat qiladi. Yuridik m a’noda huquq va majburiyat tengligi 
jam iyatdagi individning faktik holatiga mos kelmaydi. Bunday 
yondashish prokurorning nazorat qilishdagi xatolaridan kafolat 
beradi. B irovning huq u q i buzilishi va boshqa fuqarolarning 
im koniyatlarini noqonuniy kengaytirish nazorat faoliyatida odatiy 
holdir.
Fuqaro va insonlarning huquq-erkinliklariga rioya qilinishi 
ustidan prokuror nazorat predmetiga, konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklari kiradi, ya’ni har qaysi fuqaro va insonlarga tegishli b o i-
gan huquq. Bu huquqlar barcha uchun teng va birdir, ular konsti- 
tutsiya bilan belgilanadi.
K onstitutsiyada bayon qilingan fuqarolarning konkret huquq 
va erkinliklari aniq mantiqiy asosga ega. Xalqaro huquqning umum- 
e ’tiro f etilgan tamoyil va m e’yorlariga asosan a n ’anaviy konstitu­
tsiyaviy huquqlar uch guruhga bo ‘linadi:
1) shaxsiy huquqlar;
2) siyosiy huquqlar;
3) ijtim oiy-iqtisodiy huquqlar.
Bu klassifikatsiya fuqarolar va insonlarning huquq-erkinliklari 
to ‘g‘risidagi deklaratsiyada keltirib o ‘tilgan — yashashga bo'Igan huquq, 
shaxs qadr-qim m atining davlat tom onidan m uhofaza qilinishi, 
shaxsiy daxlsizlik prokuror nazoratining barcha sohalari (asosiy 
faoliyat yo‘nalishlari) tomonidan himoya qilinadigan shaxsiy huquq-
50


ni yaratadi. Qadr-qim m ati, sog‘lig‘iga zarar, tan jarohati yetkazish 
ko‘rinishidagi fuqarolarning shaxsiy huquqlariga tajovuz jinoiy 
javobgarlik harakatlari unsurini tashkil qiladi.
Fuqaro va insonlarning huquq-erkinliklariga rioya qilinishi 
ustidan prokuror nazoratiga oid 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurorining sohaviy buyrug‘i ham mavjud bo ‘lib, bu buyruqda 
prokuroming vakolatlari va majburiyatlari qayd etilgan. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurorining 2004-yil 22-iyundagi «Fuqarolar­
ning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya 
qilish yuzasidan prokurorlik faoliyatini samaradorligini oshirish 
to ‘g‘risida»gi 25-buyrug‘ida quyidagilar qayd etilgan:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari nazorat 
faoliyatining m uhim vazifasi — respublika hududida qonun 
ustuvorligini ta ’minlash, inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, barcha millat va 
elatlarning teng huquqliligini, jamiyatda ijtimoiy adolat va qonu- 
niylikni mustahkamlash, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
tuzum ini jam iyat va davlatning qonun bilan q o ‘riqlanadigan 
manfaatlarini himoya qilishdan iborat deb hisoblansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tum an (shahar)lar 
va ularga tenglashtirilgan prokurorlar nazorat faoliyatini amalga 
oshirishda:
2.1. M amlakat hududida barcha huquq subyektlari, ular kimga 
bo ‘ysunishidan, kimning tasarrufida b o ‘lishidan va mulkchilik 
shaklidan q at’i nazar hamda barcha mansabdor shaxslar tom o­
nidan qonunlam i aniq va bir xilda ijro etishga majbur ekanliklari, 
ya’ni qonun talablarini hech qanday vaziyatda har xil talqin qilishga 
yo‘l qo‘ymaslikni, qonunlar qaram a-qarshiligi holatlarida oliy 
yuridik kuchga ega bo‘lgan konstitutsiya normalari hamda um um - 
e ’tirof etilgan xalqaro huquq norm alari to ‘g‘ridan to ‘g ‘ri amal 
qilishligi e ’tiborga olinsin.
2.2. Prokuror nazorati davlat idoralari, jam oat birlashmalari 
va mansabdor shaxslardan mustaqil va faqat qonunga asoslanib 
olib borilsin va qonun buzilishlar kim tom onidan sodir etilishidan 
qat’i nazar, o ‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va bartaraf etish, 
qonunni buzgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda 
tegishli choralar q o ‘llanishiga, buzilgan huquqlarining amalda 
tiklanishiga erishilsin.
2.3. Iqtisodiy, ijtimoiy va m a’naviy islohotlami chuqurlashtirishga 
qaratilgan qonunlar, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Far-
51


monlari va hukum at qarorlarining ijrosi ustidan ta ’sirchan va doimiy 
nazorat olib borish ustuvor yo‘nalishlardan biri deb hisoblansin.
2.4. Shaklidan q at’i nazar, mulkdorlarning qonuniy manfaat- 
larini himoya qilish, ular va davlatga yetkazilgan zararlami o ‘z 
vaqtida va to ‘liq undirish, tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy 
huquq va erkinliklarini qo‘riqlash bilan birgalikda iqtisodiy m uno- 
sabatlardagi har qanday huquqbuzarliklarga qarshi kurashda m an- 
sabdor shaxslar, mahalliy hokimiyat, boshqaruv organlari, tekshiruv 
nazorat idoralarining m as’uliyatini oshirishga qaratilgan huquqiy- 
normativ hujjatlarning aniq bajarilishi prokuror nazoratining diq- 
qat markazida b o ‘lishi ta ’minlansin.
2.5. Respublika agrosanoat kom pleksini ijtim oiy-iqtisodiy 
rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazoratni olib 
borishda: yer, suv va o 'rm o n boyliklari, qishloq xo‘jaligi va chor- 
vachilik mahsulotlarini, mavjud texnika vositalarini, m ineral-o‘g‘it- 
larni saqlash va ulardan oqilona va maqsadli foydalanish, dehqon, 
fermer va shaxsiy yordam chi va jam oa xo‘jefliklari, dehqonchilik 
sanoati uyushmalari va m ashina-traktor parklari faoliyatini, qishloq 
xo‘jaligi m ahsulotlarini kontraktatsiya qilishni tartibga soluvchi, 
qishloq infrastrukturasini yaratilishiga yo‘naltirilgan qonunlarning 
og‘ishmay bajarilishiga, jam oa xo‘jaliklari faoliyatini jam oatchilik 
asosida boshqarish tartibiga rioya etilishiga alohida e ’tibor berilsin.
2.6. Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda qonuniylik ahvolini yanada 
m ustahkamlash, to'lov intizomiga rioya qilish, yonilg‘i-energetika 
m ahsulotlaridan tejamli foydalanish, shartnom a majburiyatlariga 
oid huquqiy m unosabatlam i tartibga solishga qaratilgan qonunlar 
ijrosi ustidan q at’iy nazorat o ‘rnatilsin.
2.7. Tabiat muhofazasi qonunchiligi ustidan nazorat olib borish­
da yer fondi turlarini huquqiy maqom ini noqonuniy o ‘zgartiri- 
lishiga, qishloq xo‘jaligiga mo'ljallangan yerlami izdan chiqarishga, 
o'rm on boyliklari, hayvonot dunyosining yo ‘qotilishiga, atrof- 
muhitning ifloslanishiga, suvdan xo‘jasizlarcha foydalanishga qarshi 
kurashga qaratilgan qonun talablariga rioya etilishiga e ’tibor kuchay- 
tirilsin.
Bu boradagi nazorat va prokurorlik ta ’sir choralari sam arador- 
ligini keskin oshirish m aqsadida m azkur sohalarda m utasaddi 
bo‘lgan tarm oq nazorat-tekshiruv idoralari bilan hamkorlik yanada 
mustahkamlansin va ulaming faoliyati ustidan nazorat kuchaytirilsin.
2.8. O 'zbekiston xalqining madaniy meroslari va arxitektura 
yodgorliklarini qo ‘riqlash, tarixiy, badiiy, milliy, ilmiy va m a’naviy
52


obidalarni saqlashga oid qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati 
shakli va usullari tubdan o ‘zgartirilsin.
Bu yo‘nalishda tekshirishlar o'tkazishda, birinchi navbatda, 
madaniy-tarixiy obidalaming saqlanishi, ulaming qonunsiz sotilishi 
va 0 ‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi hamda chetga olib chiqib 
ketilishining oldini olishga mas’ul bo ‘lgan davlat idoraviy boshqaruv 
va tekshiruv organlari tom onidan olib borilayotgan ishlar samara- 
siga alohida e ’tibor qaratilsin.
2.9. M ulk shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
tom onidan statistik, ishlab chiqarish va moliya intizomini mustah- 
kamlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirilsin. 
Xizmat vakolatlarini suiiste’m ol qilish, xo‘jasizlik, ko‘zbo‘ya- 
machilik, sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarish, yonilg‘i-energetika 
manbalaridan maqsadsiz va noqonuniy foydalanish, narx-navoni 
asossiz ko‘tarish, shuningdek, savdo va bozorlar faoliyatini tartibga 
soluvchi huquqiy-normativ hujjatlarni buzish kabi g‘ayriqonuniy 
harakatlarga nisbatan keskin choralar ko‘rib borilsin.
Soliq, pul-kredit va qimmatli qog‘ozlar, banklar va bank faoliyati 
ham da bankrotlik to ‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan doimo 
nazorat olib borilsin va keskin kuchaytirilsin.
2.10. Tashqi iqtisodiy faoliyatga doir qonunlar ijrosi ustidan 
prokuror nazorati sam aradorligini oshirish yo‘li bilan xo'jalik 
yurituvchi subyektlar va davlat manfaatlariga zarar yetkazmagan holda 
chet el investorlari huquqlarini himoyalash ta ’minlansin. Shunda:
• 0 ‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda 
tashqi savdo bitimini tuzish, eksport-im port mahsulotlari uchun 
hisob-kitoblami amalga oshirishda to ‘lov muddatlari buzilish holla- 
rining oldini olish va valutalami majburiy ravishda sotish tartibiga 
qat’iy rioya etilishi;
• import mahsulotlari sifatining nazoratini amalga oshirish bilan 
bir qatorda, iste’mol bozorlariga past navli va soxta buyumlar, 
tabiatni ifloslantiruvchi texnologiya va uskunalar, shuningdek, inson 
hayoti uchun xavfli bo ‘lgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning 
kirishini oldini olishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan qat’iy 
nazorat o ‘matilsin;
• qo'shm a korxonalar, shuningdek, chet el firma va kompaniya- 
lari vakilliklarining qonuniy faoliyatiga to ‘sqinlik qilish, investitsiya 
dasturlarini ijrosi bilan bog‘liq har qanday qonunbuzarliklarning 
bartaraf etilishiga erishilsin;
53


Chet el investitsiyalari mavjud b o lg a n korxonalarning faoliya­
tini yetarli asoslar bo'lm ay turib tekshirilishining oldini olish m aq­
sadida, ushbu korxonalarda qonunlarning buzilayotganligi to ‘g‘- 
risida qat’iy sabablar bo ‘lgan hollarda Respublika Bosh prokuraturasi 
bilan kelishilgan holda hudud prokurorlari tom onidan tekshirishlar 
o ‘tkazish belgilansin.
2.11. Respublika tem iryo‘l, avtomobil, havo va suv yo‘llarida 
harakat xavfsizligini ta ’minlash, transport vositalaridan samarali 
foydalanish, shuningdek, tashiladigan xalq xo‘jaligi yuklarini as- 
rashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan q at’iyatlik bilan nazorat 
olib borilsin.
Transport prokuraturalari bu m uhim vazifani amalga oshirishda 
Q o raq alp o g ‘iston R espublikasi, viloyatlar, T oshkent shahar, 
shahar va tum anlar hamda boshqa tegishli prokuraturalar bilan 
o ‘zaro hamkorlik olib borsinlar.
2.12. Davlat tasarrufidan chiqarish, davlat va jam oat mulkini 
xususiylashtirishga, kichik, qo‘shma, xususiy kprxonalar, hissador- 
lik jamiyatlari faoliyatiga tartibga solishga qaratilgan qonunlar ijrosi 
ustidan m untazam nazorat olib borilsin.
2.13. Inson va fuqarolarning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitu- 
tsiyasi va qonunlarida belgilab berilgan huquq va erkinliklarini himoya 
qilish prokuratura organlarining jam iyat oldidagi eng m uhim
vazifasidir. Shunda prokuror vakolatlari:
• fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini, ularning daxl- 
sizlik, fikrlash, so‘z va e ’tiqod ham da vijdon erkinligi huquqlarini 
kafolatlarini ta ’minlash;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining siyosiy huquqlarini, 
ya’ni jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita ham da o ‘z 
vakillari orqali ishtirok etish, 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga 
muvofiq, jam oat birlashmalariga, siyosiy partiyalarga birlashish va 
ommaviy harakatlarda qatnashish huquqlarini amalga oshirishda 
ularning erkinliklarini himoyalash;
• shaxsning vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki 
xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish 
huquqini ushbu idoralar tom onidan ta ’m inlanishini nazorat qilish;
• fuqarolarning mulkka ega b o ‘lish huquqini, ularning mulkini 
daxlsizligini muhofaza qilish;
• shaxsning m ehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli ham da 
xavfsiz m ehnat sharoitlarida ishlashga, o cz faoliyatlari uchun o ‘z 
vaqtida haq olish, m ehnat ta ’tiliga chiqish ham da qonunda ko‘r-
54


satilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanishga doir huquqlarini 
himoyalash;
• har bir shaxsning qariganda, m ehnat layoqatini yo'qotganda, 
shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda 
tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy himoyalanish, pensiya ta ’minoti 
h u q u q larin i aholining ijtim oiy him oyaga m uhtoj yolg‘izlar, 
nogironlar, qariyalar va aholining kam ta ’minlangan qismiga alohida 
e ’tibor bergan holda muhofazasini ta ’minlash;
• bozor munosabatlari rivojlanayotgan bir paytda sog‘liqni 
saqlash, onalik va bolalikni himoyalash, bepul malakali tibbiy 
xizmat ko‘rsatishga oid huquqlarni muhofaza qilish;
• fuqarolarning bilim olish huquqi, ilmiy va texnikaviy ijod 
erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqlarini amalga 
oshirilishiga ko‘mak berishga yo‘naltirilsin.
2.14. Aholini ish bilan ta ’m inlash va m ehnat to ‘g ‘risidagi 
qonunlar ijrosi ustidan nazorat asosiy vazifa deb belgilansin. Shunda 
alohida e’tibor ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolar qatlam- 
lariga belgilangan imtiyozlarni ta ’minlashga doir qonunlar ijrosiga 
qaratilsin;
• tashkilot va korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini qayta tashkil 
qilish, takomillashtirish, xususiylashtirish va iqtisodiy islohotlar 
m unosabati bilan ish joylarining qisqartirilishi oqibatida ishdan 
b o ‘shab qolgan xodimlarni ish bilan ta ’minlash haqidagi qonunlar 
ijrosi ustidan nazoratning ta ’sirchanligi oshirilsin.
2.15. Fuqarolarning xat, arizava shikoyatlari, korxona, tashkilot 
va muassasalaming murojaatlariga mas’uliyatsizlik va sansalorlik bilan 
munosabatda boMish, ijtimoiy adolat talablariga rioya etmaslik, inson 
va fuqaroning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda shaxsiy huquqlari 
va erkinliklariga to ‘sqinlik qilish hollariga barham berish haqidagi 
qonunlar ijrosi ustidan nazorat keskin kuchaytirilsin.
2.16. Davlat boshqaruv idoralari, o'zini o ‘zi boshqarish organ- 
lari, hokim lar va m ansabdor shaxslar tom onidan fuqarolar va 
yuridik shaxslar manfaatlariga zid ravishda qabul qilingan noqonuniy 
hujjatlarni aniqlash va ularni bekor qilish yoki qonunga muvofiq- 
lashtirish yuzasidan m untazam tekshirishlar o ‘tkazilsin.
Bunda respublika vazirliklari, konsernlari, korporatsiyalar, 
assotsiatsiyalar, viloyat, shaharva tuman hokimlari, boshqaruv hamda 
fuqarolarning o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari tom onidan qabul 
qilinayotgan m e’yoriy-huquqiy hujjatlarning hamda davlat organlari 
va nazorat idoralari rahbar va m ansabdor shaxslari tom onidan
55


fuqarolar va mansabdor shaxslami m a’muriy javobgarlikka tortish 
haqidagi qarorlari qonuniyligiga alohida e ’tibor qaratilsin.
Protest keltirish yo‘li bilan qonunga zid boTgan huquqiy hujjat 
ham da noqonuniy qarorlar bekor qilinishi yoki ularning qonun 
talablariga moslashtirilishiga erishilsin. Protestni qanoatlantirish rad 
etilganda, shuningdek, protest qonunda belgilangan m uddat ichida 
к о ‘rib chiqilmagan taqdirda, bir oylik m uddat ichida ana shu 
hujjatni g‘ayriqonuniy deb e ’tiro f etish to ‘g‘risida ariza bilan sudga 
murojaat etilishi ta ’m inlansin.
H udud prokurorlari tom onidan respublika boshqaruv organlari­
ning qonunga zid b o ‘lgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, bu 
hujjatning qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishini so'rab 
tegishli taqdim nom a bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokura- 
turasiga murojaat qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
3. N azorat tekshiruvlari huquqbuzarlikning oldini olishga 
yo'naltirilib, ishning to ‘g‘ri va aniq rejalashtirilishiga jiddiy e’tibor 
qaratilsin;
• tekshirishning yo‘nalishidan q at’i nazar, bu obyektda qabul 
qilinayotgan huquqiy hujjatlarning 0 ‘zbekiston R espublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligini, shuningdek, fuqaro- 
lardan kelib tushgan murojaatlaming hal etilishida qonunlarga rioya 
qilinishini ham da huquqiy xizmat ishining samaradorligini o ‘rga- 
nishga kompleks yondashilgan holda har bir tekshirish rejalariga 
majburiy tartibda kiritilishi q at’iy belgilansin;
• qonun buzilishlarni va ulam i keltirib chiqarayotgan shart- 
sharoitlarni bartaraf qilish maqsadida nazorat tartibida takroriy 
tekshirishlarni o ‘tkazish am aliyotidan keng foydalanilsin.
4. N azorat tartibida qonunlar ijrosi ustidan tekshiruv uslubi 
takomillashtirilib borilsin, tekshiruvlarga tegishli mutaxassislami 
jalb etish, prokuror nazorat hujjatlari: protest, taqdim nom a, ariza, 
qaror va ogohlantiruvlarning sifatli bo ‘lishi ta ’m inlansin, huquq- 
buzarlikni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlar chuqur 
tahlil etilib, ularning oldini olish, qonunni buzgan shaxslarga nis- 
batan chora ko‘rish to ‘g‘risida mutasaddi rahbarlarga aniq takliflar 
kiritilsin. Prokuror nazorati hujjatini m ehnat jam oasida, o ‘z ishti- 
rokida, oshkora ko‘rilishiga va natijasi ommaviy axborot vositalarida 
keng yoritilishiga erishilsin;
• Respublika Bosh prokuraturasi fuqarolarning huquq va erkin­
liklari, jam iyat va davlat m anfaatlarini himoya qilish boshqarmasi 
ham da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar,
56


0 ‘zbekiston Transport va Harbiy prokurorlari quyi prokurorlar 
tom onidan qo'llanilgan prokuror nazorati hujjatlarining sifati 
m untazam ravishda o'rganilib borilsin;
• quyi prokurorlar tom onidan qo'llangan prokuror nazorati 
hujjatlari har oyda yuqori turuvchi prokurorga o ‘rganish uchun 
yuborilishi ta ’minlansin;
• prokuror nazorati hujjatlarining soniga qarab, baho berish 
amaliyotidan to ‘liq voz kechilsin. Shu munosabat bilan quyi turuv­
chi barcha prokurorlarga bir turdagi prokuror nazorati hujjatini 
ikkinchisi bilan almashtirish qat’iyan taqiqlansin.
5. Prokuratura idoralarining nazorat faoliyatini tashkil etishda 
qonunbuzarliklami aniqlash va oldini olishda huquqni muhofaza 
qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikni yanada yaxshilash 
choralari ko£rilsin;
• tekshiruv-nazorat idoralari bilan o ‘zaro am aliy aloqalar 
o ‘rnatilib, qonunlar ijrosi ustidan birgalikda tekshirishlar o ‘tkazilib 
borilsin. Davlat va tarm oq nazorat idoralari tom onidan ko‘rilgan 
choralarning qonuniyligi ustidan nazorat kuchaytirilsin. Bunda 
nazorat-tekshiruv idoralari faoliyatining qonuniyligi ustidan m un­
tazam va maqsadli nazorat o ‘rnatilishini ta ’minlash maqsadida har 
chorakda kamida bir marotaba tekshirishlar o'tkazib borilsin;
• ushbu organlar xodimlarining qonunsiz harakatlari va ular 
tom onidan sodir etilgan suiiste’molliklar to ‘g‘risida prokuratura 
organlariga kelib tushgan m urojaatlar b o ‘yicha chuqur va har 
tom onlam a tekshirishlar o ‘tkazilishi ta ’minlansin. Murojaatlardagi 
tasdiqlangan holatlar bo ‘yicha qonunning buzilishiga yo‘l qo‘ygan 
shaxslami jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan q at’iy choralar 
ko‘rilsin;
• huquqni muhofaza qiluvchi idoralar muhokamasiga yuborilgan 
materiallarning qonuniy hal etilishini tekshirib borish maqsadida 
yiliga ikki m arotaba taqqoslama m a’lum otnom alar tuzilsin;
• idoraviy boshqaruv va tekshiruv organlari faoliyatlarida 
qonunlarga rioya etilishi b o ‘yicha prokuror nazorati ahvoli har 
6 oyda bir marotaba umumlashtirilib borilsin.
6. Fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilgan taqdirda, 
protsessual qonun normalarida belgilangan tartibda sudga da’vo 
(ariza) berish huquqidan keng foydalanilsin. Bu vakolat, ayniqsa, 
fuqarolarning m ehnat qilish, ijtimoiy ta ’m inot, sog‘liqni saqlash, 
onalik va bolalikka oid hamda boshqa shaxsiy huquq va erkinliklarini 
himoya qilishga yo‘naltirilsin;
57


• shunda sog‘lig‘i, yoshi (voyaga yetm aganlar, qariyalar) yoki 
boshqa sabablarga ko‘ra sud orqali o ‘z huquqlarini shaxsan himoya 
qila olmaydigan fuqarolarning manfaatida sudga da’vo (ariza) taqdim 
etish prokurorning vazifasi ekanligiga jiddiy e ’tibor qaratilsin;
• xo‘jalik huquqiy munosabatlarda qonuniylikni mustahkamlash 
maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat va jamiyat tashkilot- 
lariga yetkazilgan zararni, shartnom a majburiyatlarini bajarilishi, 
bankrot deb topish va xo‘jalik munosabatlaridan kelib chiquvchi boshqa 
masalalar yuzasidan da’vo kiritish m uhim vazifa deb hisoblansin;
• korxona, tashkilot va muassasalar manfaatlariga yetkazilgan 
moddiy zararni regress tartibida d a ’vo q o ‘zg‘atish yo‘li bilan m uta- 
saddi mansabdor shaxslardan undirilishiga erishilsin.
7. 
0 ‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi fuqarolarning huquq 
va erkinliklari, jam iyat va davlat m anfaatlarini him oya qilish 
boshqarmasi va tegishli b o ‘limlar, Q oraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar, Toshkent shahar, 0 ‘zbekiston Transport va Qurolli 
Kuchlar harbiy prokurorlariga: 
^
7.1. Tekshirishlarni o ‘tkazishda yo‘l q o ‘yilayotgan xato va kam - 
chiliklarni oldini olishga, sifati va sam aradorligini ta ’minlashga, 
har hisobot davrining boshida nazorat-tekshiruv, iqtisodiyot va 
statistika ham da boshqa idoralarning qonunchilik haqidagi m a’lu- 
m otlarini olish va yozma ravishda tahlil qilib, ulardan nazorat 
faoliyatini rejalashtirishda foydalanishga erishish.
7.2. Mahkamalar faoliyatini, birinchi navbatda, tum an va shahar 
prokuraturalarining nazorat faoliyatini yaxshilashga qaratish, ularga 
uslubiy va amaliy yordam k o ‘rsatib borish, quyi pog‘onadagi barcha 
prokuratura idoralarining qonunlar ijrosini tekshirishda va huquq- 
buzarliklarga qarshi kurashda o ‘zaro ham korligini ta ’minlash;
• prokuratura organlarining faoliyatiga h ar qanday qonunsiz 
aralashishlar haqida zudlik bilan yuqori turuvchi prokurorga axborot 
berilsin;
• viloyatlar, Toshkent shahar, tu m an va shahar ham da ularga 
tenglashtirilgan prokurorlar har yili tegishli hudud xalq deputatlari 
kengashlariga, zarur hollarda esa fuqarolarning o ‘zini o ‘zi bosh- 
qarish organlariga qonuniylik ahvoli haqida axborot taqdim etsinlar.
7.3. Qonunchilikni m ustahkam lash m uam m olari va prokuror- 
tergov xodim lari m alakasini oshirish m arkazi bilan xodim lar 
m alakasini oshirishda, um u m iy n a zo rat sifatini yaxshilashga 
qaratilgan tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ijodiy hamkorlikni 
rivojlantirish topshirilsin.
58


8. Ko‘rsatilgan vazifalarni tegishli bo ‘lim va boshqarmalar uzviy 
hamda doimiy hamkorlikda amalga oshirishi ta ’minlansin.
9. Respublika Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarm asiga, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar, 0 ‘zbe- 
kiston Qurolli Kuchlari Harbiy, Transport, ixtisoslashgan, shahar- 
tum an prokuraturalarida um umiy nazorat sohasida xizmat qilish 
uchun tajribali va malakali kadrlarni tanlash, kasb mahoratiga ega 
bo ‘lgan xodim lar qo ‘nimsizligiga yo‘l qo ‘ymaslik topshirilsin.
Viloyat va unga tenglashtirilgan prokurorlar fuqarolarning huquq 
va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida 
nazorat ishini tashkil etish uchun shaxsan mas’ul va javobgardirlar, 
deb qayd qilingan.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish