2.3. Fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklariga rioya etilishi
ustidan prokuror nazoratining o ‘ziga xos xususiyatlari
Fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklari 0 ‘zbekiston Respub
likasi fuqaroligi bilan bog‘liq ham da amalda bo‘lgan qonunchilik
bilan o ‘rnatilgan doirada realizatsiya qilinadi.
N azorat faoliyatining m azm uni quyidagi holatlar bilan bel-
gilanadi:
• 0 ‘zbekiston Respublikasida yagona hokimiyat manbayi va
suverenitet tashuvchisi bo‘lib, uning ko‘p millatli xalqi hisoblanadi;
• xalq o ‘z huquqini, boshqaruvda um um iy ishlar b o ‘yicha
ishtirok etib, shuningdek, o ‘z vakillari orqali ishtirok etib, realiza
tsiya qiladi;
• boshqaruvda fuqarolar bevosita ishtirokining shakli bo‘lib,
tegishli hududda istiqomat qiladigan fuqarolarning hayoti uchun
m uhim ahamiyatga ega bo ‘lgan, turli xil masalalar bo‘yicha o ‘tka-
ziladigan referendum lar xizmat qiladi.
Davlat organlari va mahalliy o ‘zini o ‘zi boshqarish organlariga
saylash va saylanish huquqi siyosiy h u q u q lard an biri b o ‘lib
hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-mod-
dasida fuqarolarning mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar o'tkazish
huquqini, shuningdek, siyosiy huquqlardan m uhimlarini o‘tka-
zishni mustahkamlab qo'ygan.
Saylov qonunchiligi va jam oat tashkilotlari to ‘g‘risidagi qonun
chilik qayta ishlab chiqilganligi katta ahamiyatga egadir. Ushbu ikki
qonun ustidan nazorat — prokurorlik faoliyatining yangi yo‘na-
lishidir. Saylov huquqlarini hayotga tatbiq etishda m uhim rolni
59
saylov to ‘g‘risidagi qonunlar o ‘ynaydi. Bu qonunlar fuqarolarning
saylov huquqlarini asosiy kafolatlari hisoblanadi.
Saylov qonunchiligini ijro etilishi ustidan prokurorlik nazoratini
amalga oshirishda quyidagilarga e ’tiborni berish lozim:
• joylarda mahalliy xalq deputatlari kengashlariga saylov o ‘tka-
zishda, norm ativ aktlam i chiqarilishida saylov to ‘g‘risida 0 ‘zbe
kiston Respublikasi qonuniga zid kelmasligiga;
• fuqarolarning alohida toifalarining saylov huquqlarini chek-
lash hollariga yo‘l q o ‘ymasIik (tegishli hududda uzoq muddatga
doimiy yashashni talab qilish; doimiy yashash joyini vaqtincha
tashlab ketganlarni saylov huquqlaridan m ahrum qilish);
• deputatlikka nomzodlarni (registratsiya) qayd qilish uchun
qo ‘shimcha shartlarni kiritilishiga (tub aholi so ‘zlashadigan tilni
bilish; garov q o‘yish va boshq.);
• jam oat birlashmalarini saylov jarayonidagi qatnashish huqu
qini cheklashga;
• fuqarolarning saylov huquqlarini asosiy kafblatlari to ‘g‘risidagi
qonunda ko‘rsatilgan bitta saylov organiga saylovchilar vakillarini
o ‘rta m e’yorini oshirishga;
• nom zod sifatida ro ‘yxatdan o ‘tkazilgan davlat yoki hokimiyat
tizimida xizmat qiluvchi mansabdor shaxslami saylovoldi tashviqo-
tini o ‘tkazishda o ‘z m anfaatlarini ko‘zlab, mansab vakolatlarini
suiiste’mol qilishlariga.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga saylov
b o ‘yicha saylovoldi kampaniyalarida sodir qilinishi mumkin b o ‘lgan
quyidagi qon u n buzilishlariga nisbatan e ’tiborni (prokurorlik
nazoratini) kuchaytirish zarur:
• deputatlikka nomzodlarni taqdim qilish va ulam i qayd qilishda
imzo varaqalarining soxtalashtirilishiga;
• deputatlikka nom zodni qayd qilishni qonunsiz ravishda rad
qilish (o ‘zlari uchun zarur b o ig a n nom zodni q o ‘llab-quw atlash
uchun, atayin o ‘ylab topilgan bahonalarga ko‘ra, imzolar sonini
pasaytirish);
• deputatlikka nom zodlikni qayd qilish uchun topshirilayotgan
hujjatlam i asossiz ravishda rad qilishga;
• saylovoldi tashviqoti m obaynida huquqlarning buzilishiga
(asosan, saylovoldi tashviqotida taqiqlangan uslublarni qoTlashda
ifodalanishi mumkin);
• saylov va saylov yakunini o ‘tkazishda saylovlar o ‘tkazish
to ‘g‘risidagi qonunchilik talablaridan chekinish va boshqalarga;
60
• qonunda belgilangan tartibda tegishli ro‘yxatdan o ‘tganlik haqida
guvohnomaga ega b o ‘lgan saylov birlashmalari (bloklar, tashab-
buskor guruhlar)ning vakolatli vakillari tomonidan imzolar yig‘ili-
shining o ‘rniga, m a’muriyatning mansabdor shaxslari tom onidan
ayrim nom zodni qo ‘llab-quw atlash uchun imzo yig‘ilishi hollari
kuzatilishi mumkin;
• ijro hokimiyati organlarining m ansabdor shaxslari tom onidan
ayrim nom zodning saylanishi uchun maxsus shtablar, kengashlar
tashkil qilish, o ‘z vakolatlariga tegishli bo‘lgan, mansab nuqtayi
nazaridan xizmat b o‘ysunuvidagi ommaviy axborot vositalaridan
keng foydalanib, shunday usullar yordamida saylov kampaniya-
larida ustunlikka ega bo‘lish xatti-harakatlarini amalga oshirganlar.
Rossiya va 0 ‘zbekiston Respublikasi saylov to ‘g ‘risidagi qonun-
larning o ‘xshashligidan kelib chiqib, shu kabi qonun buzilish
hollari sodir bo'lm asligi uchun, shu haqdagi am alda b o ‘lgan
qonunchiligimizdan kelib chiqib, qonunlar ijrosi ustidan nazoratni
to ‘g ‘ri yo‘naltirilishi lozim.
Fuqarolarning siyosiy saylov huquqini himoya qilish sohasida
prokurorlik nazoratining vazifalari ikki yo‘nalish bo ‘yicha yo‘nal-
tirilgan bo'lishi kerak:
• saylov komissiyalari tom onidan chiqariladigan norm ativ
aktlar (m e’yoriy hujjatlar)ni 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga
muvofiqligi ustidan prokuror nazorati;
• saylov komissiyalari faoliyatida qonuniylik ustidan nazorat.
Saylov fondining moliyaviy mablag‘lariga alohida diqqat bilan
qarash lozim. Saylov fondi m ablag‘larining tashkil topishi va
ularning sarflanishi to ‘g‘risidagi qonunlar ijrosi qanday amalga
oshirilayotgani aniqlanishi va albatta, moliyaviy xarajatlar hisoboti
tekshirilishi zarur. Moliyaviy hisobotlar taqdim qilinmasa, javobgar
shaxs tegishli tartibda m a’muriy javobgarlikka tortiladi.
Keyingi vaqtda jam oat birlashm alarining faoliyati sezilarli
darajada faollashdi. Ularning ta’siri tashkilotlarda saylov o‘tkazishda,
ijtim oiy-iqtisodiy, siyosiy yangilanishlarni am alga oshirishda
sezilarlidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 0 ‘zbekiston Res-
publikasining «Jamoat birlashmalari to ‘g‘risida»gi Qonuni fuqaro-
Iarimizga nizomlarda ko'rsatilgan maqsadlarni hal qilish uchun
umummanfaat belgisi bo‘yicha erkin jam oa birlashishini kafolatlaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushm alariga, siyosiy
61
Do'stlaringiz bilan baham: |