Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


' B.M. Савицкий. Очерк теории прокурорского надзора. М., «Наука»



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

B.M. Савицкий. Очерк теории прокурорского надзора. М., «Наука»,
1975, стр. 283.
288


ichiga oladi. Ushbu holatlami aniqlash vazifasi sud majlisida raislik 
etuvchiga yuklatilgan. 0 ‘z o‘mida prokuror ham ushbu vazifanibaja- 
rishga ko‘maklashishdan xoli emas.
Sud muhokamasining muvaffaqiyati ko‘pincha, prokurorning 
ushbu muhokamaga tayyorgarlik darajasidan kelib chiqadi. Proku- 
rorning sud muhokamasi mobaynida haqiqatni aniqlashga nisbatan 
bo‘lgan qat’iyligi, talabchanligi va kasbiy mahoratining yuqori 
darajada ekanligi, o'zining qonunga asoslangan, jinoyat ishi mate- 
riallaridan kelib chiqadigan fikrining to ‘g‘riligini qonun yo‘li bilan 
ko‘rsatib bera olishi, o‘zining fikriga protsessning boshqa ishti- 
rokchilarini ham ishontira olishi faqatgina jinoyat ishi materiallari 
bilan juda ham yaxshi tanishib chiqqan, yuqori tayyorgarlikka ega 
bo‘lgan prokuror tomonidangina amalga oshirilishi mumkin.
Yuksak talab darajasida jinoyat ishi materiallarini bilish — barcha 
davlat ayblovini quwatlayotgan prokurorlar oldiga qo‘yiladigan 
talabdir. Shuning uchun jinoyat ishi materiallarini o‘rganish shun- 
day tashkil etilishi lozimki, jinoyat ishi bo'yicha davlat ayblovini 
quwatlayotgan prokuror jinoyat ishini faqatgina asosiy protsessual 
hujjatlarini o‘zi bilangina tanishib chiqmasdan, balki qolgan barcha 
jinoyat ishi bo'yicha to'plangan materiallar bilan ham bemalol tani­
shib chiqishi va lozim bo‘Isa, har bir material bo‘yicha o‘z muloha- 
zasini bera olishi va materialga nisbatan tegishli baho bera olishi lozim.
Sud muhokamasigacha jinoyat ishi bilan tanishib chiqayotgan 
prokuror o‘ziga dastlabki tergov mobaynida sudlanuvchining aybini 
tasdiqlaydigan yoki oqlaydigan yoxud shubha ostiga oladigan 
ko‘rsatmalarni, dalillar majmuasini tegishlicha qayd qilib olishi va 
sud tergovi mobaynida ushbu ko‘rsatmalarni, dalillarni bir-biriga 
solishtirib, taqqoslab ko‘rishi va unga qonuniy baho berishi lozim. 
Amaliyotda sud muhokamasiga tayyorgarlik jarayonida ushbu 
uslubdan keng foydalaniladi. Aynan shu tayyorgarlik prokurorning 
sud tergovi mobaynida faol qatnashishiga hamda o‘zining muzokara 
nutqini tuzishiga katta yordam beradi.
Sud muhokamasiga yaxshi tayyorlangan va barcha tegishli ma’lu- 
motlami egallab olgan prokurorgina sud protsessi mobaynida paydo 
bo‘lgan barcha savollarga javob beradi va yuzaga kelgan jami muam- 
molar xususida sudga o‘zining qonuniy fikrini bildira oladi. Ish material­
larini yaxshi o‘rganmaslik esa ayblovni quwatlashning sifatini pasaytirib 
yuboradi, bu o‘z o£mida sud protsessi yakuniga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Sud muhokamasiga tayyorgarlikka ayblovchi sifatida qatnashuvchi 
prokurorning individualligi, shaxsiy fazilatlari, xususan olganda,
19
-
21
289


xotirasi, tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va oldindan baholash salo- 
hiyati katta ahamiyatga ega.
Jinoyat ishi materiallarini davlat ayblovchisi o‘rganib chiqar 
ekan, quyidagilarni tahlil qiladi:
• har bir jinoyat ishi bo‘yicha isbotlash predmeti va doirasini;
• jinoyat sodir etgan shaxsni fosh qiluvchi dalillarni;
• ayblovga qarshi boTgan, ayblovni isbotlamaydigan dalillarni;
• sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlami;
• jinoyat ishi bo‘yicha huquqiy-normativ materiallarni va shu 
toifa jinoyat ishlari bo'yicha sud amaliyotini.
Sud m uhokam asiga tayyorgarlik qismida qaysi m a’noda 
tomonlaming tutadigan o‘m i aniqlab olinadi.
Davlat ayblovchisi protsess ishtirokchilarining huquqlari tushun- 
tirilyaptimi, ularning huquqlari ta’minlanyaptimi, shularni kuzatib 
turadi. Mabodo, qonun buzilish hollariga yo‘l qo'yilsa, sudning 
e ’tiborini shu qonun buzilish holatiga qaratadi va aynan shu 
holatlarni o ‘z vaqtida bartaraf qilinishi natijasida sud tomonidan 
odilona hukm chiqarilishiga zamin yaratiladi. Masalan, sudlanuv­
chining himoyaga bo'lgan huquqini tegishli tartibda ta’minlamaslik, 
sudlanuvchi tomonidan ayblov xulosasining nusxasini o‘z vaqtida 
olmaganligi hukmni bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Sud muhokamasiga tayyorgarlik qismining muhim tom oni 
shundan iboratki, aynan shu bosqichda ariza va iltimosnomalar 
hal qilinadi. Sudda raislik etuvchi iltimosnomalar bo‘yicha ayblov- 
chining ham fikrini so‘raydi. Agarda, dastlabki tergov tomonidan 
xatolarga yo‘l qoVilgan bo‘lsa, jinoyat ishi bilan tanishib chiqqan 
prokuror, jinoyat protsessining xuddi shu bosqichida aniqlangan 
xatolarni bartaraf qilish uchun qo‘shimcha dalillarni talab qilishni 
so‘rab, sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Bundan tashqari, davlat ayblovchisi sudga boshqa protsess 
ishtirokchilari tomonidan qilingan iltimosnomalar bo‘yicha ham 
o‘zining fikrini bayon qiladi. Ayblovni quwatlayotgan prokuror 
sudga dalillarni o‘rganishni shunday ilmiy asoslantirilgan tartibini 
taklif qilishi kerakki, ish bo'yicha dastlabki tergov tomonidan 
aniqlanmay qolgan barcha holatlar aniqlanishi, jinoyat ishi sud 
tomonidan xolisona, to ‘la, har tomonlama va obyektiv ravishda 
ко‘rib chiqilishi lozim1.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish