29-bob. OLDI-SOTDI SHARTNOMASI
l - § . O ldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risida um um iy qoidalar
1.1. Oldi-sotdi shartnomasi, uning tushunchasi,
belgilari va turlari
Oldi-sotdi insoniyat tomonidan eng qadim zamonlardan buyon
qo'llanilib kelayotgan shartnomalardan biri hisoblanadi. Jamiyatda tovar-
pul munosabatlari qaror topishi bilan turli kasb-hunar kishilari oldi-
sotdi shartnom asi orqali boshqa kasb-hunar kishilari mehnati
mahsulotlarini sotib olib, iste’mol qilish va ayni vaqtda, o‘z mehnatlari
mahsulotlarini sotish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Oldi-sotdi shartnomasi jihatdan bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa
taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi
esa bu tovarni qabul qilish va buning uchun belgilangan pul summasini
(bahosini) to'lash majburiyatini oladi (FKning 386-moddasi, 1-qismi).
Oldi-sotdi shartnomasi o ‘z huquqiy tabiati bo'yicha mol-mulkka
nisbatan mulk huquqi yoxud mulkiy huquqlarni bir shaxsdan ikkinchi
shaxsga o'tkazish bo'yicha majburiyatlar turkumiga kiradi. Ayni vaqtda
ushbu shartnomani boshqa o'xshash shartnomalardan ajratib turuvchi
huquqiy belgilari mavjud bo'lib, unga quyidagilar kiradi:
birinchidan, oldi-sotdi shartnomasi haq baravariga tuziladigan (pulli)
shartnoma hisoblanadi. Bunda har doim sotuvchi topshiradigan mol-
mulk (tovar) evaziga sotib oluvchi muayyan miqdorda pul (so'm, valuta)
bilan belgilangan haq to'laydi;
ikkinchidan, oldi-sotdi shartnomasi konsensual shartnomalar guruhiga
mansub. Boshqacha aytganda, bu shartnoma bo'yicha taraflar o'rtasidagi
huquq va majburiyatlar shartnomaning barcha muhim shartlari to'g'risida
o'zaro kelishilgan va shartnoma tegishli shaklda rasmiylashtirilgan vaqtdan
boshlab vujudga keladi;
uchinchidan, shartnoma munosabatlari tarkibiga ko'ra, u ikki
tomonlama shartnoma bo'lib hisoblanadi. Yuqorida Fuqarolik Kodeksida
mustahkamlab qo'yilgan shartnomaga berilgan ta’rifdan ham ko'rinib
turibdiki, ushbu shartnomada ikki taraf - sotuvchi va sotib oluvchi
qatnashadi va har ikkala taraf ma’lum huquq va majburiyatlarga ega
bo'ladi: sotuvchi ashyoni topshirish burchini va buning uchun haq olish
huquqini oladi, oluvchi esa ashyo (tovar) qiymatini to'lashi lozim va
sotilgan ashyoning o'ziga topshirilishini talab qilish huquqini oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ayni vaqtda shuni ta’kidlash loizki, oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha
sotilgan ashyo (tovar)ga nisbatan mulk huquqi sotuvchidan sotib oluvchiga
o'tadi va bu holat shartnomaning eng asosiy belgisi hisoblanadi. Bunda
tovarlar muomalasida bevosita tovar egalari, ya’ni tovarlarni tasarruf
qilishga haqli bo'lgan shaxslar ishtirok etadilar.
Bozor munosabatlari tizimida oldi-sotdi shartnomasi xo'jalik yurituvchi
turli subyektlar o'rtasida munosabatlarni rasmiylashtirishning muhim va
asosiy huquqiy vositalaridan bo'lib hisoblanadi. Ayni vaqtda, u kishilaming
kundalik turmushida ham eng ko‘p qo'llaniladigan shartnoma sifatida
e’tirof etiladi.
Oldi-sotdi shartnomasi savdo munosabatlarining xususiyat va
shakllariga ko'ra, bir necha turlarga bo'linadi: ulgurji savdo; ehakana
savdo; kim oshdi savdosi; nasiyaga tovarlarni sotish va h.k. Shartnoma
predmeti bo'yicha esa u turar-joylarning, korxonaning, ko'chmas
mulkning, qimmatli qog'ozlarning oldi-sotdi shartnomalari, mahsulot
yetkazib berish,
kontraktatsiya, energiya ta’minoti va shu kabi
shartnomalarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: