2.2. K im oshdi savdosi, tovar birjalarida
savdo-sotiq shartnomalari
Tovar mulkdori yoki mulkiy huquq egasi yoxud ixtisoslashgan
tashkilot kim oshdi savdosining tashkilotchisi bo'lishi mumkin. Kim oshdi
savdosining tashkilotchisi sud qarorlarini ijro etish uchun (musodara
qilingan, majburiy tartibda haq undirishga qaratilgan ashyolarga, garov
ashyolari va h.k) ham kim oshdi savdosi tashkil etadi.
Kim oshdi savdosi bo'yicha ixtisoslashgan tashkilot tovar mulkdori
(mulkiy huquq egasi bilan shartnoma tuzish asosida ish olib boradi, ular
nomidan yoxud o'z nomidan harakat qiladi.
Kim oshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida o'tkaziladi. Kim
oshdi savdosining shakli, agarda qonunda boshqacha tartib belgilangan
bo'lm asa, sotiladigan ashyoning mulk yoxud mulkiy huquq egasi
tomonidan belgilanadi.
Xaridor sifatida faqat bir ishtirokchi qatnashgan auksion yoki tanlov
bekor hisoblanadi.
Auksionlar va tanlovlar ochiq yoki yopiq bo'lishi mumkin.
Ochiq auksion yoki tanlovda hamma qatnashish imkoniyatiga ega.
Yopiq auksion va yopiq tanlovda maxsus taklif etilgan shaxslargina
qatnashadilar.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, tashkilotchi
kim oshdi savdosi o'tkazilishi haqida kamida o'ttiz kun oldin xabar
qilishi kerak. Xabarda kim oshdi savdosining joyi, vaqti va shakli, kim
oshdi savdosiga nima qo'yilgani, shu jumladan, kim oshdi savdosida
qatnashishni rasm iylashtirish tartibi, boshlang'ich narx haqida
ma’lumotlar mavjud bo'lishi shart.
Umumiy qoidaga ko'ra, kim oshdi savdosi tashkilotchisi auksion
o'tkazishdan xohlagan vaqtda, lekin u o'tkaziladigan kundan kamida
uch kun oldin bosh tortishga haqli.
Kim oshdi savdosining tashkilotchisi uni o'tkazishdan bosh tortish
haqidagi muddatlarga rioya qilmagan hollarda ishtirokchilarning haqiqiy
(real) ko'rgan zararini to'lashi shart.
Yopiq auksion yoki yopiq tanlovda tashkilotchi kim oshdi savdosidan
qaysi muddatda bosh tortganligidan qat’iy nazar, o'zi taklif etgan
ishtirokchilarning real zararini to'lashi lozim.
Kim oshdi savdosining qatnashchilari kim oshdi savdosi haqidagi
xabarda ko'rsatilgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat puli
www.ziyouz.com kutubxonasi
to‘laydilar. Kim oshdi savdosida qatnashgan, lekin g'olib chiqmagan
ishtirokchilarga zakalat puli qaytariladi. G'olib chiqqan shaxsning puli
tovar bahosi uchun to'lanadigan haq tartibiga kiritiladi.
Kim oshdi savdosida eng yuqori narx taklif qilgan qatnashchi g'olib
hisoblanadi va u bilan oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. G'olib bilan
tashkilotchi o'rtasida kim oshdi savdosi natijalari haqida bayonnoma
imzolanadi. Agar g'olib bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, bergan
zakalatidan mahrum bo'ladi. Agar tashkilotchi bayonnomani imzolashdan
bosh tortsa, zakalat summasini ikki barobar qilib qaytaradi.
Qonunda belgilangan qoidalarga zid ravishda o'tkazilgan kim oshdi
savdosi manfaatdor shaxs talabi bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb
topilishi mumkin. Masalan, kim oshdi savdosi haqida noto'g'ri maiumot
berilsa yoki qatnashchilar oldindan til biriktirib olgan bo'lsalar va h.k.
Kim oshdi savdosini haqiqiy emas deb topish g'olib bilan tuzilgan
shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo'ladi (FKning 381-moddasi).
Birjalar ham oldi-sotdi shartnomalarini tuzadigan maxsus tuzilma
hisoblanadi.
Fond birjalarida qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi amalga oshiriladi.
Fond birjalarining faoliyati «Qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat
ko'rsatish mexanizmi to'g'risida»gi qonun bilan tartibga solinadi.
Tovar birjalarida esa m ol-m ulk sotiladi. Birjalarda oldi-sotdi
shartnomalarining xususiyatlari, eng awalo, birja faoliyatining o'ziga xosliklari
bilan belgilanadi (kim oshdi savdosi, bitimlarni makler yozuvlar orqali
rasmiylashtiradi, birja sotishga qo'yiladigan mol-mulklar savdosi va h.k).
Birjalarga oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan FKning tegishli
normalari, «Birjalar va birja faoliyati to'g'risida»gi qonun qo'llaniladi.
Muayyan birjada taqdim etilgan tovarlar oldi-sotdisi bo'yicha birja
vositachilari o'rtasida tuzilgan birja savdo-sotig'i qoidalariga muvofiq amalga
oshirilgan va belgilangan tartibda birja ro'yxatidan o'tgan bitimlar,
summasidan qat’iy nazar, notarial idoradan tasdiqlanmaydi (ko'chmas
mol-mulk korxonalar oldi-sotdisi bundan mustasno). Birja bitimining
mazmuni (tovaming nomi, narxi, ijro o'm i va muddatidan bo'lak) oshkor
etilishi mumkin emas.
Bitimlarda:
bor mavjud tovarlarning oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan, tovarlarni
darhol berib yuborish yoki yetkazib berish yoxud tovarga egalik huquqini
beruvchi hujjatlar topshirishni ham ko'zda tutuvchi oldi-sotdi bitimlari;
forvard bitimlar, ya’ni mavjud tovami yetkazib berish muddatlarini
kechiktirgan holda xarid qilish va sotishga doir bitimlar;
www.ziyouz.com kutubxonasi
fyuchers bitimlar, ya’ni standart shartnomalarga doir bitimlar;
opsion bitimlar, ya’ni tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish
shartnomalarini belgilangan narxlar bo‘yicha kelgusida xarid qilib olish
yoki sotish huquqlariga doir oldi-sotdi bitimlari va shu kabilar tuzish
mumkin. Forvard, fyuchers, opsion bitimlar tuzilganda birja o'zining
hisob-kitob markazlari orqali bitimlar ijrosini kafolatlashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |