Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Tovarlar  yetkazib  berish  to'g'risidagi  davlat  kontrakti  va  davlat



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Tovarlar  yetkazib  berish  to'g'risidagi  davlat  kontrakti  va  davlat 

ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining bahosi. 

Tovarlar 

yetkazib berish to'g'risidagi davlat kontraktida  baho masalasiga  oid  o'ziga 

xos qoidalar mavjud. Albatta barcha oldi-sotdi shartnomalari singari davlat 

kontraktida  ham  tovar  bahosini  belgilashda  taraflar  erkindir.  Ammo 

davlatgagina  xos  bo'lgan  ustivorlik,  sotib  olish  maqsadini  o'ziga  xos 

xususiyatilaridan kelib chiqib sotuvchiga taqdim etiladigan imtiyozlar evaziga 

bozor  narxidan  ancha  arzon  narxlarda  tovarlarni  sotib  olishi  mumkin. 

Misol  uchun,  davlat  ehtiyojlari  uchun  sotib  olinadigan  tovarlarga  nisbatan 

ayrim soliqlardan ozod holda ishlab chiqarilish tannarxida yoki respublikaga 

kirib kelish  narxida  (bojxona  to'lovlaridan  holi)  sotib  olishi mumkin.

Davlat  ehtiyojlari  uchun  tovarlar  yetkazib  berish  shartnomasida 

shartnoma bahosi taraflar o'zaro kelishuvi asosida, tovarning xususiyatidan 

kelib chiqib belgilanadi. Oldi-sotdi shartnomalariga oid umumiy qoidalarga 

ko'ra  baho  shartnomaning  muhim  belgisi  hisoblanmaydi.  Tovar  bahosi 

taraflar  o'zaro  kelishuviga  ko'ra  shartnomada  aniq  qiymat  misolida 

ko'rsatilmasligi  ham  mumkin.  Jumladan,  tovar  yetkazilib  berilayotgan 

davrdagi  bozor  narxini  nazarda  tutishi  mumkin.

Shuni  alohida  ta’ kidlash  lozimki,  ayrim  turdagi  tovariarning 

narxlarini  davlat  qat’iy  qilib  belgilab  qo'ygan  bo'lsa,  ana  shu  narxlar 

asosida  sotuvchidan  sotib  olishi  mumkin.  Sotuvchi  tomonidan  davlat 

belgilagan  narxlarda  ushbu  tovarlar  sotilmaydigan  bo'lsa  davlat  keskin 

choralarni,  jumladan  jazo  choralarini  ko'rishi  mumkin.  Shu  o'rinda 

sotuvchiga  tovarlarni  davlat  belgilagan  narxlarda  sotishi  unga  zarar 

keltiradigan bo'lsachi degan savol tug'ilishi tabiiy. Ammo davlat tadbirkor 

(ishlab  chiqaruvchi,  sotuvchi)  ni  bunday  hollarda  zarar  ko'radigan 

vaziyatga  solib  qo'yishi  mumkin  emas.  Agar  tadbirkor  zarar  ko'rganini 

isbotlasa uning ko'rgan zararini davlat to'liq hajmda qoplab beradi. Bunday 

ayrim  turdagi  tovariarning  narxini  qat’iy  qilib  belgilanishidan  asosiy 

ko'zlangan  maqsad,  ushbu  tovarlar  narxini  bozorda  asossiz  oshirib 

sotilishini  oldini  olish  va  aholining  sotib  olish  qobiliyatidan  kelib  chiqib 

uni tartibga solishdir.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Tovarlar  yetkazib  berish  to'g'risidagi  davlat  kontrakti  va  davlat 

ehtiyojlari  uchun  tovarlar  yetkazib  berish  shartnomasining  muddati. 

Shartnomaning muddati muhim shartlardan biri hisoblanadi. Barcha oldi- 

sotdi  shartnomalari  kabi  tovarlar  yetkazib  berish  to'g'risidagi  davlat 

kontrakti  va  davlat  ehtiyojlari  uchun  tovarlar  yetkazib  berish 

shartnomasida ham shartnoma shartlarining aniq bajarilishi uchun taraflar 

shartnoma  muddatlarini  aniq  kelishib  olishlari  shart.  Albatta  shartnoma 

muddati deganda uning amal qilish muddatiga birinchi navbatda to'xtalish 

kerak  bo'ladi.  Shuningdek,  tovarlar  yetkazib  berish  to'g'risidagi  davlat 

kontrakti  va  davlat  ehtiyojlari  uchun  tovarlar  yetkazib  berish 

shartnomasining  o'ziga  xos  xususiyatidan  kelib  chiqib,  unda  oraliq  va 

shartnomaning  muhim  majburiyatlarini  belgilab  qo'yilishi  uchun 

ishlatiladigan  muddatlar  mavjud  bo'lishi  mumkin.  Yuqorida  aytib 

o'tganimizdek,  tovarlar  yetkazib  berish  to'g'risidagi  davlat  kontrakti  va 

davlat  ehtiyojlari  uchun  tovarlar  yetkazib  berish  shartnomasi  uzoq 

muddatli shartnomalardan hisoblanadi. Umumiy qoidaga ko'ra shartnoma 

asosan  bir  yilgacha  bo'lgan  muddatga  yoki  bir  yildan  ortiq  muddatga 

yoinki  taraflar  o'zaro  kelishuviga  binoan  boshqa  muddatga  tuzilishi 

mumkin.  Shartnoma  muddati  shartnomaning  muhim  shartlaridan  biri 

bo'lganligi  tufayli  qonunshunos  agarda  shartnomada  taraflar  tomonidan 

muddat  masalasi  hal  qilinmay  qoldirilgan  bo'lsa,  ushbu  shartnoma  bir 

yilga  tuzilgan  deb  hisoblanishi  to'g'risidagi  qoidani  belgilab  qo'ygan.

Agar  uzoq  muddatli  shartnomada  yetkazib  berilishi  lozim  bo'lgan 

tovarlar  miqdori  yoki  shartnomaning  boshqa  shartlari  bir  yilga  yoki 

undan  ortiq  muddatga  belgilangan  bo'lsa,  shartnomada  taraflarning  bu 

shartlami  shartnomaning  amal  qilish  muddati  tugagunga  qadar  keyingi 

davrlar uchun kelishib olish tartibi belgilanishi lozim. Shartnomada bunday 

tartib  bo'lmasa,  shartnoma  tegishlicha  bir  yilga  yoki  shartnoma  shartlari 

kelishilgan  muddatga  tuzilgan  hisoblanadi.

Uzoq  muddatli  shartnoma  taraflaridan  biri  yetkazib  berilishi  lozim 

bo'lgan  tovarlar miqdorini yoki shartnomaning  boshqa  shartlarini  keyingi 

davrlar  uchun  shartnomada  belgilangan  tartibda  kelishib  olishni  rad 

qilgan  yoki  undan  bosh  tortgan  taqdirda  boshqa  taraf  tegishli  davrlarda 

tovarlarni  yetkazib  berish  shartlarini  belgilash  to'g'risidagi  yoxud 

shartnomani  bekor  qilish  to'g'risidagi  talab  bilan  sudga  murojaat  qilish 

huquqiga  ega.  (FK  438-modda)

Tovarlar  yetkazib  berish  to'g'risidagi  davlat  kontrakti  va  davlat 

ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining shakli va tuzish 

tartibi.  Tovarlar  yetkazib  berish  to'g'risidagi  davlat  kontrakti  va  davlat

www.ziyouz.com kutubxonasi




ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining shakli va  tuzish 

tartibiga  doir  masala  FKning  mahsulot  yetkazib  berish  shartnomasiga  oid 

umumiy  qoidalarda  nazarda  tutilgan  normalar  asosida  belgilanadi.

Tovarlar  yetkazib  berish  to'g'risidagi  davlat  kontrakti  va  davlat 

ehtiyojlari  uchun  tovarlar  yetkazib  berish  shartnomasi  yozma  shaklda 

tuziladi.

Davlat  kontraktini  tuzish  tartibi  davlat  ehtiyojlari  uchun  tovarlar 

yetkazib  berish  shartnomasini  tuzish  tartibidan  farq  qiladi.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish