Muomalaga layoqatsizlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun
javobgarlik.
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan
yetkazilgan zararni uning vasiyi yoki uning ustidan nazoratni amalga
oshirishi shart bo'lgan tashkilot, agar zarar ularning aybi bilan
yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, to'laydi.
Vasiy yoki tashkilotning muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro
tomonidan yetkazilgan zararni to'lash bo'yicha majburiyati, uning
muomala layoqati tiklangan taqdirda ham tugamaydi.
Agar vasiy vafot etsa yoxud zararni to'lash uchun etarlicha mablag'ga
ega bo'lmasa, zarar yetkazuvchining o'zi esa bunday mablag'ga ega
bo'lsa, sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini,
shuningdek, boshqa holatlarni inobatga olib, zararni to'lig'icha yoki
qisman zarar yetkazuvchining mol-mulki hisobidan to'lash to'g'risida
qaror qabul qilishga haqli (FKning 996-moddasi).
Muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro tomonidan spirtli
ichimliklar yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish oqibatida
yetkazilgan zararni uning o'zi umumiy asoslarda to'laydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O'z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni
idora qila olmaydigan holatda zarar yetkazgan muomalaga layoqatli
fuqaro, shuningdek, o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha boigan
voyaga etmagan keltirgan zarari uchun javobgar boimaydi.
Agar jabrlanuvchining hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazilgan boisa,
sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini,
shuningdek, boshqa holatlarni inobatga olib, zararni to'lash majburiyatini
to'lig'icha yoki qisman zarar yetkazuvchiga yuklashi mumkin.
Zarar yetkazuvchi, agar spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari
iste’mol qilish tufayli yoki boshqa usulda o'zini o'zi shu holatga keltirgan
boisa, javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Agar zarar ruhiy holati buzilgani (ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik)
oqibatida o'z harakatlari ahamiyatini tushuna olmagan yoki ularni idora
qila olmagan shaxs tomonidan yetkazilgan b oisa , zararni to'lash
majburiyati sud tomonidan bu shaxs bilan birga yashovchi, zarar
yetkazuvchining bunday holati haqida bilgan, lekin uni muomalaga
layoqatsiz deb topish va uning ustidan vasiylik o'rnatish to'g'risida masala
qo'ymagan eri (xotini), ota-onasi, voyaga yetgan farzandlariga yuklanishi
mumkin.
Oshiqcha xavf manbayi tomonidan yetkazilgan zarar uchun
javobgarlik. Oshiqcha xavf manbayi tomonidan yetkazilgan zarar o'zining
xususiyati, zarar etish usuli va qoplanishi, javobgarlikning belgilariga
ko'ra maxsus delikt hisoblanadi. FKning 999-moddasiga muvofiq, faoliyati
tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug'diradigan yuridik shaxslar va
fuqarolar (transport tashkilotlari, sanoat korxonalari, qurilishlar, transport
vositalarining egalari va boshqalar) oshiqcha xavf manbayi yetkazgan
zararni, agar zarar b a rta ra f qilib b o 'lm a y d ig a n kuch yoki
jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida yuzaga kelganini
isbotlay olmasalar, toiashlari shart.
Oshiqcha xa v f manbayi tomonidan yetkazilgan zarar uchun
javobgarlik zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikning boshqa
turlariga qaraganda q at’iyroq hisoblanadi. Zero, mazkur deliktda
javobgarlik zarar yetkazuvchining aybi-bor yo'qligidan qat’iy nazar
vujudga keladi. Shu sababli ham ba’zi hollarda FKning 999-moddasi
bo'yicha javobgarlikni «oshiqcha (kuchaytirilgan)» javobgarlik deb atashadi.
Biroq, bunda javobgarlikning darajasi haqida emas, zarar yetkazish
xavfining yuqoriligidan kelib chiqqanligini unutmaslik lozim. Oshiqcha
x a v f manbayi tomonidan yetkazilgan zararlar uchun javobgarni
belgilashda ham FKning 985-moddasida nazarda tutilgan bosh delikt
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchun javobgarlik qoidalari qo'llaniladi.
Ta’kidlash lozimki, delikt javobgarligining mazkur turi huquqiy
adabiyotlarda keng va atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga oshiqcha
xavf manbayi tushunchasi bo'yicha adabiyotlarda bir nechta qarashlar
mavjud. Birinchi qarash vakillari oshiqcha xavf manbayini tevarak-
atrofga zarar yetkazish mumkin bo'lgan xavfli faoliyat turi deb hisoblashadi.
Ikkinchi qarash vakillari esa oshiqcha xavf manbayini tevarak atrofga
xavf soluvchi har doim ham insonning to'liq nazorati ostida bo'lmaydigan
moddiy dunyo obyektlari, narsalar sifatida talqin etishadi. Biroq ikkala
qarash vakillari ham bir-birlarini inkor etmagan holda, oshiqcha xavf
manbayi tushunchasi bo'yicha umumiy xulosaga kelishga harakat qilishadi.
Umuman olganda oshiqcha xavf manbayi yuzasidan yuqoridagi har
ikkala qarashlar ham o'ziga xos mantiqiy va huquqiy asoslarga ega.
Zero, oshiqcha xa v f manbayi m uayyan narsalarga, obyektlarga
asoslanadigan faoliyat turi sifatida ahamiyatlidir. Chunki, har qanday
faoliyatning muayyan obyektga asoslanib amalga oshirilishini hisobga
olsak, oshiqcha xavf manbayi deganda, doimiy ravishda insonning to'liq
nazorati ostida bo'lmaydigan muayyan texnikaviy, fizikaviy, kimyoviy,
biologik va boshqa xususiyatlariga ko'ra tevarak-atrofga zarar yetkazish
xavfi yuqori bo'lgan predmetlar va ular orqali amalga oshiriladigan
faoliyat tushuniladi. Ta’ kidlash lozimki, oshiqcha x a v f manbayi
hisoblangan narsalardan foydalanish jarayonida yoki uni ekspluatatsiya
qilinm agan holatida ham zarar yetkazilishi mum kin. Masalan,
avtomobildan foydalanilmaganda, u garaj yoki to'xtash jofida turganida
ham muayyan detaining nosoz holati yoki ob-havo ta’sirida yonib ketishi
yoki portlab ketishi mumkin.
Oshiqcha xavf manbayini kengroq tushunish uchun ularning
tasnifidan foydalangan ma’quldir. FKning 999-moddasida ko'rsatilgan
oshiqcha xavf manbalarining turlari mukammal bo'lmasdan, taxminiy
hisoblanadi, chunki fan va texnikaning doimiy rivojlananishi natijasida
ularni to'la va aniq sanab o'tishning imkoniyati yo'q. Shu tufayli, ularni
ma’lum bir guruhlarga bo'lib o'rganish muhim rol’ o'ynaydi. O. A.
Krasavchikov ularni guruhlarga bo'lishda moddiy obyektdagi energiyaning
shakliga qarab bo'lishni mezon qilib olishni taklif qiladi va shu mezon
asosida oshiqcha xavf manbayini 4 guruhga ajratadi:
1.
Fizikaviy. Ular o'z navbatida mexanik (masalan: transport),
elektrik (katta quvvatdagi) va issiqliq (b u g' qurilm alari) x a v f
www.ziyouz.com kutubxonasi
manbayilariga bo'linadilar.
2. Fizikaviy-kimyoviy. Ularga radioaktiv materiallar kiradi.
3. Kimyoviy xavf manbalari. Ularga zaharlovchi (zahar), portlovchi
( turli gazlar) va xavfli yonuvchi ( yonilg'ining bir necha turlari) obyektlar
kiradi.
4. Biologik. Ular zoologik (yow oyi hayvonlar) va mikrobiologik xavflar
(bir qancha mikroorganizmlarning shatmmlari)1 dan iborat.
Albatta mazkur ro'yxat oshiqcha xavf manbayi bo‘lgan turlarning
to'liq ro'yxati hisoblanmaydi. Chunki, fan va texnologiyalarning jadal
rivojlanib borishi turli xildagi texnik vositalarning takomillashgan ko'rinishi
bilan birga bir qator yangi obyektlarni vujudga keltirmoqda. Hozirgi
kunda kompyuterlar, qo'l telefonlarini ham ma’lum ma’noda oshiqcha
xavf manba obyektlari jumlasiga kiritish mumkin.
FKning 999-moddasi, 2-qismiga muvofiq, zararni to'lash majburiyati
oshiqcha xavf manbayiga mulk huquqi, xo'jalik yuritish huquqi yoki
operativ boshqaruv huquqi yoxud boshqa har qanday qonuniy asosda
(mulkiy ijara shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini
beradigan ishonchnoma, tegishli organning unga ortiqcha xavf manbayini
topshirish to'g'risidagi farmoyishiga ko'ra va hokazo) egalik qiluvchi
yuridik shaxs yoki fuqaroga yuklanadi.
Oshiqcha xavf manbalarining egalari bu manbalarning bir-biriga
ta’siri (transport vositalarining to'qnashuvi va hokazo) natijasida uchinchi
shaxslarga yetkazilgan zarar uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi
qismlarida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha solidar javobgar bo'ladilar.
Oshiqcha xavf manbalarining o'zaro ta’siri natijasida ularning
egalariga yetkazilgan zarar umumiy asoslarda qoplanadi. Bunda bir
tarafning aybi bilan yetkazilgan zarar shu taraf tomonidan to'liq hajmda
qoplanadi, ikkala yoki bir nechta taraflarning aybi bilan yetkazilgan
zarar esa ulardan har birining aybi darajasiga mutanosib ravishda
qoplanadi. Taraflardan har birining aybi darajasini aniqlash imkoniyati
bo'lmaganda javobgarlik ular o'rtasida teng baravar taqsimlanadi.
Zararning yetkazilishida taraflarning aybi bo'lmaganda ulardan hech
biri zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega emas. Bunday holda
taraflarning har biri o'zi ko'rgan zarar xavfini zimmasiga oladi.
Oshiqcha xavf manbayining egasi shu manba yetkazgan zarar
uchun, agar manba egasining tasarrufidan boshqa shaxslarning
g'ayrihuquqiy harakatlari (harakatsizligi) natijasida chiqib ketganligini
isbotlasa, javobgar bo'lmaydi. Bunday hollarda oshiqcha xavf manbayi
tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik manbani g'ayrihuquqiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
egallab olgan shaxsning zimmasida boiadi. Bu manbani egasining
tasarrufidan g'ayrihuquqiy tortib olishda egasining aybi boigan taqdirda,
javobgarlik uning egasiga ham, oshiqcha xavf manbayini egallab olgan
shaxslarga ham yuklanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |