Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Kompleks  tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasining



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

5-§.  Kompleks  tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasining 

bekor  bo'lish  asoslari

U m um iy  qoidaga  ko'ra,  shartnom alar  taraflarning  kelishuviga 

m uvofiq  o'zgartiriladi  va  bekor  qilinadi.  Taraflardan  birining  talabi  bilan 

esa,  shartnoma  sud  tomonidan,  shartnoma  ikkinchi  tarafning  aybi  bilan 

jidd iy  buzilganda  va  qonun  yoki  shartnomada  ko'zda  tutilgan  o'zga 

holatlarda o'zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Kompleks tadbirkorlik 

litsenziyasi  shartnomasi  ham  aynan  shu  asoslarga  ko'ra  o'zgartirilishi  va 

bekor  qilinishi  mumkin.  Faqat  bu  o'zgartirishlar  shartnoma  qay  tartibda 

rasmiylashtirilgan bo'lsa, shu tartibda kiritilishi lozim Y a’ni, shartnomaning 

o'zgartirilganligi  litsenziar  tadbirkor  sifatida  ro'yxatga  olingan  organ 

tomonidan  rasmiylashtirilganidan  keyin  haqiqiy  hisoblanadi.

Litsenziya  kompleksiga  kiruvchi  biron-bir  alohida  huquqning  boshqa 

shaxsga o'tishi kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini o'zgartirish 

yoki  bekor  qilish  uchun  asos  bo'lmaydi.  Yangi  litsenziar  o'ziga  o'tgan 

alohida  huquq  jumlasiga  kiruvchi  huquqlar  va  majburiyatlar  bo'yicha 

shartnomaga  kirishadi.

Litsenziar  fuqaro  vafot  etgan  taqdirda,  uning  kompleks  tadbirkorlik 

litsenziyasi  shartnomasi  bo'yicha  huquq  va  majburiyatlari  merosxo'rga, 

basharti  bu  m erosxo'r  tadbirkor  sifatida  ro'yxatga  olingan  bo'lsa  yoki

www.ziyouz.com kutubxonasi




meros  ochilgan  kundan  e’tiboran  olti  oy  mobaynida  tadbirkor  sifatida 

ro'yxatga  olinsa,  o'tadi.  Aks  holda  shartnoma  bekor  qilinadi.

Merosxo'r  tegishli  huquq  va  majburiyatlarni  qabul  qilib  olguncha 

yoki  merosxo'r  tadbirkor  sifatida  ro'yxatga  olinguncha  b oiga n   davrda 

litsenziya  k om p lek sin i  notarius  tom on id a n   b elgila n g a n   ta rtib d a  

tayinlanadigan boshqaruvchi idora qiladi (FKning 872-moddasi). Litsenziar 

o'zining  firma  nomini  o'zgartirgan  taqdirda,  agar  litsenziat  shartnomani 

bekor qilishni talab qilmasa, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi 

saqlanib qoladi  va  litsenziarning  yangi  firma  nomiga  nisbatan  amal  qiladi. 

Shartnomaning amal qilishi saqlanib qolgan taqdirda litsenziat litsenziarga 

tegishli  b oiga n   haqni  mutanosib  ravishda  kamaytirishni  talab  qilishga 

haqli  boiadi.  Agar  kompleks  tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasi  amal 

qilib  turgan  davrda  litsenziya  kompleksiga  kiruvchi  alohida  huquqning 

amal  qilish  muddati  tugasa  yoki  bunday  huquq  boshqa  asosga  ko'ra 

bekor  b oisa ,  shartnoma  bekor  b o ig a n   huquqqa  taalluqli  qoidalarni 

chegirib  tashlagan  holda  saqlanib  qoladi,  litsenziat  esa,  agar  shartnomada 

boshqa  hoi  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  litsenziarga  tegishli  b oiga n   haqni 

mutanosib  ravishda  kamaytirishni  talab  qilishga  haqli  boiadi.

M uddati  ko'rsatilib  tuzilgan  kom pleks  tadbirkorlik  litsenziyasi 

shartnomasi  tegishli  muddat  tamom  b oiish i  bilan  taraflarning  o'zaro 

kelishuviga  yoki  ulardan  birining  talabiga  ko'ra  bekor  boiadi.

Taraflardan  har  biri  muddatsiz  kompleks  tadbirkorlik  litsenziyasi 

shartnom asidan  istagan  vaqtda  b osh   tortish ga  haqli  b o i ib ,  agar 

shartnomada  uzoqroq  muddat  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  bu  haqda 

ikkinchi  tarafni  olti  oy  oldin  xabardor  qilishi  kerak.

Litsenziya  kompleksiga  kirgan  firma  nomini  yangi  firma  nomi  bilan 

almashtirmasdan  unga  boigan   huquq  bekor  qilingan  taqdirda  kompleks 

tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasi  bekor  qilinadi.

M uddati  k o'rsa tib   tuzilgan  kom pleks  tadbirkorlik  litsenziyasi 

shartnomasini  muddatidan  oldin  bekor  qilish,  shuningdek,  muddatsiz 

kompleks  tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasini  bekor  qilish  litsenziar 

ro'yxatga olingan organ tomoindan belgilangan  tartibda ro'yxatga  olinishi 

orqali  rasmiylashtiriladi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish