4-§. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini
cheklaydigan va shartnomaga kiritilishi taqiqlangan shartlar
K om pleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnom asida taraflarning
huquqlarini cheklaydigan shartlar kiritilishi mumkin. Bunday shartlar
eksklyuziv shartlar deb nomlanib, ular litsenziar va litsenziatning u yoki
bu huquqlarini cheklashga qaratiladi. Bunday shartlar taraflarning o'zaro
kelishuviga ko'ra shartnomaga kiritilishi mumkin. Shu bilan birga, bunday
shartlar taraflardan birining talabi bilan ham shartnomada belgilanishiga
yo'l qo'yiladi. Faqatgina bu shartlar monopoliyaga qarshi organ yoki
tegishli shaxsning arizasiga ko'ra haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmasligi
lozim. Agar cheklaydigan shartlar tegishli bozorning holatini va taraflarning
iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda m onopoliyaga qarshi qonun
hujjatlariga zid bo'lsa, ular haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
F K n in g 8 6 8 -m o d d a s id a k o m p le k s ta d b ir k o r lik lits e n ziy a si
shartnomasini cheklaydigan shartlar quyidagicha belgilangan:
-
litsenziarning litsenziatga biriktirib qo'yilgan hududda foydalanish
uchun boshqa xuddi shunday kom pleks tadbirkorlik litsenziyalarini
bermaslik yoki ushbu hududda bevosita mustaqil faoliyat olib bormaslik
m ajburiyati. B unday shartlar, odatda, foydalanish hududi ko'rsatib
berilgan litsenziyalarda belgilanishi mumkin. Bu shartni kiritishdan maqsad
bir turkumdagi mahsulotlarning bozordagi qiymatini pasayib ketishining
oldini olish hisoblanadi. Shu bilan birga, litsenziarning bir hududda o'z
litsenziati bilan raqobatlashuvi litsenziatga zarar yetkazishi bilan birga,
uning o'ziga ham zarar yetkazadi. Muayyan hududda xuddi shunday
ikkinchi litsenziyaning berilishi ham litsenziat m anfaatlariga putur
www.ziyouz.com kutubxonasi
yetkazishi mumkin. Shu munosabat bilan litsenziat shartnomaga boshqa
litsenziyalar bermaslik to'g'risidagi shart kiritilishini talab qilishga haqli
bo'ladi. Lekin bozorning ahvoli va m onopoliyaga qarshi kurashish
maqsadida tegishli monopoliya organi tomonidan bu shart haqiqiy emas
deb topilishi mumkin. Bunda bir turdagi tovar qiymatining ortib ketishi
va monopol huquqqa ega bo'lishining oldini olish maqsadida litsenziarning
shu hududda faoliyat olib bormaslik va boshqa litsenziyalar bermaslik
xususidagi shartlar shartnomaga kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi;
- litsenziatning kompleks tadbirkorlik litsenziyasidan foydalaniladigan
hududda litsenziar bilan raqobatlashmaslik majburiyati. Litsenziar o'ziga
tegishli mutlaq huquqlardan foydalanish huquqini bergan hududda o'zi
ham tadbirkorlik faoliyatini olib b ora y otg a n bo'lsa, shartnom aga
litsenziatning shu hududda o'zi bilan raqobatlashmasligi to'g'risidagi shart
kiritilishini talab etishga haqli. Odatda, bunday litsenziyalar oddiy litsenziya
deb yuritilib, unda litsenziar litsenziya obyekti hisoblagan litsenziya
obyektidan o'zi istagan hududda foydalanish huquqini saqlab qoladi;
- lits e n zia tn in g litse n zia rn in g r a q o b a t c h ila r id a n (b o 'la ja k
raqobatchilaridan) boshqa kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini olishdan
voz kechishi. Bu shartga muvofiq litsenziat litsenziarning raqobatchilaridan
kom pleks tadbirkorlik litsenziyasini olishga haqli bo'lm aydi. Z ero,
raqobatchi bilan litsenziatning o'zaro sheriklarga aylanishi (raqobatchidan
litsenziya olgan shaxs bir vaqtning o'zida ikkita litsenziya egasiga aylanishi
oqibatida turli xildagi g'arazli oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin)
litsenziarga zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkin;
- litsenziatning shartnoma bo'yicha o'ziga berilgan alohida huquqlarni
amalga oshirish vaqtida foydalaniladigan tijorat binolari joylashtiriladigan
erni, shuningdek, ularning tashqi va ichki bezaklarini litsenziar bilan
kelishish majburiyati. Bunday shartning shartnomaga kiritilishidan asosiy
maqsad tovarlar sotish, ish bajarish va xizmat ko'rsatishda litsenziarning
litsenziat bilan o'zaro hamkorlik harakati qilishni ta’minlaydi. Natijada
esa, tovarlar, ishlar va xizmatlar iste’m olchilar va mijozlar o'rtasida
to'g'ri taqsimlanadi.
Nizoga sabab bo'luvchi cheklashlar sud tomonidan haqiqiy emas deb
topilishi mumkin1.
FK kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasiga kiritilishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
mumkin bo'lmagan cheklashlarni ham ko'zda tutadi va bunday shartlar
haqiqiy emasligini belgilaydi. Bu shartlar quyidagilardir:
-
litsenziar litsenziatning tovarni sotish bahosini yoki litsenziat
bajaradigan (ko'rsatadigan) ishlar (xizmatlar) narxini belgilashga, yoki
mazkur narxlaming yuqori va pastki chegaralarini belgilab qo'yishga haqli
bo'lsa. Albatta, tovarlarning ishlab chiqarish tannarxiga ko'ra va olib
borilayotgan faoliyatning rentabellik darajasiga ko'ra taxminiy narxlari
kelishib olinishi mumkin. Lekin narxlarning yuqori va pastki darajalari
qat’iy belgilanishi o'z-o'zidan haqiqiy emas deb topiladi. Zero, bunday
holat monopoliyaga qarshi kurash to'g'risidagi qonun hujjatlariga zid
hisoblanadi;
-
litsenziat tovarlarni faqat m a’lum toifadagi sotib oluvchilarga
(bu yu rtm ach ilarga) yoki shartnom ada belgilab qo'yilgan h u dudda
joylashgan (yashaydigan) sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) gina
sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmatlar ko'rsatishga haqli bo'lsa. Bu
shart fuqarolik huquqidagi tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag'lar
erkin harakat qilish tam oyiliga va shartnom alar erkinligi (FKning
1-moddasi) tamoyiliga zid hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |