Shartnomaning shakli. Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar
im zolagan b itta h u jja t tarzida yozma shaklda tuziladi va u notarial
guvohlantirilishi ham da davlat ro'yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan
paytd an boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etm aslik
uning haqiqiy bo'lmasligiga olib keladi (FKning 580-moddasi). U shbu
qoida im perativ h arak terg a ega bo'lib, taraflar shartnomaning shakliga
qatiy amal qilishlari lozim, aks holda yuqorida aytib o'tilgan huquqiy
oqibat kelib chiqishi mumkin.
A m ald ag i q o n u n h u jja tla rig a m u v o fiq , ija ra s h a rtn o m a s id a
quyidagilar:
- korxonani ijaraga berish va ijaraga berilgan mol-mulkni ishlatish
shartlari;
- ijara korxonasi xo'jalik faoliyatiga oid shartlar;
- to m o n larn in g ija ra sh a rtn o m a sin i b a ja rish yuzasidan o'zaro
m ajburiyatlari;
- tom onlarning o'z m ajburiyatlarini bajarm aganligi uchun o'zaro
javobgarligi shartlari;
- ijara muddati;
- ijara haqi m iqdori va ularning to'lovini amalga oshirish tartib i
bilan bog'liq shartlar;
- shuningdek, ijaraga beriladigan mol-mulkning tarkibi va qiymati;
- ijara beruvchining mol-mulkni ijarachiga shartnom ada kursatilgan
holatda berish m ajburiyati;
- ija ra c h in in g m o l-m u lk d a n s h a rtn o m a s h a rtla rig a m u v o fiq
foydalanish m ajburiyati;
- tomonlarning mol-mulkni ta ’m irlash va uni tiklash yuzasidan o'zaro
taqsim langan m ajburiyatlari;
- ijarachining shartnom a m uddati tugagandan so'ng m ol-m ulkni
ijaraga beruvchiga shartnom ada ko'rsatilgan holatda qaytarish yuzasidan
m ajburiyati;
- shartnom a subyektlari o'zaro kelishilgan holda zarur deb topgan
boshqa shartlar o'z ifodasini topishi lozim.
Ijara shartnom asida ijaraga berilgan mol-mulkning qiymati ushbu
m ol-m ulk ijaraga berilayotgan vaqtdagi qiym atidan kelib chiqqan va
uning eskirganligi darajasi hisobga olingan holda belgilanadi. Demak,
172
www.ziyouz.com kutubxonasi
ijaraga berilgan mol-mulkning kelgusida xizmat qilishi, ishlatish m uddati
tomonlarning kelishuviga muvofiq shartnom ada ko'rsatilishi kerak, biroq
b u m u d d a t foy d alanish m u d d atid a n , to 'liq eskirib, ish d an chiqish
m uddatidan ko'p bo'lmasligi lozim.
Ijaraga olingan korxona ijaraga oluvchiga topshirish dalolatnomasi
bo'yicha topshiriladi. Agar ijara shartnom asida boshqacha tartib nazarda
tu tilg an bo'lm asa, ijaraga olingan korxonani topshirishga tayyorlash,
sh u jum ladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim
etish ijaraga beruvchining zimmasidagi m ajburiyat hisoblanadi va uning
hisobidan amalga oshiriladi. (FKning 581-moddasi).
K o rx o n a la rn i ija ra g a b e ris h s h a rtn o m a s i q o n u n g a m u v o fiq
quyidagilarga am al qilgan holda tuzilishi zarur:
1. Ijara shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim, chunki og'zaki
tuzilgan shartnom a yuz berishi ehtimoli bo'lgan bahsli holatlarda sud
ajrim lari uchun yuridik asos bo'lib xizmat qilolmaydi.
2. Huquq va m ajburiyatlar qonun bo'yicha shartnom ada ko'rsatilgan
hujjatlar o'z vaqtida rasm iylashtirilgan bo'lishi lozim.
3. Korxonalarni ijaraga berish shartnom asi faqat muomala layoqatiga
ega bo'lgan fuqarolar va yuridik shaxslar o'rtasida tuzilishi kerak.
4. Ijara shartnom asi ixtiyoriy tuzilgan va aniq bir huquqiy m aqsadga
erishishiga qaratilgan bo'lishi kerak y a’ni shartnom ada o'z ifodasini topgan
m aqsadlar ijarachi va ijaraga beruvchining haqiqiy m aqsadlariga mos
tushishi kerak. Ijara shartnomasi yuqori idora buyrug'i hujjat. ta ’sirida
yoki aldash orqali tuzilmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |