Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  L izin g  sh a rtn o m a si  ob yek ti  v a   subyektlari



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

6.2.  L izin g  sh a rtn o m a si  ob yek ti  v a   subyektlari.

Lizing  obyekti:  iste’mol  qilinmaydigan,  tadbirkorlik  faoliyati  uchun 

foydalaniladigan h a r qanday ashyolar lizing obyekti bo'ladi. Yer uchastkasi 

va  boshqa  tabiat  obyektlari  bundan  mustasno  (FKning  588-moddasi).

www.ziyouz.com kutubxonasi



Shuningdek,  m uom aladan  chiqarilgan  yoki  m uom alada  bo'lishi 

cheklangan  boshqa  mol-mulk  lizing  obyektlari  bo'lishi  m u m k in  emas 

(Lizing  to'g'risidagi  qonunning  3-moddasi).

Lizing subyektlari bo'lib,  lizing beruvchi,  lizing oluvchi va sotuvchilar 

ishtirok etadi.

Kelajakda  lizing  oluvchiga  lizing  bo'yicha  topshirish  m aqsadida  mol- 

mulkni  o'ziga  m ulk  qilib  oluvchi  shaxs  lizing  beruvchi  deb  tan   olinadi.

Egalik  qilish  va  foydalanish  uchun  lizing  obyektini  oladigan  shaxs 

lizing  oluvchi  deb  hisoblanadi.

Lizing  beruvchi  lizing  obyektini  kim dan  olayotgan  bo'lsa,  sh u  shaxs 

sotuvchi  deb  e ’tirof  etiladi.

Lizing  beruvchi  mol-mulkni  bo'lajak  foydalanuvchidan  sotib  olgan 

taqdirda  yoxud  lizing  beruvchi  kelajakda  mol-mulkni  sotuvchiga  lizing 

bo'yicha  topshirish  uchun  undan  shu  mol-mulkni  sotib  olish  m aqsadida 

uni  m ablag'  bilan  t a ’minlagan  taqdirda  bir  shaxsning  o'zi  ham   lizing 

oluvchi,  ham   sotuvchi  bo'lishiga  yo'l  qo'yiladi  (FKning  589-moddasi).

Ma’lumki,  lizing  shartnom asi  m a ’lum   tarkibiy  qism lardan  iborat. 

Lizing  shartnom asi  quyidagi  unsurlarni,  albatta,  o'z  ichiga  olgan  bo'lishi 

kerak:

1.  Lizing  obyekt.



2. Yetkazib  berish  muddati.

3. Ijara  muddati.

4.  Ijaraga  beruvchining  mulk  huquqi.

5.  X avf-xatar,  javobgarlik  uskunaning  soz  ekanligi.

6.  U skunalardan  foydalanish  yo'riqnomalari.

7.  Uskunani  ta ’rnirlash  va  unga  xizmat  ko'rsatish.

8.  Zararlar,  tasodifiy  hodisalar.

9. Sug'urtalash.

10.  Ijara  to'lovi.

11.  To'lovni  kechiktirganlik  uchun  jarima.

12.  Sotib  olish  imkoniyati.

13.  Shartnom ani  bekor  qilish  shartlari.

14.  Uskunani  qaytarish  vaqti.

15.  Soliq

16.  Tomonlarning  qo'shimcha  huquqlari.

17.  Lizing  shartnomasining  kuchga  kirishini  kechiktiruvchi

sharoit.

18.  Z arur  m a’lumotlarni  yetkazish  m ajburiyatlari.

19.  Tomonlarning  joylashgan  o'rni.

www.ziyouz.com kutubxonasi




20.  Bankning  kafolati.

21. Bundan tashqari fors-m ajor holatlar, lizing subyektlari tomonidan 

lizing  shartnom asi  shartlariga  rioya  etilishini  nazorat  qilish  tartibi  va 

boshqalar.

Lizing  shartnomasiga  qonun  hujjatlariga  m uvofiq  boshqa  shartlar 

ham   kiritilishi  mumkin.

Lizing  shartnom asi  hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  m uhim  

aham iyatga  ega  bo'lgan  yangi  shartnom alardan  bo'lib,  iqtisodiy  hayotga 

jad a l  kirib  bormoqda.  A lb atta,  bu  shartnom a  b u n d a n   avval  chet  el 

d a v la tla r id a   asosiy  rol  o 'y n a g a n .  Lekin  O 'z b e k isto n   R espublikasi 

m u sta q illik k a   erishishi  n a tija sid a   bu  sh a rtn o m a n in g   o 'rn i  sezilarli 

bilinmoqda.  “Hozirgi vaqtda  islohotlar jarayonini davlat-huquqiy jihatdan 

boshqarishning  yaxlit  tizimi  tarkib  topdi”1,  -  deydi  I.  A.  Karimov  o'zining 

«Vatan  sajdagoh  kabi  m uqaddasdir»  risolasida.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish