1.3. S h artn om a sh artlarin i b u zga n lik u c h u n javobgarlik
Taraflarning javobgarligi qonun yoki shartnom a bilan belgilanadi.
Jum ladan, O'zbekiston Respublikasining «Ijara to'g'risida»gi qonunining
32-moddasida taraflarning javobgarligi belgilangan. Jumladan, shartnom a
tuzish tartib in i va sh a rtla rin i buzishda, sh artn o m a m ajb u riy atlarin i
bajarm aslikda sh artn o m ani bir tom onlam a o'zgartirishda yoki bekor
qilishda, shartnom ani o'zgartirish va to'xtatish tartibi hamda shartlarini
buzishda aybdor ta ra f, shuningdek, dav lat idoralarining m ansab do r
shaxslari qonunda belgilanganidek javobgarlikka tortiladilar.
Y uridik s h a x sla r v a fu q a ro la r o 'zlari y e tk a z g a n z a ra rn i, sh u
jum ladan, boy berilgan foydani O'zbekiston Respublikasi qonunlarida
belgilangan tartibda to'lashlari shart deb ko'rsatilgan. Fuqarolik Kodeksining
541-moddasi 3-4-qism larida ijaraga oluvchiga ijara mol-mulkini to'liq
va o'z vaqtida topshirmaganlik uchun ijaraga beruvchining javobgarligi
belgilangan. Unga ko'ra:
-
agarda shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
mol-mulk barcha m ansub ashyolari va unga aloqador hujjatlar (texnik
pasport, sifat sertifikati va hokazolar) bilan birga ijaraga topshiriladi.
A garda bunday m ansub ashyolar va hujjatlar topshirilgan bo'lmasa va
ularsiz ijaraga oluvchi m ol-mulkdan uning o'z vazifasi bo'yicha foydalana
olmasa yoxud shartnom a tuzish paytida mo'ljallashga haqli bo'lgan ancha
narsasidan m ahrum bo'lsa, u ijaraga beruvchidan bunday mansub ashyolar
va hujjatlarni topshirishni yoxud shartnom ani bekor qilishni, shuningdek
zararni qoplashni talab qilishga haqli.
www.ziyouz.com kutubxonasi
- agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga berilgan mol-mulkni
shartnomada ko'rsatilgan muddatda, basharti shartnomada bunday m uddat
ko'rsatilgan bo'lmasa, oqilona muddatda topshirmagan bo'lsa, ijaraga oluvchi
Fuqarolik Kodeksining 331-moddasiga muvofiq bu mol-mulkni undan talab
qilib olish va ijroning kechikkanligi tufayli yetkazilgan zararni qoplashni
talab qilish yoki shartnomani bekor qilish va uning bajarilmaganligi sababli
yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Shuningdek, Fuqarolik Kodeksining 542-moddasiga muvofiq ijaraga
topshirilgan m ol-m ulkdagi kam chiliklar u c h u n ijaraga beruvchining
javobgarligi quyidagicha belgilangan.
Ija ra g a b e ru v c h i ija ra g a to p s h ir ilg a n m o l-m u lk n in g u n d a n
foydalanishga to'liq yoki qisman to'sqinlik qiladigan kamchiliklari uchun,
hatto u shartnom a tuzish vaqtida bular haqida bilm agan bo'lsa ham ,
javobgardir. B unday kamchiliklar aniqlanganda ijarachi o'z xohishiga
ko'ra:
- ijaraga b eruvchidan yo m ol-m ulkdagi kam chiliklarni tekinga
b a rta ra f etishni yoki m ol-m ulkdan foydalanganlik haqini m utanosib
kamaytirishni yoxud mol-mulkdagi kam chiliklarni bartaraf etish uchun
qilgan o'z xarajatlarini qoplashni talab qilishga;
- ija r a g a b e r u v c h in i o ld in d a n o g o h la n tir g a n h o ld a o 's h a
kam chiliklarni b a rta ra f etishga sarflagan x a ra jatlari sum m asini mol-
m ulkdan foydalanganlik uchun to'lanadigan haqdan bevosita chegirib
qolishga;
- shartnomani m uddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
Ija ra g a o lu v c h in in g ta la b la r id a n y o k i u n in g m o l-m u lk d a g i
kam chiliklarni ijarag a b eru v ch i hisobidan b a rta ra f etish n iy atid a n
xabardor qilingan ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni tegishli
holatda bo'lgan boshqa shunday mol-mulk bilan darhol alm ashtirib berishi
yoki mol-mulkdagi kamchilikni tekinga b a rta ra f etishi mumkin.
Agar ijaraga oluvchining talablarini qanoatlantirish yoxud uning
kamchiliklarni b artaraf etish xarajatlarini m ol-m ulkdan foydalanganlik
uchun to'lanadigan haqdan chegirib qolishi ijaraga oluvchi ko'rgan zararni
qoplamasa, u zararning qoplanm agan qismini to'lashni talab qilishga
haqli.
Shartnom a tuzish vaqtida ijaraga beruvchi oldindan aytib qo'ygan
yoki ijaraga oluvchiga oldindan m a ’lum b o ig a n yoxud sh artn om ani
tu zish d a yoki m o l-m ulkni ija ra g a to p sh iris h p a y tid a u ni k o 'z d a n
kechirganda yoxud uning sozligini tekshirganda ijaraga oluvchi aniqlashi
kerak boigan kamchiliklar uchun ijaraga beruvchi javobgar bo'lmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi m unosabatlarda kechiktirilgan
ijroni qabul q ilish d an bosh tortish g a fa q a t q onun va sh a rtn o m a d a
belgilangan hollarda yo‘1 qo'yiladi.
Shuningdek, a g a r ijarag a beruvchining yozma ogohlantirishiga
qaram ay, ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnom a shartlariga yoki mol-
m ulkning vazifasiga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnom ani
m uddatidan oldin bekor qilishni va zararning qoplanishini talab qilishga
haqli (FKning 545-moddasi 2-qismi).
Ijaraga oluvchi shartnom a m uddati tugashi bilan ijaraga olingan
mol-mulkni o'ziga topshirilgan holatda, normal eskirishini hisobga olib
yoki shartnom ada belgilangan holatda qaytarishi lozim
A gar ijaraga oluvchi ijaraga olgan m ol-m ulkni qaytarm asa yoki
kechikib qaytarsa, kechiktirib qaytarilgan barcha vaqt uchun ijara haqini
to'lashni ijaraga beruvchi talab qilishga haqli. Bu haq ijaraga beruvchining
ko'rgan zararini qoplam agan taqdirda, zararni to'lashni talab qilishga haqli.
Ijarag a olingan m ol-m ulk o'z vaq tid a qaytarilm aganligi u c h u n
sh a rtn o m a d a n e u s to y k a u n d irish n a z a rd a tu tilg a n ta q d ird a , a g a r
sh a rtn o m a d a b o shqacha ta rtib belgilangan bo'lm asa, n eu sto y k ad an
tashqari zarar to'liq m iqdorda undirilishi m um kin (FKning 554-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |