Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Mutlaq  huquq  va  mulk  huquqi  o‘rtasidagi  nisbat



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

8-§.  Mutlaq  huquq  va  mulk  huquqi  o‘rtasidagi  nisbat

Y uqorida  in tellektu al  m ulk  huquqi  obyektlarin in g  asosiy 

xususiyatlari, uning an’anaviy mulk huquqi obyektlaridan farqlari haqida 

batafsil  to'xtab  o‘tildi.  Binobarin,  intellektual  mulk  huquqi  obyektiga 

nisbatan mutlaq huquq bilan ushbu obyektning moddiylashgan ifodasiga, 

moddiy  eltuvchisiga  nisbatan  mulk  huquqini  farqlamoq  lozim.  FKda 

belgilangan  qoidaga  ko'ra,  intellektual  faoliyat  natijasi  (asar,  ixtiro  va 

shu  kabi)  ga  yoki  xususiy  alomatlarni  aks  ettiruvchi  vosita  (masalan, 

tovar  belgisi)  ga  nisbatan  mutlaq  huquq  bunday  natija  yoki  xususiy 

alomatlarni  aks  ettiruvchi  vosita  ifodalangan  moddiy  obyektga  nisbatan 

mulk  huquqidan  qat’iy  nazar,  unga  bog'liq  bo'lmagan  holda,  undan 

mustaqil  ravishda  mavjud  bo'ladi.  Masalan,  asar  mingab  nusxada  kitob 

shaklida  nashr  etilishi,  ixtiro  asosida  mahsulotlar  (masalan,  qurilma, 

uskuna, dori-darmon va hokazo) ishlab chiqilishi mumkin. Bunda, albatta, 

nashr  etilgan  asaming  kitob  shaklidagi  nusxalarini  sotib  olgan  shaxsda, 

ixtiro asosida  chiqarilgan mahsulotni  sotib olgan shaxslarda  o'sha kitobga 

nisbatan,  o'sha  mahsulotga  nisbatan  mulk  huquqi  vujudga  keladi,  biroq 

asarga  nisbatan  yoki  ixtiroga  nisbatan  mutlaq  huquq  vujudga  kelmaydi. 

Intellektual  mulk obyektlari turli moddiy vositalarda ifodalanishi,  cheksiz 

nusxalarda  mavjud  bo'lishi  va  fuqarolik  muomalasida  harakat  qilishi 

mumkin,  bunday  moddiy  vositalar  ashyolar  tarzida  ko'rilishi  mumkin, 

biroq  bunday  ashyolarga  nisbatan  mulk  huquqi  uning  kelib  chiqish, 

yaratilishi  asosi  bo'lgan  g'oyaviy  (ideya)  negizi  bo'lgan  intellektual  mulk 

huquqi  obyektiga  bo'lgan  mutlaq  huquqlarga  aslo  ta’sir  qilmaydi.

Intellektual  faoliyatning  ayrim  natijalari  o'zining  g'oyaviy  negizi  va 

bu  negiz  moddiy  mujassami  bilan  uzviy  bog'liq  holda  mavjud  bo'lishi 

mumkin  (masalan,  yagona  nusxadagi  haykal,  portret,  o'simliklarning 

yangi navi, hayvonlarning yangi zotlari va shu kabilar). Bunday obyektlar 

fuqarolik  muomalasida  harakatda  bo'lganda  mutlaq  huquq  va  mulk 

huquqi mazmuni va  ta’sir doirasi aslo chalkashtirilmasligi shart. Masalan, 

portret  rassom  tomonidan  boshqa  shaxsga  sotilganda  rassom  ushbu 

portretdan  nusxalar  ko'chirish  va  ularni  ko'paytirib,  erkin  tasarruf 

etish huquqini o'zida saqlab qolishi mumkin. Bunda rassom ushbu portretga 

nisbatan,  unga  mualliflik  huquqi  obyekti  bo'lgan  asarga  nisbatan  mutlaq 

huquqini o'zida saqlab qoladi, biroq portretning original nusxasiga nisbatan 

642


www.ziyouz.com kutubxonasi


mulk  uni  sotib  olgan  xaridorga  o'tadi.

Yagona  nusxani,  nodir  (takrorlanmas)  tusdagi  obyektlar  fuqarolik 

muomalasida  harakatda  bo‘lganda,  ularga  nisbatan  mulk  huquqi  va 

mutlaq  huquq,  ba’zi  istisnolami  nazarga  olmaganda,  aynan  hisoblanishi 

mumkin. Bunday hollarda obyekt moddiy-ashyoviy negizidan ajralmasligini 

hisobga olgan holda, unga nisbatan mulk huquqi qoidalarining qo‘llanilishi 

maqsadga  muvofiq.  Bunday  obyektni  o'zidan  begonalashtiruvchi  shaxs 

bir  vaqtning  o'zida  ham  mulk  huquqi,  ham  mutlaq  huquqini  bir  xil 

yo'nalishda  va  uslubda  o'zidan  begonalashtirmog'i  lozim

Boshqa har qanday hollarda mutlaq huquq va mulk huquqi o'rtasida 

kolliziya  vujudga  kelganda,  mutlaq  huquq  ustuvorlikka  ega  bo'ladi.  Bu 

holat, masalan, «Seleksiya yutuqlari to'g'risida»gi Qonunning 5-moddasida 

o'z  ifodasini  topgan.  Chunonchi,  biron-bir  kishi  yangi  bug'doy  navini, 

garchi  mazkur  navni  qonuniy  asoslarda  olgan  bo'lsa  ham  uni  mutlaq 

huquq  sohibidan  beruxsat  ko'paytirishga  yoki  tarqatishga  haqli  emas.

Fuqarolik  muomalasi  ishtirokchilarining,  tovarlar,  ishlar  va 

xizmatlarning  xususiy  alomatlarini  aks  ettiruvchi  vositalarga  bo'lgan 

mutlaq  huquq  ham  bu  vositalar  ifodalangan  moddiy  obyektga  nisbatan 

mulk  huquqidan  qat’iy  nazar,  u  bilan  bog'liq  bo'lmagan  va  mustaqil 

holda  amal  qiladi.  Masalan,  tovar  belgisi  ifodalangan  reklama  pannosini 

sotib olgan shaxsda  bu  pannoga  nisbatan  mulk  huquqi vujudga  keladi va 

undan  qonuniy  asosda  o'z  xohishicha  foydalanishga  haqli,  biroq  tovar 

belgisiga  nisbatan  mutlaq  huquqqa  bu  hoi  ta’sir  etmaydi.  Vosita 

ifodalangan  moddiy  obyektlar  juda  ko'p  va  xilma-xil  bo'lishi,  u  turli 

shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo'lishi mumkin, biroq bu vositaga 

nisbatan  mutlaq  huquq  sohibi  yagona  shaxs  bo'lib  qoladi  va  bu  mutlaq 

huquq  mazmuniga,  uning  amalga  oshirilishiga  aslo  to'sqinlik  qilmaydi, 

xalaqit  bermaydi.  Mutlaq  huquq  va  mulk  huquqi  bir-biridan  qat’iy 

nazar,  mavjud  bo'ladi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish