Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob.  S A N O A T   M U L K IG A   B O ‘L G A N   H U Q U Q



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet373/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

62-bob.  S A N O A T   M U L K IG A   B O ‘L G A N   H U Q U Q

l - § .  Sanoat  m ulki  tushunchasi,  turlari  va  ularni 

huquqiy  m uhofaza  qilish

Sanoat  mulki  obyektlari  intellektual  mulk  obyektlarining  tarkibiy 

qismi  hisoblanadi.  «Sanoat  mulki»  iborasini  tom  ma’noda  tushunmaslik 

lozim.  Ushbu  iborani  qo'llash  XVII-XIX  asrlarda  Evropa  mamlakatlarida 

huquqiy  yorliq  —   patent  orqali  muhofaza  qilinadigan  ixtirolar  —  texnik 

tusdagi  yechimlarni,  asosan,  sanoat  sohasida  qo'llanganligi  bilan  bog'liq. 

Hozirgi  vaqtda  sanoat  mulki  nafaqat  sanoatda,  balki  amaliyotning, 

turmushning hamma sohalarida keng qo'llaniladi. Garchi bu ibora unchalik 

aniq-ravshan bo'lmasa ham, biroq qonunshunoslikda mustahkam o'rnashib 

qolgani  sababli  xalqaro  konvensiyalarda,  rivojlangan  mamlakatlar 

qonunlarida  intellektual  mulk  huquqi  obyektlarini  huquqiy  muhofaza 

yorlig'i  asosida  himoya  qilinadigan  katta  bir  guruhining  nomi  sifatida 

an’anaviy  jihatdan  keng  qo'llanib  kelmoqda.  Sanoat  mulkini  muhofaza 

qilish bo'yicha Parij konvensiyasida sanoat mulkining muhofaza obyektlari 

sifatida quyidagilar  ko'rsatiladi:  1)  ixtirolar;  2) foydali modellar;  3)  sanoat 

namunalari;  4)  tovar  belgilari;  5)  xizmat  ko'rsatish  belgilari;  6)  firma 

nomi;  7)  manbani  ko'rsatish;  8)  tovarning  kelib  chiqish  joyi  nomi  (1— 2- 

moddalar);  9)  g'irrom  raqobatning  oldini  olish.

Amaldagi  FKda  sanoat  mulkiga  bo'lgan  huquq  ixtiro,  foydali  model 

sanoat  namunasiga  bo'lgan  huquq  sifatida  nazarda  tutiladi.

FKning 1082-moddasiga asosan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi 

yaratilish  fakti  bo'yicha  emas,  balki  maxsus  huquqiy  muhofaza  yorlig'i 

hujjati  -   patent  berilgan  taqdirdagina  himoya  qilinadi,  qo'riqlanadi. 

Huquqiy  muhofaza  yorlig'i  -   ixtiro,  foydali  model  va  sanoat  namunasiga 

nisbatan  patent  dastlabki  patent  deb  ataladi.

Ixtiro,  foydali  model,  sanoat  namunasiga  nisbatan  qo'yil-digan, 

patent  olish  huquqini  vujudga  keltiradigan  talablar  hamda  patent 

idorasining  bunday  hujjatni  berish  tartibi  O'zbekiston  Respublikasining 

2002  yil  29  avgustda  qabul qilingan  «Ixtirolar,  foydali modellar va  sanoat 

namunalari  to'g'risida»gi  Qonun  (bundan  keyin  matnda  Qonun  deb 

yuritiladi)  bilan  belgilanadi.

Ixtironing  patentga  layoqatlilik  shartlari  ushbu  Qonunning  6- 

moddasida  belgilab  qo'yilgan.  Bunga  asosan,  ixtiro  sifatida  ko'rsatilgan 

obyekt  (ya’ni  amaliy  ahamiyatga  ega  bo'lgan  muammoning  yechimi) 

agar  u  yangi,  ixtirochilik  darajasiga  ega  bo'lsa  va  uni  sanoatda  qo'llash

www.ziyouz.com kutubxonasi




mumkin  bo'lsa,  patent  asosida  huquqiy  muhofaza  qilinadi.

Agar  ixtiro  texnika  taraqqiyoti  darajasidan  ma’lum  bo'lmasa,  u 

yangi  deb  hisoblanadi.  Ixtiro  texnika  taraqqiyoti  darajasi  haqidagi 

ma’lumotlardan  yaqqol  ayon  bo'lmasa,  u  ixtirolik  darajasiga  ega  bo'ladi. 

Texnika  taraqqiyoti  darajasi  ixtiro  ustuvorligi  sanasiga  qadar  jahonda 

ommaga  oshkor  bo'lgan  har  qanday  ma’lumotlami  o'z  ichiga  oladi.

Ixtiro  obyektlari  turli-tuman  ko'rinishlarga  ega.  Ba’zi  hollarda 

avvaldan  mavjud  obyektning  yangi  maqsadlarda  qo'llanishi  ham  ixtiro 

hisoblanadi. 

M asalan, 

qurilm alar, 

usullar, 

m od d alar, 

m ikroorgan izm larn in g  shtam m lari,  o 'sim lik la r  va  h a y v on lar 

hujayralarining  turlari,  ilgaridan  ma’lum  bo'lgan  qurilmalar,  usullar, 

moddalarning,  mikroorganizmlar  shtammlarining  yangi  maqsadda 

qo'llanilishi  ixtiro  sifatida  e’tirof  etiladi..

quyidagilar  ixtiro  sifatida  e’tirof  etilmaydi: 

ilmiy  nazariyalar  va  matematika  usullari; 

tashkil  etish  va  boshqarish  usullari; 

shartli  belgilar,  jadvallar,  qoidalar; 

aqliy  operatsiyalarni  bajarish  qoidalari  va  usullari; 

elektron  hisoblash  mashinalari  uchun  algoritmlar  va  dasturlar; 

binolar,  inshootlar,  hududlarni  rejalashtirish  loyihalari  va  chizma 

tarhlari;

estetika  talablarini  qanoatlantirishga  yo'naltirilgan,  buyumlarning 

faqat  tashqi  ko'rinishiga  oid  yechimlar;

integral  mikrosxemalarning  topologiyalari; 

o'simlik  navlari  va  hayvon  zotlari;

jamoat  manfaatlariga,  insonparvarlik  va  axloq  qoidalariga  zid 

yechimlar (masalan, insonni ruhiy yoki jismoniy qiynoqqa solish vositalari, 

fahsh-buzuqlik  vositalari  va  hokazo).

Foydali  modellarning  patentga  layoqatlilik  shartlari  Qonunning  7- 

moddasida  belgilab  qo'yilgan.

Ishlab  chiqarish  vositalari  va  iste’mol  buyumlarining  konstruktiv 

jihatdan  yasalishi,  tayyorlanishi,  shuningdek,  ularning  tarkibiy  qismlari 

foydali  model  hisoblanadi.

Foydali  model  sifatida  ko'rsatilgan  obyekt,  agar  u  yangi  bo'lsa,  uni 

amaliyotda qo'llash mumin bo'lsa,  patent berish orqali huquqiy muhofaza 

qilinadi.  Ushbu  talablar ixtiroga qo'yiladigan  talablarga o'xshashdir.  Ayni 

vaqtda  ular  o'rtasida  jiddiy  tafovutlar  ham  mavjud.  Masalan,  foydali 

model  ixtirochilik  darajasiga  ega  emas.  Foydali  model  obyektlari  doirasi 

torroq. Jumladan,  usullar,  moddalar,  mikroorganizm  shtammlari,  o'simlik

www.ziyouz.com kutubxonasi




va  hayvonlar  hujayralarining  turlari,  shuningdek,  ularning  yangi 

maqsadda  qo'llanishi  foydali  model  hisoblanmaydi.  Ayni  vaqtda,  ixtiro 

bo'lib  hisoblanmaydigan  obyektlar  ham  foydali  model  sifatida  muhofaza 

qilinmaydi.

Buyumning  tashqi  ko'rinishini  ifodalaydigan  badiiy-konstruktorlik 

echimlari  sanoat  namunasi  hisoblanadi.  Ushbu  yechimlar  buyumning 

konstruktiv  xususiyatlarini  emas,  balki  faqat  tashqi  qiyofasini,  tashqi 

ko'rinishini  shakllantiradi.  Badiiy-konstruktorlik  yechimi  sifatida  sanoat 

namunasi  san’at  asarlaridan  shu  bilan  farqlanadiki,  unda  buyumning 

konstruktiv  (texnik  yaroqlilik,  qulaylik  xususiyatlari,  ishlash  qobiliyati) 

va  estetik  sifati  (chiroyliligi,  bezatilganligi)  uzviy  uyg'unlashgan  bo'lishi 

lozim.


Sanoat  namunasi  sifatida  ko'rsatilgan  obyekt,  basharti  u  yangi, 

o'ziga  xos  bo'lsa va  uni amaliyotda  qo'llash  mumkin bo'lsa,  patent  berish 

orqali huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi (Qonunning 8-moddasi). Sanoat 

namunasi  agar  buyumning  estetik  va  (yoki)  ergonomik  xususiyatlarini 

belgilovchi muhim alomatlari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish 

sanasiga  qadar  jahonda  ommaviy-oshkora  e’lon  qilingan  maiumotlardan 

ayon  (ochiq-ravshan  ko'rinib  turgan)  bo'lmasa,  yangi  hisoblanadi.

Sanoat  namunasi,  agar  uning  muhim  alomatlari  majmui  buyum 

estetik xususiyatlarining ijodiy tusi bilan bog'liq bo'lsa, o'ziga xos (original) 

hisoblanadi.

Sanoat  namunasi,  agar  uni  (buyumni  tayyorlash  orqali)  takror- 

takror  hosil  qilish  (istifoda  qilish,  qayta  ko'paytirish)  mumkin  bo'lsa, 

sanoat  (amaliyot)da  qo'llash  mumkin  deb  hisoblanadi.

Shunday qilib,  badiiy-konstruktorlik yechimi agarda badiiy jihatdan 

va axborot-maiumot jihatdan mujassamlangan, ifodalangan, kompozitsiya 

yaxlitligi,  oqilona  ratsional  shaklga  ega  (ya’ni  konstruktiv-texnologik 

talabga  mos)  va  ergonika  mezonlariga  muvofiq  bo'lsa,  sanoat  namunasi 

deb  e’tirof  etiladi  (masalan,  yengil  avtomobillarning  yangi  modellari).

Quyidagilar  sanoat  namunasi  hisoblanmaydi:  matbaa  (nashr) 

mahsulotlari  (gazeta,  jurnal,  kitob  va  hokazo,  me’morchilik  shakllaridan 

tashqari),  sanoat,  gidrotexnika  inshootlari  va  boshqa  statsionar,  suyuq, 

gazsimon,  sochiluvchan  yoki  shunga  o'xshash  moddalardan  iborat 

o'zgaruvchan shakldagi obyektlar, buyumlarning faqat texnik funksiyasi 

bilan  bog'liq  bo'lgan  yechimlar  (gayka,  shurup,  bolt,  vint  va  shu 

kabilar),  jamoat  manfaatlariga,  insonparvarlik  va  axloq  qoidalariga 

zid  yechimlar.

Sanoat  mulki  obyektiga  boigan  huquq  muallifga  (hammualliflarga)

www.ziyouz.com kutubxonasi




yoki  uning (ularning)  huquqiy vorislariga  tegishli  bo'ladi  hamda  huquqiy 

muhofaza  yorlig'i  (patent,  guvohnoma)  bilan  tasdiqlanadi.

Agar  bir  nechta  shaxs  bir-biridan  mustaqil  ravishda  sanoat  mulki 

obyektini  yaratgan  bo'lsa,  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  (patent,  dastlabki 

patent,  guvohnoma)ga  bo'lgan  huquq  Patent  idorasiga  birinchi  bo'lib 

talabnoma  topshirgan  shaxsga  beriladi.

Dastlabki  patent  va  guvohnoma  dastlabki  ekspertiza  o'tkazilganidan 

keyin,  patent  esa  obyekt  mohiyatan  ekspertizadan  o'tkazilganidan  so'ng 

beriladi.

Ixtiroga  berilgan  patent ixtironing  yangiligini,  ixtirochilik darajasini, 

patentning  haqiqiyligi  va  patent  egasining  ixtiroga  egalik  qilishini,  uni 

tasarruf  etish  va  undan  foydalanishga  nisbatan  mutlaq  huquqini 

guvoxlantiradi.

Sanoat  namunasiga,  foydali  modelga  berilgan  patent  ham  xuddi 

shunday  vazifalarni  bajaradi.

Yorliq  egasining  mutlaq  huquqi  ushbu  yorliq  (patent,  guvohnoma, 

dastlabki  patent)  haqidagi  ma’lumotlar  Patent  idorasining  rasmiy 

axborotnomasida  e’lon  qilingan  sanadan  boshlab  amalda  hisoblanadi.

Ustuvorlik  sanasidan  boshlab  ixtiroga  bo'lgan  patent  20  yil 

mobaynida,  sanoat  namunasiga  bo'lgan  patent  10  yil  davomida  amal 

qiladi.

Ixtiroga berilgan dastlabki patent va foydali modelga berilgan patent 

besh  yil  mobaynida  amal  qiladi.

Sanoat  namunasi,  foydali  model  patenti,  amal  qilish  muddati  patent 

egasining  iltimosiga  ko'ra  Patent  idorasi  tomonidan  tegishli  ravishda 

besh  yilga  va  uch  yilga  uzaytirilishi  mumkin.

Patent,  dastlabki  patent  berish  tartibi  Qonunning  14— 26- 

moddalarida  belgilab  qo'yilgan.

Huquq  egasi  patent  bilan  muhofazalangan  ixtiro,  foydali  model, 

sanoat  namunasidan  o'z  xohishiga  qo'ra  foydalanish  bo'yicha  mutlaq 

huquqqa  egadir.  Bunday  mutlaq  huquq  quyidagi  tarkibiy  qismlardan 

iborat:


a)  huquqiy  muhofaza  qilingan  yechimlarni  qo'llagan  holda  mahsulot 

ishlab  chiqarish,  xizmat  ko'rsatish,  ish  bajarish;

b)  patent  bilan  muhofazalangan  texnologik  jarayonlarni  o'z  ishlab 

chiqarishida  qo'llash,  joriy  qilish,  amalga  oshirish;

v)  muhofazalangan  yechimga  ega  bo'lgan  mahsulotlarni  sotish  yoki 

sotishga  taklif  qilish;

g) xuddi shunday muhofazalangan yechimga ega bo'lgan buyumlarni

www.ziyouz.com kutubxonasi




import  qilish.

Bu tarkibiy qismlar bir butun yaxlit holda mutlaq huquq mazmunini 

tashkil  etadi.  Ayni  vaqtda  huquqiy muhofaza  uning  ayrim qismlarinigina 

qamrab olish mumkin. Masalan, neftdan benzin olish usuli. Bu usul asosida 

ishlab  chiqarilgan  mahsulotning  o'zi  huquqiy  muhofaza  ostida  bo'lmaydi. 

Ma’lumki,  yorliq  berilgan  yechim,  mahsulotga  nisbatan  mutlaq  huquq 

eng  kamida  O'zbekiston  Respublikasi  hududida  amal  qiladi.  Binobarin, 

bunday mahsulotni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (import 

qilish)  huquqi  ham  mutlaq  huquq  egasiga  tegishlidir.

Boshqa  har  qanday  shaxslar  ixtiro,  foydali  model  va  sanoat 

namunasidan  patent  egasi  ruxsati  yoki  u  bilan  kelishuv  asosidagina 

foydalanishlari  lozim

Qonunning  12-moddasiga asosan, quyidagi hollar patent egasi mutlaq 

huquqini  buzish  sifatida  e’tirof  etilmaydi:

O'zbekiston  Respublikasida  muhofaza  qilinayotgan  sanoat  mulki 

obyektlarida  tarkib  topgan  qurilmalarni  Parij  Konvensiyasi  qatnashchisi 

bo'lgan boshqa davlatning transport vositasida, mazkur vosita O'zbekiston 

Respublikasi  hududida  vaqtincha  yoki  tasodifan  turgan  vaqtda  qo'llash

—   bu  qurilmalardan  faqat  mazkur  vositaning  ehtiyojlari  uchungina 

foydalanishi  sharti  bilan;

huquqiy  muhofaza  yorlig'i  olgan  sanoat  mulki  obyektlaridan  tarkib 

topgan  vositalar  ustida  ilmiy-tadqiqot  yoki  tajriba  o'tkazish;

huquqiy  muhofaza  yorlig'i  olgan  sanoat  mulki  obyektlaridan  tarkib 

topgan  vositalarni  tabiiy  ofatlar,  falokatlar,  epidemiya  va  boshqa 

favqulodda  hollarda  qo'llash;

huquqiy muhofaza yorlig'i berilgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib 

topgan  vositalarni,  basharti  bu  vositalar  xo'jalik  muomalasiga  qonuniy 

yo'l  bilan  kiritilgan  bo'lsa,  qo'llash;

patentlar  bilan  muhofazalangan  sanoat  mulki  obyektlaridan  tarkib 

topgan  vositalarni  daromad  olmay,  shaxsiy  maqsadlarda  foydalanish, 

qo'llash;

dorixonalarda  shifokor retsepti bo'yicha bir gallik dorilar tayyorlash; 

Qonunning 31-moddasida belgilangan hollarda, tartibda va hajmlarda 

avvaldan  foydalanuvchi  tomonidan  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  olgan 

sanoat  mulki  obyektlaridan  foydalanish.

FKning  1034-moddasi,  «Ixtirolar,  foydali  modellar  va  sanoat 

namunalari  to'g'risida»  gi  qonunning  11,  32-moddalariga  asosan  sanoat 

mulki  obyektlariga  nisbatan  mutlaq  huquq  egasi  ushbu  obyektdan  o'z 

xohishiga  ko'ra  foydalanishga,  boshqalarning  foydalanishiga  ruxsat

www.ziyouz.com kutubxonasi




berishga  yoki  foydalanishni  taqiqlab  qo‘yishga  haqli.  Qonunlar  boshqa 

shaxslar tomonidan sodir etiladigan har qanday harakatlar mutlaq huquqni 

buzish deb hisoblanishini belgilaydi.  Binobarin huquqiy muhofaza  yorlig'i 

berilgan  ixtiro,  foydali  model  yoki  sanoat  namunasidan  mutlaq  huquq 

egasidan  ruxsat  olmasdan  foydalangan  holda:

a)  mahsulot  tayyorlash;

b)  texnologik  jarayonlami  yoiga  qo'yish,  qoilash;

v)  chetdan  olib  kelish  (import  qilish);

g)  sotishga  taklif  etish,  sotish;

d) fuqarolik muomalasiga boshqacha yo'sinda kiritish (masalan, ijaraga 

berish,  hadya  qilish  va  hokazolar);

e) haq evaziga yoki haqsiz fuqarolik muomalasiga kiritish maqsadida 

saqlash;

j)  ixtiro  patenti  bilan  muhofaza  qilinayotgan  usulni  qo'llanish  yoki 

ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan 

mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish (sotish, ijaraga berish va hokazo) 

yoki shu  maqsadda  saqlash  huquqiy muhofaza  yorlig'i  egasi  (patent  yoki 

guvohnoma  egasi)  mutlaq  huquqlarini  buzish  hisoblanadi.

Patent  (guvohnoma)  egasining  sanoat  mulki  obyektidan  uchinchi 

shaxslaming  foydalanishiga  ruxsat  berishi  qat’iy  ifodalangan  boiishi  va 

tegishli shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. Uchinchi shaxs tomonidan 

mutlaq  huquq  egasini  shunchaki  xabardor  qilish  fakti  ruxsat  olish 

hisoblanmaydi.  Mutlaq  huquq egasi tomonidan uchinchi shaxsning ruxsat 

so'rab  qilgan  murojaatiga  indamaslik  ruxsat  berilmaganligini  bildiradi. 

Mutlaq  huquq  egasining  ruxsat  berishi  uning  xatti-harakatlarida  ham 

ko'rinib  turishi  mumkin  (masalan,  ixtiro  qurilmasini  berish).  Bunday 

hollarda  (ruxsat  olish  aniq-ravshan  ifodalanishi  lozim)  mutlaq  huquq 

egasidan  ruxsat  olingan  deb  hisoblash  mumkin  (FKning  106-moddasiga 

asosan).

Mutlaq huquq egasining huquqlarini buzish tegishli fuqarolik-huquqiy 

javobgarlikka  sabab  boiadi.

FKda  belgilangan  qoidaga  asosan,  mutlaq  huquqni  buzgan  deb 

hisoblanayotgan  shaxs  buning  aksini  isbotlab  berishi  shart  (masalan, 

mahsulot  patentlangan  usul  bilan  tayyorlanmaganligini).  U  bu  holatni 

isbotlab  bergunga  qadar  mahsulot  patentlangan  usulda  tayyorlangan 

deb  hisoblanadi.  Ushbu  huquqiy prezumpsiya  Qonunning  30-moddasida 

batafsil  o‘z  ifodasini  topgan.  Unga  asosan  ixtironing,  foydali  modelning 

mustaqil bandiga  kiritilgan har bir belgisi yoki unga o'xshash sanaluvchi 

formula  boigan   belgi  qoilanilgan  bo'lsa,  mahsulot  (buyum)  patent

www.ziyouz.com kutubxonasi




berilgan  ixtiro,  foydali  modeldan  foydalanilgan  holda  tayyorlangan, 

ixtiro  patenti  bilan  muhofaza  etiladigan  usul  esa,  qo‘llanilgan  deb 

hisoblanadi.

Mahsulotni  olish  usuliga  berilgan  patentning  amal  qilishi  aynan  shu 

usul  yordamida  olingan  mahsulotga  nisbatan  ham  tatbiq  etiladi.

Bunda  buning aksini isbotlovchi dalillar bo'lmasa,  bu yangi mahsulot 

patent  berilgan  usulda  olingan  deb  hisoblanadi.

Agar mahsulotda  patentlangan sanoat namunasining barcha  muhim 

alomatlari  bo'lsa,  u  patent  berilgan  sanoat  namunasidan  foydalanilgan 

holda  tayyorlangan  deb  e’tirof  etiladi.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish