Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Mutlaq  huquqlarning  amal  qilish  muddatlari



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

9-§.  Mutlaq  huquqlarning  amal  qilish  muddatlari

Ma’lumki, intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlarning 

amal  qilishi  abadiy  muddatsiz  bo'lmay,  ma’lum  muddat,  vaqt  bilan 

chegaralangan  bo'ladi.  Biroq  bu  muddat  barcha  obyektlar  uchun  bir 

xilda  bo'lmay,  turli  obyektlarga  nisbatan  muddatning  boshlanish,  amal 

qilish,  bekor  bo'lish,  ba’zi  hollarda  esa  uzaytirish  tartibi  bo'yicha  turlicha 

namoyon  bo'ladi.

Intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan  mutlaq  huquqning  amal  qilish

www.ziyouz.com kutubxonasi



muddati bevosita FKda yoki boshqa amaldagi qonunlarda nazarda tutilishi 

mumkin.


Intellektual  mulk  huquqi  obyektlariga  nisbatan  mutlaq  huquqning 

amal  qilish  muddati  davomida  huquq  egasining  bu  mutlaq  huquqlardan 

kelib  chiquvchi  subyektiv  huquqlari  huquqiy  muhofaza  ostida  bo'ladi  va 

qo‘riqlanadi,  bu  huquqlarga  hamma  rioya  qilishi  shart,  basharti  ular 

kimdir  tomonidan  buzilsa,  buzilgan  huquq  huquq  egasining  talabi  bilan 

sud  orqali  himoya  qilinadi,  zarur  hollarda  bu  huquqlar amalga  oshirilishi 

qonuniy  tartibda  davlatning  majburlov  kuchi  bilan  ta’minlanadi.

Mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar muallifning 

butun  hayoti  davomida  va  vafotidan  keyin  u  vafot  etgan  yildan  keyingi 

yilning  birinchi  yanvaridan  boshlab  50  yil  davomida  amal  qiladi. 

Hammualliflikda  yaratilgan  asarga  bo‘lgan  mutlaq  huquqlar  uchun 

bunday  50  yil  muddatning  boshlanishi  eng  uzoq  yashagan  hammuallif 

vafotidan  keyin  boshlanadi.

Yashirin  taxallus  ostida  yoki  imzosiz  chop  etilgan  asarga  bo'lgan 

mutlaq huquq asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan 

boshlab  50  yil  davomida  amal  qiladi.

Agar  asar  muallif  vafotidan  keyin  50  yil  ichida  birinchi  marta  chop 

etilsa, mutlaq huquq asar chop etilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan 

e’tiboran  50  yil  davomida  amal  qiladi  (FKning  1065-moddasi).

Turdosh  huquqlar  obyektlariga  nisbatan  mutlaq  huquqlar  quyidagi 

muddatlarda  amal  qiladi:

— ijrochining huquqlari birinchi yozuv (ijroni yozib olish) yoki birinchi 

ijro  (sahnalashtirish)  paytidan  e’tiboran  50  yil  davomida;

—  efir,  kabel  orqali  ko'rsatuv  va  eshittirish  beruvchi  tashkilotning 

ko'rsatuv  va  eshittirishga  bo'lgan  huquqi  uni  birinchi  marta  efir  orqali 

translyatsiya  qilish  vaqtidan  boshlab  50  yil  davomida  amal  qiladi. 

(«Mualliflik  huquqi  va  turdosh  huquqlar  to‘g ‘risida»gi  Qonunning  54, 

55-moddalari);

—  ixtiroga  nisbatan  patent  yigirma  yil  davomida  amal  qiladi 

(ustuvorlik  sanasidan  boshlab);

—  sanoat  namunasiga  nisbatan  patent  10  yil  davomida  amal  qiladi 

(ustuvorlik  sanasidan  boshlab);

—  foydali  modelga  bo'lgan  patent  5  yil  davomida  amal  qiladi.

Sanoat  namunasiga,  foydali  modelga  bo'lgan  patent  amal  qilish

muddatlari  uzaytirilishi  mumkin.  («Ixtirolar,  foydali  modellar  va  sanoat 

namunalari  to'g'risida»gi  Qonunning  5-moddasi).

Seleksiya  yutuqlariga  bo'lgan  patent  seleksiya  yutug'i  davlat

www.ziyouz.com kutubxonasi




reestriga  kiritilgan  vaqtdan  boshlab  20  yil  davomida,  tok,  yog‘ochbop, 

manzarali,  mevali  daraxtlar  va  o'rm on  o ‘simliklari,  shu  jumladan, 

ularning  payvandlari  uchun  25  yil  davomida  amal  qiladi  va  u  10 

yilga  uzaytirilishi  mumkin  («S eleksiya  yutuqlari  to ‘ g ‘ risida»gi 

Qonunning  14-moddasi).

Mahsulot (xizmat) belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqlami guvohlantiruvchi 

guvohnoma  ustuvorlik  sanasidan  boshlab  10  yil  davomida  amal  qiladi  va 

har  gal  10  yilga  uzaytirilishi  mumkin.  («Tovar  belgilari,  xizmat  ko'rsatish 

belgilari,  tovar  kelib  chiqqan  joy  nomlari  to‘g‘risida»gi  Qonunning  22- 

moddasi).

Firma nomiga bo'lgan huquqning amal qilish muddati cheklanmagan 

bo'lib,  yuridik  shaxs  bekor  bo'lgan  yoxud  nomi  o'zgargan  hollardagina 

bekor  bo'lishi  mumkin  (FKning  1100-moddasi).

Oshkor  etilmagan  axborotlarga  bo'lgan  mutlaq  huquqlarning  amal 

qilish  muddati (huquqiy muhofaza qilinishi)  ham FKning  1095-moddasida 

belgilangan  shartlar  m a vju d   b o 'lg a n   hollarda  m u ddat  bilan 

chegaralanmagan.

Intellektual  mulk  obyektlariga  nisbatan  mutlaq  huquqlarning  amal 

qilish  muddati  qat’iy  belgilab  qo'yilgan  hollarda  bu  muddat  o'tganidan 

keyin  (agarda  uni  uzaytirish  mumkin  bo'lmasa)  huquq  egasining  mutlaq 

huquqlari  bekor  bo'ladi.  Buning  ma’nosi  shundan  iboratki,  bunday 

obyektlar  ijtimoiy  boylik,  ijtimoiy  ne’matga  aylanadi,  ya’ni  har  kim 

undan  erkin  va  tekin  foydalana  oladi  (obyekt  muallifining  shaxsiy 

huquqlariga  rioya  qilgan  holda).

Ma’lumki,  intellektual  mulk  huquqi  obyektlarga  nisbatan  mutlaq 

huquqlar  o'z  mazmuni  va  xarakteri  bo'yicha  mulkiy  huquqlar  majmuini 

tashkil etadi va  binobarin,  ular qonun asosida  ma’lum belgilangan muddat 

davomida  amal  qiladi.  Mutlaq  huquqlardan  farqli  ravishda  intellektual 

mulk  obyektlariga  nisbatan  shaxsiy  nomulkiy  huquqlar  muddatsiz  amal 

qiladi,  ya’ni  ularga  rioya  etilishi  vaqt  bilan  chegaralanmaydi.  Bunday 

shaxsiy  huquqlar  intellektual  faoliyat  mahsuli  muallifiga  ham  (masalan, 

mualliflik  huquqi),  uchinchi  shaxslarga  ham  (masalan,  rassom  tomonidan 

portretda  ifodalangan  shaxsning  o'z  qiyofasiga  bo'lgan  shaxsiy  huquqi) 

tegishli bo'lishi mumkin. Shaxsiy huquqlar mutlaq huquqlar kimga tegishli 

ekanligidan qat’iy nazar, amal qiladi. Intellektual mulk huquqi obyektlariga 

nisbatan  mutlaq  huquqlar  fuqarolik  muomalasida  erkin  harakat  qiladi,  u 

boshqa  shaxslarga  o'tkazilishi  mumkin,  shaxsiy  huquqlar  esa  huquq 

sohibining o'zidan begonalashtirilmaydi va boshqa shaxslarga o'tkazilmaydi.

Mutlaq  huquq  amal  qilish  m uddatining  tugashi  yoki  uning

www.ziyouz.com kutubxonasi




m uddatidan  oldin,  qonunda  belgilangan  asoslarda  bekor  bo'lishi, 

shuningdek,  shaxsiy  huquq  sohibining  vafot  etishi  bunday  shaxsiy 

huquqqa  boshqalar tomonidan rioya etilish shartligiga aslo ta’sir etmaydi. 

Intellektual  mulk  huquqi  obyektga  bo'lgan  mutlaq  huquqlarning  amal 

qilish muddati tamom bo'lganligi sababli bu obyektlarning ijtimoiy boylik, 

ne’matga aylanganligi fakti ham ularga nisbatan muallifning yoki uchinchi 

shaxslarning shaxsiy huquqlari bekor bo'lishiga aslo olib kelmaydi. Bunday 

shaxsiy  huquqlar  qonun  bilan  bemuddat  qo'riqlanadi.

FKning  1039-moddasida  nazarda  tutilgan  qoidaga  asosan  agarda 

qonunda  belgilab  qo'yilgan  hollarda  intellektual  mulk  huquqi  obyektga 

bo'lgan  mutlaq  huquq  egasi  tomonidan  bunday  mutlaq  huquqlardan 

muayyan vaqt davomida foydalanmagan hollarda bekor qilinishi mumkin. 

Ma’lumki,  umumiy  qoida  bo'yicha  mutlaq  huquq  egasi  o'z  huquqidan 

o'zi  mustaqil,  erkin  va  o'z  xohishiga  ko'ra  foydalanishga  haqli.  Ayrim 

hollarda  qonun  mutlaq  huquq  sohibi  zimmasiga  o'ziga  tegishli  bo'lgan 

mutlaq  huquqlardan  foydalanish  bo'yicha  faol  harakatlar  sodir  etish 

majburiyatini  yuklaydi,  ushbu  majburiyat  bajarilmagan  taqdirda  huquq 

egasi  uchun  qator  salbiy  oqibatlar  vujudga  kelishi  qonunlarda  belgilab 

qo'yilgan.  Masalan,  dastlabki  patent  ro'yxatga  olingan  sanadan  boshlab 

uch  yil  davomida  patent  egasi  sanoat  mulki  obyektidan  butunlay  yoxud 

yetarli foydalanmasa va bu uzrli sabablarga ko'ra ro'y berganligini isbotlab 

bera  olmasa,  obyektdan  foydalanishni  xohlovchi  boshqa  shaxslar 

obyektdan  foydalanishga  majburiy  litsenziya  berilishini  so'rab,  sudga 

murojaat  etishga  haqli  («Ixtirolar,  foydali modellar  va  sanoat  namunalari 

to'g'risida»gi  Qonunning  11  -moddasi).

Tovar  belgisi,  xizmat  ko'rsatish  belgisiga  bo'lgan  mutlaq  huquqni 

guvohlantiruvchi  hujjat  —   guvohnomaning  amal  qilishi  tovar  belgisi, 

xizmat  ko'rsatish  belgisi  ro'yxatdan  o'tkazilgandan  keyingi  besh  yil 

davomida  uzluksiz  ishlatilmagan  yoki  umuman  foydalanilmagan  bo'lsa, 

agarda tovar belgisi,  xizmat ko'rsatish belgisi egasi belgidan o'ziga  bog'liq 

bo'lmagan uzrli sabablarga ko'ra foydalanmaganligini isbotlab bera olmasa, 

istalgan  shaxsning  arizasiga  muvofiq,  sud  chiqargan  qaror  asosida  to'liq 

yoki  qisman  muddatidan  oldin  bekor  qilinishi  mumkin  («Tovar  belgilari, 

xizmat  ko'rsatish  belgilari,  tovar  kelib  chiqqan  joy  nomlari  to'g'risida»gi 

Qonunning  25-moddasi).

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish