Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Q urilish  pudrati  sh a rtn o m a sin in g   tu z ilish i



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

2.  Q urilish  pudrati  sh a rtn o m a sin in g   tu z ilish i 

va  tanlov  sa v d o la rin i  o'tkazish

Qurilish pudrati shartnomasi odatda yozma shaklda tuziladi. Taraflar 

o'zaro  kelishib  olishgach,  uni  im zolaydilar  va  shu   v a q td a n   e ’tiboran 

ularda  huquq  va  m ajburiyatlar  vujuga  keladi.  Shartnom a  buyurtm achi 

va pudratchining o'zaro munosabatlari qanday amalga oshirilishi  lozimligi 

to'g'risida  aniq  va  tushunarli  kelishuvga  erishishlari  m uhim   aham iyat 

kasb etadi.

Qurilish  pudrati  shartnom asi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  o'zining 

rejali  harakterini  yo'qotdi.  Shuning  uchun  uni  tuzish  va  amalga  oshirish 

tomonlarning o'zaro kelishuvi asosida olib borilmoqda. B uyurtm achi tomon 

vakolatli  davlat  organlariga  m urojaat  qiladi.  B unday  vakolatli  organlar 

sifatida loyihalashtirilayotgan obyektning aham iyatiga qarab,  O'zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga 

qarashli,  shuningdek,  shahar  va  tu m an   hokim larining  a rx itek tu ra   va 

shaharsozlik  boshqarm a  va  bo'limlari  ish  olib  boradilar.

Shuning  uchun  ham   buyurtm achi,  eng  aw alo ,  qurilish  to'g'risida 

qaror  qabul  qilishdan  oldin  a rx ite k tu ra   va  shaharsozlik  boshqarm asi 

yoki bo'liminng roziligini olishi lozim. Shuningdek,  tegishli obyektni qurish 

va  ekspluatatsiya  qilishga  boshqa  bir  qancha  m a’m uriy  organlarning 

ham   roziligi  talab  qilinadi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 

302-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  “O'zbekiston  Respublikasi  hududida 

kapital  qurilishda  tanlov  savdolari  to'g'risida  Nizomga  asosan  am alga 

oshiraladi.  Mazkur'  Nizom  kapital  qurilish,  shuningdek  ilgari  to'xtatib 

qo'yilgan  obyektlar  qurilishini  davom   ettirish  bilan  bog'liq  ishlarning 

bu tun   kompleksini  bajarish,  tovarlar  xarid  qilish,  asbob-uskunalar  sotib

www.ziyouz.com kutubxonasi



olish  yuzasidan  tanlov  savdolari  (tenderlar)ni  tashkil  etish  va  o'tkazish 

tartib i  va  sh artlarin i  belgilaydi.  U shbu  Nizom  talab lari  O 'zbekiston 

Respublikasi  hududida  m arkazlashtirilgan  m anbalar  (davlatning  kapital 

q o 'y ilm a la ri),  d a v la t  b o s h q a ru v   o rg a n la ri  va  d a v la t  k o rx o n a la ri 

m ablag'lari  hisobiga  tovarlar,  ishlar  va  xizmatlar  xarid  qilishda  majburiy 

hisoblansa,  boshqa  m an b alar  hisobiga  am alga  oshiriladigan  qurilish 

obyektlari  uchun  tavsiya  xususiyatiga  ega.

Tanlov savdolari o'tkazish to'g'risidagi qaror buyurtm achi tomonidan 

faqat  tanlov  savdolari  predm eti  tegishli  hujjatlar  (kredit  shartnomasi, 

bank  m a’lumotnomasi,  qurilishlarning  aniq  ro'yxati,  davlat  boshqaruv 

organi  qarori  va  boshqalar)  bilan  tasdiqlangan  moliyaviy  resurslar  bilan 

ta ’m inlangan  taqdirda  qabul  qilinadi.

In v e sto r,  b u y u rtm a c h i,  tan lo v   savdolari  tash k ilo tch isi,  tanlov 

kom issiyasi  va  o feren tlar  tanlov  savdolarining  asosiy  q atnashchilari 

hisoblanadi.

B u y u rtm a c h i  ta la b g o rn in g   m alakasini  old ind an  an iq lash   yoki 

buningsiz  tanlov  savdolari  o'tkazish  to'g'risida  qaror  qabul  qilish,  rasmiy 

farm oyish  beruvchi  hujjat  chiqargan  holda  tanlov  savdolarini  o'tkazish 

shakli, tu ri va sanasini belgilash, tanlov savdolari tashkilotchisi furiksiyasini 

amalga  oshirish  (ushbu  funksiyalarni  jalb  etiladigan  tashkilotga  berishi 

mumkin),  m ustaqil  ravishda  yoki  ixtisoslashtirilgan  tashkilotni  jalb  etgan 

holda  tanlov  savdolari  predm etining  boshlang'ich  qiym atini  belgilash 

kabi  huquqlarga  ega.

B uyurtm achi  quyidagi  funksiyalarni  bajaradi:

tan lo v   kom issiyasi  ta rk ib in i  va  ish  ta rtib in i  sh a k lla n tira d i  va 

tasdiqlaydi,  uning  ishida  qatnashadi;

miqdori  tanlov  hujjatlarida  qayd  etiladigan  aniq  tanlov  shartlariga 

bog'liq  bo'ladigan  tanlov  savdolarida  qatnashishga  buyurtm anom alarni 

ta ’minlash  shaklini  belgilaydi;

tanlov  savdolarining  tashkilotchisi  bo'ladi  (ushbu  funksiyalarni  jalb 

etiladigan  ixtisoslashgan  tashkilotga  berishi  mumkin);

tanlov  hujjatlari  tarkibini  belgilaydi;

talabgorning  m alakasini  oldindan  aniqlash  va  tanlov  savdolariga 

qo'yiladigan  asosiy  talablarni,  tanlov  savdolari  predm etiga  qo'yiladigan 

va  tanlov  hujjatlari  tarkibiga  kiritiladigan  maxsus  va  texnik  talablarni 

belgilaydi;

belgilangan  tartibda  ekspertizaning  o'tkazilishi  va  tanlov  hujjatlari 

tasdiqlanishini  ta ’minlaydi,  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  arxitektura 

va  qurilish  qo'm itasi  bilan  kelishgan  holda  tanlov  savdolari  natijalari

www.ziyouz.com kutubxonasi




to'g'risidagi  hisobotni  tasdiqlaydi;

tanlov  savdolari  g'olibi  bilan  shartnom a  tuzadi; 

tanlov  savdolarini  tashkil  etish  va  o'tkazish  bilan  bog'liq  barcha 

xarajatlarni  qoplaydi.

Buyurtm achi investor bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomada 

nazarda  tutilgan  vakolatlar  doirasida  boshqa  funksiyalarni  ham   amalga 

oshiradi.

Tanlov  komissiyasi  a ’zolari  soni  toq  bo'lishi  kerak.  Qoidaga  ko'ra, 

ta n lo v   kom issiyasi  ta rk ib ig a   in v e s to r,  b u y u r tm a c h i,  O 'z b e k isto n  

R esp ub likasi  Moliya  vazirligi  v a  Iq tisod iy o t  vazirligi,  O 'zbekisto n 

Respublikasi  Monopoliyadan chiqarish,  raqobat  va  tadbirkorlikni  qo'llab- 

q u w a tla sh   davlat  qo'mitasi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  investitsiyalar  va 

savdo vazirligi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, xizm at ko'rsatuvchi 

bank  vakillari  kiritiladi.  Tanlov  savdolari  predm etiga  bog'liq  ravishda 

tanlov  kom issiyasi  tarkibiga  loyiha,  e k sp ert  tash k ilo tlari  va  boshqa 

tashkilotlarning  vakillari  kiritilishi  mumkin.  Tanlov  komissiyasi  tarkibida 

investor  va  buyurtm achining  vakillari  soni  komissiya  a ’zolari  um um iy 

sonining  to 'rtd a n   bir  qism idan  ortiq  bo'lmasligi  kerak.  A gar  majlisda 

tanlov komissiyasi a ’zolarining kam ida to 'rtd an uch qismi qatnashsa tanlov 

komissiyasi  huquqiy  vakolatli  hisoblanadi.

Tanlov  savdolari  quyidagilarga  bo'linadi: 

ochiq  tanlov  savdolari  -  oferentlar  soni  cheklanmaydi; 

yopiq  tanlov  savdolari  -  oferentlar  soni  cheklanadi.  Yopiq  tanlov 

savdolari  o'tkazish  to'g'risidagi  q aro r  Vazirlar  M ahkam asi  tom onidan 

qabul  qilinadi.

Ochiq  yoki  yopiq  tanlov  savdolari  talabgorning  m alakasi  oldindan 

aniqlangan holda yoki aniqlanmasdan yoxud ikki bosqichli bo'lishi mumkin. 

Talabgorning  malakasini  oldindan  aniqlash  tanlov  savdolarining  birinchi 

turi, tanlov savdolarining g'olibini aniqlash - uning ikkinchi tu ri hisoblanadi. 

Talabgorning  malakasi  oldindan  aniqlanadigan  ochiq  yoki  yopiq  tanlov 

savdolari o'tkazishda talabgorlaming um um iy ro'yxati tuziladi, talabgorning 

malakasi  oldindan  aniqlanadi  va  malakasi  oldindan  aniqlangan  talabgorlar 

o'rtasid a  tanlov  savdolari  o'tkaziladi.  Ikki  bosqichli  tanlov  savdolari 

buyurtm achi tanlov savdolari predm etining aniq tavsifini va o'ziga xosligini 

shakllantirish  imkoniyatiga  ega  bo'lm agan  ham da  shartnom ada  ishlarni 

ularning  rentabelligini  ta ’minlash  uchun  yetarli  bo'lgan  yoki  tadqiq  etish 

yoki  ishlab  chiqishga  sarflangan  x arajatlar  qoplanishini  ta ’m inlaydigan 

hajm larda  bajarish nazarda tutilgan hollardan tashqari,  buyurtm achi  ilmiy 

tad q iqo tlar,  eksp erim entlar  o'tk azish g a,  q id iru v la r  yoki  ishlanm alar

www.ziyouz.com kutubxonasi




yuzasidan  shartnom a  tuzish  niyatida  bo‘lgan  hollarda  o‘tkaziladi.

Ikki  bosqichli  tanlov  savdolari  birinchi  bosqichda  konseptual  qaror 

va  texnik,  tijorat jihatidan aniqlanishi va  tuzatilishi  kerak bo'lgan,  tanlov 

hujjatlarida  ko'rsatilgan  shartlar  asosida  ishlab  chiqilgan  oferta  bahosi 

k o 'r s a tilm a g a n   holda  ta q d im   e tilad i.  T anlov  s a v d o la ri  p re d m e ti 

p a ra m etrla ri  bo'yicha  oferent  bilan  m uzokaralar  olib  borilishiga  yo'l 

qo'yiladi.  O fertalarning  um um iy  sonidan  tanlov  savdolarining  ikkinchi 

bosqichida qatnashishga yo'l qo'yiladigan ofertalar tanlab olinadi. Ikkinchi 

bosqichda  tanlov  savdolari  predm etining  aniqlashtirilgan  param etrlari 

hisobga  olingan,  bahosi  m ajburiy  tartibda  ko'rsatilgan  holda  ofertalari 

tanlov savdolarining ikkinchi bosqichiga o'tgan qatnashchilarning takliflari 

va buyurtm anom alari berilgan holda tanlov hujjatlariga tuzatish kiritiladi. 

Ik ki  bosqichli  tan lo v   sav d o larin i  tashk il  etish   va  o 'tk az ish   qonun 

hujjatlariga  muvofiq  "Davarxitektqurilish"  qo'm itasi  tom onidan  ishlab 

chiqiladigan  va  tasdiqlanadigan  tartibga  muvofiq  amalga  oshiriladi.

Yopiq tanlov savdolari ishlar va xizmatlar yuqori darajada murakkabligi 

(yoki tor ixtisoslashuvi) bilan farqlanadigan va faqat pudratchilar  (yetkazib 

beruvchilar)ning  cheklangan  soni  bilangina  bajarilishi  m um kin  bo'lgan 

hollarda  tashkil  etiladi.  Yopiq  tanlov savdolarini  o'tkazishda  tanlov savdolari 

tashkilotchisi pudratchilar  (yetkazib beruvchilar) umumiy sonidan oldindan 

yetarlicha  malaka  m a’lumotlariga  ega  bo'lganlami,  biroq  ularning  kamida 

uchtasini  tanlaydi  va  ularga  tanlov  savdolarida  qatnashishga  taklifnoma 

yuboradi.  A gar  pudratchilar 

(yetkazib  beruvchilar)ning  um um iy  soni 

ikkitadan  ortiq  bo'lm asa,  u  holda  taklifnom a  ularning  h a r  ikkalasiga 

yuborilacli  va  tanlov  savdolari  ularning  ishtirokida  o'tkaziladi.

U lardan  biri  rad   etgan  taqdirda  tanlov  shartlari  aniqlashtirilgan  va 

(yoki)  unga  tuzatishlar  kiritilgan  holda  takroriy  tanlov  savdolari  e ’lon 

qilinadi.  Yopiq  tan lo v   sav d o larin i  tashkil  etish d a  m a tb u o td a   e ’lon 

berilmaydi,  tanlov savdolari  taklif  etilgan talabgorlar o'rtasida  o'tkaziladi.

Tanlov  savdolari  p red m eti  xaridining  um um iy  qiym ati  25  ming 

AQSH  dollariga  teng  sum m ani  tashkil  etgan  hollarda  ular:

-  xarid  qilinadigan  tovar,  ishlar  va  xizmatlarning  tavsifi,  miqdori, 

bajarish m uddatlari va tovarni yetkazib berish punkti ko'rsatilgan holdagi 

takliflarni  talabgorlarga  yuborish;

-  yetkazib  beruvchi  yoki  pudratchi  tomonidan  e ’lon  qilingan  baho 

va  tavsiflarni  taqqoslash  yo'li  bilan  erkin  savdoda  am alga  oshirilishi 

mumkin.


Erkin  savdoda  xarid  qilishda  takliflarning  yetkazib  beruvchi  yoki 

p u d ra tc h i  to m o n id an   aloqa  k a n a llari  orqali  yozma  sh ak ld a  taq d im

www.ziyouz.com kutubxonasi



etilishiga  yo‘1  qo'yiladi.  Erkin  savdoda  xarid  qilishda  yetkazib  beruvchi 

yoki pudratchini tanlash baholash komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Baholash  komissiyasi  buyurtm achi  tomonidan  kam ida  besh  nafar 

v a k o la tli  m u ta x a s s is d a n   ib o r a t  ta r k ib d a   ta y in la n a d i.  B a h o la sh  

komissiyasining  qarori  protokol  bilan  rasmiylashtiriladi.

Vazirlar  M ahkam asining  tegishli  qarori  m avjud  bo'lganda,  xarid 

qilinadigan  tovar  (ish,  xizmatlar)  yagona  yetkazib  beruvchi  (pudratchi) 

tom onidan  ishlab  chiqarilsa  (realizatsiya  qilinsa)  ham da  im port  tovar 

Tashqi  iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi  bilan kelishgan 

holda  xarid  qilinganda  shartnom aning  to 'g 'rid an -to 'g 'ri  tuzilishiga  yo'l 

qo'yiladi.

A gar tanlov savdolari predm etining boshlang'ich qiymatiga  nisbatan 

tanlov  savdolarini  tashkil  etish  va  o'tkazish  xarajatlari  iqtisodiy jihatdan 

foydali  bo'lmasa,  bunday  ishlar  va  ko'rsatiladigan  xizm atlar  m ustaqil 

lotlarga  bo'lingan  holda  bitta  tanlov  savdolariga  birlashtiriladi,  bunda 

g'olib,  qoidaga  ko'ra,  h ar  bir  lot  bo'yicha  aniqlanadi.  Buyurtm achining 

asoslangan qaroriga  muvofiq  tanlov savdolari  predm etini  lotlarga  bo'lgan 

holda  tanlov  savdolari  o'tkazilishiga  yo‘1  qo'yiladi  (qurilish  va  m ontaj 

ish lari,  a sb o b -u sk u n a la rn i  x a rid   qilish  va  m o n taj  qilish,  y u k la rn i 

transportda  tashish  va  hokazo).  Bunda  g'olib,  qoidaga  ko'ra,  h a r  bir  lot 

bo'yicha  aniqlanadi,  bosh  pudratchi  tashkilot  funksiyasini  buyurtm achi 

bajaradi  va  loyihada  nazarda  tutilgan  ishlar  va  xizm atlarning  b u tu n  

kompleksi  bajarilishi  uchun  javob  beradi.  Investor  yoki  b uyurtm achi 

tovarlarni xarid qilishda  tanlov savdolari  predm eti  bo'linishi  uchun javob 

beradi.  Tanlov  savdolarini  keyinchalik  tanlov  savdolari  predm eti  uchun 

nazarda  tutilm agan  turlar  bo'yicha  o'tkazish  imkonini  beruvchi  uning 

q iy m atin i  p asay tirish  m aqsadid a  tanlov  sav d olari  p re d m e tin i  ongli 

ravishda  bo'lishga  yo'l  qo'yilmaydi.

Tanlov  savdolarida  qatnashish  uchun  talabgorga  quyidagi  m alaka 

talablari  qo'yiladi:

-  tanlov savdolari  predm eti  qiymatining  kamida  20  foizi  miqdoridagi 

bo'sh aylanma m ablag'lam ing yoki ko'rsatib o'tilgan m ablag'larni berishga 

bank  kafolatnomasi,  ishlar  (xizmatlar)ni  bajarish  uchun  zaru r  bo'lgan 

m ehnat  resurslari  va  m utaxassislarning  mavjudligi;

- shartnom alar tuzish yuzasidan fuqarolik-muom ala huquqiy layoqat 

va  vakolatlar;

-  ustav  sarmoyasining  miqdori;

-  tan lo v   obyektiga  o 'x sh a sh   o b y e k tla rd a   ish lash   ta jrib a sin in g  

mavjudligi;

www.ziyouz.com kutubxonasi




-  o'z  k u c h la ri  bilan  ilgari  b ajarilg an   ish  h ajm lari  to 'g 'risid a g i 

m a’lumotlar;

-  tan lo v   o b y ek tid a  o‘z  k u c h la ri  bilan  b ajarilad ig an   ish larn in g  

m o'ljallanayotgan  hajmi  (foizlarda).

Tanlov  savdolarida  qatnishish  talabgoriga  buyurtm achi  tomonidan 

belgilanadigan  boshqa  talab lar  h am   qo'yilishi  m um kin.  A gar  tanlov 

savdolari predm eti hisoblanadigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan bog'liq 

faoliyat  q o n u n   h u jja tla rig a   m uvofiq  litsenziyalanishi  k e ra k   bo'lsa 

belgilangan  tartibd a  berilgan  tegishli  litsenziyaga  ega  bo'lgan  talabgorlar 

tanlov  savdolarida  qatnashishga  qo'yiladi.

T a’sis  hujjatlari,  moliyaviy  qatnashish,  holding  shaklida  va  boshqa 

shakllarda  ifodalangan  bir-biri  bilan  bevosita  tashkiliy-huquqiy  yoki 

moliyaviy  bog'liq  bo'lgan  tashkilotlarning  tanlov  savdolarida  qatnashishi 

taqiqlanadi.  B uyurtm achining  to r  ixtisoslashgan  pudratchi  tashkilotlari 

ochiq  tanlov  savdolarida  um um iy  asoslarda  qatnashadilar,  yopiq  tanlov 

sav d o larid a  esa  tan lo v   sav d olari  tashkilotchisi  kam ida  ik k ita   chet 

qatnashchini  taklif  qilishi  shart.

Tanlov  savdolari  tashkilotchisi  tanlov  savdolari  to'g'risida  ommaviy 

axborot vositalarida  e ’lon  beradi yoki potensial  pudratchilarga  (yetkazib 

beruvchilarga)  tanlov  savdolarida  qatnashishga  taklifnom a  jo'natadi. 

Tanlov  savdolari  o'tkazilishi  to'g'risidagi  e’londa  yoki  tanlov  savdolarida 

qatnashishga  taklifnom ada  quyidagi  m a’lumotlar  bo'lishi  kerak:

-  tanlov  savdolari  tashkilotchisining  nomi  va  manzili;

-  tanlov  savdolari  predm etini  m ablag'  bilan  ta ’minlash  manbalari;

-  tanlov  savdolari  predm etining  tavsifi  va  uni  sotish  joyi;

-  tanlov  savdolari  predm etini  sotish  muddati;

-  talabgorlarga  qo'yiladigan  asosiy  shartlar;

-  tanlov  hujjatlarini  sotib  olish  joyi  va  uning  uchun  to'lov  miqdori;

-  ofertalam i  taqdim   etish  joyi,  oxirgi  kuni  va  vaqti;

-  ofertalarni  ochish  joyi,  kuni  va  vaqti.

T anlov  savdolari  va  talabgorning  m alakasini  oldindan  aniqlash 

t o 'g 'r i s i d a g i   e ’lo n   o m m a v iy   a x b o ro t  v o s ita la r id a   c h o p   e tila d i. 

Buyurtmachining qaroriga ko'ra xorijiy pudratchilar  (yetkazib beruvchilar) 

tanlov  savdolarida  qatnashishga  taklif  etilishi  m umkin.  B unda  e ’lon, 

qoidaga  ko'ra,  eng  ommaviy davriy  nashrlarda,  gazetalarda,  w eb-caytda 

v a  B M T ning  D ev elop m ent  B usiness  n a sh rid a ,  s h u n in g d e k   xorijiy 

m am lakatlarning  elchixonalari  orqali  taklifnom alar  jo'natish  vositasida 

amalga oshiriladi. Ofertalarni taqdim  etish m uddati e’lon ommaviy axborot 

v o sitalarid a  chop  etilgan  k u n d a n   boshlab  kam ida  o 'ttiz  ku n n i  yoki

www.ziyouz.com kutubxonasi




taklifnom alar  jo'natilgan  kundan  boshlab  o‘ttiz  besh  kunni  tashkil  etishi 

k e ra k .  Tanlov  savdolari  o'tkazilishi  to 'g 'risid a g i  e ’lon  fa q a t  tanlov 

hujjatlariga  ijobiy  ekspert  xulosasi  m avjud  bo'lgan  taqdirdagina  chop 

etilishi  mumkin.

Tanlov  hujjatlari,  qoidaga  ko'ra,  uch  qismdan:  umumiy,  texnik  va 

tijorat qismidan iborat bo'ladi. Ushbu qismlarga nim alar kirishi O'zbekiston 

R espublikasi  hududida  kapital  qurilishda  tanlov  savdolari  to'g'risida 

Nizomda  belgilangan.

Buyurtm achi  tomonidan  e’lon  qilingan  narx   bilan  tanlov  savdolari 

o'tkazilishi  to'g'risida  qaror  qabul  qilingan  taq d ird a  tanlov  savdolari 

predm etining boshlang'ich narxi e ’lon va taklifnom ada ko'rsatiladi. Bunda 

tanlov  savdolari  tanlov  savdolari  p red m etin in g   boshlang'ich  narxini 

pasaytii’ish  yuzasidan  o'tkaziladi.  Ofertalarni  taqdim   etish  tartibi  tanlov 

h u jja tla rid a   belgilanadi.  T aqdim   etilayotgan  o ferta  tanlov  h u jja tla ri 

shartlari  va  talablariga  muvofiq  bo'lishi  kerak.

Xorijiy pudrat tashkilotlari  tomonidan am alga oshiriladigan va  erkin 

m uom aladagi  valutada  haq  to'lanadigan  xorijiy  k reditlar  va  g ran tlar 

hisobiga  moliyalashtiriladigan  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda, 

a g a r   xalq aro  va  xorijiy  m oliyaviy  in s titu tla r  bilan  tuzilg an  k re d it 

shartnom alarida o'zgacha hoi nazarda tutilm agan bo'lsa, tanlov hujjatlariga 

Ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 50 foizi miqdorida ishlar (xizmatlar)ni 

bajarish uchun O'zbekiston Respublikasining xo'jalik yurituvchi subyektlari

-  rezidentlari  ishtirok  etishi  shartlari  kiritiladi.

Tanlov  va  talabgorning  malakasini  oldindan  aniqlash  hujjatlariga, 

ofertani joylashga va  m arkirovka  qilishga,  takliflarni  texnik  va  moliyaviy 

baholash  mezonlariga  shartlar  va  talablar  tanlov  komissiyasi  tomonidan 

k o 'rib   chiqiladi  va  tasdiqlanad i.  O fe rta la rn i  taq d im   etish  m u d d a ti 

tugagungacha tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov hujjatlariga o'zgartirish 

va  qo'shim chalar  kiritishga  haqlidir,  tashkilotchi  ular  to'g'risida  tanlov 

hujjatlarini  olgan  talabgorlarga  darhol  xabar  qilishi,  ofertalarni  taqdim  

etish  muddatini  ofertaga  tuzatish  kiritish  uchun  yetarli  bo'lgan  vaqtga 

uzaytirishi  kerak.

Ofertaning amal qilish m uddati tanlov h ujjatlarida belgilanadi. O ferta 

uni  taqdim   etishning  oxirgi  kuni  va  vaqti  tugagungacha  qaytarib  olinishi 

m um k in .  T alabgorning  imzosi  va  m u h ri  q o 'y ilg a n   o fe rta   sav d o lar 

tashkilotchisiga  konvertga  solib  yelim langan  holda  jo'natiladi.  Taqdim  

etish m uddati tugagandan keyin olingan oferta ko'rib chiqilmaydi. Ofertani 

ta q d im   e tis h   s a n a si  ta n lo v   s a v d o la r i  ta s h k ilo tc h is in in g   p o c h ta  

bildirishnomasidagi  oferta  olinganligi  to'g'risidagi  qayd  bo'yicha  yoki

www.ziyouz.com kutubxonasi




tanlov savdolari tashkilotchisining oferentga berilgan (oferta chopar orqali 

yetkazib  beriladigan  hoi)  oferta  olinganligi  to'g'risidagi  bildirishnomasi 

sanasi  bo'yicha  belgilanadi.  Talabgor  oferta  tarkibida  tanlov  savdolarida 

qatnashishga  buyurtm anom ani  tanlov  hujjatlarida  ko'rsatilgan,  lekin 

tanlov  savdolari  predm eti  hisoblab  chiqilgan  qiymatining  ko'pi  bilan  2 

foizi  miqdorida  t a ’m inlashni  taqdim   etadi.  T a ’minlashning  am al  qilish 

m uddati  ofertaning  am al  qilish  m uddatidan  kam   bo'lmasligi  kerak.

B uyurtm achi  tanlov  hujjatlarida  ta ’minlash  kafilining  ishonchliligi 

bo'yicha  talablarni,  uning  shakllarini  va  tanlov  savdolarida  qatnashishga 

buyurtm anom ani  ta ’minlashdan  foydalanish  tartibini  belgilashi  mumkin. 

Tanlov  savdolarida  qatnashishga  buyurtm anom ani  ta ’minlash:

tanlov  savdolari  g'olibiga  -  shartnom a  tuzilgandan keyin,  shartnom a 

ijrosini  talab  qilinadigan  ta ’minlash  taqdim   etilgach;

qolgan  o fere n tla rg a   -  tanlov  savdolari  g'olibi  bilan  sh a rtn o m a  

tuzilgandan  keyin,  lekin  ofertaning  amal  qilish  m uddatidan  kechikmay;

ofertani  qaytarib  olgan  oferentga  -  uni  taqdim  etishning  oxirgi  kuni 

va  vaqti  tugagungacha  qaytariladi.

Buyurtm anom ani ta ’minlash uni qaytarish uchun asos paydo  bo'lgan 

vaqtdan  boshlab  o'n  kun  m obaynida  qaytariladi.

Tanlov  savdolarida  qatnashishga  buyurtm anom ani  ta ’minlash: 

ofertani  taqdim   etishning  oxirgi  kuni  va  vaqti  tugagach  ofertani 

o'zgartirgan  yoki  uni  qaytarib  olgan  oferentga;

tanlov  savdolari  g'olibiga  -  oferta  uning amal qilish davrida  qaytarib 

olinganda,  tanlov  hujjatlarida  belgilangan  shartlarda  shartnom a  tuzish 

yoki  shartnom a  ijrosining  talab  qilinadigan  ta ’minlanishini  taqdim   qilish 

rad  etilganda  qaytarilmaydi.

Tanlov  savdolari,  qoidaga  k o 'ra,  buyu rtm achi  joylashgan  joyda 

o'tkaziladi.  Tanlov  komissiyasi  majlisi  belgilangan  m ud dat  tugagand an  

keyin  o'tkaziladi.  Majlis  vaqtida  o fertalar  solingan  konvertlar  ochiladi, 

sh a rtla r  va  tartibotlarga  rioya  qilinishi,  tanlov  hujjatlarida  ko'rsatilgan 

h u jjatlarn in g  m avjudligi  tekshiriladi.  O fertalar  solingan  konvertlarni 

ochish qatnashish  istagini bildirishgan oferentlar  yoki ularning  vakolatli 

vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Tanlov komissiyasi majlisi natijalari 

protokol  bilan  rasm iylashtiriladi.  Tanlov  komissiyasi  majlislari  natijalari 

to'g'risidagi axborot q atnashm agan oferentga yozma shaklda yetkaziladi. 

H ujjatlar paketida  tanlov h u jjatlari talablarining buzilganligi aniqlangan 

ta q d ird a   h u jja tla r   u larn in g   m azm u n i  e ’lon  q ilinm asdan   o fe re n tg a  

qay tarilad i.  T anlov  kom issiyasi  tan lo v   h u jja tla rin in g   e ’lon  qilingan 

s h a r t l a r g a   n o m u v o fiq lig in i  y o k i  o f e r ta n i  r a s m iy la s h tir is h d a g i

www.ziyouz.com kutubxonasi




n o a n iq lik la rn i  u la r   b o sh q a   q a tn a s h c h ila r n in g   r e y tin g ig a   t a ’s ir 

k o ‘rsatm aydigan va  ularga  yo‘l  qo'ygan  tanlov  savdolari  qatnashchisiga 

u stu n lik   b erm aydig an   hollarda  e ’tiborga  olmasligi  m um kin.  Tanlov 

h u jjatlari  shartlariga  javob  beradigan  o fertalar  bo'yicha  oferentning 

ismi  (nomi),  m alaka  m a ’lumotlari,  taklif  qilingan  narxlar  va  bajarish 

m uddatlari,  shuningdek  oferent  tomonidan  tanlov  hujjatlari  talablariga 

m uvofiq  kiritilgan  qo'shim cha  takliflar  hisobga  olinadi.

Tanlov komissiyasi majlisida ofertani ko'rib chiqish davomida oferent 

tomonidan ofertaning mazmuni tushuntirib berilishiga yo'l qo'yiladi. Bunda 

ofertaning  m azm unini,  shu  ju m lad an   narx i  yoki  bajarish  m uddatini 

o'zgartiruvchi  tushuntirishlar  berilishiga  yo'l  qo'yilmaydi.

O fertada  arifm etik  xatolar  mavjudligi  aniqlangan  taqdirda  so'zlar 

bilan  ko'rsatilgan  yakuniy  summ a  to'g'ri  m iqdor  sifatida  qabul  qilinadi. 

S av d o larn in g   tu rid a n   q a t’iy  nazar,  tan lo v   sav dolari  g'olibi  tan lo v  

komissiyasining yopiq  majlisida aniqlanadi. Tanlov  savdolari g'olibi tanlov 

savdolari  q atn ash chilari  ishtirokida  e ’lon  qilinadi,  ishtirok  etm a g an  

qatnashchilar  xabardor  qilinadi.  O fertalarni  ko'rib  chiqish,  baholash  va 

taqqoslash  n atijalari  to 'g 'risid ag i  axborot  oshkor  qilinm aydi,  qonun 

hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollar  bundan  mustasno.

Tanlov  savdolari  b u y u rtm a c h i  tom onidan  belgilangan  ta rtib d a  

tasdiqlangandan  keyin  tugallangan  hisoblanadi.

Tanlov  savdolari  agar:

ofertalarni  taqdim   etish  m uddatida  u ch tad an  kam   oferta  tushsa, 

ushbu  Nizomning  25-bandida  ko'rsatilgan  hollardan  tashqari; 

ofertalar  tanlov  hujjatlari  shartlariga  muvofiq  bo'lmasa; 

o fertala rd a   tanlov  sav dolarid a  q a tn a sh ish g a   b u y u rtm a n o m a n i 

ta ’minlash  kafolati  m avjud  bo'lmasa;

oferentlar tomonidan taklif etilgan narxlar tanlov savdolari predm eti 

boshlang'ich  qiym atidan  ancha  ortiq  bo'lsa;

"D avarx itektqu rilish"  q o 'm itasi  bilan  k elish u v   bo'y icha  tanlo v 

k o m issiy asi  to m o n id an   a s o sla n g a n   b o sh q a   h o la tla r   p ay d o   b o 'lsa  

o'tkazilm agan  hisoblanadi.

O ddiy  p u d r a t  u su lid a   q u rilis h   p u d ra ti  sh a rtn o m a s i  tu z ish d a  

buyurtm achi  va  pudratchi  o'rtasida  asosiy  shartnom ada  qadar  dastlabki 

bitim   tuziladi.  Unda  yuurtm achi  va  pudratchining  shartnom a  bo'yicha 

asosiy  rejalari,  dastlabki  tad b irlar  kelishib  olinadi.  Qurilishning  nomi 

pudratch i  bajaradigan  ishlar  hajm i,  qurilishning  boshlanish  m uddati, 

qurilish  maydonini  topshirish  vaqti,  qurilishni  jihozlovchi  m ateriallar  va 

konstruksiyalar bilan ta ’minlash, qurilishni om maviy ta ’minlash m anbalari

www.ziyouz.com kutubxonasi




va  k o ntraktgach a  bo 'lg an  kelishuvni  buzganlik  uchun  tom onlarning 

javobgarlik  masalalari  dastlabki  kelishuvda  nazarda  tutilishi  lozim.

Ayrim qurilish obyekti bo‘yicha ikki va undan ortiq pudratchi bo'lsa, 

buyurtm achi  ularning  h a r  biriga  tegishli  bo'lgan  ishlar  hajmi  bo'yicha 

lozim  bo'lgan  hujjatlarni  taqdim   qilishi  shart.

P u d r a t   s h a r tn o m a s i  ta r a f la r n in g   f a q a t  b ir - b ir la r i  o ld id a g i 

burchlarnigina  emas,  balki,  aw alo ,  ularning  qonun  oldidagi  burchlarini 

belgilaydi.  B unday  hoi  qurilishga  oid  p u d rat  shartnom asining  boshqa 

shartnom alar qatori qonunda ko'zda  tutilgan yoki yo'l qo'yilgan asoslarda 

tuzilishi  va  bajarilishining  aham iyatidan  kelib  chiqadi.

B u y u rtm a c h i  bilan   bosh  p u d ra tc h i  qurilishning  b a rc h a   h ajm i 

yuzasidan  um um iy  p u d rat  shartnomasi  tuzadilar.  Bu  shartnom aga  ko'ra, 

FKning  631-moddasida  ko'zda  tutilganidek,  bosh  pudratchi  shartnom ada 

ko'rsatilgan  b archa  qurilish  ishlarini  bajarish  uchun  javobgarlikni  o'z 

zimmasiga oladi. A gar qurilish ishlarini bajarish bir yildan oshiq m uddatni 

o'z  ichiga  oladigan  bo'lsa,  buyurtm achi  va  pudratchi  um um iy  p u d ra t 

shartnomasi  bilan  bir  qatorda,  yillik  pudrat  shartnomasini  ham   tuzadi. 

Yillik  pudrat  shartnom asida  m a’lum  xo'jalik  yilida  bajariladigan  qurilish 

ishlarining  bajarilish  shartlari  ko'rsatilgan  bo'ladi.

Z arurat  tug'ilganda  maxsus  qurilish-mr^ita^ ishlari  bosh  pudratchi 

bilan  s u b p u d ra tc h i  (p u d ra tc h id a n   ishni  p u d ra tg a   oluvchi)  b o 'lg an  

ixtisoslashtirilgan  qurilish  tashkilotlari  o'rtasida  tuziladigan  subpudratchi 

qurilish  tashkilotlari  o'rtasida  tuziladigan bevosita  shartnomaga  muvofiq, 

m azkur  ixtisoslashtirilgan qurilish  tashkilotlarining  kuchi bilan  bajarilishi 

kelishilgan  bo'lishi  mumkin.

P u d rat  to'g'risidagi  qoidada  bir  qurilishda  barcha  um um iy  qurilishi 

va  maxsus  ishlarni  bajarishni  o'z  zimmasiga  oladigan  faqat  bitta  bosh 

pudratchi  bo'lishi  mumkinligi  belgilanadi.

P u d rat  shartnom asida  quyidagilar  ko'rib  chiqilishi  lozim:

a)  shartnomaning  kirish  qismida  shartnomaning  qachon  va  qayerda 

tuzilganligi,  q aysi  q u rilish   ta sh k ilo ti  p u d ra tc h i  va  qaysi  ta sh k ilo t 

buyurtm achi  bo'lishlgi  ko'rsatiladi;

b)  barcha  um um qurilish  va  maxsus  qurilish  ishlarini  tasdiqlaydigan 

loyiha,  sm eta  va  qurilish  obyektlarining  shartnom aga  ilova  qilingan 

ro'yxatga  muvofiq  ravishda  qurib  bitkazishni  puddratchi  o'z  zimmasiga 

olganligi  ko'rsatiladi;

v)  sh a rtn o m a d a   k o 'rsa tilg a n   ish larni  loyih a-sm eta  va  q u rilish  

hujjatlariga  m uvofiq  ravishda  shartnom a  bo'yicha  belgilangan  m ud d at 

ichida  o'zining m oddiy-texnika bazasi va kadrlari bilan bitkazib topshirish

www.ziyouz.com kutubxonasi




m ajburiyatini  pudratchi  o'z  zimmasiga  olganligini  yoki  subpudratchilarni 

jalb  qilish  huquqi  ko'rsatib o'tiladi;

g)  shartnom ada  smetaga  muvofiq  pudratchi  zimmasiga  yuklatilgan 

ishlarning  qiymati  qancha  summani  tashkil  qilinishi  ko'rsatiladi;

d)  s h a rtn o m a n i  b a ja r is h d a   t a r a f l a r   “Q u rilish g a   oid  p u d r a t  

shartnom alari  haqidagi  qoidalar”ga  rioya  qilishlari  lozimligi  ko'rsatiladi;

e)  shartnom aga  o'zgartirish  va  qo'shim chalar  kiritish  to'g'risidagi 

qoidalar  ko'rsatiladi;

j)  shartnom a  shartlarini  bajarm agan yoki o'z  vaqtida  lozim  darajada 

bajarm agan  tomon  uchun  qo'llaniladigan  jarim a  miqdori  ko'rsatiladi;

z)  s h a rtn o m a   ta r a f la r n in g   b a n k   h iso b   r a q a m la ri,  a d re s la r i, 

vakillarining  imzolari  va  m uhrlari  bilan  tasdiqlanadi.

Qurilishga  oid  p u d rat  shartnomasi  3  nusxada  tuzilib,  ikki  nusxasi 

taraflarda  qoladi,  bir  nusxasi  esa  qurilishni  m ablag'  bilan  ta ’minlovchi 

bankka yuboriladi Yillik pudrat shartnomasi umumiy pudrat shartnomasining 

bajarilishi yuzasidan bir yil mobaynida amalga oshiriladigan qurilish ishlarini 

belgilash  uchun  tuziladi.  Yillik  shartnoma  um umiy  pudrat  shartnomasiga 

qo'shimcha  bo'lib,  m a’lum  bir  xo'jalik  yili  ichida  bajariladigan  qurilish 

ishlarining  hajmini,  bajariiishning  kalendar planini aniqlab beradi.  Umumiy 

va yillik shartnomalar mazmun jihatidan bir-biriga to'g'ri kelmaydi Umumiy 

p u d rat  shartnom asida  ko'rsatilgan  ishlarning  hajm i  va  m uddati  yillik 

shartnomalarda  aniqlashtiriladi.  Yillik  shartnoma  m a’lum  bir  xo'jalik  yili 

ichida  bajarilishi  lozim  bo'lgan qurilish  ishlari  yuzasidan  taraflarning  huquq 

va majburiyatlarini belgilab beradi Hozirgi vaqtda qurilish bo'yicha shartnoma 

munosabatlarida  yillik  pudrat  shartnomasi  asosiy  o'rin  egallaydi.

Qurilish  bo'yicha  pudrat  shartnomasi  um um iy  pudrat  shartnomasisiz 

ham  tuzilishi mumkin. Jumladan, agar quriladigan obyekt bo'yicha  barcha 

qurilish  ishlarini  b ir  yil  ichida  qurib  birkazish  m um kin  bo'lsa,  yillik 

shartnoma  tuziladi.  Yillik  shartnomada  tasdiqlangan  loyiha-smeta,  barcha 

subyektlar  ro'yxati,  bu  obyektlami  qurishni  boshlash  va  qurib  bitkazish 

muddatlari,  ishlab  chiqarishning  kalendar  plani,  buyurtm achi  tomonidan 

pudratchiga ish chizmasi va smetalarni topshirish  muddati, shartnom aning 

boshqa alohida shartlari ko'rsatiladi va qurilishga oid hujjatlar ilova qilinadi. 

Yillik shartnoma  ishlar  plani  tasdiqlangandan  so'ng  ikki  oy  m uddat  ichida 

qurilishga  oid  namunaviy  pudrat  shartnomasi  shaklida  tuzilishi  lozim

FKning  667-moddasiga  muvofiq,  topshirilmagan  p udrat  obyektining 

nobud  bo'lishi  yoki  shikastlanishi  xavfi  p u d ratch i  zim m asida  bo'ladi. 

Shuningdek,  pudrat obyektida  bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun 

ham   pudratchi  javobgar  bo'ladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Shuning  uchun  qurilishi  pudrati  shartnomasida  taraflar  boshqacha 

tartib va shartlar qo‘ygan bo'lmasalar shartnomada nazarda tutilgan obyektni 

yoki  ishlar  majmuini  pudratchi  o'z  hisobidan  sug'urtalashi  shart.

S u g 'u r ta la s h   m a jb u riy a ti  y u k la tilg a n   t a r a f   q u rilish   p u d r a ti 

shartnom asida  nazarda  tutilgan  tartib d a  ikkinchi  tarafga  shartn o m a 

shartlariga  muvofiq  sug'urta  shartnomasi  tuzganini  tasdiqlovchi  dalillami, 

shu jumladan sug'urta qiluvchi, sug'urta summasi miqdori va sug'urtalangan 

tavakkalchiliklar  to'g'risidagi  m a’lumotlarni  taqdim   qilishi  kerak.

Sug'urtalash  tegishli  tarafni  sug'urta  hodisasi  yuz  berishining  oldini 

olish  chora-tadbirlarini  ko'rish  m ajburiyatidan  ozod  qilmaydi.  P udratchi 

yoki  buyurtm achi  qurilayotganligi,  undan  nima  m aqsadda  foydalanish 

rejalashtirilganligi haqida sug'urtalovchiga su g 'urta qildiruvchidan obyekt 

bilan  bog'liq  bo'lgan  qo'shim cha  m a’lumotlarni  ham   talab  qilishi  va  ular 

bilan  tanishib  chiqishi  mumkin.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish