Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Q u rilish   p u d ra tin in g   shartn om asi  bo'yicha



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4.  Q u rilish   p u d ra tin in g   shartn om asi  bo'yicha 

ta ra flarn in g  huquq  va  m ajbu riyatlari

Buyurmachi  bajarilayotgan  ishlarning  hajmi,  qiymati  va  sifati  loyiha 

va  smetalarga  muvofiq  bo'lishi  ustdan  tekshirish  va  texnikaviy  nazoratni 

amalga  oshirish,  istagan  vaqtda  qurilish  va  montaj  ishlarining  bajarilishi 

va sifatini, shuningdek, foydalanilayotgan materiallarning sifatini, ishlarning 

g rafik k a  mos  rav ish d a   olib  borilayotganligini,  b u y u rtm a ch i  b e rg a n  

m ateriallardan  operativ  xo'jalik  faoliyatiga  aralashm asdan  tekshirishi 

mumkin.  Buyurtmachi  (yoki uning  vakili)  qurilish  obyektida  yo‘1 qo'yilgan 

h a r qanday  kamchiliklar  to‘g ‘risida  pudratchiga  e ’tiroz  bildirishi  va  ularni 

bartaraf  etishni  talab  qilishga  haqli  bo'ladi.  Bunday  tarzda  buyurtm achi 

tomonidan  aniqlangan  va  pudratchiga  yozma  ravishda  bildirilgan,  texnik 

hujjatlarga mos bo'lmagan ishlar shartnomada ko'rsatilgan shartlar asosida 

yoki  oqilona  m uddatda  bartaraf  etilishi  lozim

B uyurtm achi  (yoki  uning  vakili)  qurilishi  obyektida  yo'l  qo'yilgan 

kamchiliklarni  aniqlagan  holda  bu  haqda  pudratchini  ogohlantirmasa  va 

u la rn i  b a rta ra f  etish n i  tala b   qilm asa,  u larn i  b a rta ra f  etish  im koni 

yo'qolganidan  so'ng  d a ’vo  qilish  imkonidan  m ahrum   bo'ladi.  Qonun  shu 

tariqa  obyektning  yetarli  darajada  sifatli  bo'lishi  uchun  buyurtm achiga 

h a m   m a s ’u liy a t  y u k la y d i.  L e k in   q o lg a n   h o lla r d a   o b y e k td a g i 

kamchiliklarning  b a rta ra f  etilishini  talab  qilish  huquqi  saqlanib  qoladi.

B uyurtm achi  ishning  lozim  darajada  sifatli,  chidamli  va  o'z  vaqtida 

tugallanib  topshirilishidan  m anfaatdor  bo'lgani  uchun  pudratchi  bilan 

ham korday  h arakat  qiladi.

B u y u rtm a v c h i  q u rilish n in g   loyiha,  ish  chizm asi  va  sm e ta sin i 

tasdiqlatish,  qurilishni  m ablag'  bilan  ta ’m inlash  uchun  zaru r  bo'lgan 

hujjatlarni  bankka  taqdim   etish,  vakolatli  organlardan  qurilish  uchun 

yer  uchastkasi  ajratish  haqida  aktni  olish,  qurilish  maydonida  qurilish 

ishlarini olib borish uchun tegishli organlardan ruxsatnom a olish va qurilish 

maydonini  bo'shatish  ishlarini  amalga  oshirish;

sh a rtn o m a d a   n a z a rd a   tu tilg a n   ho llarda  o'z  v a q tid a   q u rilish n i 

texnologiya,  energetika,  elektrotexnika  va  umumzavod  uskunalari  hamda 

a p p a ra tu ra la ri  b ilan   t a ’m inlash,  sh u n in g d ek ,  bino  va  in sh o o tlarn i 

foydalanishga  berishi shart. Shurtnomaga muvofiq,  buyurtmachi zimmasiga 

qurilish  materiallari  bilan ta ’minlash vazifasi  ham  yuklanishi mumkin,  lekin 

ulardan  to'g'ri  foydalanish  va  ularni  saqlash  pudratchi  zimmasida  bo'ladi.

B uyurtm achi  shartnom ada  nazarda  tutilgan  hollarda  o'z  ixtiyorida 

bo'lgan  tem ir  yo'l  transportidan,  suv,  bug',  elektr  q u w a ti  yordam ida

www.ziyouz.com kutubxonasi




ishlaydigan  qurilmalaridan  pudratchi  uchun  foydalanishga  berishi  lozim. 

Pudratchi  uning  uchun  tarif  bo'yicha  belgilangan  bahoda  haq  to'laydi.

Agar  qurilishni va  u bilan bog'liq  ishlarni amalga  oshirishda  qurilish 

pudrati  shartnomasini  tegishli  tarzda  bajarishda  to'siqlar  borligi  m a ’lum 

bo'lsa,  ularni  b a rta ra f  etishda  b u y u rtm ach i  o'ziga  bog'liq  choralarni 

ko'rishi  va  pudratchi  bilan  hamkorlik  qilishi  shart.  Ushbu  m ajburiyat 

bajarilmagan  taqdirda  buyurtm achi  o'zi  ko'rgan  zararni  pudratchidan 

talab  qilish  huquqini  yo'qotadi.  Ushbu  harakatlarni  amalga  oshirishda 

qilingan  xarajatlarni  buyurtm achi  pudratchiga  to'lashi  lozim  bo'ladi.

P udratchi  shartnom ada  k o'rsatilgan  b arch a  qurilish  va  m axsus 

ishlarni,  shuningdek,  m ashina  va  uskunalarni  m ontaj  qilish  ishlarini 

qurilishning  tasdiqlangan  loyiha-smeta  hujjatlariga,  ish  chizmasi  ham da 

uning  smetasiga  muvofiq  ravishda  bajarib,  buyurtm aehiga  topshirishga 

majbur. Pudratchi bajarilgan qurilish  ishlarining  buyurtm achi  tomonidan 

qabul  qilinishini  talab  etishi  mumkin.

Pudratchi  qurilish  va  u  bilan  bog'liq  ishlarni  amalga  oshirayotgan 

vaqtda  atrof-m uhitni  muhofaza  qilishi  va  qurilish  ishlarini  xavfsiz  olib 

borishga  doir  qonun  hujjatlarining  talablariga  rioya  etishi  shart.

Tugallangan  qurilish  obyektini  qabul  qilish  shartnom a  va  tegishli 

qonun  hujjatlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Qabul  qilish  davlat  vakolatli 

organlari  vakillari  tashkil  qilgan  davlat  qabul  komissiyasi  tom onidan 

buyurtm achi,  bosh  pudratchi  va  su b p u d ratch ilar  ishtirokida  am alga 

oshiriladi. Topshirilayotgan obyekt xususiy sektor hisobidan moliyalashtirilgan 

va  davlat  uchun  m uhim   ahamiya  kasb  etm asa,  qabul  qilish  davlatning 

m utasad di  tash kilo tlari  va  m ahalliy  o'z-o'zini  bosh q aru v   o rg an lari 

ishtirokidagi  komissiyasi  tomonidan  tegishli  taraflar  qatnashgan  holda 

amalga  oshiriladi.

Shartnom ada  ko'rsatilgan  bo'lsa,  qabul  komissiyasini  tashkil  etish 

buyurtm achi  tomonidan amalga  oshiriladi.  Shartnom aga  binoan qurilish 

obyekti  to'la  yoki  qismlarga  bo'linib  topshirilishi  mumkin.  B uyurtm achi 

tomonidan  qabul  qilingan  obyekt  pudratchining  aybi  bo'lm agan  holda 

nobud  bo'lsa,  zarar  buyurtm achi  zim m asida  bo'ladi.  Shuning  uch u n 

buyurtm achi  o'zi  qabul  qilgan  obyektni  yoki  uning  bir  qismini  saqlash 

va  sug'urta  qilish  uchun  tegishli  harak atlarn i  am alga  oshirishi  lozim 

bo'ladi.

Qabul qilish vaqtida tegishli texnika,  dastgoh va agregatlar dastlabki 

sinovdan  o'tkazilishi  lozim.  B u y u rtm a c h in in g   talab i  bilan  bino  va 

inshootlami  qabul  qilishda,  uning  hisobidan  vujudga  keltirilgan  sun’iy 

ravishaagi  yer  silkinishlarida  ham   sinab  ko'rilishi  mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Qurilish  obyektini qabul qilish,  topshirish  tegishli  tarzda  akt  tuzilishi 

orqali  amalga  oshiriladi.  Uni,  odatda,  buyurtm achi,  pudratchi,  tegishli 

komissiya a ’zolari imzolaydilar. Barcha kamchiliklar aktda ko'rsatib o'tiladi. 

A n iqlan g an   barcha  k am ch ilik lar  kim ning  aybli  h a ra k a tla ri  tu fay li 

yetkazilgan  bo'lsa,  o'sha  tom onning  hisobidan  pu dratch i  tom onidan 

oqilona  b artaraf  etilishi  lozim.

B ajarilg an   ish da  q u rilish   p u d ra ti  sh a rtn o m a sid a   k o 'rsa tilg a n  

foydalanish  imkoniyatini  berm aydigan  kamchiliklar  borligi  aniqlangan 

va  ularni  pudratchi,  buyurtm achi  yoki  uchinchi  shaxs  b artaraf  etishi 

m um kin bo'lmagan taqdirda, buyurtm achi ishlar natijasini qabul qilishdan 

bosh  tortishga  haqli  bo'ladi.

P u d ra tc h i  s h a rtn o m a   yoki  qonunga  m uvofiq  to p shirilayotgan 

obyektni ekspluatatsiya qilishga kafolat m uddati berishga majbur. Kafolat 

m uddati  qurilish qabul  qilingan kundan boshlab  shartnom ada  boshqacha 

holat  ko'zda  tutilm agan  bo'lsa,  10  yildan  iborat.

Qonun  qurilish  obyektini  buyurtm achi  yoki  pudratchiga  bog'liq 

bo'lm agan  holda  to'xtatilishini  nazarda  tutadi.  FKning  679-moddasiga 

binoan, agar taraflarga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra qurilish pudrati 

s h a rtn o m a s i  b o 'y ic h a   is h la r  to 'x ta tilg a n   b o 'lsa ,  q u rilish   o b y e k ti 

konservatsiya  qilingan  bo'lsa,  buyurtm achiga  konservatsiya  qilingan 

paytga  qadar  bajarilgan  ishlar  haqining  hammasini  to'lashi,  shuningdek, 

ishlarni  to 'xtatish  va  konservatsiya  qilish  zaruriyati  tufayli  qilingan 

xarajatlarni  to'lashi  shart.

O byekt  buyurtm achi  tomonidan  konservatsiya  qilingan  hollarda 

pudratchi  tegishli  haq  va  konservatsiya  xarajatlaridan  tashqari  olinmay 

qolgan  foydasini,  oby ek t  konservatsiya  qilinishi  natijasida  ko 'rg an  

zararlarini  ham   talab  qilishi  mumkin.

Qurilish pudrat shartnomasi quyidagi hollarda bekor bo'lishi mumkin: 

vakolatli  davlat  organlarining  qarorlari  bilan; 

tomonlardan  birining  tashabbusi  bilan;

pudratchi  tomonidan  qurilish-montaj  ishlarini  bajarish  m uddatlari, 

qurilish  grafigida  ko'zda  tutilgan  vaqt  sistematik  ravishda  buzilganda; 

qurilish-montaj ishlari sifat jihatdan yomon holatda borayotgan bo'lsa; 

pudratchining  ham korlikda  faoliyat  ko'rsatish  to'g'risidagi  taklifi 

doimiy  ravishda  buyurtm achi  tomonidan  rad  qilib  kelinganda;

buyu rtm ach i  tom onidan  shartnom ada  ko'rsatilgan  m ajburiyatlar 

sistematik  ravishda  buzilganda;

moliyalashtiruvchi bank tomonidan buyurtm achi to'lovga qobiliyatsiz 

deb  e ’lon  qilingan  holatda.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Fuqarolik  qonunchiligi  qurilishga  oid  pudrat  shartnomasini  to'la  va 

o'z  m uddatda  bajarish  maqsadida  shartnomaning  bajarilishini  ta ’minlash 

m aqsadida  taraflarnin g  javobgarlik  holatlarning  javobgarligi  p u d rat 

to‘g ‘risidagi  um um iy  qoidalar  asosida  tartibga  solinadi.  Lekin,  qurilish 

pudratining  o'ziga  xos  xususiyatlaridan  kelib  chiqib,  unga  javobgarlikni 

belgilovchi  qo'shim cha  holatlar  ham   tatb iq  etilishi  m um kin.  Qurilish 

ishlarini  olib  boruvchi  yuridik  shaxslarga  nisbatan qo'llaniladigan  mulkiy 

javobgarlik  sh artn o m a  talablarini  buzishda  aybdor  b o 'lg an   tara fg a  

nisb atan   p en y a,  aybona,  ja rim a   k abi  sa n k siy a la rn i  q o 'lla sh   bilan 

jabrlanuvchining  ko'rgan  zararini  qoplash  imkonini  beradi.  Qurilishga 

oid  pudrat  shartnomasida  mulkiy sanksiyalarning  qo'llanishi  taraflarning 

shartnom ani  b ajarish d an   m anfaatdorligini  oshirishga  im kon  beradi. 

Shuningdek, ikkinchi tomonni o'z m ajburiyatlarini real bajarishga m ajbur 

qiladi.  FKning  680-moddasida  buyurtm achi  pudrat  shartnom asi  bo'yicha 

bajarilgan ishlar  natijasida  yoki  agar shartnom ada  nazara  tutilgan  bo'lsa, 

ishlar  bajarilgan  bosqichi  topshirishga  tayyor  ekanligi  to'g'risida  xabar 

olgach,  uni  qabul  qilishga  kirishishi  shart.

FKning  681-moddasiga  muvofiq,  bajarilgan  ishning  sifati  uchun 

pudratchining javobgarlik masalalari ko'rsatilgan. Unga muvofiq, pudratchi 

qurilish-pudrat  shartnomasida,  texnikaviy  loyihada  va  tara fla r  uchun 

majburiy loyihada  va  taraflar uchun  m ajburiy bo'lgan qurilish normalari 

va  qoidalarida  nazarda  tutilgan  talablardan  chekinishga  yo'l  qo'yilganligi, 

shuningdek,  qurilish  obyektining  loyiha-sm eta  hujatlarida  belgilangan 

ko'rsatkichlarga,  ju m 'ad an ,  korxonaning  ishlab  chiqarish  q uv vatig a 

erishilmaganligi  uchun  buyurtm achi  oldida  javobgar  bo'ladi.

P u d ra tc h i  o b y e k tn in g   lo y ih a -sm e ta   h u jja tla rid a   b e lg ila n g a n  

ko'rsatkichlarga,  shu  jumladan,  korxonaning  ishlab  chiqarish  quvvatiga 

erishmaganligi uchun o'zining aybi yo'qligini isbotlab berib, javobgarlikdan 

ozod  bo'lishi  m um kin.  Uning  aybsizligiga  b u y u rtm a c h i  tom on idan  

tayyorlangan loyiha materiallari, buyurtm achi ajratgan va qurilish obyekti 

jo y la sh g a n  

y e r,  a tr o f -m u h it,  k o rx o n a   q u v v a tin i  h is o b la s h d a g i 

buyurtm achi  tomonidan  yo'l  qo'yilgan  jiddiy  xatolar  va  boshqa  holatlar 

asos  bo'lishi  mumkin.

Pudratchi  p udrat  to'g'risidagi  um um iy  qoidalarga  muvofiq,  qurilish 

obyektining  kafolat  m uddati  davomida  aniqlangan  barcha  kamchiliklari 

uchun  javobgar  bo'ladi.  B uyurtm achi  aniqlangan  kam chiliklar  haqida 

pudratchini  o'z  vaqtida  ogohlantirish  va  ularni  b a rta ra f  etish  uchun 

pudratchiga  lozim  bo'lgan  sharoitlarni  yaratib  berishi  zarur.  P udratchi 

tegishli obyektni ekspluatatsiya qilishdagi jiddiy nuqsonlar yoki ta ’m irlash

www.ziyouz.com kutubxonasi



ishlarining noto‘g‘ri olib borilishi natijasida obyektga zarar yetkazilganligini 

isbotlasa,  javobgarlikdan  ozod  bo'ladi.

Bino  yoki  inshoot  rekonstruksiya  qilinganda  (yangilangan,  qayta 

qurilgan,  restavratsiya  qilinganida  va  hokazo)  binoning,  inshootning  yoki 

uning  bir  qismining  mustahkamligi,  barqarorligi,  ishonchliligi  pasaygani 

yoki  yo'qolgani  uchun  javobgarlik  pudratchi  zimmasiga  yuklanadi,  y a’ni 

pudratchi  tegishli  ishlarni  bajarishga  kirishgan  hollarda  rekonstruksiya, 

restavratsiya,  kapital  ta ’mirlash  natijasida  m azkur  obyektga  yoki  uning 

bir  qismiga  bergan  zarar  uchun  to'liq  javobgar  bo'ladi.

Pudratchining  qurilish  obyekti  bo'lgan  korxona  ishlab  chiqarish 

q u w a tig a   erishmaganligi uchun buyurtm achi oldida javobgarlik masalasi 

q onunchilikda  yangi  holatdir.  Shuning  uch un   tom onlar  obyektning 

ek sp lu atatsiy a  qilish  texnik  talablari  va  kafolat  m udd ati  to'g'risida 

shartlarning  shartnom ada  ko'rsatilishiga  erishishlari  lozim.

Qurilish  pudrati  shartnomasini  tartibga  solishdagi  nizolarga  barham  

berish  uchun  maxsus  qonunlarda  va  hukum at  qarorlarida  taraflarning 

m u lk iy   jav o bgarlik   d a ra jasi  o'rn atilish i  h am   m um kin.  O 'zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asi  tomonidan  tasdiqlangan  “Qurilishni 

k o n tra k t  asosida  tashkil  qilish  to 'g 'risid a ”gi  Nizomda  p u d ratch i  va 

buyurtm achining mulkiy javobgarligi ko'rsatilgan. Pudratchi buyurtm achi 

oldida shartnom a bo'yicha m ajburiyatlam i bajarmaganligi uchun quyidagi 

moddiy  javobgarlikka  tortilishi  mumkin:

obyektni,  uning  qismlarini,  binoni  o'z  vaqtida  qurib  tamomlamasa, 

m ahsulot  chiqarishga  tayyorlash  yoki  xizmat  ko'rsatishni  o'z  vaqtida 

am alga  oshirmasa,  h a r  bir  kech  qolgan  kuni  uchun  asosiy  bahoning

0,05%  miqdorida  jarim a  to'laydi,  lekin  jarima  obyektni  buyurtm achiga 

topshirilgan  kunigacha  minimal  oylik  ish  haqining  15  barobaridan  oshib 

ketmasligi  kerak;

ishlab  chiqarishga,  xizm at  k o 'rsatishga  tayyorlanayotgan   bino, 

inshoot  yoki  uning  bir  qismini  qurib  bitirish  kechiktirilgan  taqdirda 

to 'lan ad ig an   jarim a  hajm i  asosiy  qiym atning  h a r  bir  kechiktirilgan 

k u n i  u c h u n   0,05%  b o 'lis h i,  lek in   b ir  k u n lik   ja rim a   m iq d o ri  15 

b aro b arid an   ko'p  bo'lm asligi  kerak;

buyurtm achi  bilan  shartnom a  tuzgan boshqa  maxsus  muassasalarga 

maydonni  o'z  vaqtida  topshirmaslik  asosiy  qiymatning  0,03%  miqdorida 

jarim a  to'lashga  sabab  bo'ladi,  lekin  to'lanadigan  jarim a  miqdori  eng 

kam   oylikish  haqining  5  barobaridan  oshmasligi  kerak;

yerlarni  qayta  tayyorlash  bo'yicha  ish  hajmining  va  muddatining 

buzilganligi  uchun  loyiha-sm eta  hujjatlariga  muvofiq,  uning  qiymatini

www.ziyouz.com kutubxonasi




hisobga  olmagan  holda  har  bir  kechiktirilgan  kun  uchun  eng  kam   ish 

miqdorining  2  barobar  miqdorida  jarim a  to'laydi;

buyurtm achi va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan qurilish 

davomida yoki oraliq qabul vaqtida ishlarning chalaligi, konstruksiyalarda 

defekt  borligi  aniqlanganda,  u lar  10  k u n   ichida  b a rta ra f  qilinmasa, 

pudratchi h a r bir kechiktirilgan kun uchun  eng kam  oylik ish haqining  2 

barobari  miqdorida  jarima  to'laydi;

a gar  p u d ratc h i  b uyurtm achi  bilan  kelishgan  holda  belgilangan 

m uddatda  kamchiliklarni  yo‘qotmasa,  buyurtm achi  yoki  ekspluatatsiya 

qiluvchi  tashkilot  defektni  o'z  kuchi  bilan  pudratchi  hisobidan  yo'qotishi 

va  bajarilgan  ish  qiymatining  50%i  miqdorida  neustoykani  pudratchidan 

talab  qilishi  kerak.

B u y u rtm a c h i  bosh  p u d ra tc h i  o ldid a  s h a rtn o m a   b o 'y ic h a   o'z 

majburiyatlarini to'liq yoki qisman bajarmaganligi uchun quyidagi hollarda 

moddiy  javobgar  bo'ladi:

buyurtm achi tegishli nazorat organlarining ruxsati haqidagi hujjatlarni 

yoki  qurilishi  uchu n  ajratilgan  joyda  ish  boshlashga  ru x sat  beruvchi 

geodezik  m asalalarning  ruxsatnom asini  o'z  vaqtida  berm aganida,  har 

bir  kechiktirilgan  kun  uchun  m inim al  oylik  ish  haqining  2  barobari 

miqdorida  jarim a  to'laydi;

m o n ta j  q ilis h   u c h u n   lozim   b o 'lg a n   jih o z la rn i,  m a te r ia l  va 

m ahsulotlarni, shuningdek, jihozlarni m ontaj  qilish uchun lozim bo'lgan 

m aterial  va  m ahsulotlarni  k ech ik tirib   topshirganligi  u c h u n   tegishli 

jihoz  va  m ateriallar  qiym atining  l% idan  4%igacha  m iqdorda  jarim a 

to'laydi;

k o p m le k t  b o 'lm a g a n   jih o z la rn i  m o n ta j  u c h u n   to p s h irg a n d a , 

topshirilgan  jizohning  5%i  miqdorida  jarim a  va  yetishm agan  detaining 

qiymatini  to'liq  to'laydi;

qo'shimcha  shartnomani  tuzishga  tayyorgarlik  ko'rish  uchun  lozim 

b o'lg an  q a y ta   tasd iq la n g a n   lo y ih a -sm e ta   h u jja tla rin i  o 'z  v a q tid a  

topshirmaganligi  sababli  har  bir  biriktirilgan  kun  uchun  eng  kam   oylik 

ish  haqining  2  barobari  miqdorida  jarim a  to'laydi;

suv,  gaz,  issiqlik,  bug'  va  e le k tr  q u vv atid an  foydalanish  uchun 

qurilish  boshlang un ga  q a d a r  b ir  oy  oldin  tegishli  tash k ilo tla rn in g  

ruxsatnomasini  taqdim   qilmagan  holda  h a r bir  kechiktirilgan k u n  uchun 

eng  kam   oylik  ish  haqining  2  barobari  miqdorida  jarim a  to'laydi;

buzilishi  lozim  bo'lgan  binolarni  o'z  v a q tid a   topsh irm aganlig i, 

qurilish  m aydonidan  m agistral  e le k tr  liniyasi,  tem ir  yo'l, 

y e r  osti 

kommunikaiyasi va boshqa injenerlik inshootlarini boshqa joyga ko'chirish

www.ziyouz.com kutubxonasi



to'g'risidagi  ruxsatnomani  o'z  vaqtida  topshirmaganligi  sababli  har  bir 

kechiktirilgan  kuni  uch u n  eng  kam   oylik  ish  haqining  2  barobarida 

jarim a  to'laydi;

qurilish  to'xtatilgan  va  konservatsiya  qilingan  obyektlarni  qabul 

qilishni  va  bajarilgan  ishlar  uchun  ish  haqini  o'z  vaqtida  to'lam agani 

uchun h a r bir kechiktirilgan kun uchun kelishilgan to'liq narxning 0,05%i 

miqdorida  jarim a  to'lanishi  lozim,  lekin  bu  jarim a  eng  kam   ish  haqining

5  barobaridan  oshmasligi  kerak;

qurlishni  moliyalashtirish  shartnom a  tuzilgan  vaqtdan  boshlab  15 

kundan  ko'p  vaqtda  kechiktirilgan  taqdirda,  h a r  bir  kechiktirilgan  kun 

uchun  eng  kam   oylik  ish  haqining  2  barobari  miqdorida  jarim a  to'laydi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish