Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  D avlat  u y -jo y   fo n d in in g   b in ola rid a g i  u y -jo y n i  ijaraga  o lish



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

5.  D avlat  u y -jo y   fo n d in in g   b in ola rid a g i  u y -jo y n i  ijaraga  o lish  

sh a rtn om asi  va  u n in g   m uddatlari

Davlat  uy-joy  fondining  (munitsipal,  idoraviy  uy-joy  fondi  va  aniq 

m aqsadli  kom m unal  uy-joy  fondi)  binolaridagi  uy-joyni  ijaraga  olish 

shartnomasiga  binoan  bir  tomon  uy-joy  mulkdori  yoki  vakolat  bergan 

shaxs  (ijaraga  beruvchi)  ikkinchi  tomonga  (ijaraga  oluvchiga)  uy-joyni

www.ziyouz.com kutubxonasi




haq  evaziga  u  yerda  yashash  uchun  uning  egaligiga  va  foydalanishiga 

berish majburiyatini oladi. Ijaraga olish shartnomasida tomonlaming huquq 

va  m ajburiyatlari  ham da  fuqarolik  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

boshqa  sh artlar  belgilab  qo'yiladi.  Ijaraga  olish  shartnom asida  ijaraga 

oluvchi bilan doimiy yashovchi fuqarolar ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Agar 

shartnom ada  ana  sh u n d ay   qay dlar  ko'rsatilm agan  taqdirda,  bu n d ay  

shaxslarni  ko'chirib  kelish  fuqarolik  qonun  hujjatlarida  va  O'zbekiston 

R esp ub lik asi  U y -jo y   k od ek sin in g   5 8 -m o dd asid a  n a z a rd a   tu tilg a n  

qoidalarga  muvofiq  amalga  oshiriladi.

M unitsipal,  idoraviy  uy-joy  fondining  aniq  maqsadli  kom m unal 

uy-joy  fondining  binolaridagi  uy-joyni  ijaraga  olish  shartnom asining 

obyekti  bo'lib  fuqarolarning  yashashlari  uchun  yaroqli  bo'lgan  alohida 

uy-joy  binosi  yoki  k vartiralar  hisoblanadi.

Shuni  alohida  t a ’kidlash  lozimki,  xonaning  bir  qismi  yoki  b itta 

um um iy  kirish  joyi  bilan  bog'langan  xona  (tutash  xonalar),  shuningdek, 

yordamchi  xonalar  (oshxona,  yo'lak,  hujra  va  shu  kabilar)  ijaraga  olish 

shartnomasining  m ustaqil  obyekti  bo'la  olmaydi.

K o'p  kv artirali  uy-joy  binosidagi  uy-joyni  oluvchi  ana  shu  uy- 

joydan  foydalanish  bilan  b ir  qatorda,  um um iy  foydalanishdagi  mol- 

m ulkdan  (xona tashqarisida  yoki ichkarisida joylashgan ham da  bir necha 

xonadonlarga  xizmat  ko'rsatuvchi  ko'tarilish  joylari,  zinapoyalar,  liftlar, 

tom ,  ch iqindilar  to 'p la n a d ig a n   xona,  sh uningdek,  m exanik,  elek tr, 

s a n ita riy a - te x n ik a   va  b in o n in g   b o sh q a  m u h a n d islik   q u rilm a la ri, 

belgilangan doiralardagi dov-daraxtlar va boshqa qulayliklarga ega bo'lgan 

y er uchastkalari, shuningdek, ko'p kvartirali uy-joy binolaridagi ko'chmas 

mulkning  yagona  kompleksiga  xizmat  ko'rsatishga  mo'ljallangan  boshqa 

obyektlardan)  foydalanish  huquqiga  ega  bo'lib  hisoblanadi.

U y-joyni  ija rag a   olish  sh artn o m asi  m ahalliy  dav lat  hokim iyati 

organlari, davlat korxonalari, m uassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat 

b erg an   org an lar  bilan  uy-joyni  olayotgan  fuq arolar  o'rtasida  qonun 

hujjatlarida belgilangan tartibd a yozma shaklda tuziladi. Uy-joyni ijaraga 

olish shartnom asining yozma shaklda bo'lishiga rioya qilmaslik pirovard- 

natijada  shartnom a  haqiqiy  em as  deb  topilishi  uchun  asos  bo'ladi.

Ijaraga olish shartnom asiga  binoan egallab turilgan uy-joyga  bo'lgan 

m ulk  huquqining  boshqa  shaxsga  o'tishi  shartnomaning  o'zgartirilishiga 

yoki  bekor  bo'lishiga  olib  kelmaydi.  Bunday  paytda  yangi  m ulkdor  ilgari 

tuzilgan  uy-joyni  ijaraga  olish  shartnom asi  sh artlari  asosida  ijaraga 

beruvchi  bo'lib  qoladi.

M unitsipal,  idoraviy  uy-joy  fondi  va  aniq  maqsadli  kom m unal  uy-

www.ziyouz.com kutubxonasi




joy  fondining  binolaridagi  uy-joyni  ijaraga  olish  tipovoy  shartnom asi 

to'g'risidagi nizom Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 

tasdiqlanadi.  M azkur  turdagi  shartnom a  uzog'i  bilan  besh  yil  m uddatga 

tuziladi.  Agar  shartnom ani  tuzish  vaqtida  tomonlar  shartnom aning  amal 

qilish  m uddatini  aniq  qilib  ko'rsatm agan  bo'lsalar,  aynan  shu  tuzilgan 

uy-joyni  ijaraga  olish  shartnom asi  besh  yil  m u d d atg a  tuzilgan  deb 

hisoblanadi.

Shuning  bilan bir qatorda,  uy-joyni ijaraga  berish shartnom asi qisqa 

m uddatga  ham   tuzilishi  mumkin.  Bir  yilgacha  m uddatga  tuzilgan  uy-joy 

shartnomasi  qisqa  m uddatli  shartnom a  bo'lib  hisoblanadi.

Uy-joy  ijarasi  shartnom asining  belgilangan  m u d d ati  tu g ash ig a 

qaram asdan,  ijaraga  beruvchi  tom onidan  uy-joyni  ijaraga  oluvchiga 

nisbatan hech qanday talab va e ’tirozlar bildirilmagan taqdirda, shartnom a 

qayta  tuzilgan  deb  hisoblanadi.

Munitsipal,  idoraviy  uy-joy  fondi  va  aniq  maqsadli  kom m unal  uy- 

joy  fondidagi  binolardan  turar-joyni  ijaraga  oluvchilar  uchun  turar-jo y 

maydonining  normasi  O'zbekiston  Respublikasining  Uy-joy  kodeksida 

belgilangan  turar-joy normasiga  muvofiq  belgilanadi,  lekin  u  bir  kishiga 

9  kvadrat  m etrdan  kam   bo'lmasligi  kerak.

O 'zbekiston  R espublikasi  V azirlar  M ahkam asining  1994-yil  28- 

iyundagi  «Davlat  uy-jo y   fondi  xususiylashtirilishi  m unosabati  bilan 

norm ativ  hujjatlarni  tasdiqlash  to'g'risida »gi  325-sonli  qaroriga  1-ilova, 

«O'zbekiston  Respublikasi  kommunal  uy-joy  fondi  to'g'risida»gi  Nizom 

talablariga ko'ra fuqarolarning ayrim  toifalariga norm adan ortiqcha  tu ra r- 

joy maydoni  bir xona sifatida  yoki  10  kvad rat  m etr hajm dagi qo'shim cha 

turar-joy  maydoni  beriladi.  Qo'shimcha  tu rar-jo y   maydoni  berish  tartibi 

va  sh artlari,  shuningdek,  uni  olish  h u q u q ig a  ega  bo'lgan  fu q aro lar 

toifalarining  ro'yxati  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tom onidan 

belgilanadi.

Aniq  maqsadli  kommunal  uy-joy  fondining  binosidagi  uy-joy  olish 

huquqiga  ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam  t a ’minlangan toifadagi, 

uy-joy  sharoitlarini  yaxshilashga  muhtoj  va  uy-joy  olish  uchun  hisobda 

turgan  fuqarolar  egadirlar,  y a’ni:

—  1941-1945  yillardagi  urush  qatnashchilari,  ularga  tenglashtirilgan 

shaxslar  va  baynalminal jangchilar;

—  zaxiraga  yoki  iste’foga  chiqqan  zobitlar  va  m uddatdan  tashqari 

xizmat  harbiy  xizmatchilari;

—  O'zbekiston  Respublikasi  Sog'liqni  saqlash  vazirligi  tasdiqlagan 

ro'yxat  bo'yicha  surunkali  kasalliklarning  og'ir  ko'rinishlariga  duchor

www.ziyouz.com kutubxonasi




bo'lgan  fuqarolar;

—  o'n  olti  yoshga  to'lmagan,  yetti  va  undan  ortiq  bolalari  bo'lgan 

ko'p  bolali  oilalar;

—  halok  bo'lgan  harbiy  xizmatchilarning  oilalari;

—  ota-onasiz,  o 'n   olti  yoshga  to 'lg an ,  hom iylikka  (vasiylikka) 

olinmagan  yetim   bolalar;

—  yetim   bolalarni  homiylikka  (vasiylikka)  olgan  oilalar;

—  boquvchisini  yo'qotgan,  uch  va  undan  ortiq  m ehnatga  layoqatsiz 

oila  a ’zolari  bo'lgan  oilalar;

—  I  va  II  g u ru h   nogironlari,

—  keksa  va  yolg'iz  pensionerlar;

—  nogiron  bolalari  bo'lgan  oilalar;

—   birinchi  m arta  oila  qurgan  yoshlar,  agar  ikkala  tomon  yashab 

tu rg an   joyda  ular  uy-joy  sharoitlarini  yaxshilashga  muhtoj  deb  e ’tirof 

etilsalar.

B u n d a y   s h a x sla rn i  h isobga  olish  m ah a lliy   d a v la t  h o k im iy ati 

organlarida  amalga  oshiriladi.  Shuningdek,  uy-joy  fondiga  ega  bo'lgan 

va  uy-joy  qurilishini  olib  boruvchi  yoki  uy-joy  qurilishida  ulush  bilan 

q a tn a sh u v c h i  d a v la t  korxon alarid a,  m u assasalarida,  tash k ilo tlarid a 

yashovchi  uy-joy  sharoitlarini  yaxshilashga  m uhtoj  fuqarolarni  hisobga 

olish ish joyida,  ularning xohishiga  ko'ra  esa,  yashash joyida ham  amalga 

oshiriladi.  Shu  o 'rin da  yana  bir  holatni  alohida  t a ’kidlab  o'tish  lozim 

bo'ladi.  Yuqorida  q ay d   qilib  o'tilganlar  bilan  teng  holatda  pensiyaga 

c h iq is h i  m u n o s a b a ti  u s h b u   k o r x o n a la r d a n ,  m u a s s a s a la r d a n , 

tashkilotlardan ishdan ketgan fuqarolar,  shuningdek, ishlab chiqarishdagi 

baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan shaxsning oila a ’zolari, 

ular  ushbu  korxona,  muassasa  va  tashkilotda  ishlashidan  q a t’iy  nazar, 

uning  ish  joyida  hisobga  olinadilar.  Oila  a ’zosining  hisobga  olinishi  oila 

boshqa  a ’zolarining,  u larn in g   xohishiga  k o 'ra,  o'z  ish  joyida  u y -jo y  

sharoitlarini yaxshilashga m uhtojlar hisobida turishiga to'sqinlik qilmaydi.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish