Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob.  TE K IN   FO Y D A L A N ISH   SH AR TNO M ASI



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

36-bob.  TE K IN   FO Y D A L A N ISH   SH AR TNO M ASI

1.  Tekin  fo yd a la n ish   sh artn om asi  tu sh u n ch a si,  h u q u q iy 

b elgalari  va  p red m eti

Tekin  foydalanish  (ssuda)  deb  sh u nd ay   shartnom aga  aytiladi-ki, 

unga  ko'ra  bir  taraf  (ssuda  beruvchi)  ikkinchi  taraf  (ssuda  oluvchi)ga 

ashyoni  vaqtincha  tekin  foydalanish  uchun  berish  m ajburiyatini  oladi, 

ikkinchi  taraf  esa  bu  ashyoni  qanday  olgan  bo'lsa,  normal  yeyilishini 

hisobga  olib,  xuddi  shunday  holatda  yoki  shartnom ada  nazarda  tutilgan 

holatda  qaytarib  berish  m ajburiyatini  oladi  (FKning  617-moddasi).

Shartnomaning predmeti ikkinchi tarafga vaqtincha foydalanish uchun 

topshirilishiga  ko'ra,  u  mulk  ijarasi  shartnom asiga  o'xshab  ketadi,  ayni 

paytda,  tekin  foydalanish  uchun  topshirilishi  bilan  undan  farq  qiladi.

Tekin  foydalanish  shartnom asi  u ch u n   quyidagi  huquqiy  belgilar 

harakterlidir:

b irin c h id a n ,  a g a r   y u rid ik   sh a x s  m u a y y a n   m o l-m u lk n i  te k in  

foydalanish  uchun  topshirish  m ajburiyatini  olgan  bo'lsa,  bu  to'g'ridagi 

shartnom a  m ol-m ulkni  foydalanish  uch u n   oluvchining  y u rid ik   yoki 

jismoniy shaxs bo'lishidan q at’iy nazar, konsensual harakterdagi shartnom a 

bo'lib  ko'riladi;

ikkinchidan,  shartnom a  tekinga  (haqsiz)  tuziladi;

u c h in c h id an ,  te k in   fo y d alan ish   b ir  to m o nlam a  s h a rtn o m a la r  

turkum iga  kiradi.

Shartnom aning o'ziga xos belgilaridan yana biri shundaki, shartnom a 

bo'yicha  tekin  foydalanuvchiga  m ulkdorning  faq at  ikki  huquqi,  y a ’ni 

m ulkka  egalik  va  undan  foydalanish  huquqi  o'tadi.

Agarda biron-bir fuqaro ashyoni tekin foydalanish uchun topshirishga 

v a’da  qilsa,  uning  bunday  v a ’dasi  yuridik  aham iyatga  ega  bo'lm aydi 

Ayni  vaqtda  ashyoni  tekin  foydalanish  uchun  topshirishga  m ajb ur  qilib 

ham  bo'lmaydi. Lekin ssuda oluvchi FKning 620-moddasi tartibida berilishi 

lozim  bo'lgan  ashyoni  olmasa  (ya’ni  ssuda  beruvchining  aybi  bilan),  u 

sh artn om ani  beko r  qilishi  va  yetkazilgan   haqiqiy  zararn in g   o'rn in i 

qoplashni  talab  qilishga  haqlidir.

Mol-mulkdan  tekin foydalanish shartnomasi  fuqarolik huquqining turli 

subyektlari  o'rtasida  qo'llaniladi  Fuqarolar  o'rtasida  ushbu  shartnoma  bir- 

birlariga  turli  xildagi  maishiy  xizmatlar  ko'rsatish  tartibida  yuzaga  keladi

Shartnom a  tekinga  tuzilganligi  tufayli  taraflar  o'rtasida  huquq   va 

burchlarni  belgilashda  o'ziga  xos  xususiyatlar  m avjud.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Tekin foydalanish shartnom asi mulkni topshiruvchi -  ssuda beruvchi 

shaxsga  nisbatan  hech  qanday  m anfaatlar  belgilamasdan,  balki  mulkni 

oluvchiga  nisbatangina  m uay yan   m an faatlar  belgilab  tuziladi.  Tekin 

fo y d a la n ish   s h a rtn o m a s i  asosiy  x o 'ja lik   s h a rtn o m a la rid a n   b o 'lib  

hisoblanmasa-da,  amm o  bu   shartnom a  ba’zan  m unosabatlarda  m uayyan 

aham iyatga  egadir. Jum ladan,  bu  shartnom a  fuqarolar o'rtasida  ularning 

bir-birlarig a  xizm at  ko'rsatishlarid a,  ko'm aklashishlarida  tuziladigan 

m aishiy  bitimdir.  B a’zi  hollarda  bunday  shartnom a  tashkilotlar  o'rtasida 

ham ,  masalan,  davlat  korxonalari  bir-birlariga  o'zlarida  foydalanilmay 

y o tg a n   u s k u n a la rn i  v a q tin c h a   haq   o lm a sd a n   fo y d ala n ish   u c h u n  

topshirishlarida  tuzilishi  mumkin.

Yuqorida  aytganimizdek,  tekin  foydalanish  m ulk  ijarasiga  o'xshab 

ketganligi  bois,  unga  n isb atan   m ulk  ijarasiga  oid  bir  qator  qoidalar 

qo'llaniladi  (FK  617-moddasining  2-qismi).  Chunonchi,  shartnom aning 

o b y e k tla r i,  m u d d a ti,  m o l- m u lk d a n   u n in g   v a z ifa s ig a   m u v o fiq  

foydalanilishi,  shartnom ani  m uddatidan  oldin  bekor  qilish,  shartnom a 

m uddati tam om  bo'lganidan keyin m ulkdan foydalanishni davom ettirish, 

mol-mulkni  yaxshilash  haqidagi  qoidalar.

Shartnom aning  predm eti  iste’mol qilinmaydigan ashyolar,  y a’ni  yer 

uchastkalari,  yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida 

tabiiy obyektlar,  m ulkiy kompleks sifatida korxonalar,  binolar,  inshootlar, 

uskunalar,  transport  vositalari  va  shu  kabilar  bo'lishi  mumkin.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish