Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Ikkinchidan,  renta  shartnom asi  haq  baravariga  tuzilishi  mumkin.

Uchinchidan,  re n ta   sh a rtn o m a si  b ir  tom onlam a  s h a rtn o m a la r 

turkum iga  kiradi.  Y a’ni,  renta  oluvchida  faq at  ren ta  to'lovini  o'z  vaqtida 

to'lashni  va  m ol-m ulkdan  oqilona  doirada  foydalanishni  talab   qilish 

huquqi,  ren ta  to'lovchida  re n ta   to'lovlarini  o'z  vaqtida  to'lab  borish 

m ajburiyati  m avjud  bo'ladi.

Qonunda  renta  shartnom asi  shakliga  jiddiy  e ’tibor  berilgan.  Renta 

shartnom asi  notarial  tasdiqlanishi,  ko'chm as  m ol-m ulkni  ren ta   to'lash 

sharti  bilan  boshqa  shaxsga  berishni  nazarda  tutadigan  shartnom a  esa 

bundan  tashqari  davlat  ro'yxatidan  ham   o'tkazilishi  lozimligi  Fuqarolik 

K odeksining  513-m oddasida  o'z  aksini  topgan.  Fuqarolik  K odeksida 

nazarda  tutilgan  ushbu  norm a  im perativ  harakterga  ega  bo'lib,  taraflar 

ushbu qoidaga  q a t’iy amal qilishlari  shart.  U shbu qoidaga  amal qilmaslik 

shartnom aning  o'z-o'zidan  haqiqiy  emasligiga  sabab  bo'ladi.

Renta  shartnomasining  obyekti  ko'chm as  va  ko'char  m ulklar  yoki 

ularning  majmui  bo'lishi  mumkin.  Jum ladan  ren ta  obyekti  sifatida  yer 

uchastkasi,  korxona,  bino,  inshoot  va  boshqa  k a tta   qiym atdagi  ko'chm as 

yoki  oddiy  ko'char  m ol-mulklar  bo'lishi  mumkin.

Fuqarolik  Kodeksining  515-moddasiga  muvofiq,  renta  to'lash  sharti 

bilan  berilgan  yer uchastkasi,  korxona,  bino,  inshoot  yoki  boshqa  ko'chunas

www.ziyouz.com kutubxonasi




mol-mulkdan  renta  olinadi.  Renta  to'lovchi  bunday  mol-mulkni  boshqa 

shaxsga  bergan  taqdirda  renta  shartnomasi  bo'yicha  uning  majburiyatlari 

mol-mulkni  oluvchiga  o'tadi.  Renta  olinadigan  ko'chmas  mulkni  boshqa 

shaxsga mulk qilib bergan shaxs, agar Fuqarolik Kodeksida, boshqa qonunda 

yoki  shartnom ada  bu   m ajburiyat  bo'yicha  solidar  javobgarlik  nazarda 

tutilm agan  bo'lsa,  renta  oluvchining  renta  shartnomasi  buzilgani  tufayli 

kelib chiqqan talablari bo'yicha boshqa shaxs bilan subsidiar javobgar bo'ladi

Y a’ni,  ren ta  to'lovchi  ren ta  shartnom asi  asosida  olgan  mol-mulkni 

boshqa  shaxsga  ham   berishi  m umkin.  Dastlabki  renta  to'lovchi  renta 

obyekti  bo'lgan  k o 'chm as  m ulkni  boshqa  shaxsga  bergan  taq d ird a, 

re n ta   to'lovchining  m ajburiyatlari  m ol-m ulkni  oluvchi  yangi  shaxsga 

o'tadi.  Bunda  yangi  ren ta   to'lovchi  birinchi  ren ta  to'lovchining  barcha 

m ajb u riy atlarin i  b ajarish i  shart.  A gar  re n ta   oluvchining  sh artn o m a 

sh artlari buzilishi natijasida  kelib chiqqan talablari yuzasidan,  Fuqarolik 

Kodeksida,  boshqa  qonunlarda  yoki  tara fla r  o'rtasidagi  shartnom ada 

dastlabki  ren ta   to'lovchi  solidar  javobgar  bo'lishi  nazarda  tutilm agan 

bo'lsa, renta oluvchi oldida birinchi ren ta  to'lovchi subsidiar (qo'shimcha) 

javobgar  bo'ladi.

Renta  to'lash  sharti  bilan  y er  uchastkasi  yoki  boshqa  ko'chm as 

m ulk  berilganida  ren ta  oluvchi o'z  m ajburiyatlarini  bajarishni  ta ’minlash 

m aqsadida  bu  m ulkka  garov  huquqini  oladi.

Renta sifatida pul summ asi yoki boshqa ko'char mol-mulkni  berishni 

n azard a  tu ta d ig a n   sh artn o m an in g   m uh im   s h a rti  shuki,  u n d a  re n ta  

to'lovchi  o'z  m ajburiyatlarini  bajarishning  garovini  taqdim  etishga  yoki 

ushbu  m ajburiyatlarni  bajarm aslik  yoxud  lozim  darajada  bajarm aslik 

xavfini  renta  oluvchi  foydasiga  sug'urtalashga  m ajbur  bo'ladi  (FKning 

516-moddasi).

U shbu  m oddada  ren ta   to'lashni  ta ’m inlashning  quyidagi  usullari 

nazarda  tutilgan:

1.  Renta  oluvchi  berilgan  renta  obyekti,  y a’ni  yer  uchastkasi  yoki 

boshqa  ko'chm as  m ulk  uchun  o'z  m ajburiyatlarini  bajarishni  ta ’minlash 

m aqsadida  bu  m ulkka  garov  huquqini  oladi;

2.  R enta  to'lovchi  o'z  m ajb u riy a tla rin i  b ajarish  garovini  re n ta  

oluvchiga  taqdim   etadi;

3.  R enta  to'lovchi  o'z  m ajb u riy a tla rn i  bajarm aslik  yoxud  lozim 

darajada  bajarm aslik  xavfini  renta  oluvchi  foydasiga  yoki  u  ko'rsatgan 

boshqa  shaxs  foydasiga  sug'urtalashga  m ajbur  bo'ladi.

Sanab o'tilgan ren ta to'lashning ta ’minlash usullaridan birinchisi  yer 

uchastkasi yoki boshqa ko'chmas mulk renta shartnomasi obyekti bo'lganda

www.ziyouz.com kutubxonasi




qoilanilsa,  ikkinchi va  uchinchi usullari  pul summ asi  yoki boshqa  ko'char 

mol-mulkni  renta  sifatida  berilganda  qo'llaniladi.

R enta  to io v c h i  Fuqarolik  K odeksining  516-m oddasi  2-qism ida 

nazarda  tutilgan  m ajburiyatlarni  bajarmasa,  shuningdek,  renta  oluvchi 

javobgar  boim aydigan  holatlarda  ta ’minlash  yo'qotilgan  yoki  ta ’m inlash 

sharoitlari  yom onlashgan  taqdirda  ren ta  oluvchi  ren ta  shartnom asini 

bekor  qilishga  yoki  shartnom a  bekor  qilinishi  tufayli  ko'rgan  zararning 

qoplanishini  talab  qilishga  haqli.

Renta  to'lash  sharti  bilan  yer  uchastkasi  yoki  boshqa  ko'chm as 

mol-mulk berilganida  renta  oluvchida renta  toiovchi  o'z m ajburiyatlarini 

bajarishini  ta ’m inlash  m aqsadida  bu   m ulkka  nisbatan   garov  h u q uq i 

v u ju d g a  kelishini  bayon  qilingan  edi.  B u n d ay   hollarda  O 'zbekiston 

Respublikasi  “G arov  to 'g 'risid a”  gi  qonunining  II  bobidagi  “Ip otek a” 

to'g'risidagi  qoidalar  amal  qiladi.

Odatda  ren ta  shartnom asiga  m uvofiq  ren ta   toiovchi  ren tani  pul 

summasi shaklida yoki boshqa shaklda to'lashi mumkin. Shartnom a bo'yicha 

to'lovlar  topshirilayotgan  mulkning  qiymatiga  m onand  ravishda  ko'p  yoki 

ozroq  bo'lishi ham  mumkin,  chunki bir necha yuz million so'mlik qiymatga 

ega boigan mulk bilan oddiy avtomobil uchun toianayotgan renta o'rtasida 

farq  bo'lishi  tabiiy  holdir.  Renta  bo'yicha  topshirilayotgan  mulk  uchinchi 

shaxslar  huquqlaridan  ozod  holda  bo'lishi  lozim.

Fuqarolik  Kodeksining  517-moddasi  renta  to'lashni  kechiktirganlik 

uchun  javobgarlikni  belgilovchi  qoidani  quyidagicha  belgilaydi;  ren ta 

to'lashni  kechiktirganlik  uchu n   ren ta  to io v c h i  re n ta   oluvchiga,  ag a r 

renta shartnomasida boshqacha foizlar miqdori nazarda tutilgan bo'lmasa, 

Fuqarolik  Kodeksining  327-moddasida  nazarda  tutilgan  foizlarni  to'laydi. 

Bu foizlar miqdori renta shartnomasining o'zida belgilab qo'yilishi mumkin. 

A gar  shartnom ada  m azkur  foizlar  belgilab  qo'yilm agan  boisa,  FKning 

327-moddasida  nazarda  tu tilgan   foizlar  tadbiq  etiladi.  Bunda  to'lovni 

renta  toiovchi  renta  oluvchi  yashaydigan  joyda,  ren ta  oluvchi  yuridik 

shaxs  boiganda  esa,  uning joylashgan  yerida  ren ta  toiovlarining tegishli 

qismi  to'langan  kunda  m avjud   b o ig an   bank  foizining  hisob  stavkasi 

bilan  belgilanadi.

Shuningdek,  renta  oluvchi  renta  toiovchi  o'z  m ajburiyatlarini  to'liq 

bajarib  kelayotgani  va  unga  nisbatan  hech  q an d ay   zararli  h a ra k a tla r 

qilmagan hollarda shartnom ani bir tomonlama  bekor qilishga  haqli.  Lekin 

bunday  hollarda  fuqarolik  qonunchiligining  um um iy  qoidalariga  asosan 

renta  oluvchi  renta  to'lovchining  talabiga  muvofiq,  u  tomonidan  qilingan 

barch a  x a ra ja tla r  (renta  to'lovi,  sh artn o m an i  tuzishdagi  x a ra ja tla r,

www.ziyouz.com kutubxonasi




shuningdek, ko'rsatgan xizmatlari va ren ta obyektini saqlash bilan bog'liq 

xarajatlar)  ni  to'lashga  m ajbur  bo'ladi.  Bunday  xarajatlam i  to'lash  renta 

obyektidan  olingan  sof  darom ad  hisobidan  re n ta   to'lovchi  foydasiga 

undirilishi  mumkin.

Yuqoridagi  huquqiy  belgilar  va  boshqa  xususiyatlariga  qarab  ren ta 

shartnom asini  boshqa  oldi-sotdi,  hadya,  mulk  ijarasi  shartnom alaridan 

o'xshash  va  farqli  jihatlarini  ko'rsatib  o'tish  mumkin.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish