Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2-§. D o im iy renta
Fuqarolik Kodeksining 518-moddasiga ko'ra, doimiy rentani faqat 
fuqarolar va notijorat tashkilotlari olishlari m um kin, basharti, bu hoi 
qonunga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos bo'lsa.
A gar qonunda yoki shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo'lmasa, doimiy renta shartnom asi bo'yicha ren ta oluvchining huquqlari 
Fuqarolik Kodeksi 518-moddasining 1-qismida ko'rsatilgan shaxslarga 
talabd an voz kechish yo'li bilan topshirilishi va vorislik bo'yicha yoki 
yuridik shaxslar qayta tashkil qilinganda boshqa shaxslarga o'tishi mumkin.
K o'p hollarda renta oluvchi ren ta obyekti bo'lgan m ulkning egasi
m u lk d o ri bo'ladi. O luv chinin g s u b y e k t yoshiga y e tm a g an lig i yoki 
m uom alaga layoqatsizligi sababli shartnom a ularning qonuniy vakillari 
yoki vasiy va homiylari tomonidan ham tuzilishi mumkin. Bunday hollarda 
shartnom a bo'yicha to'lovchi m ajburiyatlarining bajarilishini ham ular 
nazorat qilib turadilar. Doimiy ren ta uchinchi shaxslar foydasiga tuzilgan 
taq d ird a uchinchi shaxs ren ta oluvchi bo'lib ishtirok etadi va uning 
roziligisiz shartnom a bekor qilinishi va o'zgartirilishi m um kin emas.


Doimiy ren ta shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri 
ren ta oluvchi huquqlarining talab d an voz kechish y o ii bilan boshqa 
fuq aro va n o tijo ra t tashkilotiga to p shirilishi m um kinligi v a ush b u
huquqlarning vorislik bo'yicha yoki yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda 
boshqa shaxsga o'tishi mumkinligidir. Demak, doimiy renta shartnom asi 
subyektlar doirasida o'zgarishlar b oiish i mumkin. Agar ren ta oluvchi 
fuqaro boisa, u ren ta toiovchining roziligisiz renta olish huquqini boshqa 
shaxsga m eros qilib qoldirish yoki hadya qilish huquqiga ega boiadi. 
Notijorat y u rid ik shaxslar ham b u n d a y h uquqlardan foydalanishlari 
mumkin, lekin ren ta olish huquqining tijorat tashkilotlariga o‘tkazilishiga 
yo ‘1 qo'yilm aydi. B ordi-yu, n o tijo ra t tashkilotlari v aq t o‘tish i bilan 
tijoratchi tashkilotga aylansa ham qonun renta olish huquqini bermaydi. 
Bunday renta obyektini sotib olish dastlab renta to'lovchiga beriladi, aks 
holda, ren ta oluvchi re n ta to'lovchining shartnom a bo'yicha barcha 
xarajatlarni to'lab, shartnom ani bir tomonlama bekor qilish huquqiga 
ega bo'ladi. Shuningdek, renta oluvchida renta olish huquqini boshqa 
shaxsga o'tkazish huquqi ham saqlanib qolishi mumkin.
R enta to io v c h ila r sifatida m uom alaga layoqatli b o'lg an barcha 
fuqarolar va h a r qanday mulk shakliga asoslangan yuridik shaxslar ishtirok 
etishlari m umkin.
Doimiy ren ta pul bilan toianib, u ren ta to'lash sharti bilan topshirilgan 
m ol-mulkka o'xshash mol-mulkni ijaraga berishda qoilaniladigan mol- 
m ulkdan foydalanish haqining o 'rta c h a stavkasi doirasida shartnom a 
bilan belgilanadigan miqdorda, ren ta to'lash sharti bilan pul summasi 
topshirilganda esa Fuqarolik Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan 
bank foizining tegishli darajada joriy etilgan stavkasi doirasida bo'ladi.
S hartnom ada rentaning pul summ asiga teng qiymatdagi ashyolarni 
berish, ishlarni bajarish yoki xizm at ko'rsatish yo'li bilan h a m renta 
to'lash nazarda tutilishi mumkin.
A gar doimiy renta shartnom asida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo'lmasa, m ol-m ulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank 
foizi stavkasi o'zgarsa, to'lanadigan ren ta miqdori ham m utanosib ravishda 
o'zgaradi (FKning 519-moddasi).
Fuqarolik K odeksining 520-m oddasiga ko 'ra, ag a r shartno m ad a 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, doimiy renta yilning h ar bir 
kalendar choragi tugashi bilan to'lanadi.
Fuqarolik Kodeksida nazarda tutilgan qoidada doimiy ren ta yilning 
h a r bir kalendar choragi (har uch oy) tugashi bilan to'lanishi belgilangan. 
Am m o bu m u d d at taraflarning kelishuviga muvofiq shartnom ada o'zgacha


ta rtib d a h am begilanishi m um kin. D oim iy re n ta n i to 'la s h m u d d ati 
taraflarning kelishuviga muvofiq, h a r oyda yoki yil oxirida yoxud boshida 
ham to'lanishi mumkin.
Qonunda re n ta obyekti bo‘lgan y e r uchastkasi, korxo na, bino, 
inshoot va boshqa obyektlardan foydalanishda renta to ‘lovchiga hech 
qanday cheklashlar yo‘q. Lekin ren ta to'lovchi renta predm eti bo'lgan 
obyektdan ijara yoki qarz haqidagi u m u m iy qoidalarga am al qilgan 
holda foydalanishi lozim.
Doimiy rentani to'lovchi uni sotib olish yo'li bilan b u n d a n buyon 
renta to'lashdan bosh tortishga haqli. A gar ren ta to'lovchi re n ta to'lashdan 
bu tarzda bosh tortishini renta to'lashni to'xtatishidan kam ida uch oy 
oldin yoki shartnom ada nazarda tutilganidek, undan ham a w a lro q yozma 
ravishda m a’lum qilgan bo'lsa, bunday bosh tortish haqiqiy hisoblanadi. 
Agar shartnom ada sotib olishning boshqacha tartibi n azard a tutilgan 
bo'lmasa, renta to'lash majburiyati, ren ta oluvchi sotib olish sum m asining 
hammasini olib bo'lgunga qadar to'xtatilm aydi.
Shartnom aning doimiy ren ta to'lovchi uni sotib olish huquqidan 
voz kechishi to'g'risidagi sharti o'z-o'zidan haqiqiy emas.
S hartno m ada doimiy ren tan i sotib olish huquqini re n ta oluvchi 
hayotligida yoki sh artn o m a tu zilg an p a y td a n b oshlab o 'ttiz y ildan 
oshm aydigan m u d d at m obaynida am alga oshirib bo'lm asligi nazarda 
tutilishi m um kin (FKning 521-moddasi).
FKning 522-moddasida doimiy ren ta oluvchi renta obyektini renta 
to'lovchidan sotib olishi mumkin bo'lgan holatlar bayon qilingan:
1. Renta to'lovchi tomonidan shartnom a shartlariga xilof ravishda 
to'lov m uddati bir yildan ortiq m uddatga kechiktirilgan holatda.
2. Renta to'lovchi tomonidan rentani to'lash bo'yicha m ajburiyatlar 
buzilgan holatda.
3. Renta to'lovchi tomonidan ren ta shartnom asida belgilangan
miqdor va m uddatlarda to'lanmasligini keltirib chiqaradigan vaziyat
vujudga kelsa yoki renta to'lovchi to'lovga qodir em as deb topilsa.
4. Renta to'lash sharti bilan topshirilgan ko'chm as m ol-m ulk um um iy 
mulkka aylangan yoki bir necha shaxs o'rtasida taqsim langan holatda. 
Masalan: ren ta to'lash sh arti bilan topshirilgan uy-joy oila (er-xotin) 
mulkiga aylansa yoki ular o'rtasida taqsimlansa.
5. Shartnom ada nazarda tutilgan boshqa hollarda.
S h artno m ada ren ta oluvchining ehtiyojlarini t a ’m inlash m uhim
aham iyatga ega bo'lganligi uchun to'lovchi yuqoridagi holatlar bo'yicha 
sotib olishdan bosh tortsa, shartnom a bir tomonlama bekor qilinishi va


m ulk ren ta oluvchiga qaytarilishi lozim.
F u q a ro lik K od eksin in g 521-522-m oddalarida n azard a tu tilg a n
hollarda doimiy renta shartnom ada belgilangan bahoda sotib olinadi.
R enta to'lash sharti bilan mol-mulk haq evaziga topshirilgan doimiy 
ren ta shartnom asida sotib olish bahosi to‘g‘risida sh art boim aganida sotib 
olish yillik renta toiovlari summ asiga mos bahoda amalga oshiriladi.
R enta to ia sh sharti bilan mol-mulk tekinga berilgan doimiy renta 
shartnom asida sotib olish bahosi to‘g ‘risida shart boim aganida sotib olish 
bahosiga yillik renta to io v lari summasi bilan bir qatorda topshirilgan 
m ol-m ulkning o'xshash vaziyatlarda belgilanadigan bahosi ham qo‘shiladi 
(FKning 523-moddasi).
Fuqarolik Kodeksining 524-moddasida doimiy ren ta to iash sharti 
bilan ren ta toiovchiga topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boiishi 
yoki tasodifan buzilishi xavfi qaysi tarafda boiishligi bayon qilingan. 
Unga binoan agarda m ol-m ulk doimiy renta to ia s h sharti bilan bepul 
topshirilsa, m ol-mulkning tasodifan nobud boiishi yoki tasodifan buzilishi 
xavfi re n ta toiovchi zimmasida boiadi, ya’ni b unday holatda mol-mulk 
nobud b o isa yoki biron tarzda buzilsa, yuzaga kelgan zararning barchasini 
ren ta toiovchi o‘z zimmasiga olishi shart.
A g a r m ol-m ulk doim iy re n ta to ia s h s h a rti bilan haq evaziga 
to p s h irilg a n m o l-m u lk ta s o d ifa n nobud b o ig a n d a yoki taso d ifa n
b u z ilg a n d a to io v c h i r e n ta t o ia s h m ajb u riy a tin i tegishli rav ish d a 
to ‘x tatish n i yoki uni to ia s h shartlarini o‘zgartirishni renta oluvchidan 
talab qilishga haqli.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish