u qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra mulkdorning ixtiyoriga
o'tganidan keyingina ishonchli boshqaruvga topshirilishi mumkin (FKning
851-moddasi, 2-qism).
Am aliyotda mol-mulkni ishonchli boshqarish, asosan, ikki xildagi
obyektlar - ko'char va ko'chmas mulklarga nisbatan joriy qilinadi.
Ishonchli boshqaruvga berilayotgan obyektlar ichida
mulkiy majmualar
nisbatan amaliyotda ko'p uchraydL Ma’lumki, boshqa obyektlarga nisbatan
ushbu obyektlar mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga ko'proq foyda olish
imkoniyatini beradi.
Mol-mulkni ishonchli boshqaruv obyekti bo'lib faqatgina ashyolar
emas, balki alohida (mutlaq) huquqlar ham bo'lishi mumkin.
Bunday alohida huquqlar qatoriga intellektual mulk obyektlariga
nisbatan mulkiy huquqlar kiradi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish subyektlari
M ol-m ulkni ishonchli boshqarish shartnomasida subyekti sifatida
boshqaruvning muassisi, ishonchli boshqaruvchi
va foyda oluvchilar
ishtirok etadi.
Boshqaruvning muassisi - muayyan mol-mulkka ega bo'lgan, uni
boshqarish va undan daromad olishda ishonchli boshqaruvchi xizmatiga
ehtiyoji m avjud shaxs.
Ishonchli boshqaruvchi — muassis tomonidan o'ziga biriktirilgan
mol-mulkni boshqarish uchun tayinlangan fuqaro yoki yuridik shaxs.
Foyda oluvchi - mol-mulkni ishonchli boshqarish natijasida olingan
daromadni o'ziga berilishini talab qiluvchi va unga egalik qiluvchi shaxs.
Shartnomada muassis bilan foyda oluvchi (fuqaro bo'lganda) bir shaxs
bo'lishi mumkin.
Fuqarolik qonun hujjatlariga asosan quyidagilar mol-mulkni ishonchli
boshqarish muassislari bo'ladilar:
mol-mulkning egasi;
meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga um rbod egalik qilish
huquqiga ega bo'lgan shaxs;
vakolatli davlat organi davlat mulki bo'lgan
mol-mulkka nisbatan;
mol-mulkka xo'jalik yurituvi huquqi asosida egalik qiladigan korxona
- mulkdorning ruxsati bilan;
qonunda nazarda tutilgan hollarda - notarius, vasiylik va homiylik
organi, sud yoki boshqa vakolatli organ (FKning 852-moddasi 1-qism).
Quyidagilar ishonchli boshqaruvchi bo'lishlari mumkin:
fuqaro;
yuridik shaxs (FKning 852-moddasi, 2-qism).
Mol-mulk davlat organiga ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin
emas. Ishonchli boshqaruvchi faqat o'z roziligi bilangina tayinlanishi
mumkin. Ishonchli boshqaruvchidan tashqari
har qanday shaxs foyda
oluvchi bo'lishi mumkin (FKning 852-moddasi, 3-qism).
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining shakli.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
K o'chm as mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi ko'chmas
mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shar tnoma uchun nazarda
tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Ko'chmas mulkka egalik huquqining
boshqa shaxsga o'tishi qaysi tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilsa, bu
m ulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat
ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki ko'chmas
mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni ro'yxatga olish talabiga rioya
qilmaslik, uning haqiqiy boim asligini keltirib chiqaradi (FKning 854-
moddasi).
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 853-moddasi talabiga ko'ra,
m ol-m ulkni ishonchli boshqarish shartnomasida
quyidagilar nazarda
tutilishi kerak:
shartnoma bo'yicha ishonchli boshqarishga beriladigan mol-mulk
ro'yxati;
foyda oluvchi to'g'risidagi ko'rsatma;
ishonchli boshqaruvchining hisobotlar taqdim etish muddatlari;
ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda mol-mulkni oladigan
shaxs;
agar haq toiash shartnomada nazarda tutilgan b o isa , ishonchli
boshqaruvchiga toianadigan haqning miqdori va shakli.
Mazkur sanab
o'tilgan shartlar bo'lmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
M ol-m ulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq
boim agan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom
boiga n ida taraflardan birining shartnomani bekor qilish to'g'risidagi
arizasi bo'lmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar
asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar
uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng k o'p muddatlari
belgilab qo'yilishi mumkin.
Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk boshqaruv muassisining
boshqa
m ol-mulkidan, shuningdek, ishonchli boshqaruvchining m ol-
mulkidan ajratiladi. Ushbu mol-mulk ishonchli boshqaruvchida alohida
balansda aks ettiriladi va u bo'yicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli
boshqaruv bilan b o g iiq faoliyat bo'yicha hisob-kitob yuritish uchun
alohida bank hisobvarag'i ochiladi.
B oshqaruv muassisining qarzlari bo'yicha
undiruvni u ishonchli
boshqarishga topshirgan mol-mulkka qaratishga y o‘l qo'yilmaydi, ushbu
shaxs nochor (bankrot) bo'lgan hollar bundan mustasno. Boshqaruv muassisi
bankrot bo'lganida, ushbu mol-mulkni ishonchli boshqarish bekor qilinadi
va u kimoshdi savdosiga qo'yilgan mol-mulkka qo'shib yuboriladi (FKning
855-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: