Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Vositachilik shartnomasining bekor boiishi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4. Vositachilik shartnomasining bekor boiishi
Vositachilik shartnomasi quyidagi holatlarda bekor boiishi mumkin:

komitent shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;

vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;

vositachi vafot etganligi, u m uom alaga layoqatsiz, layoqati 
cheklangan, bedarak y o‘qolgan deb topilganligi;
-
vositachi nochor deb topilganligi oqibatida bekor qilinadi (FKning 
845-moddasi). Shuningdek, m uddati k o ‘rsatilib tuzilgan vositachilik 
shartnomasining muddati tugashi va shartnoma yuzasidan taraflarning 
har ikkisi, ya’ni, vositachi va komitent o‘z zimmasiga olgan huquq va 
majburiyatlarining ijro etishlari bilan ham shartnoma bekor bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari, vositachilik topshirig'ining komitent tomonidan 
bekor qilinishi (FKning 843-moddasi), vositachilik topshirig'ini bajarishdan 
bosh tortishi (FKning 844-moddasi) tufayli ham vositachilik shartnomasi 
bekor boiishi mumkin.
Shartnomani bir tomonlama bekor qilishning quyidagi to'rt turini 
ajratish mumkin:
1. Komitent shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;


2. Vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortganligi; 
/
3. Vositachilik topshirig'ining komitent tomonidan bekor qilinishi;
4. Vositachilik topshirig'ini bajarishdan bosh tortlshi.
Komitent vositachiga bergan topshirig'ini istagan vaqtida bekor 
qilib, vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Bunda 
vositachining topshiriq bekor qilinishi munosabati bilan ko'rgan zarari 
umumiy asoslarda qoplanadi.
Vositachilik shartnomasi amal qilish muddati ko'rsatilmagan holda 
tuzilgan taqdirda kom itent shartnomani bekor qilishi haqida, agar 
shartnomada xabar qilishning uzoqroq muddati nazarda tutilgan bo'lmasa, 
kamida o ‘ttiz kun oldin vositachini xabardor qilishi shart. Bunday holda 
komitent vositachiga u shartnoma bekor qilinguncha tuzgan bitimlar 
uchun haq to'lashi, shuningdek, vositachi shartnoma bekor bo'lgunicha 
qilgan xarajatlarni to‘lashi shart
Topshiriq bekor qilingan taqdirda komitent vositachi ixtiyoridagi 
o'z mol-mulkini vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, bordi- 
yu bunday muddat belgilanmagan bo'lsa, darhol tasarruf etishi shart. 
A g a r k om itent bu m a jb uriyatn i bajarm asa, vositachi m ol-m ulkni 
kom itent hisobidan saqlab qo'yishga topshirishga yoki uni komitent 
uchun iloji boricha foydali bahoda sotishga haqli (FKning 843-moddasi).
Yuqorida aytib o'tganimizdek, vositachining topshiriqni bajarishdan 
bosh tortishi natijasida ham shartnoma bekor qilinishi mumkin. Biroq 
vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, 
vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli emas, shartnoma 
amal qilish m uddati ko'rsatilmasdan tuzilgan hollar bundan mustasno. 
B unday holda vositachi kom itentga shartnomani bekor qilishi haqida, 
agar xabar qilishning uzoqroq m uddati shartnomada nazarda tutilgan 
bo'lm asa, kamida o'ttiz kun oldin xabar berishi shart.
Vositachi komitentning mol-mulki saqlanishini ta’minlash uchun zarur 
chora-tadbirlarni ko'rishi shart.
Vositachi topshiriqni bajarishdan bosh tortayotganligi haqida xabardor 
q ilin g a n k o m ite n t v o s it a c h in in g to p s h ir iq n i b a ja rish d a n b osh
tortayotganligi haqida bildirishnom a olgan kundan e ’tiboran, agar 
shartnomada boshqa muddat belgilangan bo'lmasa, o'n besh kun ichida 
v osita ch i ixtiy orid a g i o 'z m ol-m u lk in i tasarru f etishi shart. A g a r 
komissioner ushbu m ajburiyatni bajarmasa, vositachi yo m ol-mulkni 
saqlab qo'yishga topshirishga yoki uni komitent uchun iloji boricha foydali 
bahoda sotishga haqli.
A gar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo'lmasa, topshiriqni bajarishdan bosh tortgan vositachi shartnoma bekor


qilinguncha o'zi tuzgan bitim lar u ch u n vositach ilik haqi olishga, 
shuningdek, shu paytga qadar qilgan xarajatlarining qoplanishiga bo'lgan 
huquqini saqlab qoladi (FKning 844-moddasi).
Komitent shartnomani bajarishdan bosh tortishi natijasida shartnomaning 
bekor bo'lishi Fuqarolik kodeksining 846-moddasida berilgan. Unga ko'ra, 
kom itent m uddati ko'rsatilm ay tuzilgan vositachilik shartnom asini 
bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli b o 'lib , bu haqda 
vositachini, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan bo'lmasa, 
kamida o'ttiz kun oldin xabardor qiladi.
Bunday holda komitent vositachilik shartnomasi bekor qilinganga 
qadar tuzgan bitimlari uchun vositachiga haq to'lashi, shuningdek, vositachi 
shartnoma bekor bo'lguncha qilgan xarajatlarni unga to'lashi shart.
K om itent vositachilik shartnom asini bajarishdan bosh tortgan 
taqdirda Fuqarolik k(xieksi 844-moddasining uchinchi qismida nazarda 
tutilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
Vositachi muddati ko'rsatilmasdan tuzilgan vositachilik shartnomasini 
bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli b o 'lib , bu haqda 
komitentni, agar xabardor qilishning uzoqroq m uddati shartnomada 
ko'zda tutilgan bo'lmasa, o'ttiz kundan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
Bunday holda vositachi o'z ixtiyoridagi komitentning m ol-m ulki 
to'liq saqlanishi uchun choralar ko'rishi shart. Kom itent vositachilik 
shartnomasi bekor bo'lgunicha vositachining ixtiyoridagi m ol-m ulkni 
tasarruf qilishi shart. Agar u mana shu majburiyatni bajarmasa, vositachi 
yo m ol-m ulkni kom itent hisobidan saqlashga topshirishga yoki uni 
komitent uchun mumkin qadar foydali bahoda sotishga haqli.
Vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortgan vositachi vositachilik 
haqini olish hamda shartnoma bekor bo'lgan paytda o'ziga tegishli bo'ladigan 
xarajatlarni undirib olish huquqiga ega (FKning 847-moddasi).
Fuqaro vafot etgan yoki vositachi yuridik shaxs tugatilgan taqdirda 
vositachilik shartnomasi bekor qilinadi.
Vositachi yuridik shaxs qayta tashkil etilganida uning vositachi sifatidagi 
huquq va majburiyatlari, basharti qayta tashkil etish yuz berganligi haqidagi 
ma’lumotni olgan kundan boshlab o'ttiz kun ichida komitent shartnomani 
bekor qilganligi haqida xabar bermasa, qonuniy vorislarga o'tadi.
Komitent fuqaro vafot etgan, u muomalaga layoqatsiz yoki layoqati 
cheklangan deb topilgan taqdirda, shuningdek, komitent yuridik shaxs 
tugatilgan taqdirda vositachi o'ziga berilgan topshiriqni komitentning 
m erosxo'rlaridan yoki h u qu qiy vorislaridan (vakillaridan) tegishli 
ko'rsatmalar kelguncha bajarib turishi shart (FKning 848-moddasi).



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish