ekologik ekspertizani o`tkazish tartibi to`g`risidagi me'yoriy hujjatlarida
belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi
“
Ekologik ekspertiza to`g`risida
”
gi qonunning 3-
moddasiga asosan ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o`tkaziladi:
-
mo`ljallanayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to`g`risida
qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik
talablarga
muvofiqligini aniqlash;
-
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyat
atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog`lig`iga salbiy ta'sir ko`rsatishi
mumkin bo`lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
-
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
bo`yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosligini aniqlash.1
Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va aholining hayoti
va sog`lig`iga xavfli va zararli ishlab chiqarish va xo`jalik obyektlarining
ta'sirlarini oldini olish, bartaraf etish bilan bog`liq preventiv chor-tadbirlarni
amalga oshirishdan iboratdir.
Ekologik ekspertizasi muhim va murakkab faoliyat turi sifatida
quyidagi umumiy va o`ziga xos tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
-
qonuniylik;
-
ekologik ekspertizaning mustaqilligi;
-
oshkoraligi;
-
ilmiy-texnikaviy asosliligi;
-
ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi;
-
har qanday rejalashtirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol
tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi;
-
xo`jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va aholining sog`lig`iga
ta'sirini baholashning keng ko`lamli va keng qamrovliligi
-
ekologik ekspertizani o`tkazishda jamoatchilikning qatnashishi va boshqalar.
Ushbu tamoyillar muhim ahamiyatga ega bo`lib, ekologik ekspertizasini
o`tkazishning samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Xususan, qonuniylik
tamoyili
–
ekspertizani tayinlash, o`tkazish, xulosa berish bilan bog`liq barcha
jarayen belgilangan qonunchilik hujjatlari qoidalariga mos ravishda o`tkazishni
talab etadi. Mustaqillik tamoyili
–
birinchidan, ekspertizani idoralardan ustun
turuvchi davlat organi tomonidan o`tkazishni, ikkinchidan, ekologiya ekspertizani
o`tkazish jarayonida boshqa davlat organi, mansabdor shaxs va fuqarolarning
aralashuviga, tazyiq o`tkazishiga yo`l qo`ymasligini ta'minlaydi.
Demokratik
tamoyillardan
biri
hisoblangan
oshkoralik
ekspertiza
xulosalarining aholining keng qatlamlariga yetkazishni taqozo etadi.
Loyihalashtirilayotgan ishga tushirilayotgan, ishlab chiqarish jarayonini
amalga oshirayotgan zavod, fabrika va boshqa texnologiya uskunalarining
ekologik talablarga mosligini faqatgina ilmiy-texnikaviy jixatdan asoslangan
malakaviy xulosa bilan ta'minlash mumkin.
Ekspertiza obyekti sifatida qoralayotgan loyihalarga baho berishda atrof
1
O`zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonuni, Xalq so`zi. Gazetasi. 7 iyun. 2000 yil.
tabiiy muhit barqarorligi, aholining sog`lig`i va hayotiga ta'sir ko`rsatuvchi
omillarga e'tibor berish ustunligini ko`zda tutadi.
Navbatdagi tamoyil ham ekologik ekspertizasining o`ziga xos tamoyillaridan
biri bo`lib, har bir xo`jalik va ishlab chiqarish obekti belgilangan tartibda
o`tkazilgan ekspertiza xulosasi asosidagina ekologik jihatdan xavflilik darajasi
aniqlanadi.
Ekspertiza natijalari to`g`ri, odilona bo`lishi uchun biologik, kimyoviy,
fizikaviy, texnologik, demografik, agro-ekologik, iqtisodiy va boshqa jabhalardagi
bilimlarni jamlagan holda keng qamrovli ijodiy mehnat mahsuli bo`lishi va
tekshirilayotgan obyektga nisbatan real, obyektiv baho berilishi kerak.
Ekologik ekspertizaning muhim tamoyillardan biri sifatida ushbu jarayonda
nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning ishtiroki bo`lib, ekologik
ekspertizaning ommaviy va adolatli bo`lishini ta'minlaydi.
Shunday qilib, ekologik ekspertiza ushbu tamoyillarga qat'iy rioya
etilgandagina, har bir obyektga nisbatan xolisona, keng qamrovli, adolatli,
qonuniy, mustaqil va obyektiv xulosa berish mumkin.
Ekologik ekspertiza jarayonida turli shakldagi quyidagi usullardan
foydalangan holda ko`zda tutilgan maqsadga erishiladi:
-
ma'lumotlar to`plash
–
ekspertizadan o`tayotgan muayyan obektga tegishli
bo`lgan barcha axborot, ma'lumotlarni yig`ish va to`plash;
-
umumlashtirish
–
obekt haqidagi to`plangan iqtisodiy, texnologik, ekologik,
gidrologik kimyoviy va boshqa ma'lumotlarni o`z yo`nalishlari bo`yicha
ma'lum tizimga
keltirish;
-
tahlil qilish
–
umumlashgan ma'lumotlar bankini o`z yo`nalishi va xususiyatlari
bo`yicha alohida o`rganish, tasniflash;
-
Baholash
–
ekspertiza o`tkazilayotgan obekt yo`nalishlari, bo`limlari, tashkil
etuvchi qismlari bo`yicha xavfli va
zararlik darajasini aniqlash;
-
Xulosa berish
–
ekspertiza o`tkazilayotgan obektning ekologik jihatdan zararli
yoki zararsiz, xavfli yoki xavfsiz, ekologik qoida-talablarga mos keladi yoki
ushbu qoidalarga
zid ekanligi haqida yakuniy, adolatli, obektiv xulosaga kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: