Toshkent davlat transport universiteti ‘Yo’l transport xodisalari taxlili ” fani bo’yicha Mustaqil ish Mavzu


-modda. Sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda protsess ishtirokchilarining hozir bo‘lishi



Download 31,78 Kb.
bet10/13
Sana27.05.2022
Hajmi31,78 Kb.
#611392
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Qamar YTX taxlili

22-modda. Sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda protsess ishtirokchilarining hozir bo‘lishi
Sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda protsessual qonunda protsessning qaysi ishtirokchilariga sud ekspertizasini o‘tkazishda hozir bo‘lish huquqi berilgan bo‘lsa, o‘sha ishtirokchilar hozir bo‘lishi mumkin.
Sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan protsess ishtirokchilari tekshirishlar jarayoniga aralashishga haqli emas, lekin sud ekspertidan u tomonidan qo‘llanilgan tekshirish usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilishi, sud ekspertiga tushuntirishlar berishi mumkin.
Sud eksperti tomonidan xulosa tuzilayotganda, shuningdek, agar sud ekspertizasi sud ekspertlari komissiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, sud ekspertlarining maslahatlashuvi va fikrlarni shakllantirish bosqichida protsess ishtirokchilarining hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan protsess ishtirokchisi sud ekspertiga xalaqit bersa, u tekshirishni to‘xtatishga va mazkur protsess ishtirokchisining sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishiga doir ruxsatini bekor qilish haqida sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) iltimos qilishga haqli.
23-modda. Sud ekspertining xulosasi (xulosa)
Sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tekshirishlarni o‘tkazib bo‘lganidan keyin tegishincha sud eksperti yoxud sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir sud eksperti imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Xulosada:
sud ekspertizasi o‘tkazilgan sana va joy;
sud ekspertizasini o‘tkazish asosi;
sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) to‘g‘risida ma’lumotlar;
sud eksperti (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va sud ekspertizasini o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqida ma’lumotlar;
bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun sud eksperti jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi;
sud ekspertining oldiga qo‘yilgan savollar;
sud ekspertiga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari;
sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotlar;
qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar sud ekspertlari komissiyasi ishlagan bo‘lsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi;
tekshirish natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar;
ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va sud ekspertining tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar ko‘rsatilishi lozim.
Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) talabiga binoan ishga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi.
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki sud ekspertining maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida ma’lum bo‘lib qolsa, xulosa ayrim qo‘yilgan savollarga javob berishni rad etish asosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Tekshirish tugaganidan so‘ng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi.

Download 31,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish