Toshkent davlat transport universiteti iqtisodiyot fakulteti



Download 452 Kb.
bet1/12
Sana23.07.2022
Hajmi452 Kb.
#843679
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tursunov Nodir BHA-43 Guruh 1 Xisobot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI



YOZGI ISHLAB CHIQARISH AMALYOT HISOBOTI

Bakalavriat yo‘nalishi:5230900-Buxgalteriya hisobi va audit


(Temir yo‘l transporti)

Bajaruvchi: BHA-43 gurux talabasi:


Tursunov N.M
Amalyot raxbari: Djumanova A.B

TOSHKENT-2021
MUNDARIJA



Ish mazmuni

Bet

1
Amaliyot obyekti bilan tanishish.

4


2

Korxonaning xo’jalik vositalari bilan tanishish

8

3

Korxonada ko’llaniladigan buxgalteriya hisobi, hisob-varaqalari rejasi

10

4


Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etilgan shakli va hisob registrlarining asosiy turlari

12

5

Hujjatlarni aylanishi Korxonadagi statistik hisobotlar shakllarini o’rganish (1M, 2M, 3M, 2-invest)

15

6

Amaliyot obyektining tuzilmasi, mehnat va ish haqi hisobiniga doir me’yoriy-xuquqiy hujjatlar bilan tanishish.

21

7

Amaliyot obyektida mehnat va ish haqi hisobini tashkil etishi

22

8

Amaliyot obyektida mexnat haqi yuzasidan hisob-kitoblarning sintetik hisobi.

27

9

Asosiy vositalarning analitik hisobi

33

10

Asosiy vositalarning sintetik hisobi

33

11

Asosiy vositalarning inventarizatsiya qilish tartibi

39

12

Korxonada qo’llanadigan buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish dasturi bilan tanishish “1C. Предприятие” amaliy dasturi

41


Kirish
Andijon mexanika zavodi” SHK: bir yilda 100 dona sisterna qurilib, 450 dona turli yuk vagoni kapital ta'mirlanmoqda.
Ma'lumki, temir yo'l transportida asosiy daromad yuk tashish va tranzit imkoniyatlariga bog'liq. Shu maqsadda talab va ehtiyojga ko'ra sohada ko'p turdagi yuk vagonlarni qayta ta'mirlash hamda yangi vagonlarni qurish uchun tarmoq tasarrufidagi korxonalarda keng ko'lamli modernizatsiya ishlari olib borildi. Natijada mamlakatimiz hududida turli qurilish hamda neft va benzin mahsulotlarini tashish uchun yangi sisternalar qurilib foydalanishga topshirildi. Bu vazifalarni bajarishda “O'ztemiryo'lmasht'amir” unitar korxonasi tarkibidagi “Andijon mexanika zavodi” sho''ba korxonasi jamoasining ham munosib hissasi bo'ldi. 2002 yili ushbu zavodda vagon sisternalarni qurishga kirishilgan bo'lsa, oradan bir yil o'tib, MDHda uchinchi bo'lib shu turdagi vagonlarni ishlab chiqarishga guvohnoma olindi. Bu bilan O'zbekiston temir yo'llarida og'ir mashinasozlikka asos solindi. Birin-ketin tarmoq korxonalari usti yopiq, yarim vagon va vagon xopper hamda turli rusumdagi sisternalarni ishlab chiqarish uchun xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishdi.
So'nggi yillarda malakali mutaxassislardan iborat jamoa xodimlari nafaqat o'zimizdagi, balki qo'shni davlatlardagi yuk vagonlarini ham modernizatsiya qilib, xizmat ko'rsatish muddatini 16 yilgacha uzaytirib berishmoqda. Xususan, 2017-2018 yillarda Turkmaniston temir yo'l vazirligi bilan 100 dona platformani sement tashish vagonlariga modernizatsiya qilish va 100 dona neft` mahsulotlarini tashuvchi vagonlarni ta'mirlab, yaroqlilik muddatini 16 yilgacha uzaytirish bo'yicha shartnomalar imzolangan edi. O'tgan qisqa muddatda ushbu vazifalar 100 foizga bajarildi.
Korxona tarixiga qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, o'tgan chorak davr mobaynida “Andijon mexanika zavodi” sho''ba korxonasi ko'p jabhalarda taraqqiy etdi, ishlab chiqarish sexlari kengayib, butunlay yangi va zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlandi. Natijada 15-9721 rusumli neft mahsulotlarini tashishga mo'ljallangan yangi 4 o'qli vagon-sisternalarni yangisini ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yilib, hozirga qadar har yili 50-100 donada 4 o'qli vagon-sisterna qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Shu bilan birga 2003 yildan boshlab vagon-sisternalarni xizmat muddatini 16 yilga uzaytirish ham yo'lga qo'yilib, jamoamiz tomonidan har yili belgilangan rejaga asosan 140 dona vagon-sisterna ta'mirdan chiqarish quvvatiga ega bo'ldi. 2004-2005 yillarda korxonada o'zimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobilarni tashishga mo'ljallangan yuk vagonlari ishlab chiqarildi.
Bugungi kunda “Andijon mexanika zavodi” sho''ba korxonasi neft mahsulotlarini tashuvchi yangi yuk vagonlari qurish, yopiq va yarim yuk vagonlarini kapital ta'mirlash yo'li bilan xizmat muddatini 11 va 16 yilga uzaytirish, sement va mineral tashuvchi vagonlar, platformalarni ta'mirlash va modernizatsiyalash yo'li bilan modelini o'zgartirish, respublikaning korxona va vazirliklari uchun metall konstruktsiyalar va import mahsulotlari o'rnini bosuvchi 78 turdagi ehtiyot qism va mahsulotlar ishlab chiqarish vazifasini amalga oshiradi. Zavod 2006 yilda xalqaro standartlash “ISO 9001-2000” sifat menejmenti xamda “OHSAS” texnika xavfsizligi tizimini qo'lga kiritgan. 2007 yilda esa 13-401 rusumli vagon platformalarini sement tashish uchun bunker tipidagi vagonga o'zgartirish bo'yicha yangi loyiha ishlari amalga oshirilib, korxonada jami 280 dona yopiq turdagi sement tashuvchi vagonlar ishlab chiqarildi. 2007-2008 yillar korxonada yana bir kimyoviy yuklar tashishga mo'ljallangan yangi 15-9724 rusumli vagon-sisterna yaratilib, buyurmaga asosan Qozog'iston Respublikasi hamda Novoiy kon-metallurgiya kombinatiga yetkazib berildi. 2011 yil hukumatimiz topshirig'iga ko'ra korxonada Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi buyurtmasiga asosan konteyner-sisterna loyihasi yaratilib, ishlab chiqarishga tadbiq qilindi va foydalanish uchun yetkazib berildi.

Shuningdek, kimyoviy yuklarni tashishga mo'ljallangan yangi 15-9724 rusumli vagon-sisternalarni xizmat muddatini uzaytirib, ta'mirlash yo'lga qo'yildi. 2014 yilda 100 dona ichimlik suvini tashuvchi sisterna ham ishlab chiqarilgan va iste'molchilarga yetkazib berilgan. Korxonada 2014 yilda yangi yarim ochiq vagonlar va ichimlik suvini tashishga mo'ljallangan 3,5 metr kub sig'imga ega maxsus sisternalarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan bo'lib, 2016 yilda 155 dona, 2017 yilda 95 dona yarim ochiq vagonlar ishlab chiqarildi.


Zavod rahbariyati va mutaxassislari erishilayotgan bu yutuqlar bilan to'xtab qolmoqchi emas, belgilab olingan rejaga ko'ra zavodda ishchi-xodimlar oyligini yanada oshirish, ishlab chiqarish sharoitlarini yuqori darajada ko'tarish bo'yicha zavodni mukammal rekonstruktsiya kilish loyihasini 2020 yil davlat dasturiga kiritish, yangi turdagi vagonlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish hamda qo'shni davlatlar bilan hamkorliklarni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish ko'zda tutilgan.
Axborot-tahliliy media markazi





  1. Amaliyot obyekti bilan tanishish

Andijon mexanika zavodi “O’ztemiryo’lmashta’mir” unitar korxonasining tarkibiga kirib, uning sho’’ba korxonasi hisoblanadi.


Andijon mexanika zavodi 1987 yilda tashkil qilingan bo’lib bitta korxonaga birlashgan ikkita zavoddan tashkil topgan. Umumiy maydoni 36.5 ga ni tashkil etadi. Shundan 7.66 ga Andijon shaxrida va 28.84 ga Paxtaobod filialida.
Zavodning bosh binosi Andijon shahrida joylashgan bo’lib yopiq vagonlarni ta’mirlash uchun yog’och materiallarni qayta ishlash, ehtiyot qismlar, nostandart jixozlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan majmuaviy ishlab chiqarish va xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish bo’linmalaridan iborat.
Zavodning tuzilmaviy bo’limlari quyidagicha:
1-mexanika yig’uv stexi;
2-mexanika yig’uv stexi;
temir presslash stexi;
yog’och qayta ishlash stexi;
yordamchi bo’linmalari, ya’ni isitish bo’limi, kompressor stexi, transport uchastkasi, mexanika-ta’mir uchastkasi, ishlab chiqarishni tayyorlash guruhi, elektriklar guruhi va qurilish-ta’mirlash uchastkalari mavjud.
Andijon mexanika zavodining tarkibidagi ikkinchi zavod Paxtaobod filiali hisoblanadi. Uning tarkibiga:
1-vagon ta’mir stexi;
2-vagon ta’mir stexi;
g’ildirak-rolik stexi;
avtonazorat punkti;
zarbli-tortish qurilmalari va aravachalarni ta’mirlash stexi kiradi. Shuningdek filialda suvoqchilik uchastkasi, mexanik-tayyorlash uchastkasi ham mavjud.
Filialning yordamchi bo’limlari:
-isitish xonasi, kompressor bo’limi, transport bo’limi, mexanik-ta’mir uchastkasi, elektriklar guruhi va ta’mirlash-qurilish uchastkalari.
Zavod faoliyatini temir yo’l tarkiblari uchun butlovchi detallar, ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish bilan boshlagan.
1988 yildan boshlab yuvaish mashinalari, g’ildirak juftliklari detallari, vagon yuvish mashinalaini tayyorlashni, shuningdek vagon deposi uchun detallarni, yuk vagonlari uzellari ta’mirlash uchun nostandart jixozlarni tayyorlashni o’zlashtirdi.
1990 yildan boshlab zavodda vagonlar va lokomotivlar uchun ko’tarish mexanizmlari(domkratlar, skatapod’emnik)ni tayyorlash boshlandi.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng “O’zbekiston temir yo’llari” DATKning yuk vagonlarini ta’mirlashga bo’lgan talabini qondirish maqsadida yuk vagonlarini tiklash va ta’mirlash ishlarini bajarish zaruriyati paydo bo’ldi. DATK rahbariyati tomonidan zavodning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish qarori qabul qilindi. Zavodning muhandis-texnik xodimlari va mutaxassislari tomonidan 1993 yilda zavodning Paxtaobod filialida yuk vagonlarini ta’mirlashga ishlab chiqarishni tayyorlash ishlari boshlandi. 1993 yildan 2003 yillarda yuk vagonlarining xizmat muddatini uzaytirish, shuningdek rangsiz neft mahsulotlarini tashish uchun stisternalar, yangi vagonlar qurish bo’yicha texnologiyalar, yaratildi va amaliyotga tadbiq qilindi.


  1. Download 452 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish