O‘ZBEКISTON RESPUBLIКASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Abu Rayhon Beruniy nomidagi TOSHКENT DAVLAT TEXNIКA UNIVERSITETI
OLIY MATEMATIKA
Ehtimollar nazariyasi va matema- tik statistika bo‘yicha
mustaqil ishlarni bajarish uchun qo‘llanma
Toshkent 2013
OLIY MATEMATIKA. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo‘yicha mustaqil ishlarni bajarish uchun qo‘llanma.
R.R. Abzalimov, G.R. Abdurahmonov, A.S. Holmuhamedov.
Toshkent davlat texnika universiteti. 2013.
O‘quv- uslubiy qo‘llanma ehtimollar nazariyasi va matematik sta- tistika bo‘yicha mustaqil ish masalalaridan iborat. Nazariy ma’lumotlar va namuna uchun masalalar yechimi ko‘rsatilgan. O‘quv- uslubiy qo‘llanma oliy texnika o‘quv yurtlarining bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, bu o‘quv- uslubiy qo‘llanmadan oily texnika o‘quv yurtlarining professor- o‘qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-uslubiy kengashining qaroriga muvofiq chop etildi.
Taqrizchilar: A. Djamirzayev-O‘z.MU, f.-m.f.n. dotsent;
E. Esonov- Tosh. DTU, f.-m.f.n. dotsent.
© Toshkent davlat texnika universiteti – 2013.
So‘z boshi.
Zamonaviy kadrlarni yetishtirish borasida respublikamiz oliy ta‘limi tizimida tub o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga sabab,
«Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonun va «Кadrlar tayyorlash milliy dastu- ri»ning qabul qilinishi va ularda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini xalq xo‗jaligiga tatbiq qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan uzviy bog‗liq еkanligining aniq ko‗rsatilishidir.
Bundan shunday xulosa chiqarish kerakki, hozirgi zamonda fun- damental fanlar bilan bir qatorda ularning tatbiqiga bag‗ishlangan maxsus kurslarni ko‗proq o‗qitish dolzarb masalalardan biri bo‗lib qoladi.
«Еhtimollar nazariyasi va matematik statistika» maxsus kursi oliy matematikaning tatbiqiy bo‗limlaridan biri bo‗lib, uning mavjud qo- nuniyatlarini ma‘lum darajada bilish, tasodifiy holatlarni hisobga ol- gan holda mantiqiy xulosalar chiqarish va mavjud vaziyat uchun op- timal yechimlarni topa olishga imkon yaratadi.
O‗quv uslubiy qo‗llanma oliy matematikaning ehtimollar naza- riyasi va matematik statistika bo‗limi bo‗yicha mustaqil ish masalala- ridan iborat. Nazariy ma‘lumotlar va namuna uchun masalalar yechi- mi ko‗rsatilgan. Talabalar mustaqil yechishlari uchun shahsiy varian- tlar yetarlicha keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |