Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali


O‘qitishning usullari va texnikasi



Download 278,5 Kb.
bet10/10
Sana14.02.2022
Hajmi278,5 Kb.
#448023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5 Йўналишга кириш фан дастури лотин копия 4

O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari, amaliy ishlar.
O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot xamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini taxlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta kurinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baxolash: O‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriklari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baxolanadi.
Yo‘nalishga kirish ” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, elektron darsliklardan foydalaniladi. Ayrim mavzular buyicha talabalar bilimini baxolash test asosida bajariladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, ёзма hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.

  1. Asosiy nazariy qisim (ma’ruza mashg‘ulotlari)



1-modul. Fanga kirish. Ta’lim yo‘nalishi haqida tasavvur hosil qilish
1-mavzu: Kirish. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tarixi.Kirish. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va Termiz filiali tarixi. Fanning maqsad va vazifalari. Ta’lim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni va kadirlar tayyorlash milliy dasturi. «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» (kimyo, neftkimyo va oziq-ovqat sanoati) ta’lim yo‘nalishining malaka talablari bilan tanishuv. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasidagi Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, hududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari.
Ta’lim yo‘nalishining malaka talablari. Respublikamizda sohadagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar. Sohaning hududiy muammolari va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari.
Qo’llaniladigan ta’lim tenologiyalari: Ma’ruza, klaster, baliq skleti, muommoli ta’lim
Adabiyotlar: A5; A6; Q1; Q5; Q6; Is1
2-modul. O‘lchashlarning texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdagi roli haqida ma’lumotlar
2-mavzu: O‘lchashlar haqida ma’lumot. O‘lchash usullarining tasnifi. O‘lchash vositalari va ularning tasnifi, xatoliklari.O’lchash. O’lchashlar haqida. O‘lchash usullari. O‘lchash vositalari. O‘lchash xatoligi Boshqarish tizimlari. Avtomatik rostlash. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan vositalar. Texnologik jarayonlarning turlari. Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
Qo’llaniladigan ta’lim tenologiyalari: Ma’ruza, klaster, aqliy hujum, baliq skleti, blits-so’rov, munozara
Adabiyotlar: A7; A8; Q5; Q8
3-modul. Avtomatik rostlash tizimlari haqida tushunchalar
3-mavzu: Avtomatik rostlash tizimlarining ishlash prinsiplari haqida ma’lumot. Texnologik jarayonlarni avtomatik rostlash va rostlashning vazifalari. Avtomatik rostlashga misollar (harorat, bosim, sarf, sath bo‘yicha).
Rostlash tizimlarining ishlash prinsiplari. Avtomatik rostlash va rostlashning vazifalari. Avtomatik rostlashga misollar. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan boshqaruv tamoyillari bilan tanishuv. Og‘ish bo‘yicha boshqarish tamoyili. Kompenslash tamoyili bo‘yicha boshqarish. Boshqarishning aralash prinsipi.
Kompenslash. Og’ish prinsipi. Kombinirlashgan boshqarish prinsipi.
Qo’llaniladigan ta’lim tenologiyalari: Ma’ruza, aqliy hujum, muommoli ta’lim, munozara
Adabiyotlar: A1; A7; Q7; Q8

4-modul. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda turg‘unlik tushunchasi
4-mavzu: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda turg‘unlik tushunchasi.
Turg’unlik to’g’risida tushunch. Turg’unlik shartlari. Lyapunov teoremalari.
Texnologik jarayonlarning chiziqli tizimlarining turg‘unlik shartlari bilan tanishish. Turg‘unlikning Gurvits mezoni.
Chiziqli tizimlarining turg‘unlik shartlari. Gurvits mezoni. Gurvits mezoni ҳисоби.
Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini loyihashda avtomatlashtirish vositalarining shartli belgilanishlari bilan tanishish. Shartli grafik belgilanishlar, ularning vazifalari.
Shartli belgilanishlari bilan tanishish. Shartli grafik belgilanishlarning vazifalari.
Qo’llaniladigan ta’lim tenologiyalari: Ma’ruza, aqliy hujum, baliq skleti
Adabiyotlar: A3; A4; A5; Q7; Q9; Is7

  1. Amaliy mashgulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar turli texnologik jarayonlar haqida tushunchaga ega bo‘ladi va tizimlarning turg‘unligini tekshirish, loyihalarda belgilashlarni ishlatish asoslarini o‘rganadilar.


Amaliy mashgulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy mavzular bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar echish orqali yanada boyitadilar. SHuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustaxkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislami chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalarni echish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Fakultet va kafedra tarixi. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi to‘g‘risida talablarning tushunchalarini o‘rganish maqsadida yozma ish tashkillashtirish.

  2. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar.

  3. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo‘nalishining ishchi o‘quv rejasi tahlili.



Amaliy mashg’ulotga oid mavzular
1. O‘lchov birliklari va o‘lchashlar. O‘lchash xatoliklarini baholash usullari.
Texnologik jarayonlarning turlari. Mexanik va kimyoviy turdagi texnologik jarayonlarning tavsiflari va parametrlarini aniqlash.
2. Texnologik jarayonlar tizimlarini qurishda tipik zvenolarni ketma-ket, parallel, teskari bog‘lanish va aralash ulash hamda ularning umumiy uzatish funksiyalarini aniqlash.
Tizimlarning turg‘unlik shartlari bilan tanishish. Gurvits mezoni bo‘yicha sodda, chiziqli tizimlar turg‘unligini tekshirish.

  1. Matlab amaliy dasturlash paketi yordamida sodda rostlash konturlarini tuzish va ularning turg‘unligi tavsiflarini olish.Loyihalash jarayonlaridagi shartli harfiy belgilanishlar bo‘yicha shartli belgilarni tuzish va ularni o‘qish.

Amaliy mashg‘ulot mavzulari
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar echish orqali boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, masalalar echish, mavzular bo‘yicha referatlar va boshqalar tavsiya etiladi.

  1. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ta’limni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o‘quv ko‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;

  • talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;

  • faol o‘qitish uslubidan foydalanilgan o‘quv mashg‘ulotlari va x.k.

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1. O‘zbekiston Respublikasida yangi texnika va texnologiyalarni yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar, muammolar.
2.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning kimyo sanoatidagi roli.
3.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning neft-gaz sanoatidagi roli.
4. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning oziq-ovqat sanoatidagi roli.
5. O‘lchash tizimlari va ularning ishlash prinsiplari.
6. O‘lchash vositalari va asboblarining turlari va vazifalari.
7. O‘lchash hatoliklari. Turlari.
8. Texnologik jarayonlarnarning avtomatik boshqarish tizimi.
9. Tizimlarda avtomatik rostlash masalasi.
10. Rostlash tizimlarining tuzilish prinsiplari.
11. Haroratni avtomatik rostlash tizimi.
12. Sarfni avtomatik rostlash.
13. Laplas almashtirish. Laplasning to‘g‘ri va teskari almashtirish.
14. Tipik dinamik zvenolar.
15.Tipik dinamik zvenolar tasnifi va tavsifi.
16. Texnologik jarayonlarni tashkil etuvchi zvenolar bog‘lanish turlari.
17. Zvenolarning bog‘lanish turi bo‘yicha umumiy uzatish funksiyasi.
18. Turg‘unlik.
19. Texnologik jarayonlarda turg‘unlik shartlari.
20. Turg‘unlik mezoni.
21. Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish vositalari
22. Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarning turlari.
23. Zamonaviy texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari haqida ma’lumot.
VI. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari va axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar:

  1. Alan S. Moris, Reza Langari. Measurement and Instrumentation. -UK: Academic Press, 2016. -697p.

  2. Cecil L. Smith. Practical Process Control: Tuning and Troubleshooting. –USA: Wiley, 2009. - 448 p

  3. Shankar P. Bhattacharyya, Aniruddha Datta, Lee H. Keel. Linear Control Theory: Structure, Robustness, and Optimization.- USA: CRC Press, 2009.-924p.

  4. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G‘ulomov SH.M. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va nazorat qilish. –Toshkent: O‘qituvchi, 2011. -576b.

  5. Yusupbekov N.R., Nurmuhammedov H.S., Zakirov S.G. Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari. Darslik. –Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. -848 b.

  6. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G‘ulomov SH.M. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.- 704 b.

  7. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish asoslari: O‘quv qo‘llanma. 1,2-qism. Yusupbekov N.R., Igamberdiev X.Z., Malikov A.V. – Toshkent: ToshDTU, 2007.

  8. Основы автоматизации технологических процессов. Учебное пособие, Част I, II. Н.Р.Юсупбеков, Х.З.Игамбердиев, А.Маликов. –Ташкент: ТашГТУ, 2007.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. -488 b.

  2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. –T.: 2017 yil 7 fevral, PF-4947-sonli farmoni.

  3. Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. –T.: 2017 yil 20 aprel, PF-2909-sonli Prezident farmoni.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarori.

  5. «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» (kimyo, neft-kimyo va oziq-ovqat sanoati) ta’lim yo‘nalishi uchun Ta’lim standarti. – T.: O‘zstandart, 2015 y.

  6. «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» (kimyo, neft-kimyo va oziq-ovqat sanoati) ta’lim yo‘nalishi uchun Malaka talablari. – T.: OvaO‘MTV, 2018y.

  7. Charles E.Tomas. Process Technology: Equipment and Systems. - USA: Delmar (CENGAGE Learning), 2011. -492p.

  8. Martin B. Hocking. Chemical Technology and Pollution Control. –London: Elsevier-Academic Press, 2010. 3rd Edition. -830p.

  9. Ushbu yo‘nalishga tegishli davriy jurnallar: «Kimyoviy texnologiya. Nazorat va boshqaruv», «Datchiki i sistemы», «Priborы i sistemы upravleniya», «Promыshlennыe ASU i kontrollerы», «Avtomatizatsiya v promыshlennosti», Ensiklopediya «Izmereniya, kontrol, avtomatizatsiya», «Avtomatika i telemexanika», «Teoriya i sistemы upravleniya».

Internet saytlari:

  1. www.lex.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.chem21.info

  4. www.knowledge.allbest.ru





Download 278,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish