Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


bo‘lgan qisman ma’nosi. Bilish usuli: reduksiya tamoyili



Download 1,64 Mb.
bet76/144
Sana09.07.2022
Hajmi1,64 Mb.
#762667
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman МЕТОДОЛОГИЯ

bo‘lgan qisman ma’nosi. Bilish usuli: reduksiya tamoyili.
Yaxlit xossalar — ontologik maqomi immanent, emerjentdir.
Epistemologik maqomi tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan
reduksiyalanmaydi, ya’ni qismlarining xossalariga bog'lash mumkin
emas. Mazkur xossalar butunning tabiatdagi boshqa obyektlaryaxlitliklar bilan o'zaro munosabatlarida individ sifatidagi maqomini
belgilaydi.
Yaxlit xossalarga misollar: boshqa organizmlar bilan o‘zaro
munosabatlarda va atrof muhit bilan nomuvoziy holatda tirik
organizmlarning yaxlit mavjud bo'lish qobiliyati, tabiiy tilda gaplarning
aynan yaxlit ma’nosi, xalq, millat, etnos psixikasi.
Bilish usuli: yaxlitlik tamoyili (xolistik yondashuv).
Metayaxlit xossalar — ontologik maqomi immanent, emerjentdir.
Epistemologik maqomi-tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan
reduksiyalanmaydi, boshqacha qilib aytganda, mazkur butun nisbatan
yuqori darajada uyushgan tizimda faoliyat ko‘rsatganida tabiiy
tuzilmalar (tizimlar, yaxlitliklar)ning ierarxik bog‘langanligida namoyon
bo‘ladigan butunning oliy immanent potensial xossalari.
Metayaxlit xossalarga misollar: molekulalarning o‘z-o‘zini tashkil
etishi, DNKning axborot-tartibga solish xossalari, idiomatik iboralar,
maqollar va matallarning alohida ma’nosi.
Bilish usuli: kontrreduksiya tamoyili.
Ad-hoc yaxlit xossalar - ontologik maqomi noimmanent, emerjentdir.
Epistemologik maqomi-o‘z tarkibiga kiruvchi yaxlitliklarning
xossalariga nisbatan reduksiyalanadi (murakkabga nisbatan reduksiyalanadi).
Misollar: tirik hujayraning murakkab tizimlaridagi sodda noorganik
moddalarning biokimyoviy (alohida holda mazkur moddalarga xos
bo‘lmagan) funksiyalari; so‘zlar, gaplarning mazkur semantik birliklarga
o‘z holicha, kontekstdan tashqarida xos bo‘lmagan katta kontekstdagi
ma’nosi.
Bilish usuli: Ad-hoc yaxlit yondashuv (ba’zan mazkur yondashuv
«yaxlit yondashuv» tushunchasiga kiritiladi).
Yuqorida zikr etilgan xossalar to‘rt tunning xususiyatlarini moddiy
va ideal tabiatning yaxlit obyektlari misolida tushuntirib o'tamiz.
Ad-hoc yaxlit xossalar masalasi misollar bilan maxsus tushuntirish
va asoslashga muhtoj emas, chunki mazkur xossalar bilish obyektining
mohiyatini tashkil etmaydi-ular unga noimmanent. Mazkur xossalar
ayni obyektga kattaroq yaxlitlik (tizim)ning ta’sir ko‘rsatishi natijasi.
Aytish mumkinki, bu xossalar kattaroq yaxlitlikning «kuchi»ga nisbatan
obyektning «murosaga kelgan»ligi ifodasidir.
Oliy darajada uyushgan molekulyar tuzilmalar-fermentlar, DNK,
RNK singari biopolimerlarning jami xossalarini tadqiq qilish bilan
bog'liq fizik-kimyoviy, biologiya sohasi yuqorida zikr etilgan
xossalarning o‘ziga xos xususiyatlarini yaqqol namoyon etadi. Misol
uchun, DNK molekulasiga xos bo‘lgan jami xossalarni bilish
muammolarini olaylik. DNK molekulasini uning tarkibidagi alohida
atomlarning xossalari, alohida kimyoviy va kuchsiz (bu yerda fizik)
aloqalarning, funksional guruhlarning, elektr zaryadlarning, alohida
fragmentlarning va hokazolarning tabiati orqali, ya’ni reduksiya metodi
yordamida tadqiq qilish mumkin.
Shu bilan bir qatorda, DNK molekulasining yaxlit tuzilma sifatidagi
xossalarini, uning tarkibiy qismlari xossalariga to‘la bog‘liq bo’lmagan
xossalarini, ma’lum turkumga mansub moddalar bilan o‘zaro kimyoviy
ta’sirga kirishish, tegishli muhitlarda ma’lum sedimentatsion va reologik
xususiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatini Jiam tadqiq qilish mumkin.
Ammo reduksiya metodi va yaxlit yondashuv asosida, ya’ni DNK
molekulasiga yaxlit molekula hamda elementlar to‘plarnidan iborat
molekula deb qarab, unga xos bo’lgan barcha xossalarni bilish mumkin
emasligini aniqlash qiyin emas. DNK molekulasini element sifatida
tadqiq qilib, nisbatan yuqori darajada uyushgan tizimga kirgan
taqdirimizdagina unga xos bo’lgan oliy «metayaxlit xossalar»ni ochib
berishimiz mumkin. DNK molekulasi uchun bunday yuqori darajada
uyushgan tizim boiib, tirik hujayra metabolizmining o'zaro bogiangan
va tartibga solinuvchi jarayonlari tizimi xizmat qiladi.
Shuni qayd etib o‘tish kerakki, bu yerda DNKning immanent oliy,
ya’ni «metayaxlit» xossalari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Bu tirik
organizmlarning molekulyar tarkibiy unsurlari haqidagi ilmiy
bilimlarning rivojlanish tarixidan yaxshi ma’lum.
Darhaqiqat, XIX asrda tirik organizmlardan nuklein kislotalar va
oqsilli jismlar ajratib olinib, turli-tuman kimyoviy eksperimental
vaziyatlarda kimyoviy obyektlar sifatida tadqiq qilindi. Natijada XX
asming o‘rtalariga kelib ularning makromolekulalar sifatidagi tuzilishi
va asosiy fizik-kimyoviy xossalari kashf etildi, ammo ularning oliy
axborot va tartibga solish xossalari mazkur molekulyar (kimyoviy)
obyektlarning tirik hujayradagi faoliyatini tadqiq qilish natijasidagina
ochib berildi. Boshqacha qilib aytganda, faqat yuqorida zikr etilgan
holatdagina biz genetik axborot tashuvchisi bo‘lgan DNK molekulasida
zohir xossalarni topish va nukleoidlarning ketma-ketligi ma’lum tabiatga
ega guruhlar (azotli asoslar)ning tasodifly to‘plarni emas, balki genetik
kod ekanligini aniqlash imkoniyatiga ega bo'larniz. Aynan shu yerda biz
«kontrreduksiya tamoyili» deb nomlangan o‘ziga xos bilish usuli
yordamida DNKning oliy, «metayaxlit» xossalarini bilish imkoniyatini
qo‘lga kiritamiz. (Mazkur xossalar faqat tizimdagi muayyan ta’sirlar
natijasida yuzaga kelmaydi, ular mazkur obyektga xosdir.)
Bu yerda kontrreduksiya tamoyili obyekt muqarrar tarzda
o‘zgarishi, takomillashishi va shu kabilar natijasida muayyan tizim
tarkibiga kirganida qo‘shimcha tarzda paydo bo‘ladigan xossalarnigina
emas, balki obyektga immanent bo‘lgan bir qancha muhim xossalarni
ham bilish imkonini beradi. Masalan, DNKning aminokislota ketmaketligi qayd etilgan matritsa sifatidagi xossalarini aniqlab, shundan
so‘ng alohida ajratilgan DNK bilan ishlash va genetik kodga qarab
muayyan oqsillarning tegishli aminokislota ketma-ketliklarini
aniqlashimiz yoki aksincha, alohida ajratilgan oqsillarning aminokislota
ketma-ketliklariga qarab DNKdagi nukleoidlarning ketma-ketligini
aniqlashimiz mumkin. Buning ustiga, DNK, RNK molekulalarining
axborot va tartibga solish xossalari, tirik hujayra tizimlaridagi
metokontrreduksiyaga asosan aniqlangan fermentlarning biokatalitik
hamda tartibga solish xossalari moddiy tarkibiga ko‘ra ham, tashkil
etilishiga ko‘ra ham nativ («jonli») tizimlardan farq qiladigan sun’iy
tizimlarda ro‘yobga chiqarilishi mumkin.
Kontrreduksiya tamoyilini tabiatshunoslik sohasida amalda qo'llash
obyektlarning oliy xossalarini faqat statistik moddiy tizimlar yoki
aksiyalashtirish vaqti cheklangan tizimlar (masalan, sun’iy tashkil
etilgan kimyoviy jarayonlar yoki alohida muayyan organizmlardagi
jarayonlar)dagi obyektlarning oliy xossalarini tadqiq qilish bilangina
cheklanmaydi. Metodning imkoniyatlari ancha keng, chunki kontrreduksiya metodiga nisbatan uning yuqori darajada uyushgan tizimi, deganda
zamon va makondagi har qanday, shu jumladan tadrijiy rivojlanayotgan
tabiiy tizimni tushunish lozim. Zamon va makondagi tizim (yoki xususiy
holatda makondagi temporal tizim)ni deganda biz zamonda ma’lum
darajada o‘zgaruvchi (noorganik, organik, ijtimoiy) tushunamiz. Biz uni
ma’lum invariant belgilariga qarab, yaxlitlik hamda tadqiqotning
ma’lum obyekti sifatida ajratamiz. Shunga o‘xshash har qaysi tizim
uchun elementar vaqt boiagi, ya’ni tizimida ko'rilayotgan o‘zgarishlar
ahamiyatsiz bo'lgan eng katta vaqt oralig‘i tushunchasini muomalaga
kiritish lozim. Mazkur vaqt boiaklarining miqdori kosmologiya uchun
ming va undan ortiq yillar, geologiya uchun o‘nlab va yuzlab yillar,
mikrobiologiya uchun bir-ikki generatsiya davri (taxminan minutlar)
bilan, kimyoviy genetika uchun sekundning ulushlaridan soatlargacha,
jamiyat va madaniyat tarixi uchun esa o‘nlab va yuzlab yillar bilan
o'lchanadi.
Zamon va makondagi tizimlarda tadqiq qilinayotgan obyektning
noma’lum oliy xossalari tizimda, nafaqat dolzarb moddiy, balki
muvaqqat, tarixiy sabab va oqibat aloqalarining mavjudligi tufayli
ham namoyon bo‘ladi. Kimyoviy evolyusiya haqidagi ta’limot,
molekulyar tuzilmalarning o‘z-o‘zini tashkil etish, tabiiy-tarixiy
sharoitlarda tuzilish va sifat jihatidan murakkablashish qobiliyati
haqidagi ta’limot yuqorida aytilgan tizimlarda kontrreduksiya
metodining obyektiv asoslari va imkoniyatlarini ochib beruvchi o‘ziga
xos misol boiib xizmat qiladi.
Molekulalarning muhim xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyati va
kimyoviy evolyusiyani faqat kontrd^duksiya yordamida aniqlash
mumkin bo‘ldi. Darhaqiqat, biologiyada XIX asrda vujudga kelgan
evolyutsion ta’limot tirik organizmlarning tadrijiy rivojlanishini
retrospektiv tarzda ko‘rib chiqishda faqat eng sodda bir hujayralilar va
ularning molekulyar (subyektiv hujayrali) tarkibiy qismlaridan kelib
chiqishi mumkin edi. Mazkur holat kosmologiyada rivojlanayotgan
noorganik materiya darajasida tabiatning dastlabki evolyutsiyasi g‘oyasi
bilan birga ilk biologik, ya’ni kimyoviy evolyutsiya muammosining
qo‘yilishiga olib kelardi. Muhimi shundaki, ilmiy bilimning tarixiymantiqiy rivojlanishida dastlab kimyoviy evolyutsiya muammosi
qo‘yildi, faqat shundan keyin o‘z-o‘zini tashkil etuvchi kimyoviy
tizimlarni muayyan model asosida tadqiq qilishga kirishildi. Xullas,
molekulalarning oliy xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyatini aniqlash
kontrreduksiya—molekulalarni tadrijiy rivojlanuvchi tabiiy-tarixiy
tizimda ko‘rib chiqish natijasi boidi.
Shunday qilib, ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida
va yo‘nalishlarda turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va
muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko'rsatadi. Mazkur metodlar har
doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib
amalga oshiriladi.
Xulosalar. Metodologiya muayyan bir, hatto, «eng muhim
metod»ga ham bog’liq bo‘lmaydi. «Olim hech qachon faqat bitta
ta’limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o‘z tafakkur metodlarini
faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi kerak»1.
Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning
«mexanik birligi» ham emas. Metodologiya - turli darajadagi usul va
tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar,
mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda
muvofiqlashtirilgan tizimi.
Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda
turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan
tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning
muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi.


Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish