klassik nazariyasi bilan kvant nazariyasi o‘rtasida qonuniy munosabat
o‘matdi. U atom nazariyasining rivojlanishida shu qadar muhim rol
o‘ynadiki, A. Zommerfeld N. Boming «muvofiqlik tamoyili»ni «sehrli
tayoqcha» deb ta'rifladi». Ammo o‘tgan asrga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, shunga o‘xshash g‘oyalarni Butlerovda ham uchratishimiz
mumkin. U, jumladan, shunday deb yozadi: «Kimyoviy energiya va
atomlar harakatining tabiatini tushunib yetsak, mexanika qonunlari bu
yerda ham amal qila boshlasa, kimyoviy tuzilish haqidagi ta’limot
kimyoning eski nazariyalari singari o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ammo u
faqat yo‘qolish uchun emas, balki o‘zgargan shaklda yangi, yanada keng
qarashlardan o‘rin olish uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotadi».
Mazkur tamoyil aksariyat hollarda ilmiy va noilmiy bilimni
farqlashga ko‘maklashadi.
To‘Idiruvchanlik tamoyili. Tadqiqotning ko’pgina obyektlari
(mikrodunyoning elementar zarralarga o'xshash eng oddiy
obyektlaridan tortib to inson va jamiyat singari murakkab
obyektlargacha) har xil, hatto qarama-qarshi bilimlar (nazariyalar,
konsepsiyalar, yondashuvlar)ni birlashtirish asosida nisbatan to ‘la
tavsiflanadi. Fizikadagi korpuskulyar-to‘lqinli dualizm yoki ruh va tana
haqidagi ta’limot (din), haqiqatning ikkiyoqlamaliligi haqidagi ta’limot
(Ibn Rushd), insonni tavsiflashda moddiy va ruhiy substansiyalar
(Dekart), lingvistika va kulturologiyada sinxronik va diaxronik
yondashuvlar, fan metodologiyasi va tarixida intemalistik va
ekstemalistik yondashuvlar shular jumlasidandir. Ko‘rinib turganidek,
ayni bir obyekt to‘g‘risidagi turli bilimlarning to‘ldiruvchanligi g‘oyasi
qadimdan ma’lum. «To‘Idiruvchanlik tamoyili»ni aniq shaklda ta’riflash
esa yana N. Bor nomi bilan bog‘lanadi: «Klassik fizikaning juftdosh
tushunchalarini yanada yaxshiroq tushunish uchun Nils Bor
«to‘Idiruvchanlik» tushunchasini ilmiy muomalaga kiritdi. U zarra
manzarasiga va to‘lqin manzarasiga ayni bir voqelikning bir-birini
to‘ldiruvchi tavsiflari deb qaradi. Ularning har biri faqat qisman haqiqiy
bo‘lib, qo‘llanilishi cheklangandir»3.
Ilmiy nazariyalarni profileratsiya qilish tamoyili (yoki P. Feyerabendning ilmiy bilishning anarxistik nazariyasi). Nazariy g‘oyalarning
soni va rang-barangligi bilan obyektni mukammal bilish imkoniyati ortib
borishini nazarda tutadigan mazkur tamoyilni «kvadratga ko‘paytirilgan
to‘Idiruvchanlik tamoyili» deb nomlash mumkin. Mazkur tamoyil
absurd darajasiga yetkazilgan to‘ldiruvchanlik tamoyilga o‘xshab ketsa-
da, murakkab obyektlarni bilishda (masalan, «Inson va barcha mavjud
yondashuvlar, nazariyalar, yo‘nalishlar, maktablar, ta’limotlar»
muammosini oladigan bo‘lsak) o‘zining layoqatliligini ko‘rsatadi.
Verifikatsiya tamoyili - mohiyat-e’tibori bilan formal mantiqni
yetarli asoslash tamoyilining o'xshashi. Uning asosiy mazmuni juda
sodda-ilmiy bilim tizimiga kiritiladigan qoidalar asoslangan bo‘lishi
kerak. Ammo haqiqiy yoki asoslangan ilmiy bilimning umum e’tirof
etilgan mezonlarini tanlash muammosi haqida bunday deyish mushkul.
Afsuski, bu yerda olimlar o‘rtasida yakdillik yo‘q. Mantiqiy
pozitivizmda har qanday bilimni eng sodda atomar empirik mulohazalar,
qaydlarga bog‘lash orqali empirik asoslash imkoniyati mana shunday
mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Falsiflkatsiya tamoyili-mazkur tamoyilga binoan, faqat inkor etish
orqali tekshirib ko’rish imkoniyati mavjud bo’lganbilimgina ilmiy bilim
bo‘lishi mumkin. An’anaviy ilmiy bilimni soxta, mistik, ezoterik va
boshqa shunga o‘xshagan ta’limotlardan ajratishda falsiflkatsiya
tamoyili, ayniqsa, katta samara beradi. Masalan, kimdir osmonda
illyuminatorlaridan o‘zga sayyoraliklar qarab ketayotgan uchar likopni
ko'rdim deb aytsa, mazkur bilimni ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqish
uchun uning yolg‘onligi yoki haqiqiyligini tanqidiy tekshirish
imkoniyati (guvohlar, fotosurat, qayd etilgan radiosignallar va sh.k.)
bo‘lishi kerak.
Mazkur tamoyilni K. Popper ta’riflab bergan. Ammo uning asosiy
g‘oyasi ozmi, ko‘pmi aniq darajada ilgari ham tadqiq qilingan edi.
Masalan, F. Nitsshe «Yaxshilik va yomonlikning narigi tomonida»
asarida: «Nazariyani inkor etish mumkin emasligi uning eng muhim
jihatlaridan biridir. Aynan mana shu jihati bilan u eng nafis aql egalarini
o‘ziga tortadi», deb yozadi.
Reduksiya tamoyili ma'lum yaxlitlik, tizim, «murakkablikmi uning
nisbatan sodda tarkibiy qismlari, unsurlari orqali bilishdir. Boshqacha
qilib aytganda, reduksiya tamoyili-tadqiq qilinayotgan obyektlar
(yaxlitliklar, tizimlar)ning ma’lum integral xossalarini mazkur
obyektlarning tarkibiy qismlari orqali bilish. Bu tamoyil jonli va jonsiz
tabiatning ma’lum obyektlarini, ijtimoiy tizimlarni, ijtimoiy-tabiiy
tizimlarni ilmiy bilishga ko‘proq xos. Masalan, atomning ba’zi bir
xossalarini uning yadrosi va elektronlarining xossalaridan, tirik
hujayraning xossalarini uning tarkibidagi organoidlardan, jamiyatning
63xossalarini uni tashkil etgan ijtimoiy tabaqalar, iqtisodiyot, jug‘rofiy-siyosiy holatning xossalaridan keltirib chiqarish mumkin va h.k.
Yaxlitlik tamoyili — tadqiq qilinayotgan obyektlarning alohida yaxlit
xossalarini boshqa obyektlar (yaxlitliklar va sh.k.) bilan o'zaro aloqada
bilish. Sodda qilib aytganda, butun narsa uning tarkibiy qismlari
yig‘indisidan katta. Aniqrog‘i, har qanday tizim, yaxlitlikda tarkibiy
qismlar, unsurlarning jami xossalariga bog‘lab (reduksiyalab)
bo‘lmaydigan xossalar bo‘ladi. Masalan, molekulalarning xossalari
ularning tarkibidagi atomlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; tirik
hujayralarning xossalari ularning tarkibidagi molekulalar va organoidlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; populyatsiyalarning xossalari
o‘z tarkibiga kiruvchi mavjudotlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; til xossalari uni tashkil etuvchi leksik birliklar, grammatika
qoidalari, semiotik tafsilotlarning xossalari bilangina cheklanmaydi.
Kontrreduksiya tamoyilida oliy immanent «metayaxlit» xossalarning mavjudligi va mazkur tizim yaxlitligini yanada yuksak darajada
uyushgan tizimning tarkibiy qismi, unsuri sifatida gnoseologik nuqtai
nazardan tadqiq qilish mumkinligini e’tirof etiladi. Bu yerda aynan
immanent, ya’ni mazkur yaxlitlikka avval dan xos bo‘lgan xossalar
to‘g‘risida so‘z yuritilayotganligi maxsus qayd etiladi. Kontrreduksiya
tamoyili elementar zarralardan tortib to ijtimoiy-tabiiy tizimlargacha
bo’lgan barcha tabiiy obyektlarga, shu jumladan, tabiiy tilga nisbatan
amal qiladi.
Xullas, kontrreduksiya tamoyili deganda obyekt (yaxlitlik,
tizim)larni nisbatan yuksak darajada uyushgan tizimlarning tarkibiy
qismlari sifatida, shu jumladan, tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy
tizimlarning tarkibiy qismlari sifatida tadqiq qilish jarayonida mazkur
obyektlarning «metayaxlit» xossalarini bilish tushuniladi. Tadqiq
qilinayotgan obyektlarga nisbatan kontrreduksiya tamoyilini qo‘llash
natijasida aniqlangan immanent «metayaxlit» xossalarni oliy narsalar va
kelajak haqidagi immanent «xotira» deb nomlash ham mumkin.
Kontrreduksiya tamoyili «butunning xossalari uning tarkibiy
qismlari xossalarining yig'indisidan katta», degan ma’lum qoidaga
asoslanibgina qolmasdan, tabiiy tuzilmalar (yaxlitliklar)ning oliy
(metayaxlit) xossalarini ajratadi. Muayyan obyektning aniqlangan yaxlit
xossalari, agar ular tarkibiy qismlarning xossalariga bog‘liq bo‘lmasa,
«metayaxlit xossalar» bo‘lmasligi mumkin.
Sistemali yondashuv - umumilmiy bilimning tarmoqlangan sohasi
bo‘lib, uning predmetiga reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiyaning
metodologik muammolari ham kiradi. Bu o‘rinda shuni qayd etib o‘tish
kerakki, reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiya tamoyillari ayni bir
obyektni har xil darajada ko‘rish imkonini beradi. Bunda aniqlangan
xossalarga, agar obyekt rivojlanayotgan Olamning yagona tizimiga
qo'shilgan yaxlitlik sifatida to'liq tavsiflangan bo‘lsa, toidiruvchanlik
tamoyili nuqtai nazaridan qarash lozim.
Modellashtirish tamoyili va о 'xshatish metodi - obyektlarning ba ’zi
bir xossalarini ularga o'xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual
tushunchaga asoslangan, mantiqiy-matematik) konstruksiyalarni tadqiq
qilish orqali bilish mumkinligiga asoslanadi. Mohiyat-e’tibori bilan bu
qiyosiy bilish yo'lidir. «Qiyoslash», «o‘xshatish», «model» tushunchalari metodologik nuqtai nazardan ko‘p jihatdan o‘xshashdir. Shu
munosabat bilan modellashtirish (qiyosiy bilish) tamoyilini tushunishni
yengillashtirish uchun I.Kantning quyidagi so'zlarini keltirish o‘rinli
bo‘ladi: «...Qiyosiy bilish ...ikki narsaning nomukammal o‘xshashligini
emas, balki ikki mutlaqo o‘xshash bo‘lmagan narsalar o‘rtasidagi ikki
munosabatning mutlaq o‘xshashligini anglatadi»1.
Mantiqdan ma’lumki, qiyosiy dalillar eng kuchsiz dalillardan
biridir. Shuningdek, muvofiq modelni yoki tadqiq qilinayotgan obyektga
muvofiq keladigan o‘xshash obyektni tanlash muammolari ham mavjud.
Bunday muammolarni, jumladan, yangi ilmiy bilimning shakllanish
tarixidagi quyidagi epizodlar bilan tushuntirish mumkin: «Kimyoviy
birikmalarning tarkibi yuzasidan Prust bilan Bertolle o‘rtasidagi bahs fan
tarixida noto‘g‘ri qiyosiy xulosalar chiqarish zaminida tug‘ilgan
munozaralarga yorqin misol bo‘ladi. Prust karrali og‘irlik nisbatlarining
aniq namoyon bo’lishigan holatlarini umumlashtirib, kimyoviy birikmalar
tarkibining ma’lumligi to‘g‘risida xulosa chiqardi. Bunda u tarkibining
ma’lumligi deyarli sezilmaydigan nisbatan murakkab kimyoviy
birikmalarga tayandi. Bertolle esa tarkibning’nomaiumligi g‘oyasini
himoya qildi. Ularning har biri o‘z sohasida o'zicha haq edi. Ammo
bahs ikki olim bir-birining sohasiga aralashishi natijasida tug‘ildi. Prust
o‘sha davrda (XIX asrning dastlabki o‘n yilliklarida) kuchayib
borayotgan nisbatan umumiy atomistik ta’limotga tayanganligi uchun
mazkur bahsda yutib chiqdi. XX asrning boshida, issiqlik nurlanishi
nazariyasidagi toiqinli va korpuskulyar manzaralarning qarama-qarshiligi esa mutlaqo teskari xotima topdi. Bunga ham nisbatan64 umumiy konsepsiya-materiyaning korpuskulyar-to‘lqinli dualizmi
konsepsiyasi mavjudligi sabab bo‘ldi»\
Paradigmalarni yengish qoidasi - ilmiy hamjamiyatda yuzaga
kelgan paradigmalar (namunalar, andozalar, stereotip, sxema, dogma,
talqin va fikrlash uslublari)ni yengish qoidasi-ilmiy bilish faoliyatini
mutlaqo yangini kashf etish yo‘liga solishning hamda shakllangan
konsepsiyalar negizida yaratilgan yangi g‘oyani qabul qilishning muhim
omili.
Tafakkuming turg'unligi hamda ilmiy hamjamiyatda yuzaga kelgan
«paradigmalar» munosabati bilan barcha yangi g‘oyalarni inkor etish
muammolari T. Kunning «Ilmiy inqiloblar tuzilishi» asarida mufassal
ko‘rib chiqilgan.
Tarixiylik tamoyili - obyektni kelib chiqishi va rivojlanishiga
bog ‘lab, m i mufassal o’rganish mumkin.
Mavhumlashtirish, ideallashtirish va formallashtirish metodlari -
ilmiy tadqiqot jarayonida real obyektlarni eng muhim xossalari
cheklangan obyektlar shaklida (mavhumlashtirish) ifoda etish,
shuningdek, ularning aniq belgilangan xossalari («ideal gaz», «moddiy
nuqta», «mutlaqo qora jism»)ga tayanib, xayoliy obrazlarini yaratish
qulaydir. Mazkur obyektlarning xossalarini va ularni o’zramz, belgilari
shaklida ifodalash, ya’ni formallashtirish juda oson. Bu ularning xayoliy
obrazlari va matematik timsollarini boshqarish (matematik formalizmdanfoydalanish)ni ancha yengillashtiradi.
Metodologik tamoyillar va yondashuvlarning tabiati har xildir.
Masalan, reduksiya, yaxlitlik, kontrreduksiya tamoyillari tadqiqotning
tabiiy obyektlari tabiatini: verifikatsiya, falsifikatsiya tamoyili, mantiq
qonunlari esa bilish va fikrlash faoliyatining shakllarini: to‘ldiruvchanlik, tarixiylik tamoyillari va sistemali yondashuv esa tadqiqot
obyektlari hamda bilish va fikrlash faoliyatining xossalarini ifoda etadi.
Metodologik tamoyillar ro‘yxati ochiq xususiyatga ega bo‘lib,
ko‘payishda davom etmoqda. So‘nggi davrda tez-tez tilga olinayotgan
«antrop tamoyili»da tabiatni ilmiy bilish metodologiyasi uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘Igan narsani ko‘rmadik. Uni maxsus ajratish, balki,
qadimiyatga borib taqaluvchi turli antropotsentrik ta’limotlarni
birlashtirish uchun foydali bo'lishi mumkin. Antrop tamoyilning asosiy
g‘oyasi, mohiyat-e’tibori bilan, Olamda mavjud bo‘lgan barcha
obyektlar o‘z mavjudligi bilan ana shu Olamda mavjud bo‘lgan boshqa65 obyektlarga zid kelmasligi kerak, degan siyqasi chiqqan qarashga
asoslanadi. Bu nuqtai nazardanantrop tamoyili o'rniga, aytaylik,
«elektron tamoyili» yoki «timsoh tamoyili» to'g'risida ham so’z yuritish
mumkin.
Normativ metodologiya, aniq ta ’riflangan tamoyillardan tashqari,
«yarim normativ» shaklda, ayni paytda «yarim deskriptiv» shaklda ilmiy
bilishning ideallari va normalari, fanlaring o'zaro ta’siri, ilmiy
nazariyalarning shakllanishi va asoslanishi haqidagi ta ’limotlarda,
eksperimental faoliyat tamoyillarida, bilimlarni birlashtirish va sintez
qilish muammolarida, ilmiy bilishning imkoniyatlari va chegaralari,
ilmiy bilishning tilida ham bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, maxsus
metodologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari alohida fan sohalari:
matematika, fizika, kimyo, biologiya, texnika va texnologiya,
evolyutsiya jarayonlari, ekologiya va hokazolarning muayyan tarzda
ishlab chiqilgan metodologiyalarida o‘z aksini topadi.
Ilmiy bilish tizimida metodologiyaning tutgan о‘mi, vazifalari haqida bildirilgan fikrlarga shuni qo‘shimcha qilish kerakki, metodologiyaning operatsional-amaliy ahamiyatidan tashqari, uning inson aqliy
Do'stlaringiz bilan baham: |