Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta ’minlovchi



Download 1,64 Mb.
bet69/144
Sana09.07.2022
Hajmi1,64 Mb.
#762667
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman МЕТОДОЛОГИЯ

Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta ’minlovchi
boshqa vositalarni ham o'rganadi. Tamoyil, qoida va ko'rsatmalar,
shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar
jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqelikni
metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan
rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida
ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot
vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo'llari, bilimni
tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o'rganadi. Xullas,
metodologiya metodlar yig ‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta ’limotdir.
Metodlarni tasnifi: fan metodlari, fanlararo tadqiqot metodlari, xususiy ilmiy metodlar, emperik tadqiqot metodlari, nazariy tadqiqot metodlari, tadqiqotning umumiy mantiqiy metodlari, falsafa metodlari, ijtimoiy – gumanitar fanlari metodlari. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular: fan metodlari, xususiy ilmiy metodlar, umumilmiy tadqiqot metodlari, empirik tadqiqot
metodlari, nazariy tadqiqot metodlari, umummantiqiy metodlar,
fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, ijtimoiy-gumanitar
fanlar metodlari kabilardir.
Quyida ularning mazmunini tahlil qilarniz:
Fan metodlari - ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar
tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo’llaniladigan
usullar tizimi.
Har bir fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z
predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar
majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini
hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish
ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri
metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘Iovchining yo‘lini yorituvchi
chiroq bilan qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, yoki bu masalani
hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. Zero,
nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.
Fan metodlarining guruhlarga bo ‘linishi bir nechta asoslarga ega.
Bilish jarayonida uning roli va o’rni nuqtai nazaridan: formal, empirik,
nazariy tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish
mumkin. O'z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita
original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va
turli metodik tadqiqot faoliyatida qo ‘llash o'rganilayotgan hodisa
tabiati va qo’yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.
Fanlararo tadqiqot metodlari-asosan fan sohalari tutashgan
joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini
birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ
usullar majmui.
Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga
oshirishda keng qo‘llaniladi.

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish