Mikroorganizmlarning kimyoviy elementlarga boʻlgan ehtiyoji
Hujayrani qurish uchun zarur elementlar makro va mikroelementlarga boʻlinadi. Makroelementlarga hamma organizmlarda uchraydigan 10 ta element – uglerod, kislorod, vodorod, azot, oltingugurt, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir kiradi. Mikroelementlarga: marganes, rux, molibden, mis, kobalt, nikel, vannodiy, bor, xlor, natriy, selen, kremniy, volfram va boshqa elementlar kirib, qaysiki ularga hamma organizmlar muhtoj boʻladi.
Uglerod manbai. Fotosintez yoki anorganik moddalarning oksidlanishidan energiya oladigan organizmlar, asosiy uglerod manbai sifatida koʻpincha CO2 ishlatish qobiliyatiga ega. Avtotrof organizmlar CO2 ni qaytaradi. Qolgan organizmlar esa uglerodini organik moddalardan oladi. Organik moddalar ham energiya, ham uglerod manbai boʻlib xizmat qiladi. Tabiatda polisaxaridlardan sellyuloza va kraxmal koʻp. Bu moddalarning struktura elementi boʻlgan glyukozani koʻp mikroorganizmlar ishlatadi. Umuman mikroorganizmlar boshqa organik birikmalarni ham oʻzlashtirish qobiliyatiga egadir.
Qoʻshimcha moddalar (kiritmalar) mikroorganizmlarning oʻsishi uchun oʻsish moddalari ham zarur. Bunday oʻsish omillari uch guruh birikmalar-aminokislotalar, purinlar-pirimidinlar va vitaminlardir. Oʻsish omillariga muhtoj organizmlarni auksotrof organizmlar deyiladi. Oʻsish omillarga muhtoj boʻlmaganlari esa prototrof organizmlar deyiladi.
Uglerod manbaiga qarab (konstrukstiv metabolizm uchun) prokariotlar ikki guruhga boʻlinadi: avtotroflar hujayraning barcha komponentlarini karbonat angidriddan sintez qiluvchilar va geterotroflar-konstruktiv metabolizm uchun uglerod manbai sifatida organik birikmalarni ishlatuvchilar. “Avtotrofiya” grekcha autos oʻzim, tropos-ovqat degan ma’noni anglatib, mustaqil ovqatlanish degan ma’noni bildiradi. “Geterotrofiya” soʻzi grekcha xeteros-boshqa va tropos-ovqat, ovqatlanish degan ma’nolarni anglatadi. Mikroorganizmlar ichida obligat hujayrada parazitlik qilib yashovchi geterotroflari ham bor, ularga rikketsiyalarni misol qilib keltirish mumkin. Yana bir xil geterotrof ovqatlanuvchilar boʻlib, ularni fakultativ parazitlar deyiladi. Ular sunʻiy oziqa muhitida oʻsadi. Oziqa muhitga goʻsht gidrolizati, qon yoki uning zardobi, vitaminlar toʻplami, nuklein kislota fragmentlari va hokazolarni solish zarur.
Geterotroflardan yana bir guruhi saprofit mikroorganizmlar boʻlib, ular boshqa organizmlarga muhtoj boʻlmasa ham, tayyor organik moddalarni talab etadi. “Saprofit” soʻzi grekcha sapros-chirigan, fiton-oʻsimlik degan ma’noni anglitadi.
Suv havzalarida organik moddalarning tuban konsentratsiyasi sharoitida yashaydigan oligotrof bakteriyalar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |