I. Scotobacteria sinfi
Bu sinf eng katta sinf boʻlib, 10 guruhni oʻz ichiga oladi.
1-guruhga Spirochaetaceae va Lactospiraceae oilalari kiradi. Saprofit, odam va hayvonlarda yuqumli kasallik qoʻzgʻatadigan vakillari bor.
2-guruhga Spirillaceae oilasi kirib, qattiq, spiralsimon buralgan, tayoqcha shakliga ega. Saprofit va parazit vakillari bor. Bdellovibrio bacteriovorus degan vakili bakteriyalarda parazitlik qiluvchi mayda, bir hujayrali mikroorganizmdir.
3-guruhga Pseudomonadaceae (vakillari tayoqchasimon shaklga ega), Azotobacteriaceae (vakillari oval, tayoqchasimon), Rhizobiaceae (vakillari tayoqchasimon), Methylcoccaceae (vakillari tayoqcha va sharsimon) va boshqa oilalarni oʻz ichiga olib, vakillari azot oʻzlashtirish jarayonida qatnashadi yoki oʻsimliklarda har xil kasalliklar yuzaga keltiradi va hokazo.
4-guruh Entherobacteriaceae va Vibrionaceae oilalaridan tashkil topgan boʻlib, Esherichia, Salmonella, Shigella, Erwinia, Vibrio, Photobacterium va boshqa avlodlarni oʻz ichiga olib, ba’zi vakillari odam va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatsa, ba’zilari tuproqda, suvda yoki epifit mikroflora shaklida uchraydi.
5-guruhga odam va hayvonlar ichida uchraydigan Bacterioidaceae oilasiga mansub vakillar kiradi.
6-guruhga ammiakni nitratga yoki nitritlarni nitratlargacha oksidlaydigan tayoqchasimon, sharsimon, oval shaklli Nitrobacteriaceae oilasi vakillari hamda sharsimon, tayoqcha shaklli kapsulali va kapsula ustida temir yoki marganes oksidlarini toʻplaydigan Sulfolobusaceae oilasiga mansub vakillar kiradi.
7-guruhga sirpaluvchi bakteriyalar-miksobakteriyalar kirib, ular ikki tartibga kiruvchi oilalar vakillaridan tashkil topadi. Miksobakteriyalar bir hujayrali, shilliq qavat bilan qoplangan organizmlar. Ularning hujayra devorlari oson egiluvchan elastik boʻlib, hujayra shaklini oʻzgartirishi mumkin. Sirpanib harakatlanish xususiyatiga ega. Rivojlanishining ma’lum davrida meva tanasi hosil qiladi.
8-guruh xlamidobakteriyalar deb atalib, bakteriya hujayrasi usti qobiq bilan oʻralgan.
9-guruhga kurtaklanuvchi yoki poyali bakteriyalar kirib, tayoqchasimon oval yoki loviyasimon shaklli boʻladi.
10-guruhga rikketsiya va xlamidalar deb nomlangan Rikcettsiales va Xlamydiales tartiblari kiradi. Tayoqchasimon, sharsimon yoki ipsimon shaklga ega boʻlib, har xil yuqumli kasalliklarga sabab boʻladi. Masalan, Rhycketsia prawarekii toshma tif kasalligini yuzaga keltiradi.
Fototrof bakteriyalar sharsimon, tayoqchasimon, vibrion va spiral shakllariga ega. Hujayralari oltingugurt tomchilarini tutadi. Fototrof bakteriyalar bakterioxlorofill va karatinoid pigmentlarga ega boʻlib, fotosintoz jarayonini amalga oshiradi. Atmosfera molekulyar azotini oʻzlashtirishi mumkin. Bular aksari suv muhiti bakteriyalaridir.
Sianobakteriyalar hujayrasi kapsula bilan qoplangan boʻlib, sirpanib harakatlanadi. Sianobakteriyalar bir hujayrali, koloniyali va koʻp hujayrali organizmlardir. Hujayralari sharsimon, tayoqchasimon yoki buralgan shaklga ega. Koʻp hujayralilari ipsimon shaklga ega boʻlib, traxoma deb ataladi. Sianobakteriyalarning 1000 dan ortiq turlari mavjud boʻlib, ular tuproqda, suv havzalarida keng tarqalgan.
Proxlorofitlar – bir hujayrali, simbioz holda yashovchi sharsimon organizmlaridir. U sianobakteriyalarning tarkibidagi pigmenti va fotosintetik apparatini ichki tuzilishi bilan farq qiladi.
II. Firmicutes boʻlimi .
Bu boʻlimga hujayra devori Gram musbat tipida, sharsimon tayoqcha yoki ipsimon shaklli, spora hosil qiluvchi yoki sporasiz bakteriyalar, aktinomisetlar hamda ularga yaqin prokariotlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |