Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Bakteriya hujayrasining tashqi tuzilishi



Download 12,75 Mb.
bet22/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Bakteriya hujayrasining tashqi tuzilishi.
Bakteriya hujayrasining umumiy tuzilishi, kapsula va shilliq qavat. Bakteriya hujayrasi murakkab tuzilishga ega. Elektron mikroskoplarning yaratilishi, oʻta yupqa kesmalar tayyorlash usullarining ishlab chiqilishi, mikrobiologiya usullarining rivojlanishi bakteriya hujayrasining tashqi va ichki qurilmalarini oʻrganishga katta imkon yaratdi.
Bakteriya hujayrasining sxematik koʻrinishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi-tashqi tomondan: kapsula, xivchin, fimbriy, pili; ichki qismida: sitoplazma, nukloid, ribosomalar, membrana qurilmalari, kiritmalar (qoʻshilmalar), ba’zi bakteriyalarda sporalar boʻladi.
Kapsula. Bakteriyalarning koʻplari kapsula bilan oʻralgan. Ular shilimshiq moddadan iborat boʻlib, mikro va makrokapsuladan iborat boʻladi. Makrokapsulaniig qalinligi 0,2 mkm, mikrokapsulaniki esa 0,2 mkm dan kichik. Makro va mikrokapsulaning ichki tomonida shilliq qavat va uni ichki tomonida esa eruvchan shilliq qavat boʻladi.
Kimyoviy tuzilishi. Kapsula geteropolisaxarid boʻlib, uning tarkibi 90% suvdan iborat, polisaxarid, polipeptid, lipid (tuberkullyoz bakteriyalarda) birikmalaridan tashkil topgan. Kapsulali bakteriyalar kapsulasiz bakteriyalar yashay olmaydigan muhitlarda ham yashay olishi mumkin.
Xivchinlar. Bakteriyalar ikki xil harakatlanadi. Sirpanib harakat bakteriyalarning (miksobakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari) tanasining toʻlqinsimon qisqarishi natijasida hujayra shakli davriy oʻzgarib turadi, natijada bakteriyaning ma’lum turdagi harakati sodir boʻladi. Suzib harakatlanish xivchinlari yordamida amalga oshadi. Masalan, spirillalar va kokkilarning ba’zilari.
Bakteriyalar xivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagilarga bulinadi:
Monotrixlar-bakteriya hujayrasining bir uchida bitta xivchin boʻlgan bakteriyalardir.
Lofotrix-hoʻjayraning bir uchida bir toʻp xivchini boʻladi.
Amfitrix-hujayraning ikki uchida ikki toʻp xivchin boʻladi.
Peritrix-hujayraning hamma tomoni xivchin bilan qoplangan boʻladi.
Xivchinlarning soni ham har xil. Spirillalarda 5-30 tagacha, vibrionlarda 1-2 ta yoki 3 ta xivchin boʻlib, ular hujayra qutblarida joylashadi. Ba’zi tayoqchasimon bakteriyalar – Proteus vulgares, Clostridium tetani kabilarda 50-100 tagacha xivchin boʻladi. Xivchinlarning eni 10-20 nm uzunligi 3-15 mkm. Xivchinlar uzunligi kulturaning tabiati, ichki yoki tashqi muhit ta’siriga qarab har xil boʻladi. Xivchin kimyoviy jihatdan oqsil modda – flagellindan tuzilgan. Xivchin bakteriya hayotida katta rol oʻynaydi. Bakteriyalarni ba’zi bir oziqa muhitlarida xivchinsiz qilib ham oʻstirish mumkin. Oʻsish fazasiga qarab bakteriyaning xivchinli va xivchinsiz davrlarga boʻlinadi. Bakteriya xivchinini yoʻqotsa ham yashayveradi. Xivchin bazal plastinkaga yopishgan boʻladi. Plastinka esa sitoplazmatik membrana tagida joylashgan. Bazal tanacha, bakteriyada motor vazifasini bajarib, xivchinni harakatga keltiradi. Bazal tanacha xivchin bilan ilmoq orqali birikadi. Bazal tanacha oʻz navbatida 4 ta halqa bilan ta’minlagan. Halqalar sterjen orqali bir tizimga birlashadi (M, S, R, L-halqalar). Bu halqalar bir – biriga nisbatan harakatlanadi, sterjen esa xivchinni harakatga keltiradi. Harakat tezligi harorat, osmotik bosim va muhit yopishqoqligiga bogʻliq boʻladi. Ba’zi bakteriyalar 1 sekuntda bir bakteriya tanasi uzunligicha, ba’zilari esa 50 tana uzunligiga teng masofaga harakat qiladi. Odatda ular tartibsiz harakat qiladi, ammo ularda kimyoviy moddalarga nisbatan taksis hodisasi kuzatiladi, bunga xemotaksis deyilsa, kislorodga nisbatan harakat aerotaksis, yorugʻlikka nisbatan harakat boʻlsa fototaksis deyiladi.

Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish