Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Mikroorganizmlarga yorugʻlikning ta’siri



Download 12,75 Mb.
bet75/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Mikroorganizmlarga yorugʻlikning ta’siri. Koʻpchilik bakteriyalar uchun yorugʻlik zararli omil hisoblanadi. Chunki ultrabinafsha nurlari bakteriya hujayrasidagi oqsillar va nuklein kislotalar tomonidan yutiladi va ularning kimyoviy tarkibini oʻzgartiradi. Shuning uchun yorugʻlikning bu xususiyatidan operatsiya xonalarini, vaksinalar, antibiotiklar tayyorlaydigan xonalarni, sut va suvni sterillashda foydalaniladi.
Mikroorganizmlarga yuqori bosimning ta’siri. Koʻpchilik bakteriyalar yuqori bosimga ancha chidamli boʻladi. Faqat 1000 atm. bosim ularga salbiy ta’sir etishi mumkin. Dengiz va okeanlarning chuqur suv qatlamlarida bakteriyalar koʻp uchraydi. Achitqilar 500, mogʻor zamburugʻlari 3000, fitopatogen viruslar esa 5000 atm. gacha bosimga chidaydi.
Vodorod ionlari konsentratsiyasining ta’siri. Vodorod ionlarining konsentratsiyasi pH=7 yoki sal ishqoriy boʻlsa, mikroorganizmlar yaxshi rivojlanadi. Mikroorganizmlar oʻzi yashagan muhit pH ni oʻzgartirishi mumkin. Buni I.A. Rabotnova (1958 y.) “Moslanuvchi moddalar almashinuvi” deb nomlaydi. Tashqi muhitdagi moddalar konsentratsiyasi oshganda (masalan, tuzlashda, murabbo pishirishda) bakteriyalar hujayrasidagi suv tashqariga chiqadi va unda plazmoliz roʻy beradi, ular koʻpaya olmaydi. Shundan foydalanib, goʻsht, baliq tuzlanadi, murabbo tayyorlanganda qand miqdori 70% ga yetkaziladi.
Kimyoviy omillar. Ba’zi kimyoviy moddalar bakteriyalarga kuchli ta’sir etadi. Masalan, ular kuchli kislotalar, ishqorlar, ogʻir metal tuzlariga manfiy xemotaksis namoyon qiladi. Ba’zi moddalarning oz miqdori ularga ijobiy ta’sir etsa, koʻp miqdori salbiy ta’sir etadi. Masalan, 40% lik formaldegid vegetativ hujayralar va sporalarni nobud qiladi. Fenol yoki karbol kislotaning 3-5% li eritmasi, xlorli ohakning 10-20 % li eritmalari yoki etil spirtining 75% li eritmasi dezinfeksiyalashda koʻp ishlatiladi.
Sterillash. Issiqlik ta’sirida sterillash. Mikroorganizmlarniig oʻstiriladigan oziq muhiti albatta sterillanishi zarur. Ular avtoklavda 2 atm. gacha bosimda, 120°C haroratda 30 minut davomida sterillanadi. Oziqa muhitini quritish shkaflarida esa 150-160°C da 2 soat davomida sterillash mumkin. Avtoklav va quritish shkaflarida sterillanganda yuqorida aytilgan sharoitlarga toʻla amal qilinishi shart.
Oziq-ovqat sanoatida pasterizatsiyalash usulidan keng foydalaniladi. Pasterizatsiyalash-qisman sterillash yoki toʻliq boʻlmagan sterillash usuli boʻlib, u sporali vegetativ hujayralar va sporasiz mikroorganizmlarni oʻldirishga asoslangan. Pasterlash sharoiti quyidagicha amalga oshiriladi: 60-75°C da 15-30 minut yoki 80°C da 10 minut yoki 90°C gacha qizdirib, shu zahotiyoq sovutiladi. Bu usul qaynatganda taʻmi va oziqalik sifatini yoʻqotuvchi sut, meva sharbatlari, vino, pivo va shu kabilar uchun maqbuldir.
Sovuq” sterillash. Mikrobiologiya amaliyotida filtrli sterillash ham keng qoʻllaniladi. Bu usul asosan, qizdirishga chidamsiz termolabil oqsillar, vitaminlar, qandli moddalar, antibiotiklar, uchuvchan moddalar, uglevodorodlar tutuvchi oziqa muhitlar uchun ishlatiladi. Filtrlashda kultural suyuqliklar mikroorganizmlarning hujayralaridan tozalanadi. Bunda modda almashinuv mahsulotlari oʻzgarmagan holda saqlanadi. Suyuqliklar mayda teshikli maxsus filtrlardan oʻtkazilib filtrlanadi. Mikroorganizmlar (mexanik ravishda) filtrda tutib qolinadi, ya’ni mikroorganizmlar filtrning ustki qismida adsorbsiyalanadi. Chunki koʻpchilik suvli suspenziyalarda mikroorganizmlar elektr zaryadga ega boʻladi. Bu usulda sterillanganda filtr va idishlar oldindan sterillanadi. Filtrlash bakterial filtrlar orqali nasos yordamida oʻtkaziladi. Bakterial filtrlar har xil manbalardan tayyorlanadi. Ular teshiklarining shakli va diametrlari bilan oʻzaro farqlanadi.
Zeyts filtrlari-qalin disklardan iborat boʻlib, asbest bilan sellyuloza aralashmasidan tayyorlanadi. Filtr zanglamaydigan maxsus tutqichga solinib, Bunzen kolbasiga ulanadi.

Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish