dotsent Anvar Doniyorovich Abdazimov raxbarlik kildi.
1993 yilda QXM kafedrasi tarkibida alohida "Qishlok xo‘jaligi va maxsulotlarni qayta ishlashni mexanizatsiyalash" kafedrasi tashkil qilindi, unga prof. M.A. Ismanov mudirlik qildi. Yangi yo‘nalish-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni mexanizatsiyalash bo‘yicha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish, yangi o‘quv laboratoriyalarni tashkil qilish borasida ishlar olib borildi.
1997 yilga kelib "Qishloq xo‘jalik mashinasozligi", "Traktorsozlik" va "Qishloq xo‘jaligi va maxsulotlarini kayta ishlashni mexanizatsiyalash" kafedralari "Qishloq xo‘jalik mashinasozligi" kafedrasi nomi bilan birlashtirildi. Kafedraga prof. Kobil Hamdamovich Maxkamov mudir etib tayinlandi.
1999 yilda kafedradan "Qishloq xo‘jaligi va maxsulotlarni qayta ishlashni mexanizatsiyalash", 2000 yilda esa «Avtomobillar va traktorlar» kafedralari yana qayta ajralib chiqdi.
2000 yildan kafedra “Yer usti transport tizimlari” deb nomlanib kеlinmoqda.