Ilmiy amaliyot vazifalari:
Konchilik korxonasi bilan tо‘liq tanishish;
Konchilik korxonalarida amalga oshirilgan ilmiy yangiliklar bilan tanishish;
Konchilik korxonalaridagi mavjud muommalar bilan tanishish;
Konchilik korxonasida asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini va jihozlarini tо‘liq о‘rganib chiqish;
Amaliyotda bajargan ishi bо‘yicha muxandis kasbi malakasini egallashi lozim;
Konchilik korxonasida qо‘llanilayotgan jihozlardan foydalanishning о‘ziga xos xususiyatlarini, ta’mirlashning tashkil qilishini va ularning tuzilishlarini о‘rganishi kerak;
Amaliyot о‘tayotgan davrda talaba ishlab chiqarish jarayonlari ilg‘or usullarini, mexanizm, mashina va uskunalarning masofadan turib boshqarish va avtomatlashtirilishini, ishni xavfsiz olib borish usullarini, konchilik ishlab chiqarish iqtisodiyotini о‘rganishga alohida e’tibor berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |