Pluglar. Pluglarning ramasi deformasiyalani mumkin. Uni ta’mirlashdan va so‘ng nazorat plitasida lineykalar, burchaklar, yukli shnuri bilan tekshirish mumkin.
Ramalarni buralishi va darz ketishi ruxsat etilmaydi. Ramalarning deformasiyalangan bruslari sovuq holatda yoki mahalliy qizitib moslamalar, presslar yoki domkratlar yordamida to‘g‘rilanadi.
Pluglarning tirkash qurilmasida ko‘ndalang tortqi, qiyshaytirgich va va ko‘ndalang burus, ulardagi egilish va deformasiyalanishning uzunligi 3 mm dan katta bo‘lsa soviq holda va qizitib to‘g‘rilanadi. Qotirish joylaridagi eyilgan teshiklar payvandlanib, nominal o‘lcham bo‘yicha teshiladi yoki shu o‘lchamga ega bo‘lgan ustqo‘yma payvandlanadi.
Plugning asosiy nuqsonlari: lemex kesgichining ishchi va orqa tomonidan eyilishi; uchini dumoloqlanishi; lemexni kengigi bo‘yicha torayishi. Lemex sinishi ham mumkin. Uning ishchi qismi shudgorlashda ildiz yoki toshga urilganda sinishi sodir bo‘ladi. Otval eyilganda dala keskichining shaklli o‘zgaradi, uning qirrasi dumoloqlanadi, ishchi sirti eyiladi uchi sinib tushadi.
Lemexlar L-65 yoki L-53 po‘latdan yasaladi va NV 444-650 qattiqlikgacha keskich tomondan 20-45 mm kenglikda termik ishlov beriladi. Lemexning toblanmagan qismining qattiqligi NV 300 dan katta bo‘lmaydi.
Yangi lemexni eyilishi birinchi cho‘zishga qadar eyilishi kengligi bo‘yicha 108 mm gacha ruxsat etiladi. Lemexning shakli shablon yordamida tekshiriladi. Кeskich o‘tmaslashganda uni ishchi tomonidan faska kengligi 5-7 mm va o‘tkirlash burchagi 25-40° bo‘lganda 1 mm dan kam bo‘lmagan qalinlikkacha o‘tkirlanadi. Lemex 108 mm kenglikkacha eyilgandan so‘ng temirchilik ustaxonasida nominal o‘lchamgacha cho‘zish bilan tiklanadi. Cho‘zishni to‘rt martadan ortiq o‘tkazib bo‘lmaydi. Qo‘lda cho‘zish uchun lemex qismlar bo‘yicha keskich tomondan dastlab sekin 500-600ºS temperaturagacha, undan so‘ng katta tezlikda 900-1200ºS temperaturagacha qizdiriladi. Lemexni qizdirish kamroq o‘tkazish va u qattiq qizib ketmasligi lozim. Lemex pnevmatik bolg‘ada cho‘zishdan avval alangali qizdiruvchi pechlarida birdaniga butun uzunligi bo‘yicha qizdiriladi. Cho‘zilgan lemexning sirti tekis va darzsiz bo‘lishi lozim. Uning elkasini egilganligi 2 mm ortiq ruxsat etilmaydi, keskich ishchi sirtining qovariqligi 4 mm gacha ruxsat etiladi. Lemexning o‘lchami shablondan kengligi bo‘yicha 5 mm dan ortiqqa, uzunligi bo‘yicha 10 mm dan ortiqqa farq qilmasligi kerak. Cho‘zilgandan so‘ng lemex old tomonidan o‘tkirlanadi, undan so‘ng esa qizitiladi va butun uzunligi bo‘yicha 20-45 mm kenglikda toblanadi.
Odatdagi toblashda lemex 780...820ºS temperaturagacha qizitiladi va 40ºS temperaturali tuzli suvda 5-6 s davomida toblanadi. Bundan so‘ng lemex 350 ºS temperaturagacha qizdirilib havoda sovitiladi.
Lemeni toblashning izotermik usuli samaraliroq hisoblanadi, toblashda u 880-920ºS gacha qizdirilib, keskichi 3-3,5 s davomida 30-40ºS gacha qizdirilgan 10% tuzli suvda toblanadi. Toblashdan so‘ng lemexning toblangan qismi 350ºS yaqin temperaturaga ega bo‘lsin, undan so‘ng u havoda sovitiladi. Ushbu holda lmexni bo‘shatish uchun qizdirilmaydi.
Lemex keskichining eyilishbardoshligini oshirish uchun ular o‘z-o‘zidan o‘tkirlanishini ta’minlashi maqsadga muvofiq, buning uchun uning orqa tomoni qattiq qotishma bilan eritib qoplanadi. Buning uchun lemexda 25-30 mm va dolot shaklidagi lemexda esa uchidan 55-65 mm kenglikda cho‘ziladi. Eritib qoplangan qatlam qalinligi 1,4-2,0 mm bo‘lishi kerak. Erib qoplash quyidagi usullarda olib boriladi: YuChT qurilmasida eyilishga barqaror sormayt qotishmasi bilan; asetilen-kislorod alangasida sormaytdan yasalgan diametri 6 mm lik sim bilan, T-590 markali elektrodlar bilan eritib qoplanadi so‘ng o‘tkirlanadi.
Orqa tomondan eritib qoplangan qatlamning yuqori qattiqligi tufayli, lemex shunday eyiladiki, unda kesgich o‘tkirlashadi. O’z-o‘zidan o‘tkirlanuvchi lemexlar qumli va toshli tuproqlardan tashqari barcha tuproqlarda yaxshi ishlaydi.
Plugoldi ag‘dargichining lemexlari asosiy korpus lemexlari kabi eyiladi.
Otvallar kam uglerodli po‘latdan yasalib, uning tashqi qatlami sementasiyalanadi yoki u uch qatlamli po‘latdan ham yasalishi mumkin. Кeyingi holda ustgi va ostgi qatlamlar uglerodli po‘lat bo‘lishi lozim, uning natijasida toblashda yuqori qattiqlikni olish mumkin. O’rta qatlam materiali sifatida kam uglerodli po‘latdan foydalaniladi.
Otvallarga termik ishlov berilgandan so‘ng ularning qattiqligi 50...62NRS ni tashkil qilishi lozim.
Ishchi sirti eyilgan otvalning shakli, yangi sirtning shaklidan 6 mm dan ortiq farq qilmasligi lozim. Tekshirish uchun shablondan foydalaniladi.