Тошкент давлат техника университети «Фалсафа ва миллий ғоя» кафедраси Фалсафа фанидан 1-оралиқ назорат саволлари



Download 351,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana21.02.2022
Hajmi351,99 Kb.
#59871
1   2   3   4
Bog'liq
oraliq nazorat 6-вариант

Ikkinchi guruhi,- „inson 
Uchinchisi, „jamiyat-tabiat“ tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan muammolar. 
Global muammolarning turlari o‘zaro qanchalik farqlansada,; bu sohalardagi umumiylik, dastawal, butun insoniyatning 
hayoti shart-sharoitlari, imkoniyatlari va istiqboli masalalaridir. Ikkinchi tomondan, ular , u yoki bu damjada hozirgi 
davrning bosh omili — fan-texnika inqilobi bilan aloqadordir, ya’ni uning oqibatidir. Bizning davrimizda fanning 
rivojlanish sur’atlari g‘oyat kattadir. Fanda erishilgan kashfiyotlar tezda yangi texnika vositalari 


yaratishni ta’minlasa, o‘z navbatida, texnika rivojlanishi ham fanda yangi o‘zgarishlar sodir etishga jiddiy turtki 
bermoqda. Bulaming natijasi o‘laroq, erishilgan kashfiyotlar muayyan maqsadlarga xizmat qilmoqda. Bu esa global 
muammolarning yanada o‘tkir, dolzarb bo‘lib turishiga olib kelmoqdа Jamiyat ichki ziddiyatlari tiig‘dirgan global 
muammolar Insoniyat o'zining bir hayot tarzidan ikkinchisiga, masalan,ko'chmanchi chorvachilikdan dehqoncMlikka 
o‘tishi jarayonida tayyor mahsulotlarni iste’mol qilishdan, ulami qayta tayyorlash va ekin ekib, yetishtirishga o‘tishi bilan 
ijtimoiy munosabatlar rivojlanib ketdi. Xususiy mulkchilik munosabatlarining qaror topishi bilan kishilik jamiyatida hukm 
surgan sodda ko‘rinishdagi ijtimoiy tenglik barham topib, uning o‘rniga mahsulot olish bilan bogliq bo‘lgan munosabatlar 
yuzaga keladi. Kishilar ijtimoiy hayotining tashkil etilganligi jamiyat ilgarilama harakatida notekislik 
va mavjud muammolarni hal etishda urushlardan vosita sifatida foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Hozirgi vaqtda 
eng kata global muammo bo‘lgan urush va tinchlik muammosini ana shu tarzda jamiyat ichki rivojlanishi jarayonlari 
maydonga keltirgan. Ma’lumki, urush va tinchlik muammosi mamlakat ichida yoki uning tashqarisida, mamlakatlar 
o'rtasidagi munozarali masalalami hal ctishda siyosiy zo'ravonlik ishlatish, yoxud uni istisno etishni 
bildiradi. Tinchlik — xalqlaming xohish-irodasi, orzu-umidi bo'lsa, urush esa, aksincha, hukmron kuchlarning siyosati 
oqibatidir. Yozma yodgorjiklarning guvohlik berishicha, so'nggi 6 ming yil davomida, yer yuzida 15 mingdan ziyod 
urushlar sodir bo'lgan. Shu davr ichida atigi 300 yilgina urushsiz kechgan. Amerikalik olim R. Klarkning „Urush ilmi va 
tinchlik" kitobida keltirilgan ma’lumotlarga ko'ra, turli davrlarda yuz bergan urushlar tahlili shuni ko'rsatadiki, 1820— 
1859-yillarda yer yuzida 1 mlrd aholi yashagan, 92 urushda 800 ming kishi halok bo'lgan, 1860—1899-yillarda 106 
urushda 1,3 mln., 1900— 1949-yillarda esa 117 ta urushda 142,5mln odam qirilib ketgan. Bizning davrimizda ham 
mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar sohalarida zo'ravonlikka intilish, buning uchun yalpi qirg'in qurollarini ko'plab 
ishlab chiqish bilan harbiy ustunlikka erishish u yoki bu davlatlar tashqi siyosatining muhim yo'nalishi bo'lib qolmoqda. 
Shunday bir vaziyatda,termoyadro urushiga yo'l qo'yilgudek bo'lsa, jahon miqyosida shunday halokat yuz beradiki, 
uning natijasini hisob-kitob qiladigan mavjudotning o'zi bo'lmay qoladi. 1945-yil 6- va 9- avgustida ikkita kam quwatli 
atom bombasining amerikaliklar tomonidan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlari ustida portlatilganligi 
oqibatlari ham buni yaqqol ko'rsatgan edi. Insoniyatga 50 yildan ko'proq vaqtdan beri xavf solib turgan atom dahshati 
oqibatlarini matematikaning hozirgi yutuqlari asosida modellashtirish shuni ko'rsatdiki, bizning davrimizda to'plangan 
50 mingdan ortiq yadro zaryadlarini 100—150 megatonna (Xirosimaga tashlanganidan 10—15 marta katta) quwatga 
ega bo'lgan qismi (bitta atom suv osti kemasidagi portlovchi modda 200 megatonna) portlatilsa, Amerika, Yevropa va 
Osiyodagi asosiy shaharlar yong'in ostida qolib ketishi, bir oydan so'ng yer ustidagi atmosfera harorati 15—20°C, ayrim 
mintaqalarda esa 40—45°C pasayib, uning aylanishi (sirkulatsiyasi) mutlaqo o'zgarishi, Shimoliy yarim shardan 
janubga qarab tarqalgan nur o'tkazmaydigan qora qatlam butun sayyorani qoplab olishiyuz beradi. Chuchuk suvning 
barcha manbalari muzlaydi, barcha ekologik aloqalar uziladi, hosil nobud bo'ladi. Yer ustidagi hayot tugaydi. 
 

Download 351,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish