Тошкент давлат техника университети «Фалсафа ва миллий ғоя» кафедраси Фалсафа фанидан 1-оралиқ назорат саволлари 6-вариант 1. Мустақиллик фалсафаси 2. Миқдор ўзгаришларидан сифат ўзгаришларига ўтиш қонуни 3. Глобал муаммолар фалсафаси JAVOBLAR 1 Мустақиллик фалсафаси Mustaqillik – falsafiy dunyoqarash yangilanishining asosi. Istiqlolga erishganimizdan buyon tarixan qisqa davr o’tgan bo’lsa-da, mustaqil taraqqiyot mamlakatdagi ulkan imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishning yagona va muhim omili ekani o’zining to’liq isbotini topdi. Zero faqat mustaqillikkina har bir xalqqa o’z falsafasini erkin rivojlantirish, takomillashtirish imkonini beradi. Bugungi kunda mustaqillikni mustahkamlash jarayoni mohiyatini va falsafiy asoslarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda asosiy masala shundan iboratki, mustaqillik odamlar dunyoqarashining mazmun-mohiyati va asosiy yo’nalishlariga yangicha nuqtai nazardan qarashni taqozo etadi. Ularni yangi mazmun bilan boyitishni, istiqlol talablari asosida o’rganishni zaruratga aylantiradi. Bunda ayniqsa, Prezidentimizning quyidagi fikri nihoyatda muhim: «Bizning tushunishimizcha, qotib qolgan eski aqidalardan voz kechish — o’z tarixiy o’tmishimizdan voz kechish degani emas. Bu — bir yoqlama va tor fikrlashdan voz kechish demakdir». Aynan bir yoqlamalikdan qutulgan keng qamrovli dunyoqarash asosida bugungi yangilanishni to’g’ri anglash mumkin. Shu sababdan ham, bugungi kunda ko’p qirrali va murakkab hodisa bo’lgan falsafiy dunyoqarashning milliy davlatchilik hamda kishilarning g’oyaviy etukligini ta’minlash ehtiyojiga xizmat qiladigan jihatlariga e’tibor kuchaymoqda. Shu bilan birga, mustabidlik zamonidagi tafakkur qulligi, doimiy tazyiq, xalqning o’z tarixiy ildizlaridan ajratib qo’yilgani bilan bog’liq holatlarning hozirgi dunyoqarashdagi o’zgarishlar jarayonlariga ta’siriga ham e’tibor berish lozim. Ilm-fan sohasidagi tub o’zgarish va yangilanishlar jarayoni to’g’risida ham shunday deyish mumkin. Aynan mustaqillik dunyoqarashimizni mustabidlik sirtmoqlaridan xalos etdi. Aslini olganda, ushbu mavzuni o’rganish ham istiqlol sharofatidir.Mustaqil taraqqiyot ma’naviy yangilanish borasidagi asosiy omil ekani har qanday mamlakat, jumladan O’zbekiston uchun ham tarixiy qonuniyatdir. Shu bilan birga, istiqlolning ma’no- mohiyatini kishilarga to’g’ri anglatish, ularni mustaqillik bergan imkoniyatlarni amalga oshirishga jalb etish bilan bog’liq nazariy va amaliy faoliyat ham nihoyatda muhim. Mustaqillik yillarida falsafaning yangilanishi uchun zarur asoslar shakllandi.Moddiy-iqtisodiy asoslar. Eski, sobiq ittifoq davridagi iqtisodiyot yangi mazmundagi falsafani shakllantirish uchun asos bo’la olmas edi. Istiqlol yillarida bu sohada nihoyatda katta o’zgarish ro’y berdi, mulkchilikning xilma-xil shakllari vujudga keldi. Iqtisodiy plyuralizm va bozor munosabatlari bunda bosh yo’nalish qilib olingan bo’lsa-da, aholiniijtimoiy himoyalash ustuvor jihat sifatida belgilandi. Ana shularning barchasi mamlakatimizda ma’naviy, jumladan falsafiy yangilanish borasida ham tub o’zgarishlarning iqtisod bilan bog’liq asoslarini yaratish imkonini berdi. Ijtimoiy-siyosiy asoslar. Falsafaning siyosiy asoslari mustahkam bo’lishi zarurligi tarixiy taraqqiyot jarayonida ko’p
bor isbotlangan ijtimoiy haqiqatdir. Har qanday jamiyat va mamlakatda davlat xalqning turli qatlamlari, partiyalar, milliy-etnik birliklarning ijtimoiy ongini o’zgartira olmasa, o’zining pirovard maqsadlarini amalga oshirishi qiyin. Bugungi kunda jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylangan O’zbekistonda yangi mazmun va shakldagi siyosiy tizim va tuzulmalar vujudga keldi. Ana shularning barchasi yangi mazmundagi falsafani shakllantirishning ijtimoiy-siyosiy asoslarini yaratish imkoniyatini ochdi.