- Qiyin eruvchi chinni odatda suniy tishlarni fabikada tayyorlash uchun, echib olinadigan protezlar uchun ishlatiladi. O‘rtacha va past eruvchi chin-nilar, qoplamalar, vkladkalar olish va ko‘priksimon protezlar uchun qo‘llaniladi. Past eruvchi va o‘rtacha eruvchi chinnilardan foydalanish nixrom va boshqa qizdiruvchilar bilan pishirish uchun pechlardan foydalanishga imkon beradi.
- Stomatologiya amaliyotida qo‘llaniladigan, chinni massalari ular tarkib-iga kiradigan komponentlar biri boshqasidan, shuningdek ular tarkibi miqdori xam farq qiladi. SHu sababli ular turli erish harorati, rang, tiniqlik, chidalilik, kirishish va boshqalarga issiqlik kengayishi koeffitsentiga ega.
- Bazis uchun qo‘llaniladigan massa, yuqori chidamlilikka ega bo‘lishi lozim. Qoplamaning ichki qavatini modellashtirishda uni bevosita platinali qopqoqchaga solinadi. Zarur hajm va rangga erishish uchun qoplama yoki boshqa mahsulot shunday miqdorda dentin massasi bilan to‘ldiriladi.
- Emal massasi qoplamaning tashqi qavatini tayyorlash mo‘ljallangan. Bu qavat shaffof bo‘lishi lozim, u orqali zarur tusga ega bo‘lgan dentin qavati ko‘rinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |