Kaolin - Kaolin (xitoy. Kaolin - oq loy) - keramika tarkibiga biriktiruvchi modda sifatida kiritiladigan oq yoki oqqa bo‘yalgan loy.
- Kvars (nem. Quartz) - er qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan dioksid kremniy turini hosil qiluvchi materialdir. Stomatologik chinni va qoplovchi, shakillovchi materiallar tarkibiga kiradi.
- Dala shpati (nem. Spat) - kaliy, natriy va kalsiy alyumokremli tuzlarining izomorf aralashmasini ifodalaydigan, eng ko‘p tarqalgan tur hosil qiluvchi material; stomatologik chinni tarkibiga kiradi.
- Zamonaviy stomatologik chinni pishirish harorati bo‘yicha qiyin eruvchi (1300-1370°S), o‘rtacha eruvchi (1090-1260°S) va past eruvchi (870-1065°S) sifatida klassifikatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |