Ichki yonbosh arteriyasining visseral tarmoqlari.
1. A. umbilicalis - kindik arteriyasi - embrion taraqqiyotida homiladan qonning chiqib ketishini ta’minlaydi. Tug`ilgandan so`ng, arteriyaning ko`pchilik qismi kindik bilan birlashtiruvchi lig. umbilicale mediale boylamiga aylanadi. Arteriyaning boshlang`ich ochiq qismi – pars patens dan ko`yidagi tarmoqlar ajraladi: a) a. vesicales superior – siydik qopchasining yuqorigi arteriyasi; b) r.r. ureterici – siydik nayining shoxlari; v) a. ductus deferentis (erkaklarda) urug` olib ketuvchi nayni qon bilan ta’minlaydi.
Kindik arteriyasi yopiq qismi – pars occlusa – kindik arteriyasining boylami – chorda a. umbilicalis ga aylanadi.
2. A. ureterici – siydik nayini qon bilan ta’minlaydi.
3. A. vesicalis inferior – siydik qopchasini qon bilan ta’minlaydi Bu arteriyadan erkaklarda prostata bezi uchun – r.r. prostatici tarmoqlari ajraladi
4. A. ductus deferentis – erkaklarda bo`lib, urug` tizimchasining tarkibida yo`naladi va moyakni hamda urug` olib ketuvchi nayni qon bilan ta’minlaydi.
5. A. uterina – ayollarda bo`lib, bachadonni, qin sohasini, bachadon naylarini va tuxumdonlarni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
a) r.r. helicini – bachadonga yo`naluvchi burama shoxlar;
b) r.r. vaginales – qin sohasini qon bilan ta’minlaydigan shoxlar;
v) r. ovaricus – tuxumdonni qon bilan ta’minlaydigan shox;
g) r. tubarius – bachadon nayini ta’minlaydigan shox;
6. A. vaginalis – ayollarda bo`lib, qinning xususiy arteriyasi deyiladi.
7. A. rectalis media – to`g`ri ichakning o`rta sohasini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan ayollarda qinni qon bilan ta’minlaydigan shoxlar – r.r.vaginales, erkaklarda esa prostata bezini qon bilan ta’minlaydigan shoxlar – r .r.prostatici ajraladi.
8. A. pudenda interna – chanoq bo`shlig`idan – foramen infrapiriforme teshigi orqali chiqadi va chanoq suyagidagi – spina ischiadica o`simtasini aylanib o`tib, foramen ischiadicum minor – kichik o`tirg`ich teshigi orqali chanoq bo`shlig`iga qaytadi. Bu arteriya chanoq diafragmasini hosil etgan oraliq mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
a) a. rectalis inferior – tarmog`i to`g`ri ichakning pastki qismini qon bilan ta’minlaydi.
b) a. perinealis – oraliq sohasini qon bilan ta’minlaydi;
g) r.r.labiales posteriores – ayollarda – tashqi jinsiy a’zolarni qon bilan ta’minlaydi; r.r. scrotales posteriores – erkaklarda bo`lib, yorg`oq sohasini qon bilan ta’minlaydi;
d) a.uretralis – siydik chiqaruv nayini qon bilan ta’minlaydi;
e) a. bulbi vestibuli – ayollarda tashqi jinsiy a’zo daxlizinining so`g`onini qon bilan ta’minlaydi erkaklarda a.bulbi penis – erkaklar tashqi jinsiy a’zosining so`g`onini qon bilan ta’minlaydi;
r) a. dorsalis clitoridis – ayollarda klitor sohasini qon bilan ta’minlaydi; erkaklarda a. dorsalis penis – tashqi jinsiy a’zoning orqa qismini qon bilan ta’minlaydi;
n) a. profunda clitoridis – ayollarda bo`lib klitorning chuqur arteriyasi deyilsa, erkaklarda a. profunda penis – bo`lib erkaklarda tashqi jinsiy a’zosining chuqur arteriyasi deb ataladi.
m) Erkaklarda tashqi jinsiy a’zoni ichidan o`tuvchi – a.a. perforantes penis ham ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |