Toshkent davlat stomatologiya instituti


Lateral (yon) pastki kesuv tish



Download 107,45 Kb.
bet6/16
Sana13.09.2021
Hajmi107,45 Kb.
#173821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mavzu 4 Tishlarning xususiy anatomiyasi

Lateral (yon) pastki kesuv tish – umumiy shakli markaziy kesuvchi tishlarga o‘xshash, faqat uning o‘lchamlari kattaroq. Kesuvchi qirra kengroq, medial va distal qirralari dumaloqlashgan. Tishning toj qismi va ildiz egriligi belgilari aniq. Lateral pastki kesuv tish bir ildizli, 1 ta kanali bor. Tish kanali ko‘ndalang kesimda oval shaklida, medio-distal tomonda biroz ezilgan. Uzunligi - 22,5-23,5 mm, tojning uzunligi – 9-10 mm, tojning meziodistal diametri -5mm, vestibulo-lingval – 6-6,5 mm.

Kesuv tishlarining rivojlanish anomaliyalari. Tishlar anomaliyalari qo‘yidagi o‘zgarishlar bilan kechadi:

  • umumiy o‘lchamlari (makro- yoki mikrodentiya);

  • toj qismi va ildiz shakli;

  • emal rangi va strukturasi;

  • tishlar soni (giperdentiya, gipodentiya, adentiya)

  • tish qatori va tish joyining o‘zgarishi;

  • chiqish davri.


Kesuv tishlari anomaliyalar
ichida ko‘proq giperdontiya (tishlar soni ko‘payishi) ko‘rishimiz mumkin. Qo‘shimcha tishlar normal tuzilishiga ega, shakli o‘zgarmagan, umumiy tish qatorini buzmaydi. Masalan, yuqorgi medial tishlar orasida paydo bo‘lgan qo‘shimcha tish – meziodens (mesiodens)ni ko‘rishimiz mumkin. Gipodontiya (tishlar soni kamayishi) yoki umuman yoqligi – adentiya anomaliyasi kesuv tishlar orasida ko‘p uchraydi, ayniqsa lateral (yon) kesuv tishining adentiyasi. Bunday xolatda tishlararo oraliq yoki tirqish paydo bo‘ladi – diastema (kesuv tishlar orasida) yoki tremalar (kesuv va qoziq tishlar orasida).

Tishlarning xajmi katta bo‘lishi – makrodentiya anomaliyasi, asosan yuqorgi medial kesuv tishlar orasida uchraydi. Mikrodentiya (kichik xajmi tishlar) xolati lateral (yon) kesuv tishlarda kuzatiladi, diastema va tremalar birga kuzatilishi mumkin. Kesuvchi tishlarning shakl anomaliyasi juda ko‘p uchraydi (uchli, konussimon, kubsimon, otvertkasimon va x.q.), bunday xolatida kesuvchi qirra aniqlanmaydi.

Kesuvchi tishlar orasida retensiya xolati, ya’ni tishning yorib chiqmasligini bo‘lishi mumkin. Tishlar qatorida kesuvchi tishlarning joylashuvi ham o‘zgarishi mumkin. Kesuvchi tishlar vestibulyar tomoniga og‘ishi – protruziya yoki til tomoniga og‘ishi – retruziyani ko‘rishimiz mumkin. Protruziya xolati lablarning bo‘rtib chiqishiga va og‘iz teshigi yopilmasligiga olib keladi, diastema va tremalar paydo bo‘ladi. Retruziya xolati esa yuqorgi lab og‘iz ichiga qaralgan bo‘ladi. Umuman olganda bunday xolatlar chaynash va artikulyasiya jarayonlarini buzilishiga olib keladi.

Bundan tashqari kesuv tishlar bir qatorda joylamasdan, balki 2 qator joylashishi mumkin, buni krauding deb ataladi, ba’zida tortanomaliyasi (vertikal oq atrofida aylanishi) bilan birgalikda bo‘ladi. Kesuv tishlarning transpoziyasiyasi, ya’ni o‘zining maxsus joyi boshqa tishlar bilan almashuvi, tish ko‘rtagi noto‘g‘ri rivojlanishi bilan bog‘liq. Bu xolat ko‘proq lateral kesuv va qoziq tishlar orasida kuzatiladi.




Download 107,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish